IBODAT (arab. — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlar (xudo, ruh va b.) ga sirinish, iltijo qilish. Ibodat har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha Ibodat qilinadi. Diniy eʼtiqodning tarkibiy qismi sifatida Ibodat qatʼiy tartib va qoidalarga boʻysundirilgan. Mas, xristianlar xochga choʻqinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz oʻqib Ibodat qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar I. dan ozod qilingan. Ibodat yakka holda yoki koʻpchilik boʻlib bajariladi. Diniy taʼlimotga koʻra, butun borliqni unutib, oʻzini faqat xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda I. qilish kerak.
Ibodat (arab. — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlar (xudo, ruh va b.) ga sirinish, iltijo qilish. I. har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha I. qilinadi. Diniy eʼtiqodning tarkibiy qismi sifatida I. qatʼiy tartib va qoidalarga boʻysundirilgan. Mas, xristianlar xochga choʻqinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz oʻqib I. qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar I. dan ozod qilingan. I. yakka holda yoki koʻpchilik boʻlib bajariladi. Diniy taʼlimotga koʻra, butun borliqni unutib, oʻzini faqat xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda I. qilish kerak.
Bazilarimiz ibodat deganda namoz uqish, ruza tutish, zakot berish va haj qilish kabi amallarni tushunamiz, kholos. Tugri, bular ulug ibodatlar. Ammo bulardan boshqa ishlarni ham ibodat darajasiga kutarishimiz lozim. Chunki yaratilishimizdan maqsad Alloh taologa ibodat qilish, akhir.Alloh taolo «Zariyat» surasi 56-oyatda marhamat qiladi: وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ
«Jin va insonni faqat Menga ibodat qilish uchungina yaratdim».
Mazkur oyatda jinlar va insonlarning hayotdagi vazifalari Alloh taologa ibodat qilish ekani bayon qilinmoqda. Bu qanday buladi? Akhir eb-ichish kerak, uy-ruzgor tashvishlari bor… Javob shuki, bularning barchasi bulaveradi. Chunki niyatni va amalni shariatga muvofiq qilsak, hatto ukhlashimiz ham ibodat buladi. Qiziq-a? Keling, yanada yakhshiroq tushunishimiz uchun ibodat deganda nimani tushunish kerakligini ilmiy urganib olaylik. Ibodat suzi bizning tilimizdagi «qullik» suziga muvofiq keladi. Bandaning Allohga qullik qilishi Unga ibodat qilishidir. Banda Allohning qulidir. Shuning uchun Unga ibodat, yani qullik qilishi lozimdir.Ulamolarimiz ibodat suzi shariy istilohda «Alloh taologa qurbat hosil qilish uchun qilinadigan amallar» deb tariflaydilar. «Qurbat» yaqinlik demakdir. Alloh taoloning suygan bandasi bulay, Uning roziligi uchun intilay, U mening Hojamdir, men Unga qullik qilay degan banda Allohga ibodat qiladi.Demak, har bir qilayotgan ishimiz khayrli ish bulmogi va bu ishni Alloh taoloning roziligini tilagan holda shariatga muvofiq tarzda qilsak, ibodat bular ekan. Masalan, erkaklar har kuni uyim-joyim deb pul topish maqsadida turli ish bilan mashgul buladilar. Shunday vaqtda «Alloh taolo menga oilamni nafaqasini taminlashni vojib qilgan, men Allohning buyurganini qilishim kerak» degan niyatda ish bilan mashgul bulgan kishi vojib ibodatni ado etgan kishi savobini oladi.
Ayollar ham «Alloh taolo ayollarni eriga itoat qilishga buyurgan, erining khizmatini qilishni buyurgan, uning molu mulkini omonat bilib, muhofaza qilishni buyurgan» degan niyatda mazkur ishlarni qilsa, ular ham vojib ibodatni ado qilgan kishi savobini oladilar. Farzandlar ota-onalariga Alloh taolo buyurgani uchun, Uning roziligini tilagan holda yakhshilik qilsalar, farz ibodatni ado etgan kishining savobini oladilar.
Kishi ukhlaganda «Tahajjudga turishga qiynalmay yoki Bomdod namoziga turishga qiynalmay» degan niyatda ukhlasa, bunda ham ibodatning savobini oladi. Taomlanganda «eydigan ovqatim ibodat qilishim uchun quvvat bulsin» degan niyatda esa, taomlanish ham ibodatdir. Khullas, ibodat qilish juda oson. Faqat niyatga etiborli bulish lozim. Bir ishni chin dildan niyat qilishimiz ila odatimizni ibodatga aylantirishimiz mumkin ekan.
Yana shuni ham unutmaslik lozimki, ukhlasam ham. ibodat bular ekan, ovqatlansam ham, ibodat bular ekan deb Alloh taolo buyurgan – namoz, ruza, zakot kabi ibodatlarni tark qilish aslo mumkin emas. Bular Islomning ustunlari, bularsiz hayotni ibodat tarzida utkazishni tasavvur qilib bulmaydi. Banda Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytishi farzdir. Farzlarni ado etishda dangasalik qilish Alloh taologa qullik qilishga dangasalik qilishdir. Uzining qulligini his qilgan kishi farzlarni aslo tark etmaydi.
Matnni asl hatda o'kish
Do'stlaringiz bilan baham: |