1-ma’ruza: Geografik informatsion tizimlar xaqida umumiy ma’lumotlar
Reja:
GIC nima?
GIC imkoniyatlari va u orqali yechiladigan masalalar
GIC texnologiyalarining rivojlanish tarixi
GICning qo’llanilish soxalari
GIC nima?
Geografik informatsion tizim yoki GIC atamasini mazmun – moxiyatini bayon qilish – unga ta’rif berayotgan mutaxassisning professional qiziqishlariga bog’liqdir. Agar ayrim ta’riflarni ko’rib chiqilsa, GICdan foydalanib bitta tashkilot doirasidagi muammolarni yechish usulidan tortib, dunyoviy muammolarni yechishgacha foydalanish mumkinligi kelib chiqadi. Albatta, GICni ko’p miqdordagi turli predmet soxani qamrab olgan ilovalar uchun qo’llash juda foydali bo’lib, uning yordamida katta miqdordagi masalalarni yechish tezroq va samaraliroq bo’ladi. Lekin shuni doim yodda tutish kerakki, GIC – bu murakkab masalalarning yechimini topishda mutaxassislar tomonidan qo’llaniladigan turli ajoyib qurilmalar to’plamidir. SHuning uchun GIC yordamida qanday qilib tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishni bilish va tushunish muximdir.
GICga aniq ta’rif berish juda qiyin, chunki u ish jarayonida bir nechta darajada ko’riladi va turli qo’llanilish doirasida xar xil vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
Ayrimlar uchun GIC – geografik axborotlarni kiritish, saqlash, manipulyatsiya, taxlil qilish va aks ettirish uchun ishlatiladigan dasturiy qurilmalar to’plami xisoblanadi. Bu GISning rivojlanish tarixini aks ettiradigan raqamli kartografiya va ma’lumotlar bazasi dasturlari (MBBT) bilan avtomatlashtirilgan loyixalash vositalari (CAD) ning birlashmasi ko’rinishidagi texnik ta’rifdir.
Boshqalar uchun esa GIC bu tashkilotlar qarorlarini fikrlash ko’rinishida barcha axborotlarini fazo bilan o’zaro munosabatda va markazlashtirilgan xolda saqlash usuli bo’lishi mumkin. Buni ko’pincha strategik ta’rif deb aytiladi.
SHuni tushunish muximki, GIS sizning muammolaringiz yechimi bo’lmasligi va masala muvaffaqqiyatli yechilishi uchun birmuncha fikr yuritishingizga to’g’ri kelishi mumkin.
GIC – bu xar biri muvaffaqqiyatga erishish uchun muxim bo’lgan uchta komponentlardan tarkib topadigan tizimdir. Bular: fazoviy ma’lumotlar, qurilmaviy – dasturiy vositalar va yechim ob’ekti sifatidagi muammolar. Muammo u yoki bu soxaga mo’ljallangan axborot tizimlarini qurish va dasturiy qurilmaviy vositalarni fazoviy ma’lumotlarni tanlab olish va uzatish, ko’rinishlarni saqlash, taxlil qilishga majburlovchi asosiy komponenta sifatida xizmat qiladi.
Geografik informatsion tizim (GIC) – bu texnik, dasturiy va axborot vositalarining majmui bo’lib, xududiy rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda duch keladigan muammolarining yechimini topishda qo’llaniladigan fazoviy va unga bog’liq atributiv qiyofaviy integratsiyalangan ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va matematik-kartografik modellashtirilgan ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |