Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti MEK-83 guruh talabasi To`laganov Doniyorning O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqorolik jamiyati fanidan tayyorlagan taqdimoti
ADM
REJA
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyati qurish.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari rivojlangan davlatlar tajribasi va milliy an’analar uyg‘unli.
ADM
O‘quv qo‘llanmada hozirgi davr fuqarolik jamiyatiga doir nazariyalar va masalalar, rivojlangan davlatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish tajribalari, ushbu jarayondagi islohotlar va muammolar hamda ularning yechimlari mujassamlashgan. Shuningdek, qo‘llanmada fuqarolik jamiyatini o‘rganishning metodologik va uslubiy yondashuvlari, jamiyatni yangilashga doir xorijiy mamlakatlar tajribalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari va bu borada jahon hamda O‘zbekiston amaliyoti qiyosiy tahlil qilingan.
ADM
ADM
O‘quv qo‘llanmadan o‘rin olgan mavzularda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyati qurish borasidagi islohotlarining mazmun mohiyati yoritilgan. Ularda jamiyatda inson huquqlarini himoyalash va ta’minlash, fuqarolarningfarovon turmush tarzini oshirish, davlat hokimiyati organlari boshqaruviga doir vakolatlarni nomarkazlashtirish, nodavlat-notijorat jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar manfaatlarini ifodalash va amalga oshirish vositasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalari tahlil qilingan
ADM
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardayoq davlat tomonidan mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosiy strategik pirovard maqsad deb e’lon qilindi. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili bu sohada olib boriladigan islohotlarning asosiy g‘oyasi sifatida qabul qilindi. Natijada mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllandi, uning institutlari jadallik bilan rivojlana boshladiBirinchi Prezident I.A.Karimov va davlat tomonidan mamlakatni rivojlantirishning o‘ziga xos milliy xususiyatlari aks etgan “O‘zbek modeli” ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi,
ADM
bu jarayonda xalqimizning tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va umuminsoniy qadriyatlar asosida islohotlarni chuqurlashib borishi, milliy manfaatlarni o‘zida ifoda etishga asoslangan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni qurish, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tilishi natijasida O‘zbekiston jamiyatining barcha sohalari rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan taraqqiyot bosqichiga kirdi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari rivojlangan davlatlar tajribasi va milliy an’analar uyg‘unligi asosida kechdi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati sharoitlarida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning beqiyos darajada o‘sganligi, xalq turmush darajasining yuksalganligi,
ADM
ADM
yangi sivilizatsiyaga xos jihatlarning paydo bo‘lganligi kabi tub o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatini insoniyat taraqqiyotining eng so‘nggi bosqichi ekanligi va inson huquq hamda erkinliklarini namoyon qilishga shart-sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy makon ekanligi namoyon bo‘ldi. Mazkur jamiyatning ana shu jihatlari mamlakatimiz milliy manfaatlariga muvofiq kelishi, bir necha o‘nlab asrlar davomida xalqimizning orzusi fozil jamiyatga erishishdan iborat ekanligi kabi omillar ta’sirida xalqimiz fuqarolik jamiyati qurish tashabbusini ko‘tarinkilik bilan kutib oldi, bu sohadagi islohotlarda yangi jamiyat ijodkori sifatida faol ishtirok eta boshladi. “Endigi eng dolzarb vazifamiz, – deb ta’kidlab o‘tgan edi.
ADM
birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, – bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimizga, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat”. 2016-yilning so‘nggi choragida Sh.M.Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyati boshlanganidan keyin O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari jarayonida tub burilish davri boshlandi.
ADM
O‘z faoliyatining dastlabki kunlaridayoq Prezident Sh.M.Mirziyoyev fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga kuch bag‘ishlaydigan, uning rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratadigan demokratik prinsip – “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani e’lon qildi. Bu g‘oya fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy kuch-quvvati manbayi sifatida namoyon bo‘la boshladi.