FUQAROLIK JAMIYATI
I. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiѐtiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi. ijtimoiy-siѐsiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siѐsiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siѐsiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi. Qonun hukumron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi (A.Temur). ―Adolat - qonun ustuvorligida tamoyilining amal qilinishi. ...―Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo‘lib,hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi ѐki cheklashi mumkin emas.
2-: Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyusiyasi
Insoniyat taraqqiѐtining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliѐtga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatlari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona ѐndashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiѐtning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunѐ xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazar uning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlarni bir ѐqlama bo‘rttirish ѐki kamsitish noto‘g‘ri ѐndoshuvdir.
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiѐ ijtimoiy-siѐsiy va ma’naviy haѐtining ѐrqin namunasi Avesto muqaddas kitobida keltirilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: ― ... bu noyob asar bebaho tarixiy xujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi deb alohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, Avestoning bosh g‘oyasi ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
3. O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.
Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi birgalikda XVIII asrda paydo bo‘lgan. Odamlar haѐti va faoliyatining ikki tomoni: ularning shaxsiy manfaatlari, tashabbusi, ixtiѐriy faoliyati jabhasi va odamlar xulq-atvori davlatning xohish-irodasiga bo‘ysunuvchi xalq hokimiyati jabhasi shu tushunchalar bilan ifodalandi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiѐt kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, ѐrdam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘ѐbga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi». Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jaraѐnlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasie’lon qilindi.Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilaѐtgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
4. Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o’quv, ilmiy, amaliy,tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzaro bog’likdigi hamda o’ziga xos xususiyatlari
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘likdir. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jaraѐni hisoblanadi. Bu jaraѐn ijtimoiy-siѐsiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalaridan iboratdir.Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba ѐshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:
-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;
-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;
-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga ѐrdamlashish; -talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jaraѐnida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
1.“Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni xamda turli xil yondoshuvlar. Mustakil O’zbekiston Milliy tarakkiyot modelining ishlab chikilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |