15
Tokugava va Takeda bilan ittifoq tuzib, 1559-1573-yillarda
bir qancha feodal
xonadonlarni mag’lub etdi va Ise, Kan, Mino va Ovari provinsiyalari qo’lga kiritdi.
Ayni vaqtda u Kiotoning shimoliy-sharqida joylashgan rohiblar ibodatxonasi bo’lgan
Enryakudzi (Xieydzan tog’ida joylashgan) vayron qildi, shahardagi 3
mingga yaqin
inshootlarni buzib tashladi, shuningdek Kiotoga yaqin bo’lgan boshqa ibodatxonalarni
ham vayron etib, ularning yer mulkini musodara qildi. 1573-yilda Asikaga Yosiakini
syogun unvonidan mahrum qilib, uning qarorgohi bo’lgan Nidzyo qal’asini egalladi,
syogunning o’zini bo’lsa surgun qildi. Odaning holati shu davrjada mustahkamlandiki,
1578-yilning boshlariga kelganda 11 provinsiya feodallari unga o’z sodiqligini
bildirishdi.
1576-1579-yillarda Oda Nabunaga mustahkamlangan Adzuti qal’asini (Omi
provinsiyasida) qal’asini qurdi, ushbu qal’a keng hududlar bo’ylab
hukmronlik
qilishga imkon berib, Kiotoga yangi tahdid bo’lib xizmat qildi.
180 ming askardan iborat qo’shin tuzgan Oda 1581-1582-yillarda o’zining sobiq
ittifoqdoshi bo’lgan Takeda feodal xonadonini mag’lubiyatga uchratdi. Shu paytga
kelib u 66 provinsiyadan 30 tasini o’ziga bo’ysindirishga erishgan edi.
XVI asrning 70-yillaridan boshlab Oda Nabunaga katta islohotchilik
harakatlarini boshlab yubordi:
U
provinsiyalar chegaralarida, yo’llarida va chorrahalarda o’rnatilgan bojxona
to’lovlari va mahlliy soliqlarni bekor qildi;
Uning buyrug’i bilan yo’llar va ko’priklarning ta’miri va qurilishi amalga oshirildi. Bu
holat provinsiyalarning ayirmachilik harakatlarini bartaraf etish bilan birga,
ichki
savdo aloqalarini qo’llab-quvvatlashga va mahalliy bozorlarning rivojlanishiga xizmat
qildi;
U hunarmandchilik sexlari va savdo gildiyalarining, ayniqsa boy savdogarlarning
imtiyozlarini, mahsulotlarni ishlab chiqish va sotishlarini bekor qilib, yirik shaharlarga
mustaqil ravishda o’z bozorlarini tashkil etishga ruhsat berdi;
16
Oda tashqi savdo bilan uzviy bog’liq bo’lgan shaharlarning (Xakata, Nagasaki)
taraqqiyotiga ko’maklashib, ayni vaqtda ularni o’z hokimiyati ostida ushlab turishga
intildi. Masalan, XV-XVI asrlar davomida ―erkin shahar‖
sifatida mustaqillikka ega
bo’lgan Sakai shahrini 1568-yilda ushbu maqomdan mahrum etdi.
O’zining Adzuti qal’asi atrofida shahar qurib (1582-yilda bu shaharning aholisi 5 ming
nafarga yetgan), uni erkin bozor deb e’lon qildi.
Ayni vaqtda savdogarlarga va xaridorlarga, shuningdek shahar ahliga o’zlariga tegishli
bo’lgan inshootlar va mahsulotlarni tashish uchun soliq olishdan mahrum etdi;
Pul islohotini o’tkazib, unga ko’ra guruch ayriboshlash operasiyalari birligi
bo’lishligini taqiqladi. Muomilaga hukumatning buyrug’i bilan zarb qilinadigan oltin
va kumush tangalar chiqarildi. Oltin, kumush va mis tangalar o’rtasida ma’lum bir
tafovutlar belgilandi. Tangalarning zarb qilinishi konchilik,
ayniqsa qimmatbaho
metall ishlab chiqarish ishi rivojiga turtki berdi;
Oda Nabunaga sud tizimini isloh qilib, qayta tashkil etdi. Mamlakat yo’llaridagi
qaroqchilik bilan shug’ullanuvchilarga qarshi ayniqsa shavqatsiz kurashdi.
Oda
Nabunaganing
barcha
islohotchilik
faoliyati
obektiv
ravishda
mamlakatning siyosiy jihatdan birlashuviga va yagona iqtisodiy makon sifatida
shakllanishiga turki berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: