Koreya va Xitoy bilan munosabatlar (XIV-XV asrlar). Yaponiyaning
tashqi savdosi
. Xodzyo hukmronligining oxirida va ikkinchi Asikaga syogunligi
hukmronligi boshlanish pallasida hukumat mo’g’ullar hujumi vaqtida uzilib qolgan
Xitoy va Koreya bilan munosabatlarni tiklashga harakat boshladi. Yapon kemalarida
Xitoyga budda ruhoniylar yo’l olgan bo’lsa, o’z navbatida Xitoydan Yaponiyaga
yoshlarga ta’lim berish va monastirlarda faoliyat ko’rsatish uchun ruhoniylar keldi.
―Shimol va Janub sulolalari‖ urushi davrida, ayniqsa XIV asrning o’rtalaridan
Yaponiyaning Koreya va Xitoy bilan munosabatlari keskinlashib ketdi. 1340-yildan to
1386-yilgacha yaponlar besh marta Koreya sohillariga qaroqchilik hujumlarini
uyushtirishi bunga sabab bo’ldi. XIV asrning oxiridan yapon qaroqchilari Xitoyning
sohillarida ham, Shandundan to Fuszyan provinsiyasigacha bo’lgan hududlarda
qaroqchilik bilan shug’ullana boshladi.
Ichki muammolarga o’ralshib qolgan Asikaga xonadoni horijiy mamlakatlar
bilan savdo qilish huquqi bo’yicha savdogarlarga lisenziyani berish bo’yicha monopol
huquqni eng yirik ibodatxonalradn biri bo’lgan Tenryudziga (Kioto) ishonib
topshiradi. XIV asrning o’rtalaridan boshlab ushbu ibodatxona muntazam ravishda
Xitoyga ―Tenryudzi ibodatxonasi kemalari‖ nomini olgan kemalar yuborib turgan.
9
XV asrning boshlariga kelganda Yaponiya va Xitoy hukumatlari noma
almashishdi, savdo kelishuvini imzolashdi. XV asrning birinchi choragidan ikki davlat
o’rtasidagi savdo aloqalari jadallik bilan rivojlanib bordi, bu savdoda suv sig’imi 500
dan 2500 kokugacha
bo’lgan 14 ta kema ishtirok etgan. Yaponiyadan Xitoyga
guruch, oltin, simob, oltingugurt, o’rmon mahsulotlari va qimmatbaho daraxt navlari,
yog’ochdan yasalgan va loklangan chiroyli mahsulotlar, pardalar, yelpig’ichlar, bronza
idishlar va uzun, kalta qilichlar olib borilgan. 1483-yilda Xitoyga kelgan birgina savdo
missiyasi bu yerga 37 ming dona sotish uchun qilich keltirganligi ma’lum. Xitoydan
Yaponiyaga paxta tolasi, ipak xom-ashyosi, ipak mahsulotlari, chinni idishlar,
kitoblar, rasmlar, narkotik moddalar, kimxob, parfyumeriya, sandal daraxti, tibbiyot
asboblari, antikvar mahsulotlar olib ketilgan. Xitoy savdogarlari 200-300%gacha
daromad olishgan. Xitoydan Yaponiyaga olib ketilayotgan mahsulotlar ichida eng
ko’pini xitoy mis tangalari (―eyrakusen‖) tashkil qilgan. Xitoy bilan tashqi savdoda
Yaponiyaning janubiy-g’arbidagi Simadzu, Otomo, Outi, Xosokava va Yamanadagi
yirik feodallar, shuningdek Sakai, Xakata, Xioto va boshqa dengizbo’yi shaharlari
savdogarlari katta foyda ko’rishgan. Xitoyda yapon mahsulotlari Yaponiyaning
o’zidagidan ko’ra 4-5, ba’zan hatto 10 marta qimmatroqqa sotilgan.
Yaponiya Ryukyu orollari bilan ham savdo munosabatlarini o’rnatgan bo’lib,
ushbu oroldan kelgan kemalar Bonosu (Sasuma) portiga ba’zan kelib turgan. Yapon
kemalari bo’lsa tez-tez Ryukyu portlariga, asosan Naxaga kelgan. Bu yerdan ular
Koreya va Xitoyga sotish uchun Indoneziya va Malayyadan keltirilgan mahsulotlarni
sotib olishgan.
Yaponiyada ―Shimol va Janub sulolalari‖ urushi tugagan vaqt (1392) Koreyada
Li sulolasining hokimiyatga kelgan paytiga to’g’ri keldi. Shu boisdan deyarli bir
paytda yapon-koreys savdo aloqalari rivojlanishni boshladi. XV asrning o’rtalarida
Kyusyu feodal knyazlari (Otomo, Simadzu) va Susimining So feodal xonadoni Koreya
bilan yiliga koreys portlariga 50 ta yapon savdo kemalari kirishi haqida shartnoma
180 литрга тенг суюқлик ўлчови бирлиги
10
imzoladi. Ko’pgina yapon savdogarlari Koreyaning janubiy qismidagi uchta
bandargohlarda doimiy tayanch manzillari tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Yaponiya Koreyaga soda, mis rudasi, turli xil tibbiyot asboblari, ziravorlar va
bo’yoqlar chiqargan bo’lsa, u yerdan sopol idishlar, ignalar va boshqa to’qimachilki
mahsulotlari olib kelishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |