Yaponiyaga yevropaliklarning kirib kelishi. Xristianlikka targ’ibotning
boshlanishi
. XVI asrning 40-yillari boshlaridan Yaponiyaga yevropaliklarning ilk
qadamlari tashlandi. 1542-yilda Tanegasima orolida sampani halokatga uchragandan
keyin uchta portugal savdogarlari orolga tushishdi. Kema bortida bo’lgan mushket
miltiqlari yaponlarning katta qiziqishiga sabab bo’ldi.
Keyingi yili iyezuit Mendish Pintu Bunga provinsiyasiga tashrif buyurdi. U
Otomo knyazi bilan har yili ushbu orolga movut va ipak matolar, shuningdek qurollar
va poroxlar ortilgan portugal kemasi kelishi va ularni oltin hamda kumushga
ayriboshlash qilishi haqida kelishuv imzoladi.
17
Yaponiyaga yevropaliklar kirib kelishining eng katta oqibatlaridan biri – bu o’q
otar qurollarning kirib kelishi bo’ldi va keyinroq mamlakat ichida ishlab chiqarila
boshlanishi bo’ldi (Yaponiyada bu qurollar portugallar dastlab tushgan orolning nomi
bilan ―tanegasima‖ deb atalgan). Mendish Pintu yaponlara o’qotar qurollarni ishlab
chiqarish mahorati bilan tanishtirdi, bu holat harbiy ishda yirik o’zgarishlarga olib
keldi. Urush olib borishning yangi taktikalari paydo bo’ldi: birinchi o’ringa askar-
profissionallardan iborat piyoda qo’shin chiqdi. Hattoki mudofaa inshootlari
qurilishida ham o’tochar qurollarga qarshi turish inobatga olina boshlandi.
Portugal savdogarlarining kirib kelishi bilan Yaponiyada ko’zoynaklar, tamaki,
kursi, shlyapa va ich kiyimlar qo’llanilishi boshlandi.
Yaponiyaga yevropalik savdogarlar ortidan katolik ruhoniylari kelishdi. 1549-
yilning avgustida Kagosimaga (Kyusyu orolidagi Sasuma knyazligi poytaxti)
iyezuitlar Fransisk Ksanye, Kome de Torres va Juan Fernandeslar kirib keldi. Shu
vaqtdan e’tiboran Yaponiyada, asosan Kioto, Yamaguti va Kyusyuning katta qismida
xristianlikka targ’ibot boshlandi. Iyezuitlarning ushbu orol mahalliy knyazlardan
ruhsat olib, seminariylari va kollejlarning tashkil etilishi, Injil va Injil
broshyuralarining chop etilishi va tarqatilishi, xristian missionerlari tomonidan yapon
bemorlariga ko’rsatilgan tibbiy muolajalar ma’lum ma’noda xristianlikning
yoyilishida muhim rol o’ynadi. Yapon dehqonlarning o’zaro qonli ichki kurashlardan
charchaganligi ham xristianlikning biroz muvaffaqiyatli tarqalishiga xizmat qildi.
Chunki muttasil urushlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti ham izdan chiqqan edi,
undan tashqari mamlakatning janubi-g’arbiy qismida dehqonlarning ahvoli boshqa
hududlardan ko’ra ancha og’ir edi. Shuning uchun bo’lsa kerak ushbu hududlardagi
dehqonlar yangi din timsolida o’zlariga yupanch topishga intildi.
Yangi dinning qabul qilinishi janubi-g’arbiy knyazliklarning ayirmachilik
harakatlarining namoyoni bilish bilan birga, ularning markaziy hokimiyatga qarshilik
qilish vositasi ham bo’ldi.
18
Yapon-portugal savdo aloqalarining o’rnatilishi Yaponiyaning Min imperiyasi
bilan savdosining sezilarli ravishda qisqarib ketishiga olib keldi. bunga 1549-yilda
Xitoyning Yaponiya bilan rasmiy munosabatlarni uzishi ham omil bo’lib xizmat qildi.
Bunday munosabatlar uzilishiga Yaponiyaning Xitoy qirg’oqbo’yi hududlarida dengiz
qarorqchiligi bilan shug’ullanishi sabab bo’ldi.
Shundan boshlab portugal savdogarlari Xitoy mahsulotlarini Yaponiyaga
keltirish bo’yicha monopol mavqyega ega bo’lib oldi, ular asosan ipak xom-ashyosi,
ipak matolar va kumush olib kelishgan, bundan juda katta daromad olishgan. Portugal
kemalari Goa, Malakka va Liampo (Naibo)dan Kyusyusning janubiy portlariga
kelgan. 1557-yilda Aomindagi portugal faktoriyasi Yaponiya bilan savdo qilish
bo’yicha monopol huquqni qo’lga kiritdi, ungacha bu yerga yavaliklar, malayaliklar
va hind savdogarlari xitoy mahsulotlarini olib kelishgan.
Portugal iyezuitlari ortidan Yaponiyaga ispaniyalik fransiskanlar va
dominikanlar kirib kelishdi. 1584-yilda Manilaning Xirado portidan birinchi ispan
kemasi Yaponiyaga yetib keldi.
Oda Nabunaga to umrining oxirigacha Yaponiyada xristianlik tarqalishiga
g’amxo’rlik qilib keldi, bunga uning buddizm dinini yoqtirmasligi sabab bo’lgan edi.
Chunki mamlakatda mavjud bo’lgan ko’plab budda ibodatxonalari qo’lida yirik yer
mulklarni va kuchli harbiy drujinalarni ushlagan holda Odaga dushman bo’lgan
kuchlarni qo’llab-quvvatlaganlar va uning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish
harakatlariga qarshilik qilgan. Oda Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdoni
rivojlantirishni istasada, birinchi navbatda qo’shinni o’tochar qurollar bilan
ta’minlashni istardi, chunki mamlakatni birlashtirish uchun kurashlarda o’tochar
qurollarning mavjudligi oldindan ustunlikni ta’minlagan.
Garchi Oda Nabunaga uzoq vatlar davomida iyezuitlarga hayrixohlik qilgan
bo’lsada, ammo umrining oxirlarida diniy missionerlarga ehtiyotkorona munosabatda
bo’la boshladi. Chunki u xristianlikning targ’iboti orqali Yaponiyani Portugaliya
mulkiga aylantirishga urinish bo’layotganligidan havsiray boshladi.
19
1582-yilda Oda Nobunaga o’zining yaqin vassalaridan biri bo’lgan,
shuhratparast Aketi Misuxide tomonidan xiyonatkorona o’ldirildi. U ham davlat
boshlig’i o’rniga davogarlardan biri edi. Aketi bir muncha muddatga Ninzyo va
Adzuti qal’alarini, shuningdek imperatorlik poytaxti bo’lgan Kiotoni egallashga
erishdi.
Oda Nobunaga halok bo’lgan yili Yaponiyada 200 ta xristian cherkovi, 5
seminariy va kollejlar, 75 ga yaqin missionerlar va xristianlikga o’tgan 150 ming
yaponlar bor edi.
Iyezuitlar ordeni a’zolari bo’lgan Vilela va Valin’yanilarning faol faoliyati ham
Yaponiyada xristianlikning keng tarqalishiga xizmat qildi. Valinyanining tashabbusi
va kuzatuvi ostida 1582-yilda Ispaniya qiroli va Rim papasiga Kyusyu orlining
xristian-knyazlari vakillaridan iborat birinchi yapon missiyasi yuborildi. Ushbu
tashrifning eng muhim natijasi shu bo’ldiki (missiya Yaponiyaga 1590-yilga kelib
qaytib keldi), Rim papasi Grigoriy XIII 1585-yilda maxsus bulla chiqarib, unga ko’ra
Yaponiyada Injil targ’ibotini faqatgina iyezuitlar ordeniga berdi.
1.
Yaponiyada syogunlik tizimining qaror topishi haqida ma’lumot bering?
2.
Nima uchun birinchi syogun Minamota rasmiy bo’lsada Yaponiyada imperatorlik
hokimiyatini saqlab qoldi?
3.
Xodzyolar boshqaruvi davrida Yaponiyadagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahvol
qanday bo’lgan?
4.
Yaponiyada ikkinchi syogunlikning boshqaruvga kelishi qanday sodir bo’ldi?
5.
Yaponiyada dehqonlar tez-tez isyonlar ko’tarib turishgan, bunga asosiy sabablarni
ko’rsatib bering?
6.
Siz nima deb o’ylaysiz, nima sababdan deyarli butun Yevroosiyoga o’z tahdidini
o’tkaza olgan mo’g’ullar kichik bo’lgan Yaponiyada o’z hukmronligini o’rnata
olmadi?
20
7.
Oda Nabunaganing Yaponiya tarixidagi xizmatlariga to’xtalib o’ting?
8.
Yevropaliklarning kirib kelishi Yaponiya tarixida qanday iz qoldirdi?
YaPONIYa TARIXIDAGI SYoGUNLIKLAR
Kamakura syogunligi—
Kamakura bakufu
(1192—1333)
Minamoto xonadoni: 1192—1210 (3 ta syogun)
Fudzivara xonadoni: 1226—1252 (2ta syogun)
Imperator shahzodalari (sinno): 1252—1333 (4 ta syogun)
Kioto syogunligi —
Muromati bakufu
(1338—1573)
Asikaga xonadoni: 1338-1573 (16 ta syogun)
Edo syogunligi —
Edo bakufu
(1603-1867)
Tokugava xonadoni: 1603-1867 (15 ta syogun)
Do'stlaringiz bilan baham: |