Yaponiya (XII asr oxiridan XVI asr oxirigachA) Tayanch ibora va atamalar



Download 475,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana20.06.2022
Hajmi475,3 Kb.
#678528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaponiya (1)




YAPONIYA (XII ASR OXIRIDAN XVI ASR OXIRIGAChA) 
Tayanch ibora va atamalar: 
Syogun, bakufu, samuray, ―syugo‖, ―dzito‖, sikken, eks-imperator, gokenin, 
xigokenin, ―bonge‖ yoki ―tige‖, eta, gogebun, ―kamikadze‖, (―basyaku‖ yoki 
―umakasi‖ – ―qarzdor ot‖, ronin, ―erkin shahar‖, ―tanegasima‖ 
Yaponiyada syogunat tizimining qaror topishi. 
XII asr oxiridan Yaponiyada 
feodal tartiblar o’zining taraqqiyot davriga ko’tarilishni boshladi. G’arbiy Yevropa 
davlatlariga nisbatan kechroq bu bosqichga qadam qo’yishini Yaponiyaning o’ziga 
xos rivojlanish yo’li bilan izohlanadi. O’rta asrlar davrining ilk bosqichida feodal 
munosabatlar bilan birga patriarxal qulchilikka asoslangan quldorchilik munosabatlari 
ham mavjud edi. Faqatgina o’rganilayotgan davrga kelganda siyosiy jihatdan davlat 
qaror topishi ham o’z yakuniga yetdi, ya’ni syogunat tizimi shakllanib, siyosiy 
hokimiyat davlatning markazi bilan birga joylardagi qudratli feodal xonadonlar qo’lida 
ham to’plandi. 
Yaponiyada syogunat tizimning qaror topishi 1192-yilga borib taqaladi. Shu yili 
yapon imperatori Minomoto-Yorimoto feodal xonadoni boshlig’iga ―varvarlarni 
bo’ysindiruvchi buyuk qo’mondon‖ (yaponcha ―seyi taysyogun‖ yoki qisqacha 
―syogun‖) rutbasini beradi. Syogunlik tizimi feodal xonadonlarning iqtisodiy, harbiy 
va siyosiy munosabatlaridagi kuchli harbiy-feodal diktaturasini namoyon etib, ular 
harbiy qatlam bo’lgan samuraylarga tayangan. Syogunlik tizimining qaror topishi 
Minamoto xonadonining butun mamlakat ustidan oliy hokimiyatga egaligini, uning 
davlatning barcha harbiy kuchlari ustidan cheklanmagan nazoratga egaligini rasman 
tasdiqlagan va mustahkamlagan.
Yangi hukumatning (―bakufu‖, ya’ni syogun hukumati, ma’nosi ―dala 
qarorgohi‖) poytaxti sifatida Kamakura shahri (Xonsyu orolining sharqiy qismi) 
tanlandi, shu boisdan ham tarixiy adabiyotlarda Yaponiya tarixidagi birinchi 
Minamoto syogunligi ba’zan Kamakura syogunligi ham deb ataladi. Minamoto 
xonadoni tomonidan poytaxt sifatida Kamakura shahrining tanlanishi uning 



imperatorlik saroyining siyosiy ta’sirini kuchsizlantirishga va undan mustaqil bo’lgan 
hukumat tuzishga intilganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga Minamoto azaliy yapon 
an’analariga sodiqlik ramzi sifatida imperatorlikning minimal hokimiyatini saqlab 
qoldi, chunki monarxiya feodal tartiblarni va bu yerdagi siyosiy guruhlarning g’oyaviy 
birligi ramzi edi.
Minamoto xonadoni vakillari Tayra xonadoniga qarshi kurash jarayonidayoq 
yangi davlat boshqaruv apparatini tashkil etishni boshlab yuborgan edi. Syogunga 
bo’ysindirilgan hokimiyatning markaziy organlari samuraylar ishlari bo’yicha 
boshqarmadan, oliy qonunchilik organidan va oliy suddan iborat bo’lgan. 
Mamlakatning barcha provinsiyalariga Minamotoga yaqin kishilardan gubernatorlar 
yoki protektorlar (―syugo‖) tayinlangan. Ularning asosiy majburiyati mavjud 
kamakura tuzumiga qarshi ko’tarilgan har qanday g’alayonlarni bartaraf etishdan 
iborat bo’lgan. Ular mahalliy aholi harbiy majburiyatlarni qanday bajarayotganligini 
nazorat qilishdan tashqari, polisiya va sud hokimiyatini bajargan, o’zlariga berilgan 
hududlardagi harbiy qismlarga qo’mondonlik qilgan. Undan tashqari feodallarga 
tegishli barcha mulklarda doimiy ravishda maxsus vakolatli vakillar yoki pomeste 
boshliqlari (―dzito‖) mansabi bo’lgan. Ular pomestelar egasi bo’lgan feodallarning 
faoliyatini kuzatishgdan tashqari, aholining oziq-ovqat bilan ta’minlashi uchun zarur 
bo’lgan guruch hosili va harbiy soliqlar to’lanishini nazorat qilgan. 

Download 475,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish