1
YAPONIYA (XII ASR OXIRIDAN XVI ASR OXIRIGAChA)
Tayanch ibora va atamalar:
Syogun, bakufu, samuray, ―syugo‖, ―dzito‖, sikken, eks-imperator, gokenin,
xigokenin, ―bonge‖ yoki ―tige‖, eta, gogebun, ―kamikadze‖, (―basyaku‖ yoki
―umakasi‖ – ―qarzdor ot‖, ronin, ―erkin shahar‖, ―tanegasima‖
Yaponiyada syogunat tizimining qaror topishi.
XII asr oxiridan Yaponiyada
feodal tartiblar o’zining taraqqiyot davriga ko’tarilishni boshladi. G’arbiy Yevropa
davlatlariga nisbatan kechroq bu bosqichga qadam qo’yishini Yaponiyaning o’ziga
xos rivojlanish yo’li bilan izohlanadi. O’rta asrlar davrining ilk bosqichida feodal
munosabatlar bilan birga patriarxal qulchilikka asoslangan quldorchilik munosabatlari
ham mavjud edi. Faqatgina o’rganilayotgan davrga kelganda siyosiy jihatdan davlat
qaror topishi ham o’z yakuniga yetdi, ya’ni syogunat tizimi shakllanib, siyosiy
hokimiyat davlatning markazi bilan birga joylardagi qudratli feodal xonadonlar qo’lida
ham to’plandi.
Yaponiyada syogunat tizimning qaror topishi 1192-yilga borib taqaladi. Shu yili
yapon imperatori Minomoto-Yorimoto feodal xonadoni boshlig’iga ―varvarlarni
bo’ysindiruvchi buyuk qo’mondon‖ (yaponcha ―seyi taysyogun‖ yoki qisqacha
―syogun‖) rutbasini beradi. Syogunlik tizimi feodal xonadonlarning iqtisodiy, harbiy
va siyosiy munosabatlaridagi kuchli harbiy-feodal diktaturasini namoyon etib, ular
harbiy qatlam bo’lgan samuraylarga tayangan. Syogunlik tizimining qaror topishi
Minamoto xonadonining butun mamlakat ustidan oliy hokimiyatga egaligini, uning
davlatning barcha harbiy kuchlari ustidan cheklanmagan nazoratga egaligini rasman
tasdiqlagan va mustahkamlagan.
Yangi hukumatning (―bakufu‖, ya’ni syogun hukumati, ma’nosi ―dala
qarorgohi‖) poytaxti sifatida Kamakura shahri (Xonsyu orolining sharqiy qismi)
tanlandi, shu boisdan ham tarixiy adabiyotlarda Yaponiya tarixidagi birinchi
Minamoto syogunligi ba’zan Kamakura syogunligi ham deb ataladi. Minamoto
xonadoni tomonidan poytaxt sifatida Kamakura shahrining tanlanishi uning
2
imperatorlik saroyining siyosiy ta’sirini kuchsizlantirishga va undan mustaqil bo’lgan
hukumat tuzishga intilganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga Minamoto azaliy yapon
an’analariga sodiqlik ramzi sifatida imperatorlikning minimal hokimiyatini saqlab
qoldi, chunki monarxiya feodal tartiblarni va bu yerdagi siyosiy guruhlarning g’oyaviy
birligi ramzi edi.
Minamoto xonadoni vakillari Tayra xonadoniga qarshi kurash jarayonidayoq
yangi davlat boshqaruv apparatini tashkil etishni boshlab yuborgan edi. Syogunga
bo’ysindirilgan hokimiyatning markaziy organlari samuraylar ishlari bo’yicha
boshqarmadan, oliy qonunchilik organidan va oliy suddan iborat bo’lgan.
Mamlakatning barcha provinsiyalariga Minamotoga yaqin kishilardan gubernatorlar
yoki protektorlar (―syugo‖) tayinlangan. Ularning asosiy majburiyati mavjud
kamakura tuzumiga qarshi ko’tarilgan har qanday g’alayonlarni bartaraf etishdan
iborat bo’lgan. Ular mahalliy aholi harbiy majburiyatlarni qanday bajarayotganligini
nazorat qilishdan tashqari, polisiya va sud hokimiyatini bajargan, o’zlariga berilgan
hududlardagi harbiy qismlarga qo’mondonlik qilgan. Undan tashqari feodallarga
tegishli barcha mulklarda doimiy ravishda maxsus vakolatli vakillar yoki pomeste
boshliqlari (―dzito‖) mansabi bo’lgan. Ular pomestelar egasi bo’lgan feodallarning
faoliyatini kuzatishgdan tashqari, aholining oziq-ovqat bilan ta’minlashi uchun zarur
bo’lgan guruch hosili va harbiy soliqlar to’lanishini nazorat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |