Xodzyo xonadonining hokimiyat tepasiga kelishi. Jamiyatning tuzilmasi
.
1199-yilda Minamoto xonadonining boshlig’i Yoritomo vafot etgach, syogunlikni
uning bevasi Masako va qaynotasi Xodzyo Tikimasa boshqardi. U o’ziga sikken –
hukmdor unvonini olib, amalda hukumatning rahbariga aylanib oldi. 1219-yilda
Minamoto xonadonining oxirgi syoguni bo’lgan Sanetomo o’ldirilgach, davlatning
barcha muhim mansablari Minamoto xonadonining qarindoshi bo’lgan Xodzyo
xonadoni qo’liga o’tib, uning despotik hokimiyati XIV asrning birinchi choragigacha
davom etdi.
3
Minamoto va Xodzyo xonadonlari o’rtasida markaziy hokimiyat uchun olib
borilgan o’zaro urushlardan imperatorlik xonadoni foydalanib, o’zining boy bergan
oldingi hokimiyatini tiklashga harakat qildi. 1219-yilda eks-imperator Gotobaning
qurolli isyoni boshlandi, bu davr tarixga ―Syokyu yillari isyoni‖ (Syokyu 1219-1221-
yillarda hukmronlik qilgan) nomi bilan kirdi. Lekin bu kurashda Gotoba
mag’lubiyatga uchraydi (1221), uning 600 ga yaqin tarafdorlari, ular asosan saroy
mulozimlari edi, mol-mulki musodara qilinib, mamlakat bo’ylab surgun qilindi. Shu
kabi isyonlarni yangidan ko’tarilmasligi va o’z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida
Xodzyo poytaxt Kiotoga alohida vakolatli mansabdorni – rezidentni yuborib, unga
alohida harbiy kuchlar ajratdi.
Kamakura syogunligi davrida jamiyat quyidagi tabaqalarga bo’lingan: eng
yuqorida hukmron qatlamni samuraylar tashkil qilgan, ular kamakura syogunligining
tayanchi bo’lgan. Ular o’z navbatida ikkiga bo’lingan: bevosita syogunga vassal
bo’lgan samuraylar – gokenin, boshqa feodallarga, ibodatxona va monastirlarga vassal
bo’lgan samuraylar – xigokenin.
Jamiyatning hukmron qatlamiga poytaxtdagi imperatorlik mulozimlari ham
kirgan bo’lib, ular syogun hokimiyatiga dushman munosabatda edi. Ular Kiotodagi
imperatorlik saroyining unvon, rang va mansablariga ega bo’lsalarda, ammo real
siyosiy hokimiyatdan mahrum etilgan edi. Mamlakatning asosiy yer fondi yirik feodal
xonadonlari qo’lida to’plangan edi. Ular bilan birga diniy feodallar – budda ruhoniylar
ham jamiyatning yuqori qatlamini tashkil etib, katta-katta yer-mulklarining sohiblari
bo’lgan. Ular dunyoviy feodallarga qaraganda o’z yerlarida mehnat qilayotgan
dehqonlarni kamroq asoratga solishi iblan ajralib turardi.
Jamiyatning quyi qatlamini ―oddiy xalq‖ – ―bonge‖ yoki ―tige‖ tashkil qilib,
ular tarkibi dehqonlardan, hunarmand va mayda savdogarlardan iborat edi. Yapon
jamiyatida eng quyi qatlamni eta
kastasi tashkil qilgan.
Eta – feodal Yaponiyasidagi pariylar kastasi. Ularning kastasi merosiy asosda o’tgan va asosan hayvonlarni so’yish,
ularning qismlarini qayta ishlash, terilarini shilish, shuningdek ahlat tozalash ishlari bilan shug’ullanganlar. Eta kastasi
“murdor qilinganlar” , ya’ni harom qilinganlar hisoblangan, ularning kastasi “dahlsiz” bo’lgan, sababi budda arkonlariga
4
Do'stlaringiz bilan baham: |