Yaponiya (XII asr oxiridan XVI asr oxirigachA) Tayanch ibora va atamalar


XII asr oxiri – XIII asr boshlarida agrar tuzum



Download 475,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana20.06.2022
Hajmi475,3 Kb.
#678528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaponiya (1)

XII asr oxiri – XIII asr boshlarida agrar tuzum
. XII asr oxiri – XIII asr 
boshlarida Yaponiyada yerlarning nisbatan qudratli feodal xonadonlar qo’lida 
to’planishi kuchayib bordi. Tayra xonadonini mag’lub etgan Minamoto ularning 
barcha yer-mulkini maxsus yorliq – gogebun asosida o’z yaqinlariga feod tarzida 
tarqatib berdi. Shu tariqa mayda pomesteli yer egaligi shakliga asoslangan xususiy 
feodal yer egaligi evolyusiyasi boshlandi. Dehqonlar endi ishlab berish majburiyatidan 
tashqari mahsulot majburiyatini ham to’lashga majbur etila boshlandi. Odatda ular 
guruch hosilining 40 dan 60 % gacha mahsulot rentasini to’lashgan. Ba’zi hududlarda 
paxtadan ham mahsulot rentasi to’langan. Undan tashqari dehqonlar qal’alarning 
qurilishi va ta’mirida, irrigasiya tizimlarini ishga tushurishga majburiy jalb qilingan. 
Yana dehqonlar turli xil soliq va yig’imlarni to’lashdan tashqari, feodal-samuray 
drujinasi tarkibida piyoda askar sifatida harbiy majburiyatni ham bajarishi kerak edi. 
Xubilayning Yaponiyaga yurishlari
. Xitoyda Yuan mug’ul sulolasi 
hokimiyatini to’la qaror topdirgan Xubilay Yaponiyani ham o’z imperiyasi tarkibiga 
kiritishni maqsad qildi. Bu niyatini amalga oshirish uchun u 1266-1273-yillarda 
Yaponiyaga bir necha elchilik missiyalarini yubordi. Ularda Yaponiyani zudlik bilan 
tobe bo’lish, aks holda ularga qarshi urush boshlanishi talabi yetkazildi. Lekin sikken 
Xodzyo Tokimune (1251-1284) bu talablarni rad qilib, mudofaa inshootlarini 
mustahkamlashga kirishdi. Bundan xabar topgan Xubilay 1274-yilda Koreya hududi 
orqali Yaponiyaga juda katta harbiy flot yubordi. 15 ming mug’ul va xitoy, 8 ming 
yomon tayyorgarli ko’rgan koreyslardan, 7 ming yaxshi tayyorgarli ko’rgan koreys va 
xitoy dengizchi desantlaridan iborat bu flot dastlab muvaffaqiyatga erishib, Susimu va 
Iki orollarini egallashga muvaffaq bo’ldi. Biroq janubiy provinsiya Kyusyudan kelgan 
yordamchi qo’shin vaziyatni Yaponiya tomoniga o’tishiga xizmat qildi. 3 minga yaqin 
katta kemalar va 400-500 kichikroq qayiqlardan iborat Xubilay flotining mayda 
ko’ra hayvonlarni o’ldirish taqiqlangan edi. Kasta a’zolari huquqsiz bo’lib, faqatgina maxsus ajratilgan yerlarda istiqomat 
qilishlari mumkin edi. Kastadan tashqarida nikoh qurishlari ham man qilingan.



qayiqlaridan tashqari 700 ta katta kemalari cho’ktirildi. 13,5 ming yuan askari yapon 
suvlariga cho’kib ketdi.
Birinchi yurish mag’lubiyati Xubilayni to’xtatib qolmadi. U 1275-yilda yangi 
talabnoma bilan o’z elchilarini Yaponiyaga yubordi. Bu safar syogun Xodzyo 
Tokimune nafaqat Xubilayning talabini rad qildi, balki elchilarni o’limga mahkum 
etishga botina oldi.
1279-yilda Janubiy Xitoyni to’la bo’ysindirgan Xubilay asosiy e’tiborni 
Yaponiyaga qaratdi. 1281-yilda boshlangan ikkinchi ekspedisiyaga ko’p sonli mo’g’ul 
va koreys harbiylaridan tashqari, 100 ming nafar janubiy xitoy qo’shinlari ham 
safarbar qilindi. 23-iyun 14-avgust kunlari dengizda va quruqlikda ayovsiz va shiddatli 
janglar bo’lib o’tdi. Jangning oxirgi ikki kuni amalda urushning taqdirini hal qildi. 
Sababi Kyusyu orollaridan dengiz to’foni ko’tarilib, mo’g’ul flotini yakson qilib 
tashladi. Yapon tarixiy adabiyotlarida bu shamol ―ilohiy shamol‖ – ―kamikadze‖ 
nomini oldi. 3500 mindan ortiq kema va qayiqlardan bor yo’g’i 200 ga yaqin kema va 
qayiq bu shamoldan omon qoldi. Ikkinchi ekspedisiyaning halokatga uchrashining 
asosiy sababi dengiz to’foni bo’lish bilan birga yana harbiy boshliqlarning yo’l 
qo’ygan xatolari edi. Chunki ixcham va kichik bo’lgan yapon kemalari og’ir va qo’pol 
bo’lgan mo’g’ul kemalaridan to’fon paytida tezroq harakatlana olishi va yo’nalishini 
osonlik bilan o’zgartirishlari bilan farq qilar edi.

Download 475,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish