Yangi davr arab adabiyoti


VIII BOB   LIVAN ADABIYoTI



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

VIII BOB  
LIVAN ADABIYoTI  
Livan  adabiyoti  hozirgi  zamon  arab  adabiyotining  ajralmas  qismidir.  O‘z  geografik 
holatiga ko‘ra Livan bir tomondan dengiz orqali G‘arb bilan aloqada bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
sahro yo‘lidan Sharq xalqlari bilan bog‘liq. Shu bois Livan madaniyatida ikki unsur sharqona va 
g‘arbona xususiyatlar uyg‘unlashgan.  
Livan Birinchi jahon urushiga qadar Turk sultonligi tarkibiga kirar edi,  Livan va Suriya 
xalqlari  turk  istibdodidan  qutulish,  o‘z  istiqlolini  qo‘lga  kiritish  uchun  birgalikda  kurash  olib 
bordilar. Ularni ko‘pdan beri Yaqin Sharq xalqlarini bo‘ysindirish, qul qilishga intilib kelayotgan 
mustamlakachilikka qarshi kurash birlashtirib turar edi.  
Turk  sultonligining  asriy  zulmi,  undan  keyin  mustamlakachiliklarning  surbetlarcha 
xo‘jayinchilik  qilishi,  ular  tomonidan  xalqning  tahqirli  qashshoqlikka  mahkum  etilishi  bir 
zamonlar  yuksak  va  mashhur  bo‘lgan  Livan  va  Suriya  arablari  madaniyatini  tushkunlikka  olib 
keldi.  
Mustamlakachilar ko‘p yillar davomida Livan madaniyatini boshqa arab mamlakatlaridan 
chegaralab turishga harakat qildilar va ma’lum darajada bunga erishdilar ham. Usmonli saltanati 
qulagandan  so‘ng  Livan  va  boshqa  arab  xalqlari  madaniyati  orasidagi  uzilish  tobora  ko‘proq 
sezila boshladi. XIX asrda Nasif al-Yazijiy, Butrus al-Bo‘stoniy, Adib Ishoq va  boshqalar kabi 
livanlik  yozuvchilar  asos  solgan  madaniyat  arboblari  orasidagi  ma’naviy  yaqinlik  deyarli 
butunlay yo‘qqa chiqdi.  
Shunga  qaramay,  Livanda  fransuzlar,  Iroq,  Falastin  va  boshqa  arab  mamlakatlariga 
inglizlar  arab  xalqlari  orasidagi  tarixan  shakllanib  kelgan  aloqalarni  butunlay  uzib  tashlay 
olmadilar.  Bunday  og‘ir  sharoitda  Livan  adiblari  orasida,  ayniqsa,  o‘z  milliy  madaniyatiga 
bo‘lgan  qiziqish  kuchaydi,  uni  hozirgi  zamon  talabi  darajasiga  ko‘tarish,  asrlar  davomida 
yaratilgan eng yaxshi jihatlarini saqlab qolish va rivojlantirish istagi paydo bo‘ldi.  
XIX asr Livan adabiyotining asosiy mavzusi milliy masala bo‘lib, ozodlik harakati unda 
deyarli  o‘z  ifodasini  topmagan  bo‘lsa,  XX  asrning  boshlariga  kelib,  ayniqsa,  Birinchi  jahon 
urushidan  keyin  ahvol  butunlay  o‘zgardi.  Bu  davrda  adabiyot  mustaqillik  uchun  olib  borilgan 
kurashga  tobora  ko‘proq  murojaat  qila  boshladi.  Shu  bilan  birga  milliy  masala  talqini  ham 
borgan sari haqiqatga yaqinroq bo‘la bordi.  
Arab xalqlari, adiblari shuni tushunib yetdilarki, millat xorijiy xo‘jayinlar hukmidan ozod 
bo‘lib, o‘z moddiy, ma’naviy manfaatlarini himoya qilish yo‘liga qadam qo‘ygandagina qaddini 
rostlab olishi mumkin. Bu vazifa, birinchi navbatda, adabiyot ijodkorlari zimmasiga tushadi.  
Nashriyot  ishlari  boshqa  arab  mamlakatlariga  nisbatan  Livanda  yaxshiroq  yo‘lga 
qo‘yilgan.  «As-Saqafa  al-Vataniya»,  «at-Tariq»  ijtimoiy-adabiy  jurnallari  katta  tirajda  chop 
etiladi.  Bu  jurnallar  sahifalari  orqali  yosh  adiblar  o‘z  iqtidorini  sinab  ko‘rib,  adabiyot  shoh 
ko‘chasiga qadam qo‘yadilar.  
Ikkinchi  jahon  urushi  va  undan  keyingi  davrda  arab  mamlakatlarida  g‘oyaviy-siyosiy 
kurash  avj  pallasiga  qadam  qo‘ydi.  Bu  davrda,  ayniqsa,  arablar  birligi  g‘oyasi  hammaning 
diqqatini  o‘ziga  jalb  etdi,  adabiyotga  yangi,  ilg‘or  kuch  kelib  qo‘shildi,  eskilik  va  yangilik 
orasida  kurash  avj  oldi,  yozuvchining  jamiyatdagi  roli  haqida  bahs  yuritildi,  «progressiv 
realizm» va «sof san’at» tarafdorlari orasida keskin kurash boshlandi, milliy-ozodlik g‘oyalarini 
o‘zida aks ettirgan publisistik va badiiy asarlar yaratildi, xalq demokratik yo‘nalishidagi adabiyot 
shakllana boshladi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish