Savol va topshiriqlar 1
Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar) ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi.
Millat oʻzligini XVIII asrda namoyish etdi. Milliyat shaklida namoyish etdi. XX asr siyosatchilaridan biri mazkur jarayonni kuzatar ekan, yozgan edi: “Milliyat fikriga, bu azim quvvatga hech bir kuch bas kela olmadi, yuz minglarcha haybatli qoʻshin bu fikr qarshisida yengildi. Milliyat atalmish buyuk qudratga bugun toʻp va miltiq bas kela olmaydiDarvoqeʼ, ingliz olimi Charlz Xostler 1904-yilda Qohirada “Turk” gazetasida eʼlon qilingan mazkur maqolaning turk dunyosi uchun oʻynagan rolini Kommanifestning marksizmdagi oʻrni bilan qiyoslagan edi.
Millatdan milliyatgacha boʻlgan yoʻl uzun va murakkab yoʻl, albatta. Lekin shunisi aniqki, Demokritdagi natsio—millatdan XVIII asr Fransiyasidagi “nasional” — milliyatgacha boʻlgan davr boʻm-boʻsh boʻlgan emas. Millat-milliyat masalalari Sharqda ham ishlangan. Va agar bunga toʻxtash lozim boʻlsa, gapni “Qurʼon”dan boshlamoq kerak boʻladi. Masalan “Qurʼoni karim”da bu soʻz 11 surada 14 oyatda uchraydi. Jumladan, 2 (Baqara)-, 12 (Yusuf)-, 7 (Aʼrof)- suralarining har birida 2-martadan tilga olinadi va ularning yettitasida “millati Ibrohima” (“Va man yargʻabau an millati Ibrohima…”, 2-sura, 130-oyat) shaklida keladi va maʼlum boʻlganidek, din, shariat, mazhab maʼnolarini anglatadi. Qolgan yetti oʻrinda hazrati Ibrohim tilga olinmasa-da, ahli tavhid bilan ahli mushrikni ajratish uchun ishlatiladiki, bu ham uning din-mazhab doirasida qolganini koʻrsatadi.
Milliy uyg’onish adabiyoti XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan, mazkur harakat g’oyalarining adabiy-badiiy ifodasi edi. Lekin u jadidchilikning shunchaki bir ko’rgazmsi bo’lib qolmadi. Chinakam adabiyotga aylandi.U yangi adabiyotni boshlb berdi. Milliy uyg’onish davri adabiyotining avj pallasi 1915-1925-yillarni o’z ichiga oladi. Mazkur davr adabiyotimiz tarixining XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi 50-60 yillik davrni qamrab oladi. Adabiyotimiz tarixining bu davrini alohida qilib ajratish yangi gap emas. Buning ham 50-60 yillik tarixi bor. Faqat biz bundagi milliy uyg’onish mazmuniga alohida urg’u beryapmiz. Aslida bu ham yangi emas. 20-yillarda bu atama «moda»da bo’lgan. Mohiyatan bu davr mumtoz adabiyot bilan hozirgi adabiyot o’rtasida ko’prik bo’lgan davr. Yangi adabiyotning shakllanish davri. O’z davrida u aniq-tiniq atalgan, «jadid adabiyoti» deyilgan. Jadid adabiyotining ma’nosi “yangi adabiyot” degani. Lekin taqdir taqozosi bilan u «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» atalib ketdi.
Milliy uyg’onish davri adabiyotida Yevropa tipidagi proza, drama va lirika janrlari xalqning kundalik turmushi , urf-odatlari,ijtimoiy tengsizlik va zulmdan ezilgn xalqni chuqur o’rganish natijasida paydo bo’ldi. Bu davr prozasining diqqat markazida har qanday insoniy huququlardan mahrum shaxs-kichkina odam obrazi turadi. Bu huquqsiz dehqon, huquqsiz sharq zaifasi, yetim norasidalar bo’lib, o’zida davrning vaxshiyligi va adolatsizligini gavdalantiradi.
Prozaning taraqqiyotida dramaturgiyaning ta’siri ijobiy o’ringa eg. Ma’rifatparvarlik prozasining o’ziga xos takrorlanmas xususiyati va fazilatlari bore di. Bular epik janrlardagi asarlarda hayot ma’lum aniq, falsafiy-ijtimoiy va badiiy nuqtai nazardan obrazlar sistemasi orqali gavdalantirilgan.
Turkistonda uch xonliki vujudga kelishi bilan adabiy harakatchilik ham uch mintaqaga bo‟linib bordi.
XIX-asr boshlarida shakllangan Qo‟qon adabiy muhiti ham xonlikning
madaniy hayotida katta o‟rin tutgan. Qo‟qon hukmdorlarning qator namoyondalari temuriylar an‟anasini davom ettirib, o‟zlari ham ilm-ma‟rifat bilan shug‟ullanib bu sohani ravnaq topdirishga katta sa‟y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‟qon xonlaridan Umarxon va Muhammad Alixon davrlari yaqqol ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |