XX ASRNING 80-YILLARIDAGI IROQ ROMANChILIGI
Iroqning Eron bilan olib borgan uzoq muddatli urushi, hukumat beqarorligi yozuvchilarni
yana bir bor bu milliy mojarolarning ildiziga, jumladan, 1958 yilgi inqilob tarixiga murojaat
etishga majbur qildi. Ular bu inqilobiy jarayon mamlakatning kelajak rivoji uchun foyda
keltirdimi, u Iroqni taraqqiyot yo‘liga boshladimi, degan savolga tarixdan javob qidirdilar.
Fuod at-Tekerli o‘zining "Bevaqt qaytish" (1980) nomli romanida 1958 yildagi
inqilobning Iroq jamiyatiga ko‘rsatgan ta’sirini tadqiq qilishga urinadi.
Inqilobdan keyingi davrda vatanparvar kuchlar parokandalik holatiga tushdilar, ular
hokimiyatni opportunistik kuchlar egallagani, Abulkarim Qosim diktaturasi o‘rnatilganidan
tushkunlikka tushdilar. Bu davr borasida roman qahramonlaridan biri quyidagi achchiq so‘zlarni
aytadi: "Jamiyat beqaror holga keldi, uning kelajagi yo‘q. Bu - tubsiz do‘zax, fasod, devonalik,
dahshat, nafrat va riyo jamiyati. Yog‘li ovqatlar bilan qornini qappaytirib olgan to‘qlar jamiyati
dunyoda nima bo‘layotgani bilan qiziqmaydi. U ilojsiz milliy ziddiyatlar domiga giriftor
bo‘ladi."
Romanning bosh qahramonlari o‘ta tushkun kayfiyatda tasvirlangan, ular atrofda faqat
yomonlikni ko‘radilar, at-Tekerlining oldingi asarlaridagi kabi ekzistensializm ruhidagi
pessimistik gaplarni aytadilar. "Hayotning o‘kirib yig‘lashlaridan sanoqli soniyalar o‘tgach o‘lim
talvasasi boshlanadi. Bor-yo‘q mantiq shundan iborat.» "Romanda tasvirlangan shaxslar
"baxtsiz", ular hayoti "o‘tkinchi", ular vahshiyona kuch "qurboni". Bu kuch o‘zi nima? Bu
bizning nigohimiz ko‘rishga qodir o‘taketgan shafqatsizlik, zo‘ravonlik, berahimlik dastgohini
harakatga keltiradigan mavhum kuchdir. Bu o‘zi nima? Nima bu, axir?"
Roman ikki planli asar bo‘lib, birinchi - zohiriy plani 1963 yil 14 iyul voqealarini qamrab
oladi. Unda ko‘p xonadonli uyda yashaydigan o‘rta tabaqaga mansub oila hayotiga oid voqealar
hikoya qilinadi. Ro‘y bergan eng dramatik voqea bu oilada voyaga yetgan qizning iffatini
yo‘qotishi bilan bog‘liq. Uni yuqori lavozimda ishlaydigan bir amalparast yo‘ldan urgan.
Asarning ikkinchi plani - ramziy. Munira (ma’nosi - nur sochuvchi) uni yo‘ldan urgan
kishi shosha-pisha turmushga berib yuborgan oddiy qiz emas. Eriga u "abadiy" bo‘lib tuyuladi.
135
"Uning sevgilisi - chuqur ma’noga ega bo‘lgan hayotning o‘zidir. Muniraga nisbatan javobsiz
muhabbat tuyg‘usiga ega yana bir qahramon bo‘lib, uning uchun qiz hayotda mavjud bo‘lgan
yagona orzu bo‘lib qoladi". Boshqacha so‘z bilan aytganda, Munira obrazi o‘zining ideal
pokligini saqlab qolgan inqilob ramzidir.
Roman personajlari va 1958 yilgi inqilobning chinakam yetakchilari orasida ramziy
paralellar ham mavjud. Munirani yaxshi ko‘rgan Abulkarim inqilobning yetakchisi, vatanparvar
kuchlarni siyosiy muvaffaqiyatsizlikka olib kelgan Abulkarim Qosim nomi bilan atalgan. Inqilob
yetakchisi singari Abulkarim ham mayda burjuaziyani ideallashtiradi, xalq ommasining eng
zarur manfaatlari, ehtiyojlariga befarqlik bilan qaraydi, shirin xayollar olamida yashaydi, alg‘ov-
dalg‘ov ro‘yolar hujumidan aziyat chekadi.
Muniraning eri Midhat taraddudlanib turgan mayda burjuaziyani o‘zida
mujassamlantiradi. Mayda burjuaziya inqilobdan chekinganidek, u ham Munirani tashlab ketadi.
U qalban individualist bo‘lgani tufayli o‘zini xatardan uzoq tutar, kuch ishlatish borasida nafrat
bilan o‘ylar edi. "Isyon" unga soxta narsadek tuyular, qo‘zg‘olon haligacha birovga naf
keltirmagan, deb hisoblar edi.
At-Tekkerli o‘z romanini Misrning mashhur yozuvchisi N.Mahfuz ta’sirida yozgandi.
"Bevaqt qaytish"ning personajlaridan biri Husayn Mahfuzning "Gadoy" romani qahramoni Umar
Hamzaviyga juda o‘xshab ketadi. Husayn oilasini, tuzukkina maoshli ishini tashlaydi, imtiyozli
maqomidan voz kechib foydasiz xayollarga beriladi, oxiri rasvo bo‘lib, piyonistaga aylanadi. Bu
bilan yozuvchi ko‘pgina misrlik va iroqlik adiblar kabi ayrim burjua doiralari hamda
tubanlashgan ijtimoiy qatlamlarning fe’l-atvorini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lar edilar.
Abdurahmon Majid ar-Rubayi (1939y.tug‘.) mamlakatning yetakchi nasrnavisi, 15 kitob
muallifi, boshqa inqilobni - 1968 yil 17 iyulida Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi (Baas)ni
hukumat tepasiga keltirgan inqilobni qalamga oladi. U Baasga tarafdorlik ruhidagi adabiyotni
vujudga keltirishga da’vat etadi.
"Orzu pardasi bilan to‘silgan ko‘zlar" (1974), "Daryo" (1976) romanlari qahramonlari
inqilobiy kurashning kerakligi haqidagi xulosaga keladilar. Shu narsa diqqatga sazovorki, ar-
Rubayi o‘z asarlarida Baas hokimiyatni egallashidan oldingi "dillarda umid va orzular to‘lib
toshgan" davrni tasvirlaydi. Muallifning Baasning hokimiyatni olgandan keyin, ilgari qilingan
orzu-umidlar ushalishi kutilgan davrdagi faoliyatini tasvirlaydigan birorta ham asari yo‘q. Ar-
Rubayining 1968 yildan keyingi voqealarni tasvirlovchi romanlarida qahramonlar ideallarsiz va
orzularsiz yashaydilar. Chunonchi «Meridianlar" (1983) romanida qahramonlar butunlay
tushkun. Ular faqat ma’naviy qashshoq emas, ulardagi insoniy xususiyatlar yo butunlay bo‘g‘ib
tashlangan, yoki asl mohiyatini yo‘qotgan. Adib mayda burjua tabaqasiga mansub G‘iyos Dovud
hayotini tasvirlaydi. U hech o‘ylamasdan o‘z kuchi va vaqtini mayxo‘rlik va ishqiy aloqalarga
sarflaydi. Bu obraz ma’lum darajada avtobiografik bo‘lsa-da, aslida u ters qahramon, muallif
ideallarining aksini o‘zida ifodalaydi.
"Hayotda meni eng ko‘p iztirobga soladigan narsa bugun o‘zimga ep ko‘rgan guvohlik
vazifam, hayotimdagi eng mushkul vazifadir. Men yolg‘iz edim, o‘zimdan ham, erimdan ham
ko‘nglim qolgan edi. Rassom bilan olib borgan yozishmalardan ko‘nglim taskin topa boshladi.
Men uning xatlarini berilib o‘qirdim. Ular o‘lim talvasasiga tushgan odamning faryodiga
o‘xshardi. Na Madrid, na Ispaniya, na butun dunyo, na uning mashhurligi, na uning suvratlari, na
u hirs qo‘ygan ichkilik endi uni hayotga qaytarishga qodir emas. U mendan najot istaydi. Ammo
bundan nima foyda? O‘zi cho‘kib borayotgan odam boshqa cho‘kayotganni qutqara olmaydi-
ku!"
71
Asar qahramonlaridan biri shunday xitob qiladi. Romanda tasvirlangan hayotiy
vaziyatlarning bedavoligi, personajlar hayotining ma’nosizligi ar-Rubayi bu davrda e’tiqod
qo‘ygan ekzistensialistik tafakkur tarzidan sarchashma oladi.
Ar-Rubayi ijodida, xuddi so‘nggi yillardagi Iroq adabiyotida bo‘lganidek, ikki
yo‘nalishning o‘zaro kurashi sezilib turadi. Bir tomondan, bu - ochiqdan-ochiq targ‘ibotchilik
ruhidagi rasmiy, baasparast adabiyot. Unga antibaaschi adabiyot qarshi turadi. Bunday asarlarda
71
Письмена на дереве. Иракский рассказ. М., 1983, Б.14.
136
hukumatga qarshi e’tiroz hayot maromini butunlay qoralash yo‘li bilan pardalab ifodalanadi. O‘z
fikrlarini ochiq ifodalash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bir sharoitda yozuvchi hokim partiya
dastur qilib olgan qalloblik va zo‘ravonlikni fosh qilmaydi, balki uning ayanchli oqibatlarini,
aldov va zulmdan aziyat chekkan, himoyasiz, qo‘rquv ostida yashaydigan, zo‘ravonliklardan o‘zi
topgan choralar bilan jon asraydigan inson shaxsi qanday ahvolga tushishini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |