So‘z boshi
Yangi davr arab adabiyoti tadqiqodchilari arab Sharqi mamlakatlarining tarixiy taqdiri va
madaniyati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladilar.
Qadimgi va o‘rta asrlarda gullab yashnagan arab adabiyoti yangi davr bo‘sag‘asida
qoloq, susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab ketgan Yevropa adabiyotining
ketidan quvishga majbur bo‘ldi.
O‘rta asrlarda vujudga kelgan madaniy, adabiy umumiylikning parchalanishi va milliy
adabiyotlarning shakllantirish jarayoni arab Sharqida, bir tomondan, qudratli, barqaror o‘rta asr
madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi
va jahon madaniyati bilan bo‘lgan aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida sodir
bo‘ldi.
Bu omillarning o‘zaro nisbati, ularning badiiy adabiyotga ta’siri darajasi va xarakteri bir
xil emasdi, goh u, goh bu omil ustun kelar edi.
Yangi davr arab adabiyoti an’analarning tuganmas xazinasi, voqelik va jahon
madaniyatidan o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil unsurlarni o‘zlashtirdi.
Yangi arab adabiyoti bir xalqning ijod mahsuli emas, uni Misr, Suriya, Livan, Iroq,
Iordaniya, Jazoir, Tunis, Marokash va Arabiston yarim oroli mamlakatlari xalqlari
yaratmoqdalar. Tabiiyki, arab Sharqi mamlakatlari bu adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulush bir
xil emas.
Yangi arab adabiyoti tarixini rivojlantirishda Misr, Suriya va Livan mamlakatlari alohida
rol o‘ynadi.
Aksariyat arab tadqiqodchilari bugungi arab mamlakatlari adabiyotini Misr, Suriya, Tunis
va boshqalarga bo‘lmasdan, yagona adabiyot sifatida qaraydilar. Mahalliy o‘ziga xosliklar va
farqlarni nazarda tutgan holda arab adabiyotshunoslari «Misrdagi (Suriyadagi, Iroqdagi va h.k.)
arab adabiyoti» atamasini qo‘llaydilar, lekin «Misr adabiyoti», «Iroq adabiyoti» kabi atamalarni
inkor etadilar.
Misr, Suriya so‘zlarini esa, odatda, janr bilan bog‘liq holda “Misr romani”, “Suriya
novellasi” kabi ishlatadilar.
Darhaqiqat, bir tomondan ular orasida etnik yaqinlik, umumiy arab adabiy tili, ko‘pgina
mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan islom dini, arab birdamligi g‘oyasi mavjud. Bular arab
adabiyotini birlashtiruvchi omillar bo‘lib, ularga iqtisodiy va siyosiy sabablar bilan yuzaga
keladigan arab
Ichki sharoit va ijtimoiy-siyosiy o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi mustaqil, milliy
davlatlarning paydo bo‘lishi, shevalar mavjudligi singari omillar milliy adabiyotlar tez sur’atlar
bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon arab adabiyotini o‘zanidan chetga tortadi.
Tarixiy sharoitlardagi tafovut va XIX asrda arab mamlaktlari ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining notekis kechgani arab dunyosining turli regionlari adabiyotning bir vaqtda o‘rta
asrdan zamonaviy shakllarga o‘tishiga xalaqit berdi. Aksariyat arab mamlakatlari uchun XX asr
Misr adabiyoti Yevropa tajribalarini yoyishda vositachi vazifasini o‘tadi. Turk sultoni
Abdulhamid II hukmronligi davrida Suriya va Livandagi yangilikka intilish harakati
ziyolilarning majburan chet elga ketishi munosabati bilan xiyla sekinlashdi. Yevropa va
Amerika mintaqasida muhojir adabiy markazlar paydo bo‘ldi, Misrda o‘sha davr adabiy
kuchlarining markazlashishi yuzaga keldi. Hozirgi paytda esa arab Sharqining bir qator
mamlakatlarida adabiyotning bir me’yorda taraqqiy etib borishi tamoyili yuzaga kelmoqda.
Yangi arab adabiyotining o‘rganilishiga I. Yu. Krachkovskiy, A. Ye. Krimskiy,
K. V. Ode-Vasilyev, A. Sultonov, A. A. Dolinina, V. Borisov, N. K. Usmonov, A. B. Xolidov,
V. N. Kirpichenko, S. V. Projogina va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Arab
tadqiqodchilaridan Mahmud Amin al-Alim, Abbos Mahmud al-Akkad, Muhammad Mandur,
Jamil Salib, Mustafo Shokir, Husayn Muravvalarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
Ayniqsa, akademik I. Yu. Krachkovskiy asarlarini alohida e’tirof etish kerak. Ma’lumki
ungacha rus va G‘arbiy Yevropa sharqshunosligi faqat o‘rta asr arab adabiyotini o‘rganishga loiq
deb bilardi. I. Yu. Krachkovskiy XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etayotgan
4
yangi arab adabiyotining o‘ziga xos ahamiyatini to‘g‘ri baholab, Muntazam o‘rgana boshladi.
Uning milliy merosi arab Sharqi mamlakatlaridagi adabiy jarayonlarni o‘rganishda poydevor
vazifasini o‘taydi.
Yangi arab adabiyoti tarixi materiallarini bayon etishda biz akademik I. Yu.Krachkovskiy
qoldirgan quyidagi davrlashtirish prinsipiga amal qilamiz.
I-ma’rifatparvarlik davri (1800-1880 yillar).
II-arab jangovar publisistikasi davri (1880-1910 yillar)
III-ilk realizm davri (1910-1935 yillar)
IV-yangi davr adabiyoti (1940-bugungacha).
5
Do'stlaringiz bilan baham: |