Yangi davr arab adabiyoti


 Ma’rifatparvarlik davri badiiy adabiyoti (1880-1910)



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

2. Ma’rifatparvarlik davri badiiy adabiyoti (1880-1910) 
Qadimgi  davr  va  o‘rta  asrlarda  gullab  yashnagan  sharq  xalqlari  adabiyoti  yangi  davr 
bo‘sag‘asida qoloq, taraqqiyoti susaygan holatga tushib qoldi, ular endi ilgarilab ketgan Yevropa 
adabiyoti ketidan quvib yetib olish kerak bo‘lib qoldi. 
Yangilanish  g‘oyasi,  shubhasiz,  til  va  badiiy  ijod  tamoyillarini  ham  qamrab  olgan  edi. 
Barcha  ma’rifatparvarlar  badiiy  ijodning  hamma  asosiy  sohalarida  jonli  so‘zlashuv  tili 
xususiyatlarini  saqlab  qolish  tarafdori  edilar.  Jonli  so‘zlashuv  tili  hajviyotning  tasvir  vositasi 
sifatida  publisistika  va  dramaturgiyadagina  qo‘llanilardi.  XX  asrning  ikkinchi-uchinchi  o‘n 
yilligida, realizmning shakllanish davridagina so‘zlashuv tilining vazifasi ancha kengaydi. 
Xuddi  shu  davrda  tarbiyaviy  tamoyillarni  o‘zida  mujassamlantirgan  estetik  qarashlar 
adabiyotda yuzaga kelaboshladi, yangi davr extiyojiga monand adabiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. 
Bu  yo‘nalishlar  ba’zi  xususiyatlari  bilan  burjua  jamiyati  shakllanishi  davrida  Yevropa 
adabiyotlarida yuzaga kelgan yo‘nalishlarni paydo bo‘lishi, kurashi jarayonini eslatsa-da, o‘ziga 
xos tomonlarga ega edi. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Misr  va  Suriya  adabiyotida  tug‘ilgan  klassisizm  o‘z 
taraqqiyoti  cho‘qqisiga  ko‘tarilishga  ulgurmasdan  uning  o‘rnini  egallash  uchun  kelayotgan 
romantizm  va  sentimentalizmning  hujumiga  duchor  bo‘ldi.  Romantizm  va  sentimentalizm 
tanqidiy  realizmning  taraqqiyotiga  zamin  hozirladi.  Hayotni  yangicha  aks  ettirishga  intilish 
shakldagi  izlanishlarni  yuzaga  keltirdi.  Adiblar  qasida  va  maqomalarning  an’anaviy  shakllarini 
zamonaviy  mazmunga  moslashtirishga urindilar.  Ayni  chog‘da  ular arab  adabiyoti  uchun  yangi 
bo‘lgan janrlar-tarixiy roman, esse, mansur she’r, novellalarga murojaat qildilar. 
She’riyat  konservativroq  bo‘lib  chiqdi,  u  yangi  janrlar  yaratmasdan,  ko‘hna  janrlarni 
zamona  ehtiyojiga  moslashtirish  yo‘lidan  bordi  (Sami  al-Barudiy,  Ismoil  Sabriy,  Ahmad 
Shavqiy, H.Ibrohim).  
Asta-sekin  o‘rta  asrlardagi  jimjimador  qofiyalangan  nasr-saj  o‘rniga  yangi  erkin  nasriy 
uslub yuzaga keldi. 
Ana  shu  jarayonlarda  arab  mumtoz  an’analarini  qayta  tiklashga  urinishlar  va  Yevropa 
adabiyoti,  asosan,  fransuz  va  ingliz  adbiyotlari  tajribalarini  o‘zlashtirishga  intilishlar  bilan  bir 
paytda ro‘yobga chiqdi. 
Bu  davr  nasrida  ikki  maktab-Misr  va  Suriya  maktablari  ajralib  turardi.  Unisida  ham, 
bunisida ham roman, novella yaratildi, lekin ular turli asoslarga suyanar edilar. 
Misr  maktabi  ko‘proq  arab  an’analariga  asoslandi.  Oysha  Teymur,  Muhammad  al-
Muveylihiy,  Muhammad  Hofiz  Ibrohim,  Mustafo  Lutfi  al-Manfalutiylar  maqoma  janirga 
zamonaviy  mazmunni  singdirishga  intildilar.  Bu  misrlik  adiblarning  barchasi  (O.  Teymurdan 
boshqa)  Qohira  oliy  maktablarini  bitirgan,  «musulmon  modernizmi»  arboblari  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  Yevropa  madaniyatidan  bahramand  bo‘lishning  har  qanday  shaklini  inkor  etganlar. 
Novella-maqomalar, roman-maqomalar ana shu tarzda yuzaga kelgan. 
Suriya  maktabi  arab  adabiyotiga  Yevropa  romani  va  novellasini  olib  kirdi.  Suriya 
maktabi  asoschisi  al-Bo‘stoniy  bo‘lib,  u  tarjimon,  publisist,  didaktik  hikoyatlar  va  zamonaviy, 


 
16 
tarixiy  mavzudagi  romanlar  muallifi  edi.  Jo‘rji  Zaydon,  Jamil  al-Mudauvar,  Farah  Antun, 
Ya’qub Saruflar tarixiy romanlar yozdilar. Nomlari tilga olingan adiblar asli suriyalik bo‘lib (al-
Bo‘stoniydan  tashqari),  ularning  adabiy  faoliyati  Misrda  kechdi.  Ular  Yevropa  tipidagi  oliy 
o‘quv  yurtlarida  ta’lim  oldilar,  chet  tillarini  bilardilar,  Yevropa  adabiyotini  mutolaa  qilardilar, 
uni  taqlid  namunasi,  arab  adabiyotining  yangilanishi  uchun  manba  deb  bilardilar.  Lekin  g‘arb 
adabiyotiga bunday munosabat g‘arb siyosatiga ergashish ma’nosini bildirmas edi. 
Misr maktabiga mansub yozuvchilar adabiy uslubni mumtoz davr talablariga amal qilgan 
holda  jonlantirishga  harakat  qildilar.  Suriyalik  adiblar  boshqacharoq  yo‘lni  tanladilar.  Ular  o‘z 
asarlarini keng kitobxonlar ommasiga tushunarli bo‘lishini xohladilar. Aksariyat aholi musulmon 
bo‘lmagani  uchun  ular  Qur’on  talabidagi  tilga  amal  qilishdan  ko‘ra  til  va  uslub  masalalarida 
erkinroq bo‘lishni afzal bildilar. 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  bu  maktablar  o‘rtasida  ziddiyatli  chegara  yo‘q.  Ularning 
vakillari o‘zaro munozaraga kirishsalar ham ko‘proq hamkorlik qildilar, bir-birlarini boyitdilar. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish