Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Jo‘rji Zaydon 
 (1861-1914) 
 Bayrutda  nasroniy  oilasida  tug‘ilgan,  otasi  kichikroq  qahvaxonaning  sohibi  edi. 
Bo‘lg‘usi  adib  mustaqil  mutolaga  berildi,  mumtoz  arab  she’riyatini  qunt  bilan  o‘rgandi, 
inglizcha–arabcha  lug‘at  tuzdi,  ko‘p  o‘qidi.  O‘ta  mehnatkash  bo‘lgan  Jo‘rjni  Zaydon  Qohira, 
Londonda  ta’lim  oldi.  1892  yilda  u  mashhur  adabiy  –  ilmiy  «Al-Hilol»  («Yarim  oy»)  jurnalini 
chiqara boshlaydi, unda o‘zining tarixiy romanlari, maqolalarini e’lon qiladi. 
Uning  ko‘plab  ilmiy  asarlari  ichidan  4  jildlik  «Arab  adabiyoti  tarixi»  va  «Musulmon 
madaniyat  tarixi»  katta  shuhrat  qozongan.  Zaydon  bu  asarlarida  ilk  bor  adabiyot  tarixini 
o‘rganishda Yevropa ilmiy metodlarini qo‘lladi. Uning asarlari ingliz, fransuz, fors, turk, hind va 
boshqa tillarga tarjima qilingan. Mashhur arabshunos A. G. Krimskiy J. Zaydonning g‘oyat og‘ir 
hayot yo‘li, mehnatsevarligi, ijodining ko‘pqirraligini nazarda tutib, uni «arab Lomonosovi» deb 
atagan  edi.  Zaydonning  yorqin,  beqiyos  shaxsi  arab  ma’rifatparvarligida  ulkan  iz  qoldirdi. 
Dunyoqarashi  jihatidan  J. Zaydon–deist  edi.  U  dunyoning  moddiyligini,  materiyaning 
abadiyligini,  bu  dunyo  hodisotlarining  sababli  bog‘lanishini  tan  oladi.  Ayni  chog‘da  xudoning 
mavjudligini,  dinning  zaruratini,  uning  odamlarni  birlashtirishdagi  kuch-qudratiga  ishonadi, 
oxiratni e’tirof qiladi. 
J. Zaydon  dunyoqarashining  shakllanishida  XVIII-XIX  asr  Yevropa  fani  va  falsafasi 
katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Adib  Yevropa  fani  va  falsafasi  g‘oya  va  yutuqlarini,  ko‘p  hollarda 
tanqidiy va izchil qabul qilmaydi. Materiyaning xislatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarida u XVIII asr 
fransuz moddiyunchilariga yaqin (Didro, Golbax). Jamiyat tarixiga munosabatda ham J. Zaydon 
fransuzlarga  yaqin  turadi.  Uningcha,  ijtimoiy  taraqqiyotni  harakatga  keltiruvchi  kuch-g‘oya, 
nodonlik-insoniyat kulfatlarining bosh sababchisi. 
Adib  o‘z  ijodida  oila,  nikoh  masalalariga  ko‘p  o‘rin  ajratadi,  millat  taraqqiyoti  uchun 
ayol mavqeining ahamiyatini ko‘rsatishga intiladi. «Millatni yuksaltirishning eng yaxshi vositasi, 
-deb  yozadi  Zaydon  -  ayolni  o‘qitish,  tarbiyalash,  ta’lim  berishdir.  Agar  ayol  tushkunlikda 
bo‘lsa, butun millatimiz tanazzuldadir».
4
 
Zaydon merosida adabiy-tanqidiy maqolalar yo‘q. Adabiyotning vazifasi to‘g‘risidagi, til 
haqidagi  ayrim  fikrlari  ijtimoiy,  axloqiy  mavzulardagi  maqolalarida  sochilib  yotadi. 
Adabiyotning asosiy vazifasi deb tarbiyaviy xususiyatini ta’riflaydi, yozuvchidan haqqoniylik va 
qat’iyatni talab qiladi. U neologizmlar, chet tili so‘zlarini ko‘proq qo‘llash tarafdori, lekin adabiy 
tilni so‘zlashuv bilan almashtirishni keskin qoralaydi. 
Adib  badiiy  ijodida  ana  shu  tamoyillarga  o‘zi  amal  qiladi.  Zaydonni  didaktik  va 
ko‘ngilochar  voqealarni  o‘zida  mujassamlantirgan  roman  janri  asoschisi  deb  hisoblashadi.  Bu 
janrning  tomirlari  o‘rta  asr  arab  adabiyoti  (adab)ga  borib  tutashadi.  Darhaqiqat,  Zaydon 
romanlarini  o‘qir  ekansiz,  olam-olam  qiziqarli  ma’lumotlar  olasiz,  ular  sizni  ezgulikka, 
yaxshilikka undaydi, g‘aroyib voqealari bilan maftun etadi. 
                                           
4
 Долинина А. А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М., 1968, стр . 103 


 
17 
Zaydon hikoya qilish usulida, syujetda arab xalq adabiyoti yo‘lidan boradi (qahramonona 
jang  tasviri,  xavf-xatarlardan  ajoyib  tarzda  xalos  bo‘lish),  shu  bilan  birga,  Yevropa  tarixiy 
romanining, qisman Aleksandr Dyuma va Valter Skott ijodining ta’siri seziladi. 
Ana  shu  o‘ziga  xos  xususiyatlar  Zaydon  romanlaridagi  syujet  qurilishini  belgilaydi. 
Odatda, ular bir qolipda bo‘lib, bir xil unsurlardan tashkil topadi. Chunki muallif syujet yaratar 
ekan,  xarakterlarga  emas,  oldindan  o‘ylangan  nasihatomuz  sxemalarga  amal  qiladi.  Shuning 
uchun, ko‘pincha, tarixiy voqealar asarning asosi bo‘lmay, syujet qoliplovchisiga aylanadi. 
Zaydon  asarlaridagi  asosiy  konflikt  yaxshilik  va  yozuvlik  kurashidan  iborat.  Yaxshilik, 
ezgulikni  ifodalovchi  kuchlar  axloqiy  go‘zallik,  insonparvarlik,  yuksak  ijtimoiy  ideallar,  aql  va 
ma’rifat timsoli, yovuzlik kuchlari axloqsizlik, istibdod, manfaatparastlik, ma’naviy qashshoqlik 
va  bid’at  ifodachilaridir.  Romandan  romanga  ko‘chib  yuruvchi  ideal  ijobiy  qahramon  va  uning 
sevgilisi,  oliyjanob  ota-onalar  (ba’zida  ota-rahmsiz),  ig‘vogar,  sadoqatli  xizmatkor  kabi  siyqasi 
chiqqan  qahramonlar  yuzaga  keladi.  Zaydon  o‘z  qahramonlarining  psixologiyasi,  ichki  olamini 
ochishga uncha intilmaydi. 
Syujet  ko‘pincha  sarguzasht-avantyura  asosiga  quriladi.  Uning  markazida  yaxshilik 
qiluvchi qahramon va uning sevgilisi turardi. Ularning baxtli bo‘lishlari uchun hamisha to‘siqlar 
ota-onalarning (ko‘pincha qizning ota-onalari) qarshiligi, doimo sevishganlarga xalaqit beruvchi 
raqib,  oshiqlarni  judolikka  duchor  etuvchi  urush  va  boshqa  voqealar  bo‘ladi.  Ammo  oxirida 
sevishganlar murod-maqsadlariga yetadilar. 
Shunday qilib, Zaydon romanlari badiiy uslubi jihatidan XIX asr tarixiy romanidan ko‘ra 
XVIII asr ma’rifatparvarlik qissalariga yaqinroq turadi. 
Zaydon  romanlarini  ikki  guruhga  ajratish  mumkin.  Birichisiga  to‘rtta  ilk  romani-
«Qochoq  mamluk»  (1891),  «Asir  al-Laxdi»  (1892),  «Mamluklar  o‘zboshimchaligi»  (1893)  va 
«Sevishganlar  kurashi»  (1894)  kiradi.  Ularda  arab  dunyosi  tarixi  aks  ettirilgan.  Ikkinchisi  17 
kitobdan  iborat  romanlar  turkumi  bo‘lib,  ularda  arablar  tarixining  fojiali  holatlari  ko‘rsatilgan. 
Turkum mamluklar hukmronligigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 
Ana  shu  turkumdagi  eng  yetuk  romanlardan  biri  «Al-Abbosa  ar-Rashid  singlisi» 
romanidir.  Uning  syujetiga  asos  bo‘lgan  voqea  ilk  arab  solnomalarida  bayon  etilgan  Ja’far 
Barmakiyning xalok bo‘lish tarixidir. Ana shu voqeadan Barmakiy vazirlar sulolasining inqirozi 
boshlanadi. 
Horun  ar-Rashidning  al-Abbosa  ismli  sevimli  singlisi  bo‘lgan.  Xalif  islom  qoidalarini 
buzmagan  holda  doim  bir  dasturxonda  ovqat  yeydigan  sevikli  vaziri  Ja’far  bilan  diydorlashib 
turish  uchun  al-Abbosani  vazirga  soxta  nikohlab  beradi.  Ko‘p  o‘tmasdan  soxta  nikoh  chinga 
aylanadi, bolalar tug‘iladi. Ana shu afsonani asos qilib, Zaydon avantyurali o‘tkir syujet yaratdi. 
Asarda siyosiy fitnalarga ham ko‘p o‘rin ajratilgan. 
Ma’lum  bo‘lishicha,  Ja’far  davlat  jinoyatchisi  Yah’yo  Alaviyni  yashirincha  zindondan 
ozod etgan.  
Asarda  uchta  asosiy  qahramon  va  ularning  xizmatkoridan  bo‘lak  tarixiy  shaxslar  ham 
harakat  qiladilar.  Jumladan,  saroy  shoiri  Abul  Atahiya  al-Abbosa  va  Ja’far  o‘rtasidagi  yashirin 
aloqani fosh qiladi, Horun ar-Rashidga uni chaqadi. Al-Abbosa va Ja’far Xurosonga qochmoqchi 
bo‘ladilar. Yo‘lga tushish arafasida al-Abbosa oldiga Horun ar-Rashid jallod bilan keladi. Xalif 
jallodga  singlisining  boshini  olishni  buyuradi.  Al-Abbosa  halokatini  eshitgan  Ja’far  ikkilanmay 
o‘limga tik boradi, ularning farzandlari ham o‘ldiriladi. Barmakiylar va ularni tarafdorlarini qatl 
qilish  boshlanadi.  Al-Abbosa  Zaydonning  oxiri  fojia  bilan  tugagan  kam  uchraydigan 
romanlaridan  biri.  Romanda  muallif  fikri  aniq  ifodalangan  uning  xayrixohligi  ochiq  bayon 
etilgan.  Zaydon  Horun  ar-Rashidni,  «Ming  bir  kecha»dagidek,  ideallashtirmaydi.  Horun  ar-
Rashid  ayovsiz,  sharq  mustabid  hukmdoriga  xos  illatlar  uning  qiyofasida  mujassamlashgan. 
Mutlaq  hokimiyatga  intilish  Horun  ar-Rashidning  insoniy  tabiatini  vahshiylashtirgan.  U o‘z 
hokimyatiga qilingan tajovuzni kechirmaydi, bu tuyg‘u hatto singlisi va Ja’farga bo‘lgan mehr-
shafqatini ham yo‘qqa chiqardi. Horun ar-Rashid atrofini axloqiy tubanlik va razolat egallagan. 
Zaydon  Horun  ar-Rashid  hukmron  bo‘lgan  «oltin  asr»ning  inqiroz  davriga  aylanishiga 
bosh sabab istibdod ekanini ko‘rsatadi. Adibning mehri Ja’far tomonda. Darhaqiqat, barmakiylar 


 
18 
xalifalikda  tinchlik  va  osoyishtalik  o‘rnatdilar,  davlat  boshqaruvidagi  ishlarni  tartibga  soldilar, 
shaharlar  xavfsizligini  ta’minladilar.  Vazir  mamlakat  uchun  xalifadan  ko‘ra  foydaliroq  ekani 
bilinib  qoldi.  Ozod  qilingan  qul  shaxsiy  xususiyatlari  jihatdan  aslzoda  hoshimiydan  yuksak 
turardi. 
Zaydon  romanlaridagi  ayollar  obrazlari  ham  diqkatga  sazovor.  O‘tmishning  mashhur 
oqila,  ma’rifatli  ayollari-Abbosa,  shoira  Leyla  al-Axyaliyya,  Su-Keyna  zakovatli,  bilimdon, 
yuksak axloq sohibalari sifatida tasvirlanganlar. 
Sevgi  mavzusi  talqinida  Zaydon  o‘zining  didaktik  uslubiga  sodiq  koladi.  Yozuvchi  o‘z 
zamondoshlari  arab  ayollariga  taqlid  qilsa  arziydigan  namunalarni  tavsiya  etadi,  zamondosh 
erkaklarni  esa,  ayolga  nisbatan  tamomila  yangi  munosabatda  jamiyatning  to‘laqonli,  teng 
huquqli  a’zosi  sifatida  muomala  qilishga  chaqiradi.  Zaydon  romanlaridagi  muhabbat 
mavzusida sentimentalizm ta’siri yaqqol seziladi. 
U  sevgini  musaffo  va  mo‘’tabar  tuyg‘u,  buyuk  qadriyat  va  qudratli  kuch  tarzida 
tasvirlaydi. Adibning aksariyat ayol qahramonlari muhabbat yo‘lida zebu ziynat va boyliklardan 
voz kechadilar. Zaydon romanlari, ayni chog‘da, axloqiy va aqliy balog‘atga undaydi, asarlarda 
kitobxonni  tarbiyalovchi,  ularda  vatanparvarlik  hislarini  uyg‘otuvchi  son-sanoqsiz  tarixiy 
ma’lumotlar  bor.  Zaydon  turli  madaniy  saviyadagi  kitobxonlarni  nazarga  olgan  holda  qalam 
tebratdi, ularga tushunarli bo‘lishiga intilib, iloji boricha, sodda tilda yozdi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish