Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Vali  ad-Din  Yekun  (1873-1921)  Istambulda  nufuzli  turk  oilasida  dunyoga  keldi.  Vali 
ad-Dinning bolalik, o‘smirlik davri Misrda kechdi. Avval imtiyozli zodagonlar o‘quv  yurti  «al-
Ajal»da, keyinroq esa fransuz maktabida tahsil ko‘rdi. 
Uning  Qohira  gazetalaridagi  jurnalistik  faoliyati  barvaqt  boshlandi.  Vali  ad-Din  siyosiy 
qarashlari  jihatidan  Abdulhamid  tuzumining  ashaddiy  muxolifi  bo‘lib,  o‘z  iste’dodi,  hayotini 
zulmga qarshi kurashga qarata boshladi. 
Vali  ad-Din  yetti  yil  Turkiyada  shimolida  surgunda  bo‘ldi.  1908  yilgi  «Yosh  turklar» 
inqilobi  Yekunga  ham  ozodlik  berdi,  u  Misrga  qaytdi,  umrining  oxirigacha  shu  mamlakatda 
qoldi. 
Yekun  fakat  arabcha  yozardi.  Asosiy  asarlari  2  jildlik  «Al-Mal’um  va-l  majhul» 
(«Ma’lum  va  noma’lum»,  1909,  1911),  «As-Sahayif  as-sud»  («Qora  sahifalar»,  1910),  «at-
Tajrib»  («Tajribalar»  1913)  lardir.  O‘limidan  sal  oldin  u  "Dikran  va  Raif"  romanini  yoza 
boshladi. Uning voqealari yosh turklar inqilobi arafasida sodir bo‘ladi. 
V. Yekun  mohir  jurnalist  bo‘lib,  uning  maqolalari  g‘oyat  dolzarb  mavzularda,  real 
voqealar  asosida  yozilardi,  uning    siyosiy  qarashlari  Mustafo  Komilnikiga  zid  edi.  Ma’lumki, 
M. Komil  inglizlarni  Misrdan  haydash  tarafdori,  Yekun  bo‘lsa,  inglizlarga  nisbatan  beparvo 
bo‘lgan,  ammo  sulton  tuzumi,  uning  arablar  taqdirida  o‘ynagan  ayanchli  rolini  ayovsiz  fosh 
qilardi. 
Yekunga  shovinistik  kayfiyatlar  tamomila  yot  edi,  u  xalqlar  birodarligini  targ‘ib  etar, 
diniy,  milliy  fanatizmni  qoralardi,  arab  va  turk  mojorolariga  keskin  qarshi  chiqardi.  U  arablar 
kamsitishlarga  qarshi  bosh  ko‘tarsin,  lekin  aybdor  turk  xalqi  emas,  mustabid  hukmronlardir, 
degan fikrda edi. 
Yekunni  yosh  turklar  inqilobi  natijalari  juda  tashvishlantirardi.  «Ular  (yosh  turklar) 
Abdulhamid  to‘plagan hamma narsani taladilar  va xalq boshiga  g‘am-alam  yog‘dirdilar. Kimki 
millatga  yaxshilikni  ravo  ko‘rsa,  o‘shalarni  ta’qib  qildilar  va  o‘ldirdilar,  fikrli  odamlarni 
haydadilar («Ko‘krakdan yurakning chiqib ketishiga nima xalaqit beryapti?»)
3
 
                                           
1
Долинина А, А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М., 1968, стр . 99 


 
14 
 V. Yekun  yangilangan  Turkiya  doirasida  halqlarning  birodarlashuviga  ishonardi. 
Yekunning  inglizlarga  bo‘lgan  iliq  munosabati,  shubhasiz,  Yevropa  madaniyatining  arab 
uyg‘onish va ma’rifatparvarligiga ta’siri bilan bog‘liq. 
Yekun,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  birinchi  «g‘arbparast»  musulmon  ma’rifatparvari  edi.  U 
Yevropa madaniyati yutuqlarini ochiq tan oldi, ba’zi bir salaflaridek, uni musulmon manbalariga 
olib borib taqamadi. Yekun ateist emas, u musulmon modernizmi muxlisi edi. Uning fikrlashida 
Muhammad  Abduh,  Qosim  Amin,  al-Kavokibiy  g‘oyalari  ta’siri  seziladi.  Diniy  fanatizm  bilan 
bog‘liq  juda  ko‘p  bid’at  va  xurofotlarni  Yekun  ayovsiz  fosh  qildi.  Uningcha  Qur’onda 
buyurilgan  ramazon  ro‘zasini  odamlar  allaqachondan  beri  yashirincha  buzib  yuribdilar,  ammo 
munofiqlarcha  o‘zlarini  taqvodor  qilib  ko‘rsatmoqchi  bo‘ladilar  («Birinchi  aprel  yolg‘oni  va 
ramazon  yolg‘oni»).  Qadimiy  va  hamma  muqaddas  biladigan  qurbon  hayitini  bema’ni 
isrofgarchilik  deb  hisoblaydi.  Yekunning  sevimli  adabiy  qahramoni  faqih  olim.  Muallif  diniy 
an’analar, feodal urf-odatlari, eskirgan oilaviy turmush tarzi bilan kurashish zarurati to‘g‘risida 
o‘z fikrlarini ana shu qahramon tilidan bayon qiladi. «Salla o‘ragan, tirnoqlari osti kir, besunaqay 
soqolli shayx musulmon jamiyatidagi barcha qoloqlik, johillikning ramziy timsoli». 
Ta’lim, maorif masalalari, an’analardan voz kechish Yekun asarlarida «Otalar va bolalar» 
muammosi  bilan  bog‘lanib  ketadi:  «Istibdodning  eng  yovuz  ko‘rinishi-otaning  o‘g‘li  ustidan 
to‘la hukmronligi... uni yangi hayotga tayyorlashni istamasligidir («Keksalar va yoshlar»). 
Yekun  Sharqning  qadimiy  ma’naviy  boyliklarining  qadriga  yetuvchi  shaxs  sifatida  arab 
adabiyotining hozirgi holatidan, vatandoshlarining unga bo‘lgan munosabatidan bezovta bo‘ladi. 
U yozuvchi burchiga, uning jamiyatdagi o‘rniga juda jiddiy va mas’uliyat bilan qaraydi. 
Yekun yozuvchining vataniga qilgan samimiy va beminnat mehnatini hukmron tabaqaga 
xizmat deb emas, mehnat ahli bilan bir jon-bir tan bo‘lish deb tushunadi. 
I. Yu. Krachkovskiy  Yekun  uslubini  «Yuksak  darajada  o‘ziga  xos,  hissiyotlarga  to‘la, 
qizg‘in  asabiyat  bilan  sug‘orilgan",  deydi.  Yekun  ijodida  publisistika  va  badiiy  nasr  uzviy 
bog‘lanadi.  U  turli-tuman  tasviriy  shakllarga,  folklor  va  mumtoz  adabiyot  janrlariga  murojaat 
qiladi. 
Adib latifalar, maishiy ertaklar, rivoyat, maqollardan o‘rnida foydalanadi. Uning ijodida 
deyarli  shakllangan  zamonaviy  novella  shaklini  ko‘ramiz.  «Bosfor  qish  kechalaridan  birida» 
essesi  kompozisiyasi  novella  tipida  qurilgan:  Polisiyachilarning  Abdulhamid  yoqtirmagan, 
kimligi  noma’lum  odamni  axtarib  kelishi-tugun,  bo‘g‘oz  to‘lqinlarida  qatl  etilgan  odamning 
halokati  kulminatsiya,  choparning  paydo  bo‘lishi,  marhumning  oilasiga  sultonning  sovg‘asi  va 
ta’ziyasini yetkazish kutilmagan yechimdir. 
Yekunning  poetik  asarlari  nasriga  nisbatan  bo‘shroq.  U Ahmad  Shavqiyning  (Misr) 
mumtoz  maktabiga  yaqin  turadi.  Mavzu  va  janr  jihatidan  uning  she’riyati  xiyla  rang-barang, 
ba’zida  publisistik  asarlariga  hamohangligi  seziladi.  «Suriya  yoshlariga»  qasidasi  ancha 
mashhur. Unda arab olamining o‘tmish dovrug‘ini tiklashga da’vat qilinadi, ozodlik va adolatga 
xizmat  qilish  ulug‘landi.  Ayniqsa  quvg‘inlikda  bitgan  she’rlarida  chuqur  lirizm,  vatanparvarlik 
g‘oyalari ifodalangan. 
Xulosa  qilib  aytganda,  XIX  asr  oxiri-XX  asr  boshlaridagi  ma’rifatparvar  publisistlar 
mafkurasining  shakllanishida  arab  Sharqining  ma’naviy  taraqqiyotida  islomdan  foydalanishni 
maqsad qilib olgan musulmon modernizmi yetakchi rol o‘ynadi. 
Musulmon modernizmining umumiy nazariy masalalarini ishlab chiqishga  yirik ruhoniy 
va  huquqshunos  Muhammad  Abduh,  uni  siyosiy  va  ijtimoiy  hayotning  eng  muhim  jabhalarida 
amaliyotga  qo‘llashga  al-Kavokibiy,  Kosim  Amin  singari  publisistlar  hissa  qo‘shdilar.  Ayni 
paytda  dinniy  mavzuni  chetlab  o‘tgan  publisistlar  ham  bor  edi.  Bu  tamoyil  nomusulmon  Adib 
Ishoq  va  Ya’qub  Sannu  hamda  Yevropa  madaniyatiga  asosiy  diqqatini  qaratgan  Yekun  ijodiga 
xos edi. 
Barcha  arab  ma’rifatparvalari  keng  xalq  ommasini  ma’rifatli  qilmasdan  turib  hech 
qanday islohat va o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmasligini bir og‘izdan ta’kidlaganlar. 
Ayniqsa,  arab  madaniyatining  eng  yaxshi  unsurlarini  g‘arb  madaniyatidagi  foydali 
tomonlar bilan uzviy  bog‘lash  g‘oyasi eng samarali  yo‘l sifatida olg‘a surildi. Arab millatining 


 
15 
uyg‘onishi  va  yangi  arab  adabiyotining  tug‘ilishida  ma’rifatparvar  publisist  va  adiblar  hal 
qiluvchi rol o‘ynadilar. 
Publisistika  adabiyot  mazmun  ko‘lamini  kengayishiga  zamin  hozirladi,  zamonasining 
dolzarb muammolarini ko‘tarib chiqdi va ijtimoiy fikrni  tobora ko‘proq aks ettira bordi. 
Publisistika,  shuningdek,  yangi  adabiy  usulubning  shakillanishida  katta  ahamiyat  kasb 
etdi, uni balandparvozlikdan xoli qildi, majburiy saj doirasidan olib chiqdi. Notiqlik uslubi ham 
yangilandi,  bir  qator  ma’rifatparvar  adiblar  notiq  sifatida  ham  tanildilar  (Abdalloh  Nodim, 
Mustafo Komil). Gazeta maqolasiga san’at asari sifatida qarash XIX asrning so‘nggi choragi va 
XX asr boshlari uchun muhim xususiyatdir. Muhimi, bu davrga kelib, shakl emas, balki mazmun 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrda rang-barang publisistik janrlar paydo bo‘ldi. Ular 
orasida  qadimiy  risolalarni  eslatuvchi  ilmiy  traktat  (Muhammad  Abduh,  al-Kavokibiy,  Qosim 
Amin),  jo‘shqin  siyosiy  maqola  (A.  Ishoq,  M. Komil)  pamflet  (A.  Nodim),  hajviy  dialoglarni 
uchratamiz (Ya’qub Sannu). 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish