Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Adib  Ishoq  –  1856  yilda  Damashqda  o‘rtahol  oilada  tavallud  topdi,  diniy  e’tiqodi 
jihatdan katolik, ammo monastir maktabda tahsil olgan, inglizcha va fransuzchani yaxshi bilgan 
yozuvchi edi. 
A. Ishoqning publisistik va jurnalistik faoliyatining gullagan davri «Misr» va «At-Tijora» 
gazetalari  bilan  bog‘liq.  Har  ikki  gazeta  ham  al-Afg‘oniy  ta’limotini  targ‘ib  qilardi.  1879  yil  2 
noyabrida  har  ikki  gazeta  hukumat  tomonidan  yopib  qo‘yildi.  Adib  Ishoq  Parijga  ketadi  (1880 
y.).  1885  yilda  hali  30  yoshga  to‘lmagan  A. Isxoq  sil  kasaliga  duchor  bo‘lib,  olamdan  o‘tadi. 
Uning  eng  muhim  asarlari,  she’rlari,  maqolalari,  tarjimalari,  ukasi  Auni  Ishoq  tomonidan 
to‘planib, «Ad-Durar» («Durlar») nomi bilan chop etildi va bir necha bor qayta nashr etildi. 
I.Yu. Krachkovskiy o‘z vaqtida «Adib Ishoq o‘zida fransuz publisistikasining harorat va 
o‘tini mujassamlantirgan, deb yozgan edi. A. Ishoq Jan Jak Russoga ergashib ozodlikni insonga 
o‘z tana va ma’naviy kuchlarini ro‘yobga chiqarish uchun berilgan tabiiy va ajralmas kuch deb 
ataydi («Ozodlik» maqolasi). Ayni paytda, chegarasiz, anarxistik ozodlik ham uning ideali emas. 
Haqiqiy  ozodlik,  Ishoq  ta’biricha,  ozodlikni  barbod  qilmaydigan  va  mustaqillikni  barbod 
qilmaydigan chinakam qonun darajasida bo‘lishi lozim. Lekin dunyoning hech bir mamlakatida 
Ishoq bunday siyosiy ozodlikni topolmaydi. 


 
10 
A.Ishoq  musulmon  emas  edi,  u  diniy  masalalarga  til  tegizmaydi,  publisistning 
ma’rifatparvarlik g‘oyalari musulmon modernizmidan ko‘ra fransuz ma’rifatparvarligi g‘oyalari 
bilan ko‘proq bog‘liq edi. 
Adib  Ishoqni  Yevropadagi  inqiloblar  hayajonga  soladi.  Ammo  u  vatanidagi  inqilob 
g‘alabasiga  umidsizlik  bilan  qaraydi  («Inqilob»  maqolasi),  Ishoq  fikricha  oldingi  barcha 
inqilobiy chiqishlar tajribasi hali Sharq bunga tayyor emasligini ko‘rsatadi. O‘z davrining asosiy 
vazifasi deb Ishoq «ma’naviy inqilobni» amalga oshiruvchi ma’rifatni tushunadi. 
A. Ishoq  hamisha  o‘z  vatandoshlari  va  ularning  tahqirlovchilarga  arablarning  o‘rta 
asrlardagi  ulug‘  madaniy  rolini  eslatishga  urindi.  Sharq  o‘z  mohiyati,  imkoniyatlari  jixatidan 
G‘arbdan past emas, agar Yevropa siyosati Sharqni tahqirlamoqchi bo‘lsa, uni yovvoyilar o‘lkasi 
deb  ko‘rsatmoqchi  bo‘lsa,  bu  Sharqni  qul  qilishni  osonlashtirish  uchundir  («Sharq  nima?», 
«Arablar  davlati»  maqolalari).  A. Ishoq  ko‘pincha  maqolalarida  tashqi  dushmanning,  ayniqsa, 
Buyuk  Britaniyaning  muvaffaqiyatini  ta’minlagan  omil  sifatida  arab  mamlakatlaridagi  ichki 
vaziyatni,  zodagonlar  zulmi,  diniy  rahnamolarining  mutaassibligi,  siyosiy  rahbarlarning 
xiyonatkorligi  va  xalq  ommasining  nodonligi,  ayollarning  tahqirli  ahvolini  ko‘rsatar  edi. 
Uningcha, faqat ma’rifatgina Sharq xalqlarining ozod va mustahkam birligini ta’minlay oladi. Bu 
jihatdan A. Ishoq Jamoliddin al-Afg‘oniyning izchil davomchisidir. 
A.Ishoq  shoir  sifatida  bunchalik  mashhur  emas.  U ko‘proq  Omar  ibn  Abu  Robiya 
ruhidagi nozik  ishqiy-lirik  she’rlar,  yaqin  kishilari  vafoti munosabati  bilan  marsiyalar,  do‘stlari 
sha’niga madhiyalar yozgan. 
Adib  Ishoq  erkin  she’r  tarafdori  edi.  Uning  maqolalari  notiqning  jonli  nutqi  kabi 
hayajonli,  jo‘shqin  va  ta’sirchan  bo‘lib,  nafaqat  «Fransuz  Respublikasi  harorati»  bilan 
yo‘g‘rilgan, balki arablarning notiqlik an’analaridan bahramanddir. Bu nutq chaqiriqlar, xitoblar 
bilan bo‘linib turadi, she’riy parchalar aksar hollarda Ishoqning sevimli shoiri Abul Alo misralari 
bilan ziynatlangan, Qur’oni karim oyatlari bilan dalillangandir. 
A. Ishoq  saj’dan  keng  foydalanardi,  asarlari  tili  qiyomiga  yetkazilgan,  obrazli, 
ifodalilikni kuchaytiruvchi takrorlarga boydir. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish