124
O inson,
bilishni xohlaysanmi -
Kim bo‘lishing mumkin edi, kim bo‘lasan,
Fosid zodagonlar sening mehnating hisobiga yashaydi.
Barcha narsani sening qo‘llaring yaratgan.
Sen o‘z yurtingni boshqarishing mumkin edi,
Unda munosib o‘rin egallashing mumkin edi.
Qul bo‘lib xizmat qilma endi ularga,
Uyalmay bronepoezdlar qurayotganlarga -
Hamma yerda, har kun o‘lim
sochish uchun,
Harbiylar galasini jangga tashlash uchun -
Birovlarning shaharlarini buzmoqqa.
Devorlar qurishdan bosh tortgin endi,
Temirni eritma, to‘plarni quyma.
Xandaqlar qazima, unda o‘lmoqlik uchun.
Ko‘nmagin
toshlarni sayqallashga ham,
Tanga zarb qilishga, yombi quyishga,
O‘zingga qullik zanjirini yasashga ko‘nma.
Javohiriyning eng mashhur asarlaridan biri "10 yildan keyin" she’ridir. She’r 1931 yilda,
Iroq siyosiy va iqtisodiy tanglikka uchragan paytda yozilgan edi. She’rda Javohiriy yer va butun
boyliklarni o‘ziniki qilib olgan feodallar va shayxlar zulmidan aziyat chekib yotgan dehqonlar
ahvolini bayon etadi. Shoirning fikricha, boshqa xalqlar olg‘a ketgan va rivojlanayotgan bir
vaqtda Iroq xalqi feodalizm sharoitida yashaydi:
"Xalqlar tez odimlar bilan olg‘a ketmoqdalar,
Biz esa ortga chekinayapmiz.
Bir to‘da savodsiz ahmoqlar tufayli-
Xalq feodalizm zulmidan azob chekmoqda.
Hukumatdorlar halol odamlar
qalbini jarohatladilar,
Xalq ular tomonga intilar edi.
Ular o‘rniga qaroqchilarni amalga tayinladilar,
Bir to‘da sotqin, qallob, firibgarlarni.
Hammasi bir go‘r, vagonga ortilgan bir yuk kabi.
Keyin ulardan qamchi yasab jafokash yurtimizni savaladilar,
Vatan og‘riqdan ingrab yubordi”.
Shoir noxush manzaralarni chizish bilan cheklanmaydi, u xalqni davomli kurashga
chaqiradi, gumashtalar zulmidan qutulishga da’vat etadi. U adiblar, madaniyat arboblarini xalq
ongini uyg‘otishga, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka, dushmanlar tahdididan cho‘chimaslikka
chaqiradi:
Ey,
mazlum dillar, qasos olingiz,
Yomonlikka yomonlik bilan javob qaytaring!
Yozuvchi va shoirni madadga chorlang,
Dilingizni ularga ochib ko‘rsating.
Vatanparvarlik tuyg‘usi-yu qalam
nega kerak,
Agar ular qo‘rqsalar, ikkilansalar?
Nohaqlik va zulmni o‘tda yoqinglar,
Javohiriy xalq birligi haqida gapiradi.
Bu kuchlar birlashar yaqin zamonda,
Hukmronlar to‘dasiga tahdid solar u.
Eng botir bu millat qudrati jo‘sh urmoqda,
U xalqni yerdan osmonga yuksaltiradi.
She’r qurolli qo‘zg‘olonga chaqiriq bilan nihoyasiga yetadi, unda xalq va uning
dushmanlari orasidagi ziddiyatni qurol bilan hal qilishga da’vat qilinadi. Xalq va uning
dushmanlari orasidagi ziddiyatni qon bilan hal qilgin, deydi shoir.
125
Iroq shoirlari eng ezilgan tabaqa - dehqonlar ahvolini tasvirlashga ko‘p e’tibor bergani
bejiz emas. Iroq aholisining mutloq ko‘pchilik qismini dehqonlar tashkil etadi. Dehqonlarning
feodallarga, haddan og‘ir soliqlarga qarshi 30-yillarda ko‘targan qo‘zg‘olonlari hukumat
tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Yozuvchilarning dehqonlar mavzusiga murojaat qilishi
ularning oliy darajadagi grajdanlik tuyg‘usiga egaliklari, dehqonlar bilan mustahkam aloqada
bo‘lganlarini ko‘rsatadi. Bu mavzuda yozilgan aksar she’rlar masalani qurolli qo‘zg‘olon yo‘li
bilan yechishga da’vat qilishi bilan diqqatga sazovordir.
Bahr al-Ulumning "Dehqonlar" she’rini bu mavzudagi eng yaxshi asar deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: