Yangi davr arab adabiyoti


Suriya hikoyasi hozirgi bosqichda



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Suriya hikoyasi hozirgi bosqichda 
Har  bir  o‘n  yillikda  Suriya  adabiyotida  novella  janrini  rivojlantirgan  yangi  nomlarni 
yuzaga chiqadi. Gada as-Saman, Abdulloh Abd, Nodiya Xost, Muhsin G‘anim, Mustafo Hallojiy 
va  boshqalar  hozirgi  bosqichda  inson  va  jamiyat  mavzusini  qalamga  olmoqdalar.  Ular  ijodi 
Suriya  xalqining  kundalik  hayotidan  sarchashma  oladi.  Ular  ijodiga  xos  dolzarblik,  xalqchillik, 
gumanizm  o‘quvchilar  diqqatini  o‘ziga  jalb  etmoqda.  Arab  tanqidchilari  bu  yozuvchilarni 
an’anaviy yo‘nalishga mansub deb hisoblaydilar. Bu o‘rinda an’anaviylik so‘zini orqaga qaytish, 
vatandoshlar  ongiga  diniy,  millatchilik,  antigumanistik  g‘oyalarni  singdirish  deb  tushunmaslik 
kerak.  Arab  tanqidchilari  yozuvchilarni  "an’anaviy"  deb  xarakterlaganda  ularning  Liga 
yozuvchilari g‘oyalari bilan uzilmas aloqalarini, yaqinliklarini, voqelikni tasvirlashda an’anaviy 
realistik metodga amal qilishlarini nazarda tutadilar. 


 
116 
Suriyada  1960  -  yillarda  bir  guruh  yozuvchilar  maydonga  chiqdilarki,  ularning  ijodida 
ongli  ravishda  realizmga  qarshi  isyon  sezila  boshladi.  Buning  sababi  ular  realizmni  bevosita 
marksizm falsafasi bilan bir narsa, deb talqin qilishlarida edi. Shu bois Suriya  yozuvchilarining 
realizmga bo‘lgan intilishlari to‘siqqa uchradi. Gazeta va jurnallar sahifalarida  yozuvchilarning 
ingliz-amerika va Fransiya adabiyotiga  yaqinlashib borayotgani sezila boshladi. 1965  yilda "al-
Ma’rifa" jurnali "Sizning ijodingiz biror xorijiy yozuvchi ta’sirini o‘zida aks ettiradimi?" degan 
savol bilan murojaat qilganida ko‘pchilik yozuvchilar Sartr, Kamyu, Joys, Kafka nomlarini tilga 
oldilar.  Bundan  keyingi  davrda  ekzistensializm  falsafasi  ta’sirida  bo‘lgan  yozuvchilar 
asarlaridagi personajlar jamiyatdagi ochiq kurash o‘rniga o‘zlarining ichki psixologik kurashlari 
bilan band bo‘ldilar, mavhum falsafiy muammolar ifodachisiga aylandilar. 
Bu yillarda kuzatilgan realizmdan chekinish o‘zining siyosiy sabablari, ijtimoiy ildizlari, 
madaniy  omillariga  ham  ega  edi.  Mamlakatdagi  murakkab  siyosiy  holat,  turli  mafkuralar 
orasidagi  kurash,  asrlar  osha  davom  etib  kelayotgan  islomiy  va  feodal    an’analar,  Isroil  bilan 
bo‘lgan  urushdagi  mag‘lubiyat  alami,  mamlakating  bir  qism  hududi  bosib  olinishi  -  bularning 
barchasi  mamlakatda  realistik  adabiyotning  rivojlanishi  uchun  noqulay  sharoitni  vujudga 
keltirdi. 
Suriya  adabiyotini  mexanik  tarzda  realistik  va  modernistikka  ajratish  qiyin.  Aksar 
hollarda  yozuvchilar  ijodida  ham  realistik,  ham  modernistik  tamoyillar  yonma-yon  mavjud 
bo‘lib,  o‘zaro  to‘qnashadi  va  kurashadi.  Yozuvchilar  ijodida  hayotning  murakkab,  ziddiyatli 
masalalari  har  xil  individual  uslub  va  janrlar  orqali  o‘z  ifodasini  topadi.  Zakariyo  Tamer,  Jorj 
Salim  va  boshqalar  hikoyaning  shu  vaqtgacha  arab  adabiyotida  misli  ko‘rilmagan  turlarini 
yaratdilar.  Epik  vazmin,  keng  qamrovli  voqealar  bayoni  o‘rnini  o‘quvchi  bilan  muloqotga 
asoslangan murakkab shakllar egalladi. Yozuvchilar o‘z g‘oyalarini majoz, istioralar vositasida, 
bayonga ertak va fantastika unsurlarini kiritgan tarzda ifodalay boshladilar. Yozuvchining ijodini 
kuzatib  borayotgan  arab  tanqidchilari  Zakariyo  Tamerni  "  hayot  dahshatlari  va  go‘zalliklari 
kuychisi"  deb  atashadi.  Misrlik  tanqidchi  Sabri  Xofiz  Tamer  haqida  bunday  yozadi:  "Bu 
yozuvchi hayotdagi o‘rnini tinimsiz mehnat orqali egallar ekan, dunyoga g‘alati, hayrona ko‘zlar 
bilan nigoh tashlaydi va ko‘p odamlar ko‘rmagan narsalarni ko‘radi. U hayotni boshqacha, odat 
tusiga  kirgandan  o‘zgacha  mushohada  etadi.  Bu  qip  -  yalang‘och,  jarohatli  qalb 
mushohadasidir".
65
 
Zakariyo Tamer yozuvchilik  uslubining o‘ziga xosligi nimada ko‘rinadi? Ko‘pgina arab 
yozuvchilari  kabi  urush  va  tinchlik,  jamiyatni  qayta  qurish,  qoloqlik,  jaholat,  xurofotga  qarshi 
kurash, qashshoqlarning fojealari uning ham diqqat markazida turadi. Bu masalalarni yoritishda 
Tamer,  albatta,  arab  yozuvchilari  ichida  birinchi  emasdi.  Ammo  yozuvchi  ijodida  arab  adabiy 
an’analariga  xos  poetik  ramzlar  hozirgi  zamon  jahon  adabiyoti  uslublari  bilan  uyg‘unlashib 
ketgan. Uning adabiy uslubiga xos xislat so‘zdagi tejamkorlik, sipolik, uslubdagi izchillik va til 
ifodaliligidir.  Tamer  uslubining  o‘ziga  xosligi  majozga,  ramzlarga  tez-tez  murojaat  qilishda, 
realistik bayonga ertak unsurlarini kiritishda namoyon bo‘ladi. 
"Qush"  hikoyasida  realistik  bayon  fantastika  bilan  qorishib  ketadi.  Abbos  och.  Uyidagi 
mushuklar  ham  uning  o‘zidek  och.  Bir  och  boshqa  ochning  qornini  to‘yg‘aza  olmaydi. 
“O‘zlaring qorin g‘amini yenglar,” - deydi Abbos mushuklarga alam bilan. Uning ongida butun 
dunyoni portlatishga qodir bomba loyihasi pishib yetiladi. Mushuklar undan bu ishni qilmaslikni 
so‘rashadi,  evaziga  esa  unga  uchish  uchun  qanot  berishadi.  "U  quvonch  bilan  yer  uzra  parvoz 
etadi.  Uning  dahshatli  g‘azabi  qayoqqa  ketdi?  Abbosning  qalbida  odamlarga  nisbatan  cheksiz 
muhabbaat  jo‘sh  uradi.  Baxtiyorlikdan  yig‘lagisi  keladi".
66
  Lekin  dam  o‘tmay  u  yerga  qulab 
tushadi. Uning erkin, baxtli hayot haqidagi barcha orzulari sarob bo‘lib chiqadi. 
"Kichkina qalb" hikoyasidagi kambag‘al Abu Fahid bir kuni mast holda uyiga qaytayotib 
yo‘lda  bir  qo‘zichoqqa  duch  keladi.  U  xursand  bo‘lib,  och  o‘tirgan  oilasi  qornini  to‘ydirish 
uchun qo‘zini uyiga qarab sudraydi. Ammo bu oddiy qo‘zi bo‘lmaydi, balki devlar podshohining 
bolasi  ekani  ma’lum  bo‘ladi.  Qo‘zi  inson  ovozi  bilan  Abu  Faxiddan  uni  qo‘yib  yuborishni 
                                           
65
 Закария Тамер. Ёнғинда қолган Дамашқ. М. 1977.   
66
 З.Тамар. Ўша китоб.  


 
117 
so‘rab,  evaziga  yetti  ko‘za  oltin  va’da  qiladi.  Uyiga  qaytgach  Abu  Faxid  xotiniga  bo‘lgan 
voqeani gapirib beradi, u esa oltinni olmaguncha qo‘zichoqni qo‘yib yubormaslikni uqtiradi. Er-
xotin  yangi  uy,  farovon  hayot,  bola-chaqaning  yorqin  kelajagi  haqida  hayol  surib  ketadilar. 
Lekin  ertasi  kuni  Abu  Faxid  kechagi  joyda  qo‘zichoqqa  duch  kelmaydi,  o‘zi  esa  mast  bezori 
qo‘lida halok bo‘ladi.  
Zakariyo Tamer o‘zi jamiyatning qashshoq tabaqalaridan chiqqani bois arab qashshoqlari 
hayotini  yaxshi  bilardi.  Uning  anduhli,  lirik  hikoyalari  esa  yozuvchining  tashvishlarini,  oddiy 
odamlarga bo‘lgan hamdardligini ifodalaydi.  
Abdulla  ibn  Sulaymon  tez-tez  nima  uchun  Olloh  unga  o‘xshash  bechoralarga  rahm 
qilmasligi  haqida  o‘ylar  edi.  U  umr  bo‘yi  mehnat  qilar,  lekin  oyog‘ida  poyafzali  yo‘q  edi. 
Nihoyat, u taqdiriga qarshi borishga qaror qiladi. Kunlardan bir kuni u bir yo‘lovchining yo‘lini 
to‘sib  oyog‘idagi  poyafzalini  tortib  oladi.  Shu  damda  polisiya  mashinasi  kelib  qoladi  va 
Abdulloni  hibsga  oladi.  Hikoya  yozuvchining  quyidagi  achchiq  kinoyasi  bilan  tugaydi:  "Bu 
ishning nihoyasi buyuk Olloh o‘lim yuborishini kutmasdan poyafzallik bo‘lishni xohlab qolgan 
yalangoyoqlarga yaxshi ibrat bo‘ladi".  
Suriya  adabiyotida  an’anaga  aylangan  ijtimoiy  tengsizlik  mavzusi  Suriya  yozuvchilari 
uyushmasining  tashkilotchisi  va  raisi  Jorj  Salim  ijodida  ham  salmoqli  o‘rin  egallaydi.  Uning 
"Kambag‘al  odamlar"  nomli  hikoyalar  to‘plami  nashrdan  chiqqanida  arab  tanqidchilari  bir 
ovozdan  uni  Liganing  demokratik  an’analarini  davom  etdirib  kelayotgan  yozuvchilar  guruhiga 
qo‘shib quydilar. Yozuvchi hikoyalarining qahramonlari kambag‘al odamlar. Yozuvchi ularning 
falokatlarga  to‘la,  umidsiz  hayotini  ko‘rsatish  orqali  ijtimoiy  muhitni  tadqiq  etadi.  "Qabr" 
hikoyasida  u  faqatgina  narigi  dunyoda  nasib  qilishi  mumkin  bo‘lgan  yaxshi  hayot    to‘g‘risida 
orzu qilishga imkon qoldiradigan qashshoqlik  tasvirini beradi.  Hikoya qahramoni bir umr keng 
uy,  farovon  hayot  to‘g‘risida  xayol  suradi,  lekin  umrini  kambag‘allikda,  tor  uyda  o‘tkazadi. 
O‘g‘li  uning  dardini  yengillashtirish  uchun  morfiy  olib  kelganida,  deydi:  "Tiqilinchlik,  dard  - 
yomon narsa, dori ham  kerak emas, menga kenggina qabr kerak". Hikoya o‘g‘ilning monologi 
asosida qurilgan, u biror narsani  o‘zgartirishga qodir emas, shundan aziyat  chekadi.  Aptekachi 
unga  morfiy  taklif  qiladi,  bu  -  uning  onasiga  ozgina  vaqtga  bo‘lsa  ham  o‘zini  tashvishsiz  va 
baxtli sezish imkonini beradigan yagona vosita.  
"Arzimas voqea" asaridagi yosh, ammo tinka - madori qurigan qiz vrach kabineti yonida 
uni  kuta-kuta  jon  beradi.  Poliklinika  egasi  va  uning  yaqinlarini  qizning  o‘limi  tashvishga 
solmaydi, balki ular bu voqea poliklinika va do‘xtirlar obro‘yiga putur yetkazishidan tashvishga 
tushadilar.  Bu  achinarli  manzarani  kuzatgan  roviy  inson  hayotining  qadr-qimmati  haqida  o‘y 
surib ketadi.  
"Bolalar"  hikoyasi  kontrast  asosiga  qurilgan.  Hikoyaning  boshi  yoqimli,  kishiga 
xursandchilik  bag‘ishlaydi.  Quyosh  charaqlab  turibdi,  bahor  ayyomi,  bog‘da  qushlar  sayraydi. 
Qabriston  yaqinidagi  bu  bog‘da  o‘ynab  yurgan  bolalar  beixtiyor  noxush  manzara  guvohi 
bo‘ladilar.  Bir  qizchani  dafn  qiladilar,  ammo  negadir  jasadni  tobutsiz  qabrga  qo‘yadilar 
(hikoyada  masihiy  oila  to‘g‘risida  so‘z  boradi).  Bolalar  ruhoniydan  buning  sababini 
so‘raganlarida u kambag‘allar hatto o‘z  yaqinlarini  odamlarga o‘xshab ko‘ma olmaydilar ham, 
deb javob beradi. Bu gap ta’sirida bolalar diliga dard, va kelajaklariga nisbatan qo‘rquv o‘rmalab 
kiradi.  
J.Salim  mutafakkir  san’atkor  bo‘lgani  bois  ijtimoiy  zulm  odamlarni  mayib-majruh 
qilishini, ularning uyg‘un rivojlanishiga xalaqit berishini tushunadi. Lekin adibning hikoyalarini 
o‘qir  ekanmiz,  ularda  ziddiyat  yetishmasligini  his  qilamiz,  yozuvchining  hayotiy  pozisiyasini 
ilg‘ab  ololmaymiz.  J.Salim  "Jo‘nash",  "Tashnalik  tarixi"  to‘plamlariga  kirgan  hikoyalarida  o‘z 
qahramonlarini  ijtimoiy  voqelikdan  ajralgan  holda  tasvirlaydi,  ularni  tez-tez  o‘zgarib  turadigan 
ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitdan  yuqori  qo‘yadi.  Uning  asarlarida  ko‘pincha  nohaqlik  tarixdan, 
zamondan  tashqarida  tasvirlanadi.  Ularda  yozug‘,  taqdir  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Qator 
hikoyalar  personajlari  o‘tmishni  qoralaydilar,  o‘zlari  yashab  turgan  shahardan  nafratlanadilar. 
Biz  ularda  o‘z  g‘azabini  pinhon  tutib  qahvaxonada,  sahroda  tanho  o‘tirgan  yoki  ko‘chalarda, 
yovvoyi tabiat qo‘ynida kezib hayotni, odamlarni la’natlab yurgan qahramonni ko‘ramiz.  


 
118 
"Jo‘nash" to‘plami hikoyalaridagi  qahramonlar  g‘ayri-tabiiy holatlarda  yashab, tafakkur 
qiladilar.  Ular  shartli  "Sin"  harfi  bilan  ataladilar.  "Poezd"  hikoyasida  Sin  kutilmaganda  o‘zini 
yurib  ketayotgan  poezdning  bir  vagonida  o‘tirgan  holda  ko‘radi.  "Men  qanday  bu  yerga  kelib 
qoldim,  meni  bu  vagonga  kim  chiqazib  qo‘ydi,  oldin  qaerda  edim?"  -  so‘raydi  u  o‘zidan. 
Hikoyada  yurib  ketayotgan  poezd  -  hayot  ramzi,  uning  uzluksiz  harakati,  shodliklari,  qayg‘uli, 
bayramlari,  inson  hayotidagi  oddiy  kunlari  timsoli.  Poezdda  juda  ko‘p  turli  yosh  va  kasbdagi 
odamlar bor. Ular orasida hayotni falsafiy talqin  qilishga uringan donishmand munajjim  obrazi 
diqqatga  sazovor.  Hikoya  boshidan  oxirigacha  Sinning  hissiyotlari  bayoni  asosiga  qurilgan 
bo‘lib,  u  qadam  -  baqadam  munajjim  yordamida  bu  g‘alati  poezdning  tuzilishini  kashf  etib, 
uning  shafqatsiz  va  ildam  harakatiga  ko‘nikib  boradi.  Sinning  bu  safar  qachon  tugaydi,  degan 
savoliga munajjim faqat o‘lim kishini bu intihosiz harakatdan xalos qiladi, deb javob beradi. Sin 
g‘ildiraklarning  surunkali  tiqir-tiqiri  ostida  uyquga  ketar  ekan,  birdaniga  to‘xtovsiz  oldinga 
intilayotgan,  o‘lim  nomli  noma’lum  manzilga  shoshayotgan  bu  poezdning  to‘siq  bilmas 
harakatiga ko‘nikish, bo‘yin egish lozimligini anglaydi.  
Valid  Ixlosi,  Zakariyo  Tamer  ijodidagi  modernizm  konsepsiyasiga  xos  ekzistensializm, 
irrasionalizm,  fenomenologizm,  mifologizm  va  boshqalarga  hayotni  diniy  konsepsiya  asosida 
tushinishni  qo‘shdi.  Uning  ijodida  ezgulik  va  adolatning  to‘la  g‘alabasi  yo  narigi  dunyo  bilan 
yoki  oxirat  bilan  bog‘lanadi.  Uning  falsafasidagi  itoat,  mo‘minlik,  zulmga  qarshi  bosh 
ko‘tarmaslik, kechirimlilikning ildizi shu yerda.  
"Chig‘anoq"  hikoyasida  insonning  o‘zi  yashayotgan  jamiyatdan  begonalashib  yurishi  - 
odamovilik  muammosi  qalamga  olingan.  Qahramonga  hayotdagi  hamma  narsa  -  universitet, 
sayohatlar,  oila  -  nasib  etgan,  hayotga  qiziqishi,  bolalari  bor.  To‘satdan  uni  sotsial  letargiya  - 
befarqlik o‘z domiga tortadi. Asta-sekin qahramonni muhit bilan bog‘lab turgan ijtimoiy rishtalar 
zaiflashib,  yo‘q  bo‘lib  ketadi.  Uzlat,  tanholikka  intilib,  u  katta  chig‘anoq  ichiga  kirib  yashay 
boshlaydi.  Lekin  bu  yerda  ham  azob-uqubatlar  uni  tinch  qo‘ymaydi.  Haligacha  u  ruhiy 
qiynoqlardan aziyat chekkan bo‘lsa, endi chidab bo‘lmas jismoniy azoblar iskanjasiga oladi. U 
o‘rnidan  turish,  yurish  imkoniyatidan  ham  mahrum  bo‘ladi.  Yaqinlari  yodiga  tushadi,  ularni 
yordamga  chaqiradi.  Uning  ko‘z  o‘ngida  alpgavda  shayxning  bahaybat  soyasi  paydo  bo‘ladi. 
Ammo  uning  yolborishlari  behuda  ketadi.  Shayx  uni  tanholikda  azob  chekib  o‘lishga  mahkum 
etib, yolg‘iz tashlab ketadi. "Dilingdagi nur so‘ndi, qalbing qurib, bir parcha yog‘ochga aylandi, 
u endi a’zolaringni oziqlantirishga qodir emas" - deydi shayx uni tashlab ketayotganida.  
"Katta  mehmonxona",  "Soqovlar  so‘zlashuvi",  "Golgofaga  ko‘tarilish"  asarlarida  dunyo 
qora bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Inson tasodifan hayot girdobiga otilgan, u cheksiz mashaqqatlar, 
og‘ir  va  umidsiz  qiynoqlardan  so‘ng  o‘limga  mahkum.  Umrbod  qashshoqlik,  bir  luqma  non 
uchun  kurash,  doimiy  qo‘rquv  va  xavotirlik  insonning  sillasini  quritadi,  undagi  o‘z  ideallari 
yo‘lida kurashish istagini so‘ndiradi.  
"Tashnalik tarixi" to‘plamidagi "Bulutga aylangan odam" hikoyasida tasvirlangan davlat 
idorasi  xodimi  har  doim  ishdan  haydalish  qo‘rquvi  ostida  yolg‘izlik  azobini  chekib  yashaydi. 
Salim talqinida hayotda reallik va irreallik orasida chegara yo‘q, hayot chegarasizlik, absurd va 
alg‘ov-dalg‘ovdan  iborat.  Hikoya  g‘oyasi  xodim  va  osmondan  farishta  qiyofasida  tushgan  bola 
obrazlari  orqali  ochiladi.  Yerdagi  hayot  qahramonni  jonidan  to‘ydiradi  va  u  nigohini  osmonga 
qaratadi,  bulutlarga  havas  qiladi,  boshqa  dunyoga  ketgisi  keladi;  bola  uning  orzusini  ro‘yobga 
chiqaradi, qo‘lidan tutib, ochiq fazoga sayohatga olib ketadi.  
Muta  as-Safadi,  Valid  Ixlasi  va  boshqalar  hikoyalarida  odamovilik  muammosi 
qahramonlarda sarosimalik, hamma narsani zer-zabar qilish to‘yg‘usini uyg‘otgan bo‘lsa, Salim 
asarlarida bu muammo hayotning butunlay ma’nisizligini, o‘lim haqligi e’tirofiga olib keladi.  
"Shahar  chetida"  hikoyasidagi  yigit  yarim  tunda  qahvaxonadan  qaytar  ekan  yo‘ldan 
adashib, uyini topaolmay qoladi. Uning kun bo‘yi uyini topishga qilgan harakatlari zoye’ ketadi. 
U  uydan  ham,  xotindan  ham,  bolalardan  ham  mahrum  bo‘ladi.  Dallol  unga  yordamga  qo‘l 
cho‘zadi.  U  yigitga  turli  uylarni  ko‘rsatadi,  lekin  yigit  yana  ularni  yo‘qotib  qo‘yaveradi,  topa 
olmay  yuraveradi.  Kutilmaganda  dallol  unga  ajoyib  uy  topgani  va  u  bu  uyni  hech  qachon 
yo‘qotib  qo‘ymasligini,  eng  muhimi,  bu  uyda  u  o‘zini  yolg‘iz  va  g‘amgin  sezmasligini  aytadi. 


 
119 
Dallol  topgan  uy  shahar  chetidagi  manzarali  sayhonlikda  joylashgan.  Dallol  yigitni  qabrga 
ko‘madi.  Yozuvchi  talqinida  dunyo  ma’nosiz,  uning  qo‘ynidagi  inson  esa  ojiz  va  notavon, 
falokatlar,  dunyoning  yugur-yugurlaridan  qutulishning  yo‘li  esa  -  o‘lim,  qabr.  Faqat  shu  yerda 
inson, nihoyat, orom oladi, o‘z hayotining ma’nosizligi, maqsadsizligini anglab yetadi. Shu yo‘l 
bilan  o‘lim  g‘oyasini  Salim  umumiy,  mutlaq  darajaga  ko‘taradi.  Modernizmning  boy  ifoda 
uslubidan  Salim  bayondagi  uzuq-yuluqlik,  turli  zamonlarning  qorishib  kelishiga  ko‘proq 
murojaat etadi.  
Salim personajlarini hatto muhabbat tuyg‘usi ham hayot azoblaridan qutqaraolmaydi. Sin 
bir qizni sevib qoladi ("Jo‘nash" hikoyasi). Shu vaqtda Sinni telegramma orqali uyiga chaqirib 
qolishadi.  Oshiq-ma’shuqlar  bir-biridan  ayrilishiga  to‘g‘ri  keladi.  Bundan  ular  ko‘p  iztirobga 
tushadilar. Yoshlarning o‘zaro suhbatidagi qisqa, uzuq-yuluq iboralar ularning qayg‘uli ahvolini 
ifodalaydi.  Ular  norozilik  bildirish,  muhabbatlarini  himoya  qilishga  qodir  emas.  Qayg‘u, 
umidsizlik,  biror  narsani  o‘zgartirishdan  ojizlik,  ularning  ahvoli-shu.  "Poezd"  hikoyasida 
hayotning  beshafqat  ritmi  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  bu  yerda,  aksincha,  zamon  va  hayot  to‘xtab 
qolgandek,  dunyoda  yurakni  o‘rtovchi  muhabbat  tuyg‘usi  va  judolik  alamidan  o‘zga  narsa 
yo‘qdek.  
Salim  hikoyalari  sahifalarida  hukm  suradigan  e’tiqodsizlik  na  zamoniy,  na  ruhiy 
chegarani  biladi,  u  qandaydir  mavhum  substansiya  -  mohiyat  kabi  chayqalib  turaveradi,  shu 
sababdan uni tahlil va tafakkur qilish ma’nosizdek tuyuladi.  
Borliq va shaxsning ekzistensializmga xos konsepsiyasi Suriya adabiyotida 60-yillarning 
boshlarida  kuchaydi.  Adabiy  jarayonda  kuzatilgan  bu  bo‘hronli  holat  ham  arab,  ham  xorijlik 
olimlar  tomonidan  o‘rganilayotir.  Suriyalik  olim  Ali  Solih  Ali  Suriya  adabiyotida  kuzatilgan 
realizmdan  chekinishni  bunday  izohlaydi:  “Bu  -  Liganing  tarqalib  ketishi  tufayli  realistik 
adabiyotning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari adabiy hayotdan chetlanishi, ko‘proq modernistik 
adabiyotga ergashish, bir vaqtning o‘zida ham marksistik, ham burjua-falsafasidan yuz o‘girgan 
mayda burjuaziyaning mafkuraviy bo‘shliqqa tushib qolishi oqibatida falsafada "uchinchi" yo‘lni 
izlashi va uni ekzistensializmda topishi oqibati”.  
Jorj  Salim,  Muta  Safadi  va  boshqalar  to‘g‘risida  gapirganda,  ularning  badiiy  shakl 
sohasida, uslubiy va kompozision rang-baranglikda erishgan yutuqlarini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. 
Jorj  Salim  ijtimoiy  jihatga  diqqat  qilmagan  holda  insonning  ichki  dunyosiga  kirib  borish 
texnologiyasini ishlab chiqishga o‘z ulushini qo‘shdi. Insonning jamiyat bilan bog‘liq fojealarini 
ko‘rsatar  ekan,  najot  yo‘lini  u  shaxsning  ongliligida  ko‘radi.  Bu  esa,  uni  shaxsning  majburiy 
qulligi,  jamiyatga  qarshi  foydasiz  isyoni  g‘oyasi  tomonga  yetaklaydi.  Pirovardida,  u  inson 
hayotining boshqacha shakli bo‘lishi mumkinligiga ishonchsizlik bildiradi.  
Agar  Suriya  adabiyotining  paydo  bo‘lishi,  shakllanish  davridan  bugungacha  bo‘lgan 
umumiy taraqqiyot yo‘nalishiga nazar tashlansa, uning har doim milliy zaminga chuqurroq kirib 
borishga, turli davrlarda mamlakat, xalq orzu-umidlarini tasvirlashga intilganini ko‘rish mumkin.  
Hozirgi  zamon  sharoitida  insonga  bo‘lgan  munosabat,  uning  imkoniyatlarini  baholash, 
ichki  dunyosini  tushunish,  shaxsning  jamiyatdagi  o‘rnini  belgilash,  uning  tarix  taraqqiyotiga 
ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini tadqiq etish - bu masalalar Suriya  yozuvchilari tomonidan turlicha 
talqin etib kelingan va etilmoqda.   
 


 
120 
VII BOB  
IROQ ADABIYoTI  
Iroq  XIX  asr  boshlarida  Yaqin  Sharqning  eng  ko‘p  qullik  asoratiga  tushgan 
mamlakatlaridan  edi.  Bu  mamlakat  Usmonli  turklar  saltanatining  chet  o‘lkasi,  odamlar  surgun 
qilinadigan joy hisoblarnadi. Misr va Suriyada arab islohotchilarini junbushga keltirilgan liberal 
g‘oyalari  XIX  asrning  60-yillarigacha  Iroqqa  kirib  bormadi,  jamiyatga  sezilarli  ta’sir 
ko‘rsatmadi.  Iroqning  ziyoli  doiralarida  an’anaviy  she’riy  asarlar,  yilnomalar,  maqomatlar, 
Qur’on tafsirlari o‘qilar, madhiya she’rlar yozish keng rivojlangan edi.  
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Iroq adabiyotiga ma’rifatparvarlik tafakkurining 
ilk  to‘lqinlari  kirib  kela  boshladi  (arab  adabiyotshunoslari  bu  davrni  adabiy  yuksalish  -  "an-
nahda  al-adabiya"  deb  atashadi)  Bu  davrda  bir  qator  Iroq  adiblari  ijodida  nafaqat  xorijliklar 
zulmiga,  balki  feodal  voqelikka  nisbatan  o‘ta  salbiy  munosabat  shakllandi.  Ular  baholi  qudrat 
bilim egallash, xalq hayotini yaxshilashga da’vat etib asarlar yoza boshladilar.  
Iroq adabiyotida vorislik zanjiri hech qachon uzilmagan va adabiyot maydoniga har doim 
yangi-yangi buyuk ijodkorlar kirib kelgan bo‘lsalar ham, unda g‘oyalar va obrazlar evolyusiyasi 
sekinlik bilan kechdi. Asr boshida boshqa madaniyatlar vakillari bilan aloqa qilish imkoniyatidan 
mahrum  bo‘lgan  Iroq  adiblari  ko‘proq  o‘zlarining  arabiy-islomiy  meroslariga  murojaat  qilar 
edilar.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish