Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

MUHAMMAD IBROHIM DAKRUB  
Livanning  demokrat  yozuvchilari  orasida  Muhammad  Ibrohim  Dakrub  alohida  ajralib 
turadi.  Adib  1929  yilda  Livan  janubidagi  Sur  shaharchasida  kambag‘al  oilada  tug‘ildi.  U 
boshlang‘ich  ma’lumot  olishga  muyassar  bo‘lmadi,  mehnat  faoliyatini  erta  boshladi,  yozuvchi 
bo‘lmasdan oldin bir qator kasblarda o‘zini sinab ko‘rdi – sotuvchilik qildi, qurilishda ishladi va 
hokazo. Kitobga bo‘lgan havas uning dunyoqarashini, ma’naviy dunyosini boyitdi, rus mumtoz 
adabiyotiga, ayniqsa, A.Chexov ijodiga ko‘ngil qo‘ydi.  
Dakrub  go‘zal  husnixat  sohibi  edi.  Uni  bir  tanish  tadbirkor  o‘z  idorasiga  ishga  oladi. 
Kunlardan  bir  kuni  idoraga  «as-Saqafa  al-vataniya»  jurnali  xodimi  kelib  qoladi  va  Dakrubni 
tahririyatga ishga taklif etadi. Shunday qilib, baxtli tasodif tufayli Dakrub adabiyot olamiga kirib 
qoladi va asta-sekin uning ichiga sho‘ng‘ib ketadi.  
1954  yilda  «Uzun ko‘cha»  nomi bilan uning birinchi  hikoyalar to‘plami  bosilib chiqdi. 
Hikoyalarda  yozuvchiga  yaqindan  tanish  bo‘lgan  Livan  shaharlaridagi  qashshoqlar  hayoti 
tasvirlangan edi.  


 
140 
«Besh  piastr»  hikoyasida  kichik  do‘kon  sotuvchisi  haqida  hikoya  qilinadi.  U  xizmati 
evaziga arzimas chaqa oladi, doimo chala qo‘rsiq yuradi, qayg‘uli hayot kechiradi.  
Hikoya  qahramonning  yomg‘ir  ostida  uyiga  ketayotgani  tasviridan  boshlanadi. 
So‘qqabosh bu yigit shahar chetidagi xonasiga oshiqmoqda. Uning qorni och, yirtiq poyafzalidan 
suv  o‘tib  ketgan.  Tramvayda  ketsa  ham  bo‘lardi,  ammo  bor  yo‘g‘i  besh  piastr  puli  bor,  unga 
kechqurun  yeb  yotish  uchun  bir  bog‘  rediska  olishi  kerak.  U  tramvayda  «quyon»  bo‘lib 
ketmoqchi  bo‘ladi,  lekin  konduktor  uni  haydab  soladi,  yana  yomg‘irda  ivib  piyoda  ketishga 
majbur bo‘ladi.  
Hikoyada  Livan  uchun  dolzarb  muammo  bo‘lgan  oddiy  odamlarning  turmush  darajasi 
pastligi  masalasi  ko‘tarib  chiqilgan.  Hikoya  oxirida  dabdabali  gaplar  ham  yo‘q  emas.  Hikoya 
qahramoni o‘zini uchib ketayotgandek sezadi, keyin tushib ketadi, atrof to‘la yirtqich hayvonlar, 
qorong‘ulik.  Uzoqdan  ko‘zni  qamashtiruvchi  yorug‘lik  ko‘rinadi  va  millionlab  benavo  – 
bechoralar o‘sha tomonga qarab ketadilar.  
«Oyna»  hikoyasida  Dakrub  ilk  ijodiga  xos  sentimentallikdan  qochishga  muvaffaq 
bo‘lgan. Hikoyaning bosh qahramoni ishchi  oilaning qizi  9  yoshli  Maryam.  Oilasiga qarashish 
uchun  u  ertalabdan  kechgacha  Bayrut  ko‘chalarida  izg‘ib,  siniq  shisha  yig‘adi  va  xasis 
savdogarga arzimagan  chaqaga topshiradi. Adib bolalik gashtini surishdan mahrum bo‘lgan bu 
qizcha  hayotini  achinish  tuyg‘usi  bilan  tasvirlaydi.  Qizaloqning  yagona  quvonchi  –  otasining 
yorqin  kelajak  haqidagi  hikoyalari,  u  do‘stlari  bilan  birgalikda  ana  shu  kelajak  uchun 
kurashmoqda. Ish tashlash, otasining unda ishtirok etishi qizaloqda umid uyg‘otadi. U qachondir 
siniq shisha qidirib ko‘chalar bo‘ylab yugurib yurishdan xalos bo‘lishi haqida o‘ylaydi. Dakrub 
o‘z  qahramonlari  bilan  birgalikda  Livan  kambag‘allari  hayotini  yaxshilash  yo‘llari  haqida 
mulohaza  yuritadi.  Adib  faqat  birlashib  astoydil  kurashgandagina  hayotni  yaxshilash 
mumkinligiga ishonadi.  
«Mushohadakor» hikoyasi Livan ishchilari hayotini tasvirlashga bag‘ishlangan. Asarning 
bosh  qahramoni  to‘quvchi  Qosim  to‘quvchilik  kombinati  ishchilarining  ish  tashlashlarida 
yetakchi bo‘lishga urinadi. Quyi tabaqadan chiqqan bu «rahbar» bir qator xususiyatlar egasi – u 
mehnatsevar,  yaqinlariga  mehribon,  o‘z  huquqini  himoya  qilishda  qat’iy.  Yozuvchi 
mamlakatning porloq kelajagini aynan Qosim kabi kishilar bilan bog‘laydi.  
Hikoyadagi  esda  qoladigan  siymolardan  yana  biri  targ‘ibotchi  ziyoli  obrazidir.  U 
Qosimning  qarama-qarshisi,  xalq  manfaatlaridan  yiroq  shaxs.  «Uning  namoyishchilar  safiga 
qo‘shilgisi keladi, lekin qo‘rqadi. Bu «telbalar»ga hamroh bo‘lgisi kelmaydi. Bu ikki xarakterni 
kontrast  usulida  tasvirlash  yo‘li  bilan  yozuvchi  hikoyada  ko‘tarilgan  ijtimoiy  muammoni 
bo‘rttirib ko‘rsatishga erishadi.  
Muhammad Dakrub – demokrat yozuvchi bo‘lgani bois Livan mehnatkashlari hayotidan 
chizgan  realistik  lavhalari  orqali  jamoatchilik  diqqatini  mamlakatning  yechimsiz  bo‘lib 
kelayotgan ijtimoiy muammolariga qaratishga harakat qiladi.  
Livan  adabiyoti  taraqqiyotida  Rauf  Huriy  salmoqli  rol  o‘ynadi.  U  1918  yilda  tavallud 
topgan  bo‘lib,  Livanda,  boshqa  arab  mamlakatlarida  taniqli  jamoat  arbobi,  o‘tkir  qalamli 
publisist, iste’dodli yozuvchi va adabiyotshunos sifatida tanilgan.  
Rauf  Huriy  o‘spirinlik  vaqtidanoq  Livanning  ijtimoiy  –  siyosiy  hayotida  faol  qatnasha 
boshladi.  U  matbuotda  Falastinning  inglizlar  mandatidan  ozod  bo‘lishi  tarafdori  sifatida  o‘tkir 
chiqishlar qildi.  
Huriy ko‘p  yillar davomida muharrir va qator adabiy asarlar muallifi sifatida  «at-Tariq» 
jurnali  bilan  hamkorlik  qildi.  Rauf  Huriyning  birinchi  kitobi  –  «Bir  dona  anor»  1935  yilda 
nashrdan  chiqdi.  Unga  arablarning  o‘rta  asrlardagi  hayotini  tasvirlaydigan  hikoyalar  kiritilgan 
edi. 1948 yilda uning Ummaviylar davriga bag‘ishlangan podshohlarning zo‘ravonligi, zulmini 
tasvirlovchi  qissasi  bosmadan  chiqdi.  Adib  o‘z  asarlarida  tarixiy  syujetlardan  abadiy, 
umuminsoniy axloqiy va insonparvarlik ideallarini tarannum etish uchun foydalanadi.  
Livanning  oddiy  odamlari  hayoti,  dardu-alamlari,  ularning  huquqsiz  holatiga  qarshi 
e’tiroz  –  bularning  barchasi  demokratik  yo‘nalishdagi  adabiyot  namoyondalari  ijodida  yuksak 


 
141 
mahorat  bilan  aks  ettirilgan.  Ular  ijodi  tufayli  Livan  adabiyotidagi  novella  ilgarigi  shakl 
nuqsonlaridan, syujetning yaxlit emasligi, sentimentallikdan xalos bo‘ldi.  
Ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng  Livan  adabiyotida  yangi  yo‘nalish  shakllandi.  Bunga 
fransuz  adabiyoti  –  Sartr,  Kamyu,  Fransua  Moriak,  Fransuaza  Sagan  hamda  tarjimalar  orqali 
modernistik  falsafa  katta  ta’sir  ko‘rsatdi.  Bu  yo‘nalishdagi  adabiyotda  qahramon  yolg‘iz, 
taqdirga  tan  bergan,  jamiyatga  yo‘l  topolmagan  inson  (ko‘pincha  ziyoli)  sifatida  tasvirlanadi. 
Bunday asarlarda qayg‘u va umidsizlik kayfiyatlari o‘z aksini topgan.  
Mazkur  yo‘nalish  adiblari  insonni  tasvirlashda  ko‘proq  uning  ruhiy  holatiga  diqqat 
qiladilar,  uning  tasodifiy,  ko‘pincha  arzimas  sabablar  tufayli  o‘zgarishiga  e’tibor  qaratadilar. 
Bunday  asarlarda  muhim  ijtimoiy  masalalar  ko‘tarib  chiqilmaydi,  psixologik  ziddiyatlar 
sub’ektiv  kechinmalar  doirasiga  ko‘chirilgan.  Suhayl  Idris,  Yusuf  Yunus,  Salim  Nassar,  Fuad 
Kun’an, Halim Barakat va boshqa bir qator yozuvchilar ana shu yo‘nalish namoyandalari sifatida 
maydonga chiqdilar.  
Suhayl  Idris  «Al-Ashvak»  («Ehtiros»,  1947),  «Niran  va  suluj»  («Nurlar  va  qorlar», 
1948),  «Kulluhunna  nissa»  («Ularning  barchasi  –  ayollar»,  1949),  «Al  –  Dam’a  al-murr» 
(«Achchiq ko‘z yoshi», 1956), «Rahmon yo Damashq» («Menga rahm qil, ey Damashq», 1956) 
va boshqa asarlar muallifi bo‘lib, ularda ko‘proq ziyolilar hayoti tasvirlanadi.  
Suhayl  Idris  asarlari  qahramonlari  jurnalistlar,  yozuvchilar,  o‘qituvchilar,  talabalardir. 
Nega  bunday?  Idrisning  fikricha,  yozuvchilar  va  xalq  orasida  tubsiz  jarlik  mavjud.  Buning 
sababi – odamlarning savodsizligi. Shu bois yozuvchi savodxon kishilarga murojaat qiladi.  
Yozuvchi  o‘z  diqqatini  ko‘proq  ayollar  ahvoliga,  eski  urf  –  odatlarni  tanqid  qilishga 
qaratadi. Yana bir muammo – yozuvchining jamiyat oldidagi burchi masalasi. Idris so‘z va fikr 
erkinligi  uchun  kurashadi.  Uning  ijodida  muhojirlikdagi  ziyoli  taqdiri,  falastin  muammosi  ham 
salmoqli  o‘rin  egallaydi.  Uning  novellalari  tuzilishi  bir  xil  –  boshida  o‘quvchi  qahramonning 
ichki  kechinmalari,  muhabbati  bilan  tanishtiriladi,  uning  chekkan  azob  -  uqubatlari,  yolg‘izligi 
tasvirlanadi, oxirida esa ish fojea bilan tugaydi.  
«Ashvak» novellasida boy oila qizi musiqa o‘qituvchisini sevib qoladi, ammo o‘qituvchi 
oralaridagi farqni tushungan holda qizni xoli qo‘yib ketadi. Novellada yuksak tuyg‘ular, ishqiy 
munosabatlardagi romantik ko‘tarinkilik o‘z ifodasini topgan.  
«Tizkar  as-saura»  («Inqilob  ordeni»)  hikoyasida  yozuvchi  Livan  xalqining  1945  yilda 
fransuz  bosqinchilariga  qarshi  olib  borgan  kurashi  manzaralarini  qayta  jonlashtirishga  harakat 
qiladi.  Livanlik  yosh  yigit  bosqinchilarga  qarshi  kurashda  oyog‘idan  ajraladi,  orden  oladi  va 
bundan  xursand  bo‘ladi.  Bu  bilan  yozuvchi  mustaqillik  uchun  kurashda  g‘alaba  qanday 
qurbonlar  evaziga  qo‘lga  kiritilishini  ko‘rsatib  beradi.  Urushda  juda  ko‘p  askarlar  hikoya 
qahramoni singari yoshligi, sog‘ligini yo‘qotadi.  
Idris ijodida boshqacha mazmundagi novellalar ham mavjud. Jumladan, «Imra» («Ayol») 
asarida  na  hayotda,  na  oilaviy  turmushda  baxtga  yetisha  olmagan  ayolning  mantiqsiz  ruhiyati 
ifodalangan.  Yoshligida  yoshi  ulug‘,  sevmagan  kishisiga  turmushga  berib  yuborilgan  ayol  o‘z 
eriga  nisbatan  tuygan  nafrat  hissini  bosa  olmaydi.  Uning  butun  muhabbati  qiziga  baxshida 
etilgan.  Qiz  birovga  ko‘ngil  qo‘yganida  esa,  onaning  rashki  keladi.  Butun  hayoti  davomida 
yig‘ilib yotgan norozilik, taqdirga qarshi qaratilgan isyon xunuk bir ko‘rinishda yuzaga chiqadi – 
ona rashk tufayli o‘z qizini o‘ldiradi.  
«Hamma  balo  uning  o‘zida»  hikoyasida  esa  yozuvchi  odamlarning  din  niqobidagi 
ikkiyuzlamaliklarini fosh etadi.  
«Kontinental  mehmonxonasida  to‘kilgan  ko‘z  yoshi»  hikoyasida  informatsiyani, 
yangilikni  qo‘lga  kiritish  uchun  hech  narsadan  qaytmaydigan  jurnalist  haqida  hikoya  qilinadi. 
Asarda voqealar mahorat bilan chiroyli qilib tasvirlangan.  
Yozuvchining bu novellari ilk asarlardan farq qiladi. Ularda tafsilotlar, takrorlar, ortiqcha 
detallar  uchramaydi.  «Menga  rahm  qil,  ey  Damashq»  hikoyasida  yozuvchining  ijtimoiy 
mavzularga yuz burgani seziladi. Hikoya qahramoni  - hammol o‘g‘liga kichkinagina kanareyka 
olib berishni orzu qiladi, o‘g‘lini o‘qishga yuborish uchun pul to‘playdi. Bu hikoyada farzandlari 


 
142 
kelajagini  ta’minlash  uchun  jon  -  jahdi  bilan  harakat  qilgan  kambag‘allarning  haqqoniy  tasviri 
berilgan.  
Fransuz  tanqidchisi  Vinsent  Monteyn  «tashvish»  atamasi  ekzistensializmning  muhim 
xususiyatlaridan  biridir»,  -  deb  yozgan  edi.  Bir  burda  non  uchun  doimiy  kurash  bitmas  – 
tuganmas  qo‘rquv  –  bular  odam  kuchini  qirqadi,  o‘z  ideallariga  intilishdan  bezdiradi.  Asar 
qahramoni  hamma  vaqt  ishdan  haydalish  qo‘rquvi  ostida  yashaydi.  «Mushtumzo‘rlar  meni 
mittiga  aylantirib  qo‘ydilar.  Men  shunchalik  mitti  bo‘lib  qolganmanki,  o‘zim  o‘zimni 
ko‘rolmayman, kimligimni, nimani xohlashimni, nimani xohlamasligimni bilmayman», - deydi, 
"Menga  rahm  qil,  ey  Damashq"  hikoyasi  qahramoni.  Bu  tasvir  ekzistensialistik  g‘oyalarga 
uyqash,  chunki  ular  ham  insonning  yovuzlik,  taqdir  oldida  chorasiz,  notavon  ekanligini 
isbotlamoqchi  bo‘ladilar.  Yozuvchi  ko‘pincha  bir  xil  tasvir  uslubidan  foydalanadi:  bayon 
qahramonning  uzluksiz  o‘y  -  mulohazalari  shaklida  beriladi,  ko‘pincha  ichki  monologdan 
foydalaniladi".  Tanqidchi  Gaston  Vet  S.Idrisning  arab  adabiyotidagi  ekzistensializm 
targ‘ibotchilaridan  biri  deb  hisoblaydi.  S.Idris  arab  tiliga  Sartr,  Kamyu,  Simona  de  Bovuar 
kitoblarini tarjima qilgan.  
Fransuz  tanqidchisi  V.Montey  bunday  mulohaza  yuritadi:  "Bu  (yangi  oqim)  sharq 
libosiga  burkangan  Yevropa  timsoli  emasmikan?"  Yo‘q,  albatta.  Chunki  inson  doimo  bir  xil 
bo‘lsa ham, ammo umumjahon mojarolar har bir iqlimda boshqa - boshqa ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish