Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

ABDULHAMID BENXADUGA  
Jazoir  arabiyzabon  adabiyotining  yana  bir  yorqin  namoyandasi  Abdulhamid 
Benxadugadir.  
Benxaduga  Jazoirning  novellist,  romanist,  dramaturgi  sifatida  shuhrat  qozongan  eng 
buyuk  arabiyzabon  yozuvchilaridan  hisoblanadi.  Uning  asarlari  ko‘pdan  beri  maktablar, 
universitetlarda o‘rganiladi, uning o‘zini esa, «tirik klassik» deb ataydilar.  
Adulhamid  Benxaduga  Jazoirning  sharqiy  qismida  joylashgan  mo‘’jazgina  Mansura 
shaharchasida  1925  yilning  9  yanvarida  tug‘ildi.  Bu  shahar  Kichik  Kabaliya    atalmish  tarixiy 
viloyatda  joylashgan  bo‘lib,  uning  aholisi  qadimdan  o‘zining  erksevarligi  bilan  tanilgan  arab-
berber qabilalariga taaluqli tog‘liklardan iborat.  
Benxaduga bolalik yillarini tog‘dagi bir qishloqchada o‘tkazdi. U hozirgacha bu qishloq 
bilan o‘z aloqalarini uzmagan. Dastlab o‘z otasidan, so‘ngra boshlang‘ich maktabda u arab tili 
qonun-qoidalarini o‘rgandi. Shundan so‘ng u Konstantinopol shahridagi  mashhur masjidlarning 
biri  qoshidagi  madrasada  ta’lim  oldi,  1950  yildan  esa,  u  yil  davomida  Tunisdagi  «az-Zituna» 
musulmon universitetining adabiyot bo‘limida o‘qidi. Shu vaqtning o‘zida u Dramatik san’atlar 
instituti talabasi ham edi. 1954-1955 yillarda Benxaduga arab adabiyotidan dars berdi.
73
  
Bo‘lajak yozuvchi bolalik yillaridanoq milliy-ozodlik harakatida faol qatnashdi. Polisiya 
ta’qibi  tufayli  u  1955  yilda  Fransiyaga  ketadi,  u  yerda  ikki  yil  davomida  tez-tez  ish  joyini 
o‘zgartirdi,  iqtisodiy  tanglikda  yashadi.  Og‘ir  kasallik  tufayli  u  kasalxonaga  yotishga  majbur 
bo‘ladi.  Vrachlar  unga  kasbini  o‘zgartirishni  maslahat  berishadi.  Benxudaga  50-yillarning 
o‘rtasidayoq  Jazoir  shevasida  pesalar  yozib,  dramaturgiyada  qalamini  sinab  ko‘rgan  edi.  1958 
yilda esa, u Tunisga kelib o‘zini butunlay jurnalistika va adabiy faoliyatiga bag‘ishlaydi, milliy – 
ozodlik fronti uchun radioeshittirishlar matnini tuzadi, maqolalar yozadi; bu materiallar yashirin 
ravishda  Jazoirga  olib  o‘tilar  edi.  Shu  yillarda  gazeta  va  jurnallar  sahifalarida  uning  ilk 
hikoyalari paydo bo‘ldi. O‘sha 1958 yilning o‘zida Benxaduganing birinchi kitobi – «O‘tmish va 
hozirgi kun oralig‘ida» nomli esselar to‘plami bosilib chiqadi.   
Jazoir  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach  1962  yilda  Benxaduga  vataniga  qaytadi  va 
mamlakatdagi madaniy jonlanish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu davrda u radio va televidenie 
                                           
73
 Бенхадуга, Абдулхамид. Избранные произведения. М.: 1987.  


 
149 
uchun  juda  ko‘p  pesalar  yozadi,  she’rlar  va  novellalar  e’lon  qiladi,  70-yillardan  boshlab  esa 
Benxaduga muvaffaqiyat bilan romannavis yozuvchi sifatida tanila boshlaydi.  
Benxaduganing  adabiy  merosi  ulkan  va  rang-barangdir.  Yuqorida  nomi  tilga  olingan 
esselar  to‘plamidan  tashqari  1964  yilda  nashrdan  chiqqan  «Erkin  ko‘ngillar»  she’rlar  devoni, 
«Jazoir  soyalari»  (1965),  «Yetti  nur»  (1962),  «Yozuvchi»  va  boshqa  hikoyalar»  (1974) 
to‘plamlari hamda 4 roman: «Janub shamoli» (1971), «Kechagi kun intihosi» (1975), «Ko‘zning 
ochilishi»  (1980),  «Jaziya  va  darvishlar»  (1983)  uning  qalamiga  mansub.  Bulardan  tashqari 
Benxaduga  Jazoir,  Tunis,  Livan,  boshqa  arab  mamlakatlari  gazeta,  jurnallarida  chop  etilgan, 
lekin to‘plamlarga kirmay qolgan qator hikoya va she’rlar hamda 1957-1974 yillar orasida radio 
va televidenie uchun yozilgan 200 dan ortiq pesa muallifidir.  
Benxaduganing  barcha  asarlari  adabiy  arab  tilida  yozilgan,  ularning  tili  sodda,  oddiy 
savodxon  o‘quvchiga  tushunarli.  Bundan  radiopesalarigina  mustasno  bo‘lib,  ularda  Jazoir 
so‘zlashuv tilidan keng miqyosda foydalanilgan.  
Benxaduga 
Jazoirdagi 
arabiyzabon 
adabiyotning 
deyarli 
barcha 
janrlarining 
shakllanishiga  juda  katta  xizmat  qilgan  bo‘lsa  ham,  unga  eng  ko‘p  shuhrat  keltirgan  asarlari 
romanlar bo‘ldi. Uning birinchi romani – “Janub shamoli”yoq adabiy hayotda o‘ziga xos shov-
shuvga sabab bo‘ldi. Bundan oldin romanchilikda faqat fransuz tilida yozadigan adiblar asarlari 
yakka hokim bo‘lgani ham bunga sabab bo‘lgan edi.  
Benxaduga romanining muvaffaqiyati, eng avvalo, asarning ana shu davr uchun dolzarb 
mavzuda  yozilgani,  Jazoir  o‘quvchilari  ehtiyojlariga  mosligida  edi.  Romanda  mustaqillikni 
qo‘lga  kiritgandan  so‘ng  mamlakat  hayotida  ro‘y  bergan  tub  o‘zgarishlar  yorqin  va  tushunarli 
tarzda  aks  ettirilgan  edi.  Bu  davrda  Jazoirda  amalga  oshirilgan  ilg‘or  ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, birinchi navbatda agrar islohot mamlakatdagi aholi qatlamlari, siyosiy kuchlarning 
keskin  tabaqalanishiga  olib  keldi.  Yirik  yer  egalari,  shahar  burjuaziyasi  o‘z  mulkini, 
imtiyozlarini  qo‘ldan  ketkazmaslik  uchun  hukumat  tomonidan  o‘tkazilayotgan  tadbirlarga 
qarshilik ko‘rsatar edi. Reaksionerlar agrar siyosatni amalga oshirishga jon – jahdi bilan qarshilik 
qilib, iqtisodiy sabotaj uyushtirar, ayrim joylarda esa, o‘sha davrdagi prezident Xuari Bumiden 
siyosatiga  qarshi  ochiqdan  –  ochiq  chiqishlar  uyushtirdilar.  Ana  shunday  bir  sharoitda  agrar 
islohot arafasida Jazoir qishlog‘ida davom etgan sinfiy kurashni o‘zida aks ettiruvchi  «Janubiy 
shamol»  romani  vaqtida  yozilgan  asar  edi.  Yozuvchi  o‘z  asarida  bu  kurash  ishtirokchilarining 
juda jonli, ishonarli obrazlarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan edi.  
Roman voqealari taxminan 60-yillarning o‘rtalarida bir qishloqda bo‘lib o‘tadi. Asarning 
bosh  qahramoni  –  Malik,  bo‘lis  munisipaliteti  meri,  o‘tmishda  milliy-ozodlik  harakatining  faol 
qatnashchisi. Sobiq zamindor Abid Belkadi esa, uning aksi, u qanday bo‘lmasin o‘z obro‘yi va 
boyligini saqlab qolishga tirishadi.  Malik Belkadining  yerlarini tortib olishi  kerak.  Belkadi esa, 
bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun Malikni o‘ziga kuyov qilib olishni, shahardan ta’tilga kelgan toliba 
qizi  Nafisani  unga  uzatishni  mo‘ljallaydi.  Shahar  hayotiga  ko‘nikib  qolgan  bu  erkatoy  qiz 
qishloq  hayotini  yoqtirmaydi.  Nafisa  Malikka  juda-juda  yoqadi,  u  qallig‘i  –  Belkadining  katta 
qizi  milliy  ozodlik  janglarida  halok  bo‘lgan  Zulayxoga  o‘xshab  ketadi.  Ammo  Malik 
Belkadining niyati samimiyligiga ishonmaydi, o‘z tuyg‘ularini oshkor etmaydi. Malikning bosh 
maqsadi  –  xalq  manfaati,  o‘z  hayotini  bag‘ishlagan  inqilob  g‘alabasi.  «Yo‘q,  toki  yer  yuzida 
qo‘lini  begunohlar  qoni  bilan  bo‘yagan  suyak-suyagigacha  reaksion  shaxslar  bor  ekan,  inqilob 
tugamaydi», - xitob qiladi u Belkadi va unga o‘xshashlarni nazarda tutib.  
Jazoir  tanqidchilari  romanni  yaxshi  kutib  oldilar,  uni  «realistik,  jangovar  adabiyotga 
bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan asar», deb baholadilar. O‘z vaqtida Muhammad Dibning «Katta 
uy»,  «Yong‘in»  romanlari  milliy-ozodlik  inqilobi  darakchisi  bo‘lganidek,  «Janubiy  shamol» 
romani ham agrar islohotlarning darakchisi bo‘ldi.  
«Janubiy  shamol»  xorijda  ham  ijobiy  baholandi.  Fransiya  jurnallaridan  birida  romanga 
bag‘ishlangan taqrizda Benxaduga Jazoir qishlog‘idagi deyarli noma’lum dunyoni tasvirlar ekan, 
«eski  an’analar  qolipidan  ham  soxta  inqilobiy  adabiyot  uslubidan  ham  qochishga  muvaffaq 
bo‘lgan»,  -  deb  qayd  etilgan  edi.  Taqrizda  yozuvchi  tayyor  yechimlarni  taqdim  etmaydi,  balki 
masalani qo‘yadi va bu chinakam muhim masalalardir»,- deb ta’kidlagan edi. Taqrizchi asar tili 


 
150 
haqida hayrat bilan yozgan, uni «sodda, ko‘p hollarda so‘zlashuv tiliga yaqin poetik arab tili», - 
deb ham atagandi.  
«Janubiy shamol» romani Jazoirda to‘rt marta qayta nashr etildi, uning oxirgi nashri 1980 
yilga  to‘g‘ri  keladi.  Roman  1975  yilda  Jazoirda  fransuzcha  tarjimada  bosilib  chiqdi.  Keyinroq 
asar ispan tiliga ham tarjima qilindi.  
Benxaduga «Janub shamoli»dan keyin «Kechagi kun intihosi» romanini nashr ettirdi. Bu 
roman  voqealari  1954-1962  yillardagi  milliy  –  ozodlik  urushi  tugagandan  keyin  chekka  bir 
qishloqda ro‘y beradi. Urush oqibatida xarob bo‘lgan qishloqqa fallohlarga yangi hayot qurishda 
ko‘maklashish  uchun  shaharlik  o‘qituvchi  keladi.  U  qiyinchiliklardan  qo‘rqib  shaharga  qochib 
ketgan salaflaridan farqli o‘laroq shu qishloqda qoladi. Bu roman ham «Janubiy shamol» singari 
yaxshi yozilganiga, unda muhim ijtimoiy muammolar ko‘tarib chiqilganiga qaramay uningchalik 
muvaffaqiyat  qozonmadi.  Buning  sababi  roman  bosilib  chiqqunga  qadar  Jazoirda  qishloq 
muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar nashr etilganida bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa 
ham «Kechagi kun intihosi» asari ikki bor bosildi, fransuz va golland tillariga tarjima qilindi.  
«Kechagi  kun  intihosi»  romanidan  so‘ng  Benxaduga  «qishloq  yozuvchisi»  sifatida 
tanilganday  bo‘ldi,  ammo  1980  yilda  u  «Ko‘zning  ochilishi»  asarini  e’lon  qilib,  jazoirlik  bir 
tanqidchi  aytishicha,  o‘z  o‘quvchilariga  mamlakat  poytaxti,  uning  minglarcha  muammolariga 
bag‘ishlangan roman taqdim etib hammani hayratda qoldirdi.  
Roman  voqealari  mamlakat  poytaxti  Al-Jazoirda  1976  yil  bahorida  butun  mamlakat 
bo‘ylab ommaviy yig‘inlarda Milliy Xartiya loyihasi bo‘yicha qizg‘in bahslar davom etayotgan 
paytda  bo‘lib  o‘tadi.  Milliy  Xartiya  Jazoir  inqilobining  muhim  hujjati  bo‘lib,  mamlakatning 
nokapitalistik taraqqiyot yo‘lini belgilagan, keyinchalik Respublika Konstitutsiyasiga asos qilib 
olingan edi.  
Asar  markazida  vazirlikning  yuqori  martabali  xodimi  shayx  Alausning  ko‘p  sonli  oilasi 
hayoti turadi. Oila a’zolari turli-tuman siyosiy dunyoqarash sohibi – biri o‘ta konservator bo‘lsa, 
boshqasi inqilobiy demokrat. Bu jihatdan Jazoir tanqidchilari yozganidek, «asar alohida bir oila 
mikrostrukturasi timsolida Jazoirning ijtimoiy mikrostrukturasini o‘zida aks ettiradi».  
Roman  an’anaviy  bayonchilik  uslubida  yozilgan.  Voqealar  xronologik  ketma-ketlikda 
davom etadi, shiddatli tus olib boradi. O‘quvchi qiziqish bilan shayx oilasidagi ichki ziddiyatni 
kuzatib boradi. Bu ziddiyat sekin-asta xonadonning yosh a’zolari tomonidan zolim ota va uning 
tarafini olgan katta akasi Umarga qarshi qaratilgan ochiq isyonga aylanadi.  
Yozuvchi  Alaus  oilasi  hayotini  tasvirlash  orqali  o‘quvchini  hozirgi  zamon  Jazoir 
jamiyatining qaynab turgan qatlamlari ichiga olib kiradi, mazkur taraqqiyot bosqichidagi burilish 
nuqtasi notinchliklarini ko‘rsatadi, jamiyatni bir-biriga zid ikki qutbga  bir tomonda eski, chirik 
urf-odatlar tarafdori va boshqa tomonda  yangi,  dunyoviy, chin  demokratik Jazoir uchun kurash 
olib borayotganlar lagerlariga bo‘lib tashlagan qizg‘in ijtimoiy kurashni tasvirlaydi.   
Roman  o‘quvchilar  tomonidan  yaxshi  kutib  olindi.  Tanqidchilar  fikricha,  umumiy 
ravishda  adib  an’anaviy  uslubga  sodiq  qolgan  bo‘lsa  ham,  ammo  bu  kitobda  uning  uslub 
sohasidagi izlanishlari o‘z ifodasini topgan.  
Hozir  Benxaduga  ijodining  gullagan  davri.  Yozuvchi  hali  o‘zining  qahramon  vatani 
Jazoirga munosib chinakam yirik badiiy asarlar yaratishiga umid bog‘lash mumkin. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish