O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TURKIY TILLAR FAKULTETI
O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi
3- „B“ guruh talabasi Xo‘jaahmadova Nafisaning
„Jahon adabiyoti“ fanidan „XX asr boshlarida Amerika adabiyoti. “Chol va dengiz” qissasida tabiat va jamiyat ziddiyatlari bilan kurashda inson irodasi“ mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: H.Allambergenov
Nukus – 2019-2020- o‘quv yili
Reja:
KIRISH.
ASOSIY QISM:
Ernest Xeminguey hayot yo‘li.
Xeminguey qalamiga mansub o‘lmas asarlar.
Adibning “Chol va dengiz” qissasi. Asardagi sabr va matonat timsoli, Santiogo obrazi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
KIRISH
Har bir xalqning o‘ziga xos adabiyoti bo‘lgani kabi Amerikaning ham takrorlanmas, o‘zga xalqlar va mamlakatlar badiiy ijodi bilan solishtirib bo‘lmaydigan so‘z bo‘stoni bor.
Bu hech birimizga sir emas. Tarixan olib qaraganda, o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tadrijiga ega bu mamlakat badiiy adabiyoti ham mahalliy aborigenlar, ispanlar va inglizlar, shuningdek, fransuz, rus, yapon va boshqa xalqlar madaniyati ta’sirida paydo bo‘lgan va taraqqiy etgan.
Amerika adabiyoti, obyektiv sabablarga ko‘ra, qorishiq madaniyatlarning mumtoz xazinasiga o‘xshaydi. U sobiq sho‘ro mafkurasi tazyiqi ostida shakllangan sovet adabiyoti yoki odamkushlik yoxud harbiy salohiyatni ko‘z-ko‘z etayotgan adabiyotdan insoniy tuyg‘ular (mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, shafqat)ni targ‘ib qiluvchi yangi adabiyot sifatida paydo bo‘ldi. Negaki, siyosiy buhronlar, ruhiy inqirozlardan zerikkan ommaga hayotsevarlik nashidasini singdiruvchi mafkuraviy taskin kerak edi.
“Amerika adabiyoti rang-barangligi va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatli”, – deydi amerika adabiyoti ixlosmandi, o‘qituvchi Zarif Quvonov. – Unda hech bir adabiy asar yo‘qki, o‘z-o‘zidan mashhur bo‘lib ketmaydi va keng ommaga tarqalmaydi. Bunga asosiy sabab, asarda ko‘tarilgan milliy ruh, xalq dardi va ijtimoiy adolatsizlikka qaratilgan g‘oyadir. Ta’sir kuchi esa so‘z qudratining o‘quvchi ongi va shuuriga kirib kelish bilan o‘lchanadi. Asar ta’sirida butun xalq va jamiyat uyg‘onadi. Biz ko‘p eshitganmiz, qaysidir kitob irqchilikka qarshi kurashgani uchun eng yaxshi asar sifatida qaralib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Badiiy adabiyotda faqat haqiqatlar yashiringan bo‘lishi kerak. U shunday kuchki, hatto hukumatga ham hisob bermaydi. Shuning uchun ayrim amirikalik adiblarni dastlab o‘z yurti tan olmaydi. Biroq badiiy saviya yuqoriligi va dunyo e’tirof etgani bois o‘zlari ham tan olgan. Amerika adabiyoti shu kabilardan xulosa chiqarib, badiiy so‘z va adabiy qarashlarga yuqori nazar bilan boqadi. Shuning uchun ham amerikalik mualliflar adabiyot ixlosmandlari uchun sevimli ijodkorlar bo‘lib qoladi.
Mana shunday Amerika xalqining sevimli ijodkorlari quyidagilar
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda yirik monopoliyalar paydo bo‘ldi. Bu davrda adabiyotdagi realistlar ijodida sotsial tengsizlik, zulm va haqsizlikni fosh etish bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Qashshoqlik va ochlik uchun kurashishda adabiyot birinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Asarlarida o‘z “men”i emas, xalq dardini ilgari surgan va haqiqiy adabiyot kuchini ko‘rsata olgan ijodkor sifatida uchta zabardast ijodkorlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bular Jek London, Teodor Drayzer va Ernest Xemingueydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |