6-seminar mashgʻulot: Jek London ijodi tahlili. Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asari. Robindranat Thokur ijodi tahlili. Ernest Xeminguey ijodi
XX asr boshlariga kelib, Amerika ijtimoiy hayotida katta o`zgarishlar ro`y berdi. Amerikaning o`ziga xos taraqqiyot yo`li bor. U yerda hamma uchun borabar imkoniyatlar mavjud edi. Osha davrda Mark Tven, Jek London, Teodor Drayzer, Ernest Heminguey.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi ortasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki tanqidiy realizm nomini oldi.
Amerika tanqidiy realizmining yorqin namoyondalari sifatida Mark Tven, Frank Norris, Stefan Kreyn, Jek London, Teodor Drayzerni aytish mumkin. Amerika tanqidiy realizmi dunyo adabiyotini ijtimoiy notenglik, adolatsizlik, qoratanlilar va hindular masalalari, yosh avlodning taqdiri, ayollarning ozodlikka chiqishi mavzulari bilan boyitdi. Amerika hukmron tabaqalari realizmning adabiyotga tarqalishini oldini olishga va kapitalistik jamiyatning asl mohiyatini yashirishga kop marotaba urinishdi. Ular realist yozuvchilarga qarshi uyushishdi: ularni matbuotda obdon tanqid qilishdi, nashriyotlarga ularning kitoblarini chop etishga ruxsat berishmadi, mustaqil ishlaydigan adiblarga ijod qilishga tosiqlar yaratishdi.
XIX asrning 2 yarmida XX asrning boshida yashab ijod etgan Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, keng xalq ommasining oz huquqlari uchun kurashchisi mashhur realist yozuvchi Jon Griffit Jek London 1876- yilning 12- yanvarda Kaliforniya shtatining San Fransisko shtatida, kambagʻal fermer oilasida tavallud topadi. Jek Londonning asarlari butun dunyoga mashhur, uning asarlari hayotiy rang-barangligi, muhabbatni tarannum etishi, insonlarning beshavqat tabiat bilan kurashini aks ettiradi. Jek Londonning ijodi xilma-xil – uning asarlarida burjua tuzumiga qarshi norozilikni ham, sotsialistik gʻoyalarni ham, individualizmni ham va hattoki ijodining so’nggi yillarida tinchlik, barqarorlik mavzularini ham ko`rish mumkin.
O`zining 40 yillik qisqa umrida Jek London Kaliforniya ranchosida qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadi. Keyinchalik Rus-Yapon urushida, Meksika inqilobida, San Fransiskodagi yer qimirlashi vaqtida u reportyorlik qildi, Harvard va Yel universitetlarida maruzalar oqiydi. Bir qancha ogir kasalliklarni boshidan kechiradi va 2 marta uylanadi. Umrining oxirgi yillarida ichkilik girdobiga tushib qoladi.1916 -yilning 22- noyabrida Jek London San Fransisko yaqinidagi Glen Ellen shaharchasida vafot etadi. Jek London asarlari dunyo boylab eng kop oqiladigan amerikalik yozuvchi. YUNESKO ning malumot berishicha, 2004-yilda uning asarlari dunyoning 31 davlatida chop etilgan. U Amerika adabiyotining boshlaridan biri bo`lib, u oziga xos, progressiv ananalarni boshlab bergan yozuvchi sanaladi. Jek London XX asrda nafaqat Amerika Qo`shma Shtatlarida, balki butun dunyoda mashhurlikka erishgan eng birinchi amerikalik yozuvchi edi. Uning eng birinchi asari chop etilganiga 100 yildan oshdi. Jek Londonning ijodiy faoliyati juda qisqa davom etgan, u juda qisqa umr kordi, biroq shu davr mobaynida juda kop jahon adabiyoti durdonalarini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |