O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 185,44 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi185,44 Kb.
#80885
Bog'liq
Kurs ishi. Boymirzayeva Tursunoy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi


KURS ISHI


Mavzu: Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi Dehqonqul obrazi ramziy-fojiaviy obraz sifatida

Bajardi: T. Boymirzayeva

303-guruh talabasi.

Tekshirdi: H.Jo‘rayeva

Toshkent-2020

Mavzu: Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi Dehqonqul obrazi ramziy-fojiyaviy obraz sifatida

Reja:


I. Kirish. “Otamdan qolgan dalalar” asarida inson ruhiyat tasviri.

II. Asosiy qism:

a) Romandagi Dehqonqul obrazi, psixologiyasi va harakter talqini.

b) Dehqonqul o‘zbek xalqi fojiyasining tipik ko‘rinishi.

s) Yozuvchining ramziy obraz yaratish mahorati.

III. Xulosa.



«Otamdan qolgan dalalar» nafaqat dolzarb mavzusi, balki badiiy jihatlari bilan ham adabiyotimizda jiddiy voqea bo‘ldi. Asarning o‘ziga xos qurilishi, betakror ifoda yo‘sini, tildagi jozib ohang, samimiyat – bularning bari uning muvaffaqi-yatini ta’minlagan asosiy omillardir. «Otamdan qolgan dalalar»ning, umuman, Tog‘ay Murod nasrining tili o‘ziga xos, uslubi o‘ziga xos. Sirasi, ko‘nikib olma-guncha g‘alat ko‘rinsa ham, ehtimol. Ehtimoli nimasi, asli ham shunday-da!.. Tog`ay Murod o‘zgacha inson edi deb xotirlaydi zamondoshlari. U jamoat-chilikdan chetda yurardi. Kitobxonlar orasida mashhurligiga qaramasdan ommaviy axborot vositalariga deyarli intervyu bermas edi. “Tog`ay Murod kibrlanmagan. U o`zini jamoatchilikdan uzoq tutgan. Nazarimda uning shaxsiyati hali ochilmagan, noma`lum. U Albert Kamu asarlari qahramonlari kabi boshqacha bir kishi edi, uning nasri xuddi nazmga o`xshaydi. Baxshiyona, o`zbekona usulda yozilgan”, - deya fikr bildiradi shoir Bahrom Ro‘zimuhammad. Tog`ay Murod, deydi adabiyotshunoslar, o`zbek millatining yaqin tarixdagi taqdiri va timsolini yoritishga uringan.Adib yaratgan timsol qanchalik achchiq bo`lmasin uni inkor etish qiyin deydi ular. Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani rus imperiyasi bosqinidan boshlab, oddiy bir o‘zbek oilasi qanday xo`rliklar va qanday umidlar bilan yashagani haqida hikoya qiladi. Adabiy jamoatchilikda muhim voqea sifatida e`tirof etilgan mazkur romandan so`ng Tog`ay Murodga xalq yozuvchisi degan unvon berilgan. Asar keyinchalik kino ekranlarga ham chiqarildi. "Otamdan qolgan dalalar" romanini o`qir ekanmiz asar o`z yo`nalishi, uslubi hamda tiliga ega ekanligini kuzatamiz. Asarni dastlab o`qiy boshlaganimizda, undagi takror so`zlarning nihoyat darajada ko`pligi bizga biroz g`alati tuyulgandek bo`ladi, lekin asar ichiga qanchalik chuqur kirib borganimiz sari ushbu takror so`zlar asarning yana-da o`qishliligini ta`minlaganligiga guvoh bo`lamiz. Romanning ana shu takror so`zlarga asoslanishi uni boshqa asarlardan ajratib turadigan xususiyatidir. Yozuvchi qalamga olgan har bir voqea, obraz orqasida millat taqdiri, oddiy xalq qiyofasi jonlanadi. Personajlarning xarakterli individual xususiyatlarini davr va muhit mohiyatidan kelib chiquvchi, real psixologik vaziyatlarning maxsulli sifatida gavdalantiradi.

Yozuvchi har bir obrazni yaratar ekan, shu guruhga dahldor bo‘lgan juda ko‘plab qahramonlarning eng xarakterli xususiyatlarini ajratib olishga va keyinchalik bu xislatlarni konkretlashtirib berishga, hamda asar g‘oyasiga monanad qilib tasvirlashga harakat etadi. Davrning ulkan g‘oyalarini tashuvchi badiiy tiplar ziddiyatlar girdobigan olib otiladi. Ayrim g‘ishtlardan osmono‘par binolar yaratilganidek, turli tuman kishilardan terib olingan xislatlardan badiiy tiplar yaratiladi. Asarda badiiy syujet xarakterlar mantig‘i, ijtimoiy muhit ramzi, konfliktlar juda asosli o‘z ifodasini topadi. Tasvirga olingan qahramonlar psixologiyasi, kurash va intilishlari, shuningdek, qahramonlar faoliyati kechayotgan voqelik va ularga dahldor tomonlarning mohiyati qariga singib ketadi. Tog‘ay Murod bu romanida o‘zbek dehqonining tipik obrazini yaratdi. O‘zbek millatining taqdiri, o‘tmishi va kelajagi Dehqonqul obrazi timsolida badiiy jonlantirilgan bo‘lib, talqinda sodda, baxshiyona uslubning qo‘llanishi romandagi obrazlilikni oshiradi va xalq tilining rang-barang nozik qirralarini ochib berishga hizmat qiladi. U bu romanida sobiq sho‘rolar tuzumi tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosatining illatlari milliy ozodlik kurashining parokandalikka uchrashi sabablari, paxta yakkahokimligining oqibatlari, millatning qatag‘on qilinishini o‘zbek xalqi timsolida ochib beradi. Romandagi o‘zbek xalqining ruhiyat tasviri yozuvchi tomonidan mohirona yoritilib berilgan. Romanda Tog‘ay Murod qahramonlarni zaminni, zilol suvlarni yaratgan egamning tuhfasi deb suyib ardoqlagan, qadrlagan oddiy odamlar bo‘lib, ular har bir qarich yerga mehrini beradi, bolasiday avaylab-asraydi, padari-buzrukvori, volidayi-muhtaramasi kabi e’zozlaydi. Romanda tasvirlangan Jamoliddin ketmon ham barcha o‘zbeklar qatori ana shunday hususiyatlarga ega. Nazarimizda yozuvchi ana shu yerni, osmonni, suvni va oddiy odamlarni suyib, ham kuyinib tilga oladi. Millat parokandaligiga sabab bo‘luvchi omillarni mantiqan to‘g‘ri ko‘rsatadi. “Ayrilganni ayiq, bo‘linganni bo‘ri yer” qabilida ish ko‘rib, bir-biriga yordam berishmagan xon-u amrlar Oqposhshoga qarshi kurashda jipslashmay harakat qilganliklari, o‘zaro nizolarga berilishi oqibatida bir yuz o‘ttiz yillik mustamlaka tamg‘asini xalq peshonasiga bosilishiga sababchi bo‘lib qoladilar. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida bir o‘zbek dehqoni sulolasining uch vakili — bobo, ota va o‘g‘il taqdiri timsolida o‘zbek xalq ining istibdod ostida kechgan 130 yillik hayoti badiiy mahorat bilan ochib berilgan. Jamoliddin, Aqrab, Dehqonqul obrazlaridagi umumiylik shundaki, ular shu Ona Yerni sevishadi, uni bo‘lakcha mehr bilan e’zozlashadi. Olloh bergan rizqini shu zaminda deb biladi. Shuning uchun sidqidildan mehnat qilishib, nasibasini olishadi. Jamoliddin ketmonning nazarida shu tuproq non kabi aziz, go‘dak singari beg‘ubor, chashma suvidek toza. U “kamina qaytarib-qaytarib, xudoni yodlab-yodlab, hudoga shukrona aytib-aytib ketmon chopadi”. Uni shu tuproqqa bog‘lagan narsa — mehr, ona zaminga bo‘lgan e’tiqod. Dalasining bir yashnagani — uning ming yashnagani. U shu dalasi-yu mehnati orqali afsonaga aylanadi: “Jamoliddining ketmoni dalasidan”. Jamoliddin hosildor yerlarga jannatmakon bog‘-rog‘largiga, yurtining turfa hil ma’dan-u boyliklariga ko‘z tikib kelgan istilochilardan nafratlanadi. Ularning harom ishlaridan hazar qiladi. Ularning qadami yetgan yerdan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Ularning qadami yetgan yerni bulg‘angan hisoblaydi va u yerga qadam qo‘yishni o‘ziga or deb biladi. Istilochilarga qarshi ko‘ksida isyon tug‘iladi. Ularga bo‘lgan nafrat isyon ruhida o‘g‘li Aqrabni o‘stiradi. Ona zaminni e’zozlaydi. Halol mehnat qilish, farzandini yurtparvar, erksevar, g‘animlariga nisbatan shafqatsiz qilib o‘stirish oddiy dehqon Jamoliddin ketmonning hayot mazmuniga aylanadi. Romanda tasvirlanishicha, Jamoliddining butun, emin-erkin bo‘lmagan o‘z hayotida qisman bo‘lsa-da niyatiga yetadi. O‘g‘li Aqrab mehnatkash, vatanparvar yigit bo‘lib ulg‘ayadi. O‘zbek dehqoni sulolasining ikkinchi vakili Aqrab tabiatan otasi Jamoliddinga juda yaqin. U ham ona zaminni suyib, ardoqlaydi. Dalasini mehr bilan parvarish qiladi. Taqdir Jamoliddinning peshonasiga Chor Rossiyasi istilosini bitgan bo‘lsa, Aqrab o‘zlarini endi “qizillar” deb ataluvchi o‘sha istilochilarning ikkinchi bir avlodi bilan yuzma-yuz bo‘ladi. Qizi istilochilar oddiy xalqqa “hukumat, yerlar sizniki, butun boylik sizniki, hamma teng huquqli, xalq o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi” deb yolg‘on - yashiq va’dalar berib, xalqning ko‘pchilik qismini o‘zlarining yo‘llariga yurgizishga muvaffaq bo‘lishadi. Ammo Aqrab singari imoni butun, e’tiqodli o‘zbek yigitlari g‘anim niyatini zukkolik bilan anglaydilar. Aqrab — xalqning milliy ozodlik kurashida qatnashib, “bosqinchi” nomini olib, el-yurt ozodligi, millat erki uchun shahid bo‘lgan vatandoshlarining tipik obrazidir.

O‘zbek dehqoni sulolasining uchinchi vakili Dehqonqul taqdiri, uning oilasi, hamkasblari, hamqishloqlari timsolida istibdod tufayli xalq boshiga tushgan fojialar yozuvchi tomonidan kuyunchaklik bilan badiiy talqin qilinadi. Bobosi Jamoliddinning dalasini sevardi, uni butun umrini dalasiga bag‘ishlaydi, boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi. Negaki, uning ko‘ksida ruh bor edi, dalalariday cheksiz, poyonsiz yer bor edi uning bag‘rida. Cho‘lpon- “Binafsha-sen uchun ko‘kragim erk yeri” deganidek, Dehqonqulning ham ko‘kragi shunchalar keng, musaffo va samimiy ediki, uyerni butun boshli ekinzorga aylantirgan edi. Otasi qo‘shgul Aqrab ham dalasini sevardi, u qadagan cho‘p nihol bo‘lardi. Chunki, uning ham ko‘ksida shu yerga, dalasiga nisbatan ulkan mehr bor edi. Aqrabning ko‘ksida nafaqat mehr bor edi, o‘z dalalariga egalik hissi, dalalari uchun kurash hissi bor edi. Millat taqdiri hal bo‘ladigan kunlarda ana shu his Vatan uchun, el-yurt uchun kurash tuyg‘usiga aylanadi. Jamoliddin, Aqrab, Dehqonqul obrazlari orasida juda katta tafovut mavjud, Bular yashyagan davr va zamon ta’siridir. Uchala obraz timsolida o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi tarixi yaratiladi. Dehqonqul dalam, deb yashaydi, kuyib-pishadi. Shuning uchun ter to‘kadi, zahmat chekadi. Lekin yillar davomida dalasining quliga aylanganinni sezmaydi. Negaki, mustamlakachilik siyosati yuqoridan va chetdan turib shu qadar ustamonlik bilan olib borilar edi. Yuksak va’dalar-u, unvonlarga uchgan xalq “buyuk g‘oyalar” yo‘lida tinmay mehnat qilardi. Dehqonqul oilasining turmush tarzi misolida asosiy o‘zbek oilalari bo‘lmish qishloq atamasining juda past “o‘lmasa o‘tar” kun - hayot tarzi namoyon bo‘ladi. O‘zi qancha og‘ir mehnat ostida ezilmasin, kimyoviy dorilardan zaharlanmasin, bir umr kamchilik, yetishmovchilik ko‘rmasin, jamiyatda huquqsizlik, tengsizlik sezmasin u o‘z hayotidan nolimaydi, shu “ it yotish – mirza turish ” turmushga ko‘nib yashaydi. U qishloqdosh o‘ziga o‘xshagan odamlar orasida kam ham emas, ko‘p ham emas. Aksariyat aholi ana shunday hayot kechiradi. Lekin hech kim “tongdan shomgacha tinimsiz ishlab nega yomon yashaymiz” deb o‘ylamaydi. Negaki, “mustamlakachilik faqat mamlakatni g‘arot qilmaydi, undan ham yomonrog‘i odamlarni, xalqni ruhan g‘arot qiladi, shunday qiladiki, qul hayotini kechirayotgan, insonga nomunosib hayot kechirayotgan odamda shu hayotga qarshi norozilik, isyon butkul so‘nadi”. Mustamlakachilar maqsadi — iloji boricha xalqni ezish, uni muhtojlikda saqlash, “ozodlik”, “tenglik” deb ataluvchi qullikda asrash uchun uni bir umr qora mehnatga mahkum etishdir. Shu maqsadda O‘zbekistonni Sobiq Ittifoq paxta xomashyo bazasiga aylantirgan edi. Yozuvchi ko‘ksidagi og‘riqni romaniga kiritadi. Bu dard — o‘zbekning dardi, o‘zbeklik dardi. O‘zbek qulday ishlaydi–chidaydi, farzandining boshi og‘ir mehnatdan chiqmaydi–chidaydi, o‘zbek davlatga falon million paxta etkazib beraman, deb chang yutadi, zahar yutadi–chidaydi, shuncha mehnat-u xo‘rlik evaziga “boqimanda” tavqi la’natini oladi–chidaydi. Romanda go‘yo obrazlar soyasida qolgandek, bir kuchli obraz paxta ko‘zga ko‘rinmas kishan bo‘lib, Dehqonqulning qo‘l-oyog‘ini, xohish-irodasini, orzu umidlarini kishanlaydi. U o‘zini, erkini paxta ixtiyoriga topshiradi. Mustamlakachilar xalqni yana uzoq yillar davomida o‘z iskanjasida ushlab turish uchun yangi qatag‘on usuli – “o‘zbeklar ishi”ni o‘ylab chiqarganda, pichoq suyakka borib taqalgan yedi. Qishloq kameralaridagi zambillar o‘zbeklarni ne-ne azoblarga solganlarida, xo‘rlaganlarida Dehqonqullarning ko‘zi ochiladi. Qo‘rquv va hadiksirash ruhida, og‘ir mehnat ostida o‘sgan, bolaligi o‘g‘irlangan Dehqonqul qalbida ham tizginsiz nafrat mujassam. Ma’naviy ma’rifiy inqirozning yangi davrdagi qurboniga aylangan avlod fojiasi ulardagi shijoatning so‘ldirilishi, itoatkorlikning teranlashuviga borib taqaladi. Itoatkorlikka qo‘rqitish orqali erishiladi. Ziyod Cho‘liboev kabi yoshlar hudbinlik va loqaydlikning qurboni bo‘ladilar. So‘z va ijro birligiga amal qilmaydigan Mavlonov, firqa ishiga sadoqatli bo‘lishga intilgan maktab direktori fizika, jo‘g‘rofiya va adabiyot muallimlari Chingiz Aytmatov ta’kidlagan “manqurt”lashgan: mehr-muruvvatdan, insoniy his-tuyg‘ulardan, o‘y-fikr va andishadan yiroq kimsalardir. Ular hatto g‘amli kunda bir mo‘min o‘z dindoshiga qanday tasalli berish kerakliginida bilishmaydi, balki buni unutishadi, chunki, qo‘rquv ularni vijdonan cho‘ltoq qilib qo‘ygan. Biz buni Dehqonqul obrazida ko‘rib shunday xulosaga kelamiz. Uning xarakteridagi soddalik, kamtarinlik ona-zaminga bo‘lgan cheksiz muhabbat mustamlakachilar tomonidan qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun mustamlakachilar ana shunday soddadil insonlarni xo‘rlab, qiynoqlarga duchor qilishga erishadilar. Xalqimizda “mehmon otangday ulug‘” kabi maqollarning mavjudligi sababli Dehqonquldek o‘zbek mehmonnovozlarni holini yozuvchi buyuk iste"dod bilan yoritib berganki, bunda o‘zbek xalqini o‘zi yemay, mehmonga tutgan, “mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan” qabilida ish tutishini ko‘ramiz. Soddadil dehqonqul qo‘shnisi Raisning gaplariga aldanib, bor budini to‘kib-solib, bolalariga bermagan o‘sha mevalarni shaharlik mehmonlarga ilinadi. Ha, darhaqiqat, bu an’ana asrlar davomida ota- bobolarimizning qon-qoniga singib ketgan. Dehqonqul hech qachon mehnatdan qochmaydi, rais bergan har qanday ekin bitmas yerni bog‘ga aylantirishga tayyor, buni o‘z vazifasi deb biladi, buni o‘ziga kasb deb biladi. Dehqonqul obrazida biz millat tarixini ko‘ramiz. Dehqonqul xarakteri o‘zbek xalqida hali-hanuz o‘z poydevorini yiqitmagan — mehmondo‘stlik, olijanoblik, kamtarinlik, kamsuqumlik, vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, mehnatsevarlik va soddadillik kabi hislatlarni ko‘ramiz va bunga bevosita asar davomida guvoh bo‘lamiz. Asardagi Dehqonqul o‘z nomi bilan “dehqonqul”, ya’ni yozuvchi Tog‘ay Murod shunchalik obraz yaratganki, undagi mahorat tufayli obrazga o‘sha ismni qo‘ygan. Asarning qahramoni dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ham u o‘z xalqida, Vatanida bir qarich yerni ham, bir qism tuproqni ham muqaddas biladi. U o‘z yurtida xon emas, qulga aylangan shaxsdir. Shuning uchun ham yozuvchi asar qahramonining nomi, ismi bilan ham shunga ishora qiladi. Yozuvchi asar davomida har bir jumla-yu, har bir voqea davomida o‘zbek xalqining o‘z yurtida mehnat qilib, “qulday” mehnat qiladi-yu, oqibatda mustamlakachilar tomonidan inson tasavvur qilib bo‘lmas vahshiyona azob-uqubatlarni boshidan kechirganligiga ishora qilib o‘tadi. Biz bu hususiyatlarni, mudhish voqealarni Dehqonqul obrazida butun bir o‘zbek xalq ining timsolini, aniqrog‘i oilasini ko‘ramiz. Millat taqdirini, millat hayotini, millat dunyosini ko‘rish uchun yozuvchining birgina Dehqonqul obrazida ko‘rsatib o‘tishi, bu uning asar yaratishda ham obraz yaratishda ham buyuk mahorat, salohiyat egasi ekanligi amin bo‘lamiz. Yozuvchi birgina asar davomida mustamlakachilar tomonidan olib borilgan qiyinchiliklar, “paxta ishi” deb olib borilgan ishlar ostida o‘zbek xalqini paxta ishi deb, zaharlanishlari, yoshgina boshiga qaramay, dalaga chiqarib yuborishlari, u yerdagi qiynoqlar, paxtani etishtirish uchun yosh bolalarni paxta dorilashga olib borganliklari, turli kasalliklarning sababchilari bo‘lgan. O‘zbek ayollarining dalada ayol bilan erkakning bir xil ish qiyinchiliklariga ham olib chiqishlari oqibatda ayollarning o‘z joniga qasd qilishlari ayrim boshliqlar tomonidan bosdi-bosdi qilib yuborishlari, keyinchalik ishini deb ishni yopib yuborishlaridek yuztubanlik-larigacha borib etgan mustamlakachilar psihologiyasini ham yoritib berishdek ulkan muvaffaqqiyatlarga erishadi. Muallif asariga 150 yildan ortiq bo‘lgan voqealarni, ya’ni XIX asr oxiri va XX asrning so‘ngi choragigacha bo‘lgan hodisalarni yoritib beradi. Shuning uchun ham asar millat tarixini yorituvchi asar deb yozuvchilar tomonidan tan olingan. Ya’ni, B.Sarimsoqov “Millat tarixini yorituvchi eng go‘zal asar” deb baholaganda u benihoya haq edi.

Dehqonqul xotini erta-yu kech bag‘riga bosib yashagan beshikni olib, endi bu xonadonda farzand tug‘ilmaydi, u endi bizga kerak emas deb o‘ylaydi. Beshik ko‘zlariga ayolining tobuti bo‘lib ko‘rinadi, ichida ayoli 60 % kuyib yotgandek go‘yo. Bu sho‘rlik ayol dunyoga kelib nima ko‘rdi o‘zi, beshik ko‘rdi, dala ko‘rdi. Kunduzi dala ko‘rdi, kechasi beshik ko‘rdi.Dehqonqul xotinining hayotlik vaqtida oddiy iltimoslarini ham bajara olmadi. U bularning barchasini tushinib turardi , ammo qo‘lidan hech ish kelmaslini juda kech anglab yetdi. Dehqonqul sudda so‘ngso‘z berilganda ham oxirgi gapi “dalalarimni bir ko‘rib ketayin ” bo‘ladi. U hatto shu damda ham bolam demadi, oilam, yurtim , qarindoshim emas, dalam dedi. Mehmon kelganda “mehmon atoyi xudo ” deb ulug‘laydi, bolalarining risqini qiyib bo‘lsa – da , ularni xush kutib oladi. Xotininingoddiy iltimoslarini bajara olish ham qo‘lidan kelmadi. Faqatgina uni yo‘qotganda endi kech bo‘lganligini tushunib yetadi. Dehqonqul uchun oilaga sadoqat , og‘ir damda qolganda ham yurtini sotmaydigan xislatlar yod emas. Demak, bu roman mustaqillik sharofati tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy roman. Asarda hayot haqiqati haqqoniy yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga ko‘nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo‘l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo‘lib oilasiga, farzandlariga ham e’tibor bermaydi. Siyosatdan yiroq bo‘lgan bo‘lsa-da, asar yakunida “Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo‘lib yashagan Dehqonqulning ko‘zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o‘shanda anglaydi

Xulosa qilib aytganda, Otamdan qolgan dalalar» — davrning badiiy hujjati, unda jamiyatning mustamlakachilik barham topib, istiqlol ne'matiga noil bo‘lgan paytdagi ruhiyati akslangani ham bundan aslo kam bo‘lmagan haqiqat. Zero, unda hammamizning — «dehqon» («dehqon» — yer egasi demak emasmi?!) bo‘la turib «qul»likda umrguzaronlik qilgan siz-u bizning kayfiyatimiz, parchalangan zanjirlar ustida turgancha kechmishimizga sog'lom nazar solgan, mustabid tuzumni yanib turgan holatimiz akslangan. Donishmandlardan biri «Insoniyat o‘z o‘tmishi bilan kulib xayrlashadi» degan ekan. Asar yozilgan paytda na Tog'ay Murod, na sizu biz o‘tmish bilan kulib, kulish qayda, xotirjam xayrlashishga ham qodir emas, negaki, istibdod zanjirlari qoldirgan yaralardan hali qon sizib turgandi. Shu ma'noda, «Otamdan qolgan dalalar» — uzoq yillar yig'ilgan dardning misoli vulqonday otilishi, mustamlaka bilan xayrlashayotgan xalqning yig'i-yo‘qlovi. Yo‘q, mustamlakaga kuyib emas, toptalgan qadri, g'ururini o‘ylab chekkan nolasi; yurakni ezadigan, ruhni tushiradigan emas, aksincha, kishi ruhini yuksaltiradigan, qaddini tiklaydigan nola,-degan edi Dilmurod Qur’onov «Qalblarni larzaga solgan xirgoyi» maqolasida. Bularni ochib berishda yozuvchidan katta mahorat talab qilindi. O‘sha davr qatag‘on avj olgan paytda, hayda-haydalar, firqadan o‘chirish-lar, surgunlar, qamalishlarni muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, voqealar jarayonida bevosita ishtirok etganlar suhbatidan bahramand bo‘lib, keyin qog‘ozga tushiradi. O‘zbek ziyolilari kishanband, mahbus bo‘ldi. Ularni kechalari Moskvaga olib ketganliklari, so‘roq qilishlari, yo‘q ayblarni bo‘yniga majburlab qo‘yishlari juda chiroyli, aziyatli tasvirlangan. Bunga u yuksak fidoyilik qilib yerishdi. U endigina uylangan paytida Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga ketdi. Uning dardi o‘qish bo‘lmadi. U prokuraturada, sudda kunini o‘tkazdi. U tanish-bilish yo‘li bilan tergov matnlarini sotib oldi. Ikki og‘iz axborot olish uchun “yarimta”lar qo‘ydi. O‘shanda yozilgan asarlari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tog‘ay Murodga “Oybek mukofoti”ni olib, uning puliga zindonlardan axborot to‘pladi. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani bosh qahramoni Dehqonqul obrazi bugungi kun o‘zbek adabiyotida jiddiy voqea sifatida baholangan asar obrazi deb qaraldi. Ana shu romani orqali Tog‘ay Murod o‘z so‘zidan chiqdi. U “Otamdan qolgan dalalar” romani bilan “o‘zbek xalqiga haykal qo‘ydi”.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar”. “Fan”. Toshkent. 2001 y.

2. Pardayeva Manzura, Til va adabiyot jurnali. 2004 yil, 1-son.

3. Pardaeva Zulfiya, Til va adabiyot jurnali 2001 yil, 1-son.

4. Mirzaev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. Toshkent, 2005 y.

5. Normatov U. Ijodkorning dahlsiz dunyosi. – T.: 2009.



6. Dilmurod Quronovning «Qalblarni larzaga solgan xirgoyi» maqolasi.
Download 185,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish