E. Xeminguey asarlari sintaksisining lingvostilistik xususiyatlari



Download 88,5 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi88,5 Kb.
#13121

Aim.uz

E. Xeminguey asarlari sintaksisining lingvostilistik xususiyatlari.

Amerika yozuvchisi va jurnalisti Ernest Miller Xeminguey umri davomida yettita roman, sakkizta hikoyalar to’plamlarini yozgan va nashrdan chiqargan. Uning o’limidan so’ng adibning uchta romani, to’rtta hikoyalar to’plami va uchta avtobiografik asarlari chop etilgan.

Yozuvchi 1899-yil, 21-iyulda Ilinoys shtatida dunyoga kelgan. Uning otasi Klarens Edmonds Xeminguey fizik, onasi Greys Hol-Xeminguey esa musiqachi bo’lgan. Adibning oilasi Ouk Park jamiyatining ziyoli va hurmat-e’tiborli oilalaridan bo’lgan. Oila, onasi uchun musiqa studiyasi va otasi uchun tibbiy offislar bor yetti xonali uyda yashardi. Adibga onasi tomondan bobosi hisoblangan Ernest Holning ismi qo’yilgan. Xemingueylar oilasi Michiganda, Vallun ko’li yonida joylashgan Uidmir deb nomlangan yozgi hovli sotib oladi. Oila yozni o’sha yerda o’tkazishga odatlanadi. Ernest Xeminguey u yerda bo’lganda ov qilish, baliq tutishni o’rganadi. Uning otasi keyinchalik o’g’lini tibbiyot va tabiatshunoslik bilan shug’ullanishiga umid qilib, Ernestni yoshligidan tabiatga oshno qilib tarbiyalaydi. Ernest 3 yoshga to’lganda otasi Klarens Xeminguey unga birinchi qarmog’ini sovg’a qiladi va o’zi bilan baliq oviga olib boradi. 8 yoshli bola paytidayoq adib o’sha atrofdagi barcha darahtlar, gullar, hayvonlar, qushlar-u baliqlarning nomini yoddan bilagan. 1911-yili adib 12 yoshga to’lganda bobosi Xeminguey unga 20 kalibrli miltiq sovg’a qiladi. Bu sovg’a bobo ova nabira o’rtasidagi do’stlikni mustahkamladi. U bolaligida bobosining hikoyalarini eshitishni juda yaxshi ko’rardi. Shimoliy Michigan ko’llari va o’rmonlariga sayohat qilish adibning sevimli mashg’ulotlaridan bo’lgan. Tabiatdagi bunday sayohatlar adibning ruhiy olamiga ham katta ta’sir ko’rsatgan. U sarguzashtlar, ovloq joylarda ov, baliq tutish kabi mashg’ulotlarga ishtiyoqmand bo’lib voyaga yetdi. Adibning yana bir sevimli mashg’uloti kitob o’qish edi. U soatlab oilaviy kutbxonadagi kitoblarni mutolaa qilib o’tirardi. U ayniqsa Darvin asarlari va tarixiy adabiyotlarni sevib o’qirdi. Onasi esa Ernestni musiqa bilan shug’ullanishini xoxlardi. U o’g’lini cherkov xorida kuylashga, violonchel chalishga majbur qilardi. Yillar o’tgandan keyin adib bu haqda eslab shunday degan: “Onam meni musiqa o’rgansin deb bir yil maktabga yubormagan. U mening musiqaga qobiliyatim bor deb o’ylardi, lekin meni hech qanday iqtidorim yo’q edi.”

Xeminguey 1913-1917 yillarda Ouk Park va River Forest maktablarini tamomladi. U boks, suv polosi, futbol kabi ko’plab sport turlari bilan shug’ullangan va maktabda ko’plab medallar sohibi bo’lgan. Adibning o’zi bu haqda shunday degan: “Boks meni huddi buqadek hech qachon yotib qolmaslikka, qayta hujum qilishga doim tayyor turishga o’rgatdi.”

O’sha kezlardayoq Hemingueyning ilk yozuvchilik ishlari maktabning jurnalida chop etila boshlagan. 1916-yili ota-oansidan mustaqil bo’lish maqsadida Ernest do’sti bilan shimoliy Michiganga sayohatga ketadi. U uyerda ko’plab sarguzashtlarni boshdan kechiradi va keyinchalik sarlarida o’z aksini topgan unutilamas taassurotlar bilan uyiga qaytadi. Ushbu sayohatdan keyin u “odjibue” qabilasidagi ovchi va uning qonli qasosi haqidagi hikoyasini yozadi. Heminguey o’zining ilk asarlarini hech qiyinchiliksiz yozadi va maktab gazetasiga har hafta reportajlar yozib turishga qaror qiladi. Reportajlar asosan sport musobaqalari, konsertlar haqida bo’lgan. Ayniqsa uning Ouk Park hayotiga oid tanqidiy maqolalari gazeta o’quvchilarining orasida mashxur bo’lgan. O’sha davrda Heminguey yozuvchi bo’lishga axd qiladi.

Maktabni tamomlagandan so’ng u ota-onasi hohlagandek universitetga kirishni hohlamadi. Xeminguey Kanzas-Sitiga ko’chib o’tadi va o’sha yerda mahalliy gazetalarning biri bo’lgan “Star”da muhbir bo’lib ishlay boshlaydi. U yerda adib Bosh shifohona, vokzal va politsiya mahkamasini o’z ichiga olgan hududga mas’ul edi. Yosh muhbir o’sha hududdagi hech bir voqa-hodisani o’tkazib yubormasdi. Turli jinoyatchilar, yollanma qotillar bilan to’qnash kelardi, qamoqxonalarga borardi. Ernest barcha voqea-hodisalarni kuzatardi, ularni eslab qolishga, insonlarning qilmishlarini sababini topishga ularni tahlil qilishga harakat qilardi. U bularni barchasini xotirasida saqlardi va aynan shu narsalar uning kelajakdagi asarlarining syujetini, qahramonlarini tashkil qildi. Gazeta muharrirlari uni til ravonligiga va stilistik no’noqlikdan qochishga o’rgatdilar.

Xeminguey armiyada xizmat qilishni hohlardi, ammo ko’rish qobiliyati yomonligi tufayli uni qabul qilishmasdi. 1918-yili u “Qizil Hoch” jamiyatidan tez yordam mashinasi haydovchisi sifatida ro’yhatdan o’tadi. Bahorda Nyu Yorkka ketishdan oldin Michiganga kelib ketadi va mayda Nyu Yorkdan nemis artilleriyasi bombordimon qilgan Parijga boradi keyinchalik iyunda Italiya frontiga yuboriladi. Adibning urush bilan ilk to’qnashuvidan olgan taassurotlari uning “Death in the Afternoon” asarida o’z aksini topgan. U yerda Xeminguey to’g’ridan-to’g’ri okoplarga soldatlar uchun oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug’ullandi. 1918-yil, 8-iyulda Xeminguey frontga mahsulotlarni yetkazib berib, ortga qaytayotgan paytda jarohatlangan italiyalik snayperni qutqarayotib avstriya minomyotlari va pullyemyotlari yomg’iri ostida qoladi. O’zi qattiq jarohatlangan bo’lishiga qaramasdan u italiyalik harbiyni qutqarib oladi. Gospitalda uning tanasidan 26 ta temir parchalari sug’urib oladilar, shu bilan birga adibning tanasi 200 joyidan jarohatlangandi. Adibning o’zi bu haqda shunday degan: “Urushga yosh bolalarday borganingda, senda juda yanglish va xato fikr bo’ladi huddi boshqa odamlar o’ldiriladiyu, sen esa o’ldirilmaydiganday… Birinchi bor qattiq jarohatlanganingdagina bu narsa sen bilan ham bo’lishi mimkinligini anglaysan.” Xeminguey 5 kun dala gospitalida bo’ladi. Tez orada uni “Qizil Xoch”ning Milandagi kasalxonasiga o’tkazishadi va yaralangan tizza suyagi o’rniga shifokorlar temir protez o’rnatadilar. Uning bu jasorati Italiya hukumati tomonidan yuqori baholanib, Xemingueyga Iyaliyaning “Kumush Jasorat” medali topshiriladi. Heminguey Milandagi kasalxonada 6 oy davolanadi. U yerda o’zidan 7 yosh katta bo’lgan hamshira Agnes von Kurovskiy bilan tanishadi va uni sevib qoladi. Adibning bu tanishuvi uning “A Very Short Story ” asariga asos bo’ldi.

Xeminguey 1919-yil, 21-yanvarda Amerika Qo’shma Shtatlariga qahramon bo’lib qaytadi. Barch jurnallar u haqda Italiya frontida jarohatlangan ilk amerikalik deb turli maqolalar chiqaradilar. O’zi esa bu haqda shunday deb yozadi: “Men o’sha urushga ketayotganimda g’irt ahmoq bo’lgan ekanman. Men, o’zimizni sport komandasi deb tasavvur qilgan ekanman. Avstriyani esa musobaqada qatnashayotgan raqib komanda deb ”. 1919-yili u Michiganga qaytib, o’sha yozni o’zining qadrdon do’stlari bilan sayr qilish va baliq ovlash bilan o’tkazdi. Yil bo’yi u oilasi davrasida bo’ladi. 1920-yil fevralda Xeminguey yana jurnalistikaga qaytish uchun Trontoga ko’chib o’tadi. U yerda “Toronto Star” gazetasida muhbir sifatida ishlay boshlaydi. Adib gazetada o’zi hohlagan mavzuda maqola va hikoyalar chop ettira olardi. U asosan amerika jamiyatini tanqid qiladigan asarlar yozadi. Keyinchalik uning urush, hech kimga keraklari bo’lmay qolgan urush faxriylari, ahmoq amaldorlar haqidagi materiallari chop etila boshlaydi. O’sha yillari adibning onasi bilan o’rtalariga sovuqchilik tushadi va bir nechta janjallardan so’ng Heminguey narsalarini yig’ishtirib Ouk Parkdan ketadi va Chikagoga ko’chib o’tadi. U Chikagoda ham “Toronto Star” bilan hamkorlikni davonm ettiradi. Shu bilan birga “Cooperative Commonwealth” jurnalida muhbirlik qiladi. 1921-yil 3-sentabrda Ernest pianinochi Hedli Richardsonga uylanadi va u bilan o’zi orzu qilgan shahar – Parijga ketadi.

Parijda yosh Xemingueylar oilasi Kotreskarp maydoni yonidagi Kardinal Lemuan ko’chsidagi kichkina kvartirada yashay boshlaydilar. Xeminguey Parijdagi hayotining ilk kunlari haqida o’z kitoblarining birida shunday yozadi: “Bu yerda issiq suv ham kanalizatsiya ham yo’q edi. Ammo derazadan ajoyib manzara ko’zga tashlanardi. Polda bizga qulay yotoq vazifasini o’taydigan prujinali matras, devorlarda biz yaxshi ko’radigan rasmlar bor edi. Kvartiramiz yorug’ va shinam tuyulardi ”. Yaxshi turmush kechirish, yoz oylarida dunyo bo’ylab sayohatlarga chiqish uchun Xeminguey ko’p ishlashiga to’g’ri kelardi. U “Toronto Star” jurnaliga har hafta o’zining hikoyalarini jo’nata boshlaydi. Redaksiya undan Yevropa hayoti va yashash tarzi chizgilarini kutardi. Bu narsa unga ocherklariga mavzularni o’zi tanlashiga, ular ustida ishlayotganda o’z uslubini erkin ishlab chiqishiga imkoniyat bergan. Hemingueyning ilk ishlari urushdan so’ng Yevropaga arzongarov ko’ngilhhushliklar uchun oqib kelayotgan amerikalik turistlarning ustidan kulib yozilgan ocherklar bo’ldi. 1922-yili Ernest “Shakespeare & Company ” kitob do’koni sohibasi Silviya Bich bilan tanishadi. Xeminguey ko’p vaqtini Silviyaning do’konida o’tkazadi u yerda u turli kitoblar oi’qib, Prijning boshqa yozuvchilari, rassomlari bilan tanishadi. Gertruda Stayn bilan tanishuv yosh Xeminguey uchun juda ahamiyatli voqealardan biri bo’ldi. U adib uchun yoshi katta va o’zidan ancha tajribali do’st bo’lib qoldi. Heminguey u bilan o’zi yozgan narsalari va adabiyot haqida tez-tez gaplashib turardi. Gertruda Ernestning gazetadagi ishini ma’qullamasdi, u Ernestning haqiqiy maslagi – yozuvchilik derdi. Xeminguey Silviya Bich do’konining doimiy mehmonlaridan bo’lgan Jeyms Joysning ijodiga katta qiziqish bilan qarardi. Joysning “Uliss” romani Qo’shma Shatlar va Angliya senzurasi tazyiqi ostiga olingandan keyin Chikagodagi do’stlari orqali kitobning noqonuniy tarqalishini ta’minlay oldi. Gertruda Steyn Xemingueyni o’zlarini “Yo’qotilgan avlod” deb atovchi yozuvchilar uyushmasiga tanishtirdi. Bu atama adibning “Quyosh baribir chiqaveradi” asari nashr etilgandan so’ng juda mashxur bo’lib ketdi. Gertruda orqali adib Pablo Pikasso, Joan Miro va Juan Gris kabi yosh san’atkorlar bilan tanishadi. Keyinchalik Steyn va Xeminguey orasidagi munosabatga putur yetadi va bu narsa adabiy nizoga aylanadi. O’sha kezlarda 1922-yili fevralda adib Ezra Paund bilan tanishadi. 1923-yili u bilan birga Italiyaga sayohat qiladi.

Parijdagi dastlabki 20 oy mobaynida Xeminguey “Toronto Star” uchun 88 ta hikoyalar yozdi. U Gretsiya-Turkiya urushi haqida ko’plab maqolalar yozdi. 1922-yili dekabrda Hemingueyni kutib olgani Parijdan Jenevaga kelayotganda Hedli qo’lyozmalar to’la chamadonni yo’qotib qo’yadi. Bu narsa ularni xonavayron qiladi. Bir oydan so’ng ular Torontoga qaytib keladi va u yerda 1923-yili 10-oktabrda o’g’illari Jon Hedli Nikanor tug’iladi. Ular Torontodan uzoqda bo’lgan paytda adibning “Uchta hikoya va o’nta she’r”i nashrdan chiqadi. O’sha oylar ichida “In Our Time” asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi. Xeminguey Hedli va o’g’li Bambi bilan 1924-yilning yanvarida Parijga, Notr Dam de Shamp ko’chasidagi yangi uyiga ko’chib boradi. 1925-yilning yozida Ernest va Hedli Pamplonaga, bir guruh amerikalik va angliyaliklar tomonidan tashkil etilgan San Fermin festivaliga boradilar. Shu sayohat Xemingueyning ilk romani “Quyosh baribi chiqaveradi”ning yozilishiga tutki bo’ldi. U romanini fiestadan keyinla boshlab, sentabrda tugatadi. Qayta ishlangan qo’lyozma Nyu Yorkka aprelda yetib keladi va so’ngi to’g’irlashlar 1926-yil avgustda Parijda tugatiladi. “Quyosh baribir chiqaveradi”(yoki “Fiesta”) 1926-yil oktabrda chop etiladi. Asar yozilayotgan paytda Xemingueyning Hedli bilan nikohi zavol topadi. Hedli Xemingueyning Paulina Pfayfer bilan aloqasi haqida bilib qoladi va undan ajrashishni so’raydi. Xeminguey Hedli bilan 1927-yilning yanvarida ajrashadi va shu yilning mayida Paulinaga uylanadi. Paulina arkanzaslik boy va katolik oilaning qizi bo’lgan. Paulinaga uylanish uchun adib katolik mazxabiga o’tadi. To’ydan so’ng ular Parijda yashay boshlaydilar. Xeminguey o’zining keyingi hikoyalar to’plamini yozishni boshlaydi. Adibning “Men Without Woman” hikoyalar to’plami 1927-yil oktabrda nashr etiladi. Qator hikoyalar to’plamlari nashrdan chiqqandan keyin, Xeminguey yaxshigini hikoyanavis sifatida taniladi. 1928-yil martda Xemingueylar oilasi Amerikaga, Ki Uestga ko’chib o’tadilar. O’sha yili bahorda Ernest va Paulina Kanzas Sitiga sayohat qiladi. U yerda ularning o’g’li Patrik Xeminguey tug’iladi. Paulina o’g’li Patrik tug’ilayotganda juda qattiq qiynaladi, bu narsa adibning “Alvido qurol” asarida ham o’z aksini topgan. Patrik tug’ilgandan so’ng Ernest va Paulina Vayoming, Massachusats na Nyu Yorkka sayohat qiladi. Kuzda Nyu Yorkda Bambi bilan birga bo’lgan paytda unga otasining o’z joniga qasd qilgani haqidagi xabar keladi.

1928-yili yil davomida “Alvido qurol” asari qoralamasi ustida ishlaydi. Qoralama yozning so’ngida tayyor bo’ladi. Kitobning so’ngi qismlari Fransiyada yoziladi. U o’z asarini 17 marta qayta va qayta yozadi. Birinchi jahon urushi voqealari asosida yozilgan, amerikalik askar va angliyalik hamshiraning armonli muhabbati haqidagi “Alvido qurol” asari 1927-yilning setabrida chop etiladi. Asar misli ko’rilmagan shuhratga erishadi. Hatto iqtisodiy inqiroz ham kitobning tez sur’atlarda sotilishiga to’sqinlik qila olmaydi. Fransiya va Ispaniyada 1929-yil yozida adib o’zining yangi asari, “Death in the Afternoon”, uchun materiallar to’playdi. 30-yillarning boshida Xeminguey qishki kunlarini Ki Uestda va yozlarini Amerika g’arbining eng go’zal joylari bo’lgan Vayomingda o’tkazadi. U u yerda kunlarini ov qilish va baliq tutish bilan o’tkazadi. U o’z yaxtasida Bagama orollariga, Kubaga sayohat qiladi va yangidan yangi asarlar yozadi. Aynan shu davrga kelib yozuvchi shuxrat cho’qqisiga erishadi. Uning asarlari tez nashr etiladi va katta tirajlarda sotiladi. 1930-yil Ernest jiddiy avtohalokatga uchraydi. Yarim yil halokatdan olgan jarohatlarni tuzatishga ketadi. 1931-yili ularning uchinchi o’g’li Grigori tug’ilgandan keyin Paulinaning amakisi juftlikka Ki Uestdan uy sotib olib beradi. 1932-yili u “Death in the Afternoon” asarini yozishga kirishadi. U o’z asarida korridani mardlik rituali sifatida ta’riflaydi. Xemingueyning 33-yildagi yangi hikoyalar to’plami adibga shuxrat va o’zining azaliy orzusi Afrikaga sayohat uchun mablag’ olib keladi.

Xeminguey Afrikaning Mombasa, Nairobi va Keniyaning Machakos deb nomlangan yerlarida bo’ladi. Va nihoyat u Tanganika ko’li bo’yidagi rayonlarning biriga joylashadi va bu yerda ov qilish bilan shug’ullanadi. Adib Afrikadaligida 3 ta sher, 27 ta antilopa, buyvol va boshqa hayvonlarni ovlashga muvaffaq bo’lgan. 1934-yilning yanvarida Xeminguey amyoba dizenteriyasi bilan og’rib qoladi. Kundan kun adibning ahvoli og’irlasha boshlaydi. U uchun Dar as-Salomdan samalyot yuborilib, adib rayonning markaziga olib boriladi va u yerda ingliz kasalxonasida bir hafta davomida davolanadi. Xemingueyning Afrikada o’tkazgan 10 haftasi uning “Kilimanjaro qorlari”, “Afrikaning yashil tepaliklari” kabi qator asarlari uchun asos bo’lgan materiallarni yig’ilishi bilan ham ahamiyatli bo’ldi. Tanganika haqidagi xotiralar adibning “Afrikaning yashil tepaliklari” asarida o’z aksini topgan. Bu asar aslida Xemingueyning sayohatchi va ovchi sifatidagi kundaligi edi. U bu asrni 1934-yili Ki Uestga qaytayotganda yozishni boshlaydi va 35-yili nashrdan chiqaradi. Adib Ki Uestga qaytgandan so’ng “Pilar” deb nomlangan qayiq sotib oladi va Karib dengiziga sayohatga chiqadi. Shu davr mobaynida uning 30-yillarda chop etilgan bittagini romani “To Have and Have Not” ustida ishlaydi. Xemingueyning bu asarida Amerika Qo’shma Shtatlarida yuz bergan Buyuk tushkunlik davriga o’z munosabatini bildirgan. Bunda tirikchilik uchun kotrabanda bilan shug’ullanishga majbur bo’lgan Florida fuqarosining taqdiri aks etgan. Bu asarni yozilishiga Ispaniyadagi fuqarolar urushu ham turtki bo’lgan. Bu urush adibni juda qattiq hayajonga soladi.

Heminguey Ispaniyadagi fuqarolar urushida respublikachilar tarafdori sifatida maydonga chiqadi va ularning foydasiga hayriya fondini tashkil qiladi. Yetarli mablag’ yig’ilgandan keyin Xeminguey o’sha yerdagi harbiy voqealar rivojini sharhlash uchun Madridga yuborishlarini so’rab Shimoliy Amerika gazeta assotsatsiyasi(NANA)ga murojaat qiladi. Tez orada nemis rejissori Yorins Ivens boshchiligida tasvirga olish guruhi tashkil qilinadi. Yorens Ivens “Ispaniya zamini” nomli hujjatli film olishi va bu filmning ssenariy muallifi esa Xeminguey bo’lishi ko’zda tutilgandi. Urushning eng og’ir kunlarini adib xalqaro muhbirlarning Madriddagi vaqtinchalik shtab kvartirasi vazifasini o’tayotgan “Florida” mehmonxonasida o’tkazdi. Shaharga hujumlar uyushtirilayotgan paytda 1937-yili Xemingueyning bittayu-bitta pyesasi – “Beshinchi kolonna” yoziladi. Adib 1936-yili Ki Uestda tanishgan amerikalik journalist Marta Gellhorn Ispaniyada ham u bilan birga bo’ladi. Keyinchalik Marta Xemingueyning uchinchi turmush o’rtog’i bo’ladi. Xeminguey bir oz muddatga Madriddan Kataloniyaga ko’chib o’tadi, chunki u yerdagi janglar o’zining shiddatligi bilan ajralib turardi. Adib o’sha yerdagi okoplarning birida fransuz yozuvchisi va uchuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi bilan tanishadi. Xemingueyning ushbu urush haqidagi taassurotlari “For Whom the Bell Tolls” asarida o’z aksini topgan. Asarda respublikaning inqirozi, ayanchli oqibatlarga olib kelgan urush va eng og’ir vaziyatda ham o’lmagan inson shaxsi tasvirlangan. Adib asarni 1940-yilning oktabrida nashrdan chiqaradi. Kitob oyning eng yaxshi kitobi bo’ladi, 500 ming nushada sotiladi va Pulitser mukofotiga nomzodlikka qo’yiladi. Bu Xemingueyning haqiqiy adabiy g’alabasi edi.

Xeminguey va Marta 1939-yili Kubaga ko’chib o’tishadi va u yerda “Finca Vigia” villasini sotib olishadi. Bir necha oy o’tgandan so’ng Xeminguey Paulina bilan ajrashadi va Martaga uylanadi. U yozgi qarorgohini Ketchumga, qishgisini esa Kubaga ko’chiradi.

Heminguey 2-Jahon urushida juda faol qatnashadi. 1941-1943 yillar mobaynida u Kubadagi fashist josuslariga qarshi kotrrazvedka tashkil qiladi va o’zining “Pilar” katerida Karib dengizidagi nemis suvosti kemalariga qarshi jangovar harakatlar olib boradi. Xeminguey 1944-yili bosib olingan Fransiyani ozod qilish uchun tuzilgan 200 kishilik fransuz partizanlari otryadiga boshchilik qiladi va Parij, Belgiya va Elzas uchun bo’lgan janglarda qatnashadi. U urushda asosan old qatorlarida turib jang qiladi. Adib 2-Jahon urushida ko’rsatgan jasorati uchun 1947-yili “Bronza yulduz” bilan taqdirlanadi. Urush davomida Ernest va Martaning munosabatlari yomonlashadi va ular ohirgi marta Heminguey Kubaga ketishidan oldin, 1945-yili uchrashishadi.

Xeminguey 1946-yili urush yillari Londonda tanishgan muhbir, Meri Uelsh bilan turmush quradi. Urushdan keyin adibning hayotida ko’plab baxtsiz xodisalar bo’ladi. 1945-yilda Xeminguey avtohalokatga uchraydi va tizzasi jiddiy jarohatlanadi. 47-yida esa o’g’illari Gregori va Patrik shunday halokatni boshdan kechiradilar. 40-yillar adib uchun og’ir damlarni olib keladi. Uning Jeyms Joys, Gertruda Steyn, Yits, Skott Fitzgerald kabi qadrdon do’stlari birin-ketin vafot etadi. Bu voqealar uning salomatligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Uni surunkali bosh og’riq, yuqori qon bosimi, tushkunlik, qandli diabet kabi kasalliklar qiynaydi. Bunga qaramasdan adib ijod qilishda davom etadi. Xeminguey 1951-yili o’zining eng mashxur asarlaridan biri “Chol va dengiz” qissasi ustida ishlashni boshlaydi. Asar 1952-yilda nashr etiladi. Asarda hayot qiyinchiliklari va taqdir adolatsizliklariga qarshi faqatgina o’zining qaysarligi va matonatiga suyangan holda qarshi chiqishga majbur bo’lgan yolg’iz keksa baliqchi haqida hikoya qilinadi. “Chol va dengiz” oyning eng yaxshi kitobi deb tan olinadi va 1952-yilning mayida Pulitser mukofoti bilan taqdirlanadi. Ushbu asarni Xeminguey: “…umrim davomida yozishim mumkin bo’lgan ehg yaxshi asar” deb ta’riflagan. O’sha yili u ikkinchi marta Afrikaga sayohatga jo’naydi. Adib Afrikadaligida 2 marta aviahalokatga uchraydi va jiddiy jarohat oladi. Uning o’ng yelkasi, qo’li va oyog’i paylari qattiq shikastlanadi. Bir oz muddat chap ko’zining ko’rish va chap qulog’ining eshitish qobiliyati yo’qoladi. Jigar va boshqa ichki a’zolariga ham jiddiy zarar yetadi. Yuzi qo’llari va oyog’i birinchi darajali kuyish jarohatini oladi. Bu voqeadan keyin ba’zi Amerika gazetalari Xemingueyni vafot etgan deb ishonib, u uchun ta’ziyanomalar bosib chiqaradilar.

1954-yili Kubaga qaytgandan so’ng u adabiyot yo’nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo’ladi. Adib Afrikadagi halokatlardan keyin salomatligi yomon bo’lgani uchun mukofotni olgani Stokgolmga bora olmaydi. O’sha halokatlar tufayli adib bir yilgacha to’shakka mixlanib qoladi. Uning Kubadagi uyi mehmonlar va turistlardan bo’shamay qoladi. Bu narsa adibni toliqtirib yuboradi va u Aydahoga ko’chib ketishga qaror qiladi.

Aydahoga ko’chib o’tgandan so’ng, Xeminguey Kubadaligida boshlagan asari - “A Movable Feast” ni tamomlaydi. 1959-yilning yozini adib Ispaniyada o’tkazadi va bu uning buqa jangiga bo’lgan ishqibozligini qayta alangalanishiga sabab bo’ladi. Osha paytda u “Life Magazine” uchun buqa jangi haqida qator maqolalar yozadi. Xeminguey Ispaniyadaligida 1960-yili “The Dangerous Summer” asarini nashrdan chiqaradi. U Ispaniyadan to’g’ri Aydahoga qaytadi. O’sha yilning noyabrida adib yuqori qon bosim va jigaridagi muammolari tufayli Mayo klinikasiga davolanish uchun qabul qilinadi. Shu bilan birga unda Federal Qidiruv Byurosi uning barcha hatti-harakatlarini kuzatyapti degan vasvasa ham ortib boradi. Haqiqatda, Xeminguey 2-jahon urushi davrida o’zining “Pilar” qayig’ida Kuba qirg’oqlarida harbiy faoliyat olib borayotganda u haqda FQBda alohida fayl ochilgandi. U 50-yillarda Havanadaligida ham agentlarning kuzatuvida bo’lgan. FQB Xemingueyni Mayoda ekanligidan ham habardor edi. Bunga agentning 1961-yilning yanvarida jo’natgan xati dalil bo’la oladi. Adibning jismoniy salomatligi ham yomon ahvolda edi: ko’rish qobiliyati tobora pasayib borardi, undan tashqari uning boyligining katta qismi va Kubadagi uyi Kuba hukumati tomonidan tortib olingan edi. Mayo klinikasida shifokorlar adibning jismoniy salomatligini hisobga olamagan holda, Xemingueyning hamkasblarining so’zlariga asoslanib uni bir necha bor elektroshok bilan davolaydilar. Shundan so’ng adib o’z joniga qasd qilishga urinadi. Meri uni tezlik bilan San Valey kasalxonasiga o’tkazishlarini talab qiladi. Bir oz muddatdan so’ng adib qayta elektroshok muolajalarini olish uchun Mayo klinikasiga o’tkaziladi. 20 seans elekroshok muolajalarini olgandan so’ng Xeminguey xotirasini va fikrlarini yozma bayon qilish qobiliyatini yo’qotadi. Vaqti kelsa, rasmiy xat uchun bir necha jumla yozishni ham uddalay olmaydigan holga kelib qoladi.



1961-yil, 30-iyunda adib kasalxonadan chiqib, Ketchumdagi uyiga qaytib keladi. Bir necha kun o’tgandan so’ng, 2-iyulda Xeminguey o’zining sevimli qurolidan o’ziga o’q uzadi. Adib nega o’z joniga qasd qilganligi haqida hech qanday xat ham qoldirmagan. Xemingueylar oilasining boshqa a’zolarida ham o‘z joniga qasd qilishlar kuzatilgan. Otasi, Klarens Xeminguey, singlisi Ursula va akasi Leysestrlar ham o’z jonlariga qasd qilganlar. Manbalarda Ernestning otasida irsiy ruhiy kasallik bo’lganligi ham aytiladi.

Adibning badiiy uslubi.

Xeminguey zamonaviy Amerika adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri. Har bir ijodkorning o’ziga xos asar yozish uslubi bo’lganidek, Xemingueyning ham o’ziga xos takrorlanmas uslubi bor. Uning adabiy faoliyati XX asrning 20-yillarida boshlangan. Bu davr 1-jahon urushidan keyingi tushkunlik, umidlarning yakson bo’lgan davri edi. Aynan shu davrda adabiyot sahnasida ko’plab ijodkorlarni atrofida to’plagan, o’zlarini “Yo’qotilgan avlod” deb atovchi yozuvchilar guruhi paydo bo’ldi. Osha davrga ta’rif berar ekan mashxur adabiyotshunos Lidskiy shunday degan: “1918-yili dunyo manzarasi juda murakkablashib ketdi. Milliy muammolar xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. Bu muammolar idealogiya, siyosat, etika, umuman hayotning barcha jabhalarida o’z aksini topdi. Bunday muhit va sharoit san’atda ham bir-biriga zid bo’lgan turli yo’nalishlar va oqimlarni yuzaga keltirdi. Davrning ruhi turli ko’zga ko’ringan yozuvchilar tomonidan tanqidiy realizm doirasida ko’rsatib berildi. Ularning orasida Xeminguey salmoqli o’rinni egallaydi.” Xeminguey buyuk amerika yozuvchisi Mark Tvenning realistik va gumanistik g’oyalarining davomchisi edi. U o’zining “Afrikaning yashil tepaliklari” asarida shunday yozadi: “Butun zamonaviy Amerika adabiyoti Mark Tvenning birgina “Geklberi Fin” asariga asoslangan. Bu bizda mavjud bo’lgan eng yaxshi kitob. Undan oldin ham hech narsa bo’lmagan va shu davrgacha ham bunday yaxshi asar yaratilmadi.” Xemingueyning estetik qarashlari uning badiiy asarlarida o’z aksini topgan. U realizm an’analarini buzmagan holda, o’sha davr talabiga javob beradigan, o’ziga xos yangicha uslub yaratdi. O’z uslubining asosiy tamoyillari haqida u o’zining “Death in the afternon” va “Afrikaning yashil tepaliklari” asarlarida, bir necha maqola va intervyularida batafsil to’xtalib o’tgan. Xeminguey badiiy tasvir vositalari qo’llanilishining butun boshli tizimini ishlab chiqdi. Ularning har biri adabiyotga avvaldan ma’lum edi, ammo, Xeminguey ulardan o’ziga xos usulda foydalanib, ta’sirchanligini oshirishga erishdi. Bular: montaj (fr. “yig’moq”, turli makon va zamonda kechib, bir-birining uzviy davomi bo’lmagan va bir-biriga faqat mazmunangina bog’langan voqealarning tasvirlanishi), arxitektonika (gr. “me’morlik”, adabiy asarning tashqi qurilishi uning asosiy qismlari: boblar, fasllar, parda, ko’rinishlarni bir butunga birlashtirish1), pauzalarni qo’llash, dialogni bo’lish, ritmlar almashinuvi va boshqalar. U o’z asarlarini bir butunlikda, yaxlitlikda qabul qilinishi uchun qahramonlarning hat-harakatlariga izoh berish, voqealarni hikoya qilib berish kabi narsalarni namoyish qilish, peyzaj va bosha badiiy vositalarni qo’llash bilan almashtirdi. Xeminguey peyzaj tasvirida ham metaforik obrazlarni ishlatishdan, tabiat hodisalarini boshqa hodisalar bilan solishtirishdan qochgan. U so’zlarning to’g’ridan-to’g’ri ma’nolarini berishga, tabiat tasvirini iloji boricha his qila oladigan qilib yozishga harakat qiladi. “Xeminguey texnikasi, - deb yozadi Lidskiy, - qaysidir ma’noda zaldagi tomoshabinni fikrini hisobga olib ishlanadigan kino texnikasini eslatadi. Shuni ham aytish kerakki, Amerika adabiyotida bu taxnika J. Selinjerning asarlarida rivojlantirildi. Sintez yoki namoyish qilish uslublari Xemingueyning kashfiyoti emas. Lekin, aynan Xeminguey ularni dunyoni badiiy tasvirlashning asosoy va universal quroliga aylantira oldi.”2 Qisqalilik va ma’nodorlilikka erishgan holda, adabiy faoliyatining dastlabki paytlaridayoq Xeminguey o’zi uchun “ayzberg tamoyili” deb atagan usul ishlab chiqdi. Bu haqda uning o’zining “Death in the afternon” asarida shunday degan: “Agar yozuvchi o’zi yozmoqchi bo’lgan narsani haqiqatda yaxshi bilsa, o’sha bilganlarining ko’pini tushirib qoldirishi mumkin. Agar u ishonarli qilib yoza olsa, o’quvchi tushurib qoldirilgan narsalarni ham o’zi anglab yetadi. Ayzbergning mahobatliligi shundaki, uning faqat sakkizdan bir qismigina suv yuzasida ko’rinib turadi”. Bu narsa Xeminguey asarlaridagi qisqalilik va aniqlilikni ta’minladi. Yozuvchi o’z asarlarida katta va juda kerakli bo’lgan materialni tashlab yuboradi. Lekin, bu material yo’q bo’lib ketmaydi, u asarni o’qiyotgan o’quvchi uchun juda oddiydek tuyulgan epizodda namoyon bo’ladi. Uning bunday usuldan ko’p foydalanishiga dastlab jurnalistika sohasida faoliyat yuritib, his-hayajonli epitetlar, ortiqcha izohlarni ishlatilmasligini talab qiladigan publisistik uslubda ishlaganligi ham sabab bo’lgan.

Xemingueyning dastlabki hikoyalari chop etilgandayoq, tanqidchilar uning asarlarida dialoglarning salmoqli o’rinni egallaganligiga ham e’tiborlarini qaratganlar. Xeminguey o’z asarlarida iloji boricha qahramon ruhiyatini ochib berishda avtor izohlaridan kamroq foydalanishga harakat qiladi. U qahramonlarning ichki kechinmalari va o’y-hayollarini ularning o’zaro suhbatlari orqali ochib berishga urinadi. Xeminguey dialoglari o’zining qisqaligi, leksik jihatdan sodda tuzilganligi bilan ham hayratga soladi. Uning qahramonlari kundalik, odatiy so’zlar bilan so’zlashadilar. Ularning nutqida alohida badiiylik, turli so’z san’atlari-yu, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kuzatilmaydi. Lekin, shu oddiylik ortida qahramonning jo’shqin his-tuyg’ulari, hayollari yashiringan bo’ladi. Faqat bu oddiy so’zlar ortidagi ma’nolarni qahramonning o’sha vaziyatdagi ruhiy holatini anglagandagina tushunib olish mumkin. Xeminguey dialoglarining yana bir murakkab tomoni shundaki, suhbat chog’ida uning qahramonlari bir mavzudan ikkinchi mavzuga tez-tez “sakrab” o’tib, turli narsalar haqida gaplashadilar. Ular buni ataylab qilmaydilar, shunchaki, o’sha vaziyat bilan bog’liq biror narsa eslariga tushib qoladi va buni suhbatga qo’shib yuboradilar. Mavzularning bunday almashinuvi Xeminguey uchun juda muhim. Aynan shunday almashinishlar o’quvchini suhbatdagi ortiqcha narsalarni olib tashlshga va oddiy, kundalik ishlatiladigan so’zlar ortiga yashiringan insonning haqiqiy his-tuyg’ularini ajratib olishga undaydi.

Xeminguey asarlarining sitaksisi ham o’ziga xos. Uning asarlarida asosan sodda gaplar ko’p uchraydi. Adib asarlaridagi gaplar sifat yoki ravishlarning ozligi bilan ham ajralib turadi. Chunki, yozuvchi biror narsani tasvirlash uchun boshqa so’zlar va qiyoslashlardan foydalanishdan ko’ra o’sha so’zning o’zidan kelib chiqib ma’nosini ochishni ma’qul ko’radi. Qisqa gaplar bir-birining ustiga quriladi va mazmuniy yaxlitlikni hosil qiladi. Xeminguey ergashtiruvchi bog’lovchilarni ham kam ishlatgan. Uning asarlarida politaksemalar ham uchraydi. Politaksema – yaxlit ma’noni ifodalovchi, ikki va undan ortiq teng yoki tobe bog’langan monotaksemalarning asindetik, sindetik birikishidan hosil bo’lgan sintaktik birlik. 3Masalan:

They would not let us go out together when I was off crutches because it was unseemly for a nurse to be seen unchaperoned with a patient who did not took as though he needed attendance, so we were not together much in the afternoon. (A Farewel to Arms)

Xemingueyning asarlarida minimalizmni ko’rishimiz mumkin. Bu ayniqsa adibning “Alvido qurol” asarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Adib o’quvchiga qahramonlar his-tuyg’ularining tayyor tasvirini bermaydi. Misol uchun, asarning 6-bobida Ketrin va Genrining bog’dagi suhbatini olaylik. Suhbat davomida Ketrin “This is a rotten game we play, isn’t it?” va “Don’t be dull” jumlalarini aytib o’tadi. Boshqa adiblardan farqli o’laroq Xeminguey bunday suhbatlarda o’sha paytda qahramonning kayfiyati qanday bo’lgani, gapirish ohangi haqida izoh berib o’tirmaydi. Masalaning bu tomonini o’quvchining o’ziga havola qiladi.

Xeminguey asarlarining lingvostilistik xususiyatlarini uning “Chol va dengiz” asari misolida ko’rib chiqamiz. Bu asar Xeminguey hayotligida chop etilgan va unga olamshumul shuxrat olib kelgan. Unda qarib qolgan baliqchi Santiago va katta marlin o’rtasidagi olishuv aks etgan. 84 kun mobaynida Santiago birorta ham baliq tutolmaydi. Lekin, u odatiga ko’ra har kuni dengizga chiqishda davom etadi. Bir kuni u olis dengizda chiqadi va ulkan marlinni tutib olishga muvaffaq bo’ladi. Lekin bu bu bilan uning sarguzashtlari tugamaydi. U o’zi tutgan marlinni akulalardan himoya qilsh uchun ular bilan olishadi, ammo ohir oqibat u faqatgina marlinning suyaklari bilan qoladi va sohilga qaytib keladi. Bu voqea keksa baliqchini ruhiyatini sindirmaydi, aksincha, o’ziga bo’lgan ishonchini qaytarib beradi. Adibning ilk hikoyalari kabi bu qissa sintaksisi ham o’zining sifat va tasvirlashlar kam ishlatilgan sodda gaplardan tuzilganligi bilan ajralib turadi. Uning ayzberg tamoyiliga ko’ra asar sintaksisining soddaligi o’quvchini sodda gaplar ortiga yashiringan chuqur ma’no qatlamlarini osonroq tushinib yetishiga yordam beradi. Xeminguey sintaksisi ushbu asar nazmining o’ziga xosligini ta’minlagan. Bunday o’ziga xoslik qisman sintaksis va qisman so’zlarning tanlanishi orqali ta’minlangan. Gaplarning qayerda, qanday tuzilganligi o’quvbchini o’z-o’zidan asardagi fikrlar oqimiga olib kirib ketadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin:

He no longer dreamed of storms, nor of woman, nor of great occurrence, nor of great fish, nor fights, nor contests of strength, nor of his wife. He only dreamed of places now and of the lions on the beach. They played like young cats in the dusk he loved them”

Yuqoridagi misoldagi birinchi gapga e’tibor beradigan bo’lsak, unda “lo longer”, “nor”, “nor”, “nor”orqali ifodalangan parallelzim berilgan parcha oqimining ohangdorligini ta’minlagan.

Xemingueyning bu asarida stakato usulidan foydalaniganligini ko’rishimiz mumkin. “Staccato” (eng. “uzuq-yuluq, bo’linib-bo’linib chiqqan”)4 aslida musiqaga oid atama bo’lib, u ohanglar qisqa va aniq qilib ijro etish ma’nosida ishlatiladi. Bunda musiqachi qisqa va sodda notalar orasida ma’lum pauzalar qo’yib ijro qiladi. Xemingueyning yozish uslubi ham ko’proq shu sakatoga o’xshab ketadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin:



 They sailed well and the old man soaked his hands in the salt water and tried to keep his head clear. There were high cumulus clouds and enough cirrus above them so that the old man knew the breeze would last all night. The old man looked at the fish constantly to make sure it was true. It was an hour before the first shark hit him.

Bu sodda gaplardan tuzilgan parcha. Bundan maqsad faqatgina soddalikni ta’minlash emas, balki asar oqimini yaratish hamdir. Bu yerda stakatoning ishlatilishi asardagi ma’nolarni to’laroq ifodalab berishga xizmat qilgan. Masalan, yuqorida keltirilgan parchada stakato usulida alohida-alohida berilgan gaplar chol har kuni omadli bo’lishiga urinayotgani uchun uning nazarida vaqt tez o’tib ketayotgandek tuyilayotganiniifodalab bergan. Bu yerda fikrlar oqimining tezligi dabdabali va qo’polroq tarzda berilgan. Bu narsani aniq farqlash uchun parchdagi birinchi ikki gapni qo’shib yuboramiz, shunda gaplarda ifodalangan tezlikning qanday o’zgarganini ko’rishimiz mumkin:

They sailed well and the old man soaked his hands in the salt water and tried to keep his head clear while the high cumulus clouds and enough cirrus above them so that the old man knew the breeze would last all night.

Xeminguey o’zining sodda sintaksisi bilan mashxur. Uning ko’plab kitoblarini o’qiganlar uchun bu xususiyat yaqqol ko’zga tashlanadi.

Xemingueyning barcha asarlari kabi “Chol va dengiz” ham o’zining soddaligi, tabiiyligi, aniqligi va jonliligi bilan ajralib turadi. Chunki Xeminguey o’z asarlarini yozayotganda so’z tanlashga juda katta e’tibor beradi. U sifat va mavhum otlarni kamdan-kam ishlatadi va iloji boricha aniq, iste’molda keng uchraydigan va og’zaki nutqqa xos so’zlarni ishlatishga harakat qiladi va murakkab sintakisdan qochadi. Xeminguey uslubining kuchi qisqa gaplar va mahsus detallardadir. Uning qisqa gaplarida o’zi hayotda ko’rgan keskinliklar o’z aksini topgan. Adib sodda va qisqa gaplarni ishlatmaganda gapning turli qismlarini ko’pincha “and” bog’lovchisi yordamida to’g’ridan –to’gri va ketma-ketlikda o’zaro bog’lagan. Xeminguey haqqoniy qahramonlar obrazini yaratishning asosiy vositasi sifatida dialoglarga murojaat qiladi. Buni quyidagi misoldan ko’ramiz:

“What do you have to eat?” the boy asked.

“No, I will eat at home; do you want me to make a fire?”

“No, I will make it lateron, or I may eat the rice cold.”

Bu yerda biz odatda dialoglarda keltiriladigan “he said” birikmasi tushirib qoldirilganligini va so’zlar juda oddiy ekanligini ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun o’quvchiga nutqni tinglayotgandek tuyiladi. Asardagi yana bir parchani ko’rib chiqsak:



He took all his pain and what was left of his long gone pride and he put it against the fish’s agony and the fish came over on to his side and swam gently on his side, his bill almost touching the planking of the skiff, and started to pass the boat, long, deep, wide, silver and barred with purple and interminable in the water.

Faqatgina bir gapdan iborat asarning bu qismining tili boshqalarinikidan farq qiladi. Bunda gap qismlari ehtiyotkorlik bilan zo’rma-zo’raki izchillikda qurilgan – “all his pain and what was left of his long gone pride”. Bu yerda holdan toygan marlin va jismonan zo’riqqan cholni o’zaro musobaqasini ifodalanadi va bora-bora nasr uchun hos bo’lmagan sifatlar inversiyasi montajiga o’sib boradi – “long, deep, wide, silver and barred with purple and interminable in the water.

Chol va dengiz”ning tili Xemingueyning boshqa asarlaridan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki, asar uning qahramonlari Sntiago va Manolinlarning ona tili, ispan tiliga asoslangan holda yozilgan. Santiago va Manolinni ingliz tili ularning ona tili emasligini bilganimiz holda ularning suhbatidagi ingliz tili normalariga tushmaydigan sun’iy jihatlarni qabul qilamiz. Ularning nutqi ma’lum darajada o’quvchilardan uzoqlashtirilgan va bu nutqda suhbatlashuvchilarning ona tili ustunlik qilib tursada, nutq o’zining ishonarliligini yo’qotmagan. Quyidagi klabi noodatiy o’zgarishlar ham qabul qilinsa bo’ladigan hoatga olib kelingan:

“You’re my alarm clock.” The boy said.

“Age is my alarm clock,”the old man said, “why does old man wake so early? Is it to have one longer day?”

“I don’t know,” the boy said. “All I know is that young boys sleep late and hard”

“I can remember it,” the old man said. “I’ll waken you in time”

Yuqoridagi kabi soddalilik ma’lum maqsadni ko’zlab amalga oshiriladi va bu o’zida kuchli hissiyotlar oqimini aks ettiradi. Haqiqatda, o’quvchi asarning ichiga chuqur kirib brogan sari, qahramonlarning unchalik ham sodda emasligini, ularning shunchaki qahramon emasligini anglab yetadi. Adibning “Ayzberg tamoyili”dan asl maqsad ham ana shunda.



Xemingueyning “Chol va dengiz” asarida qo’llagan tili bir qarashda juda sodda va tabiiydek tuyiladi, aslida u oldindan o’ylab qilingan va sun’iydir. Asrning tili his-hayajonli emas, ko’proq his-tuyg’ularni nazorat qilib, boshqara oladigan qilib tuzilgan desak to’g’riroq bo’ladi. Xemingueyning uslubi o’zida oddiylik, aniqlik, tabiiylikni jamlagan uslub hisoblanadi. Bekorga uni Amerikada yangi uslubni kashf qilgani uchun “Papa Xeminguey” deb atashmagan. Adib Nobel mukofotini ham aynan shu uslubi uchun olgan.


1 D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva: “Adabiyotshunoslik lug’ati”. T. :”Akademnashr”.2010. 38-b.

2 . Лидский Ю.Я. Творчество Эрнеста Хемингуэя. Изд. 2-е. -К.: Наукова думка, 1978. -407 с

3 Хашимов Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков. Т. «Фан» 1991. 35

4 The Oxford Russian Dictionary. Bishkek: “Turkestan”.2008. 596-b

Aim.uz


Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish