ROMANCHILIK TARIXI Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati og’ir sanoatning qanchalik rivojlanganligiga qarab belgilanganidek ,har qanday milliy adabiyotning insoniyat estetik tafakkuriga qoshgan hissasi ham undagi romanchilik salmog’i bilan tayin etiladi.CHunki roman millat badiy tafakkurining taraqqiyot darajasini namoyon etadi. Romanning bugunini tushunish va istiqbolini bashorat qilish uchun bu janrning nima uchun, qachon va qayrda paydo bolganini aniqlash va unga hos yetakchi belgilarni tayin etish lozim boladi.Ilk romanlar milodning 12-13 asrlarida roman tillarida so’zlashuvchi xalqlar orasida yuzaga kelgan .”Roman tillari”tushunchasi “Rim(Roma)ga tegishli”degan ma’noni anglatib ,lotin tili asosida shakillangan italiyan ,ispan ,moldavan, Portugal ,rumin, fransuz va boshqa tillarni o’z ichiga oladi. Ilk romanlar paydo bogan davrda Yevropadagi barcha davlatlar lotin tili rasmiy til sanalardi. Ahlining asosiy qismi esa lotin tilini bilmas ,binobarin adabiyotdan bebahra edi .Ana shunday vaziyatta , aholining ruhoniylar va aslzodalardan keyingi va uchinchi son jihatidan eng katta qatlami ish odamlari ,kosib hunarmandlarga tushunarli bo’lgan tildagi ,ularning didiga muvofiq keladigan asarlarga ehtiyoj paydo boladi.Roman ana shu ehtiyoj natijasi o’laroq keladi . Ilk paydo bolgan chog’ida roman tillarining birida yaratilgan asar roman sanalib “roman tilidagi qissa yoki hikoya “ma’nosida conte roman deyigan.
Roman aynan o’sha vaqt, o’sha joy va shu shakilda paydo bolishga sabab nima? Ma’limki , antik davrdan qolgan an’anaga ko’ra barcha badiy asarlar “yuksak poeziya”shaklida bolib ularga mabudlar,kohinlar ,saltanat egalari ,kam deganda aslzodalar qahramon qilib olinardi .Uchinchi qatlam ya’ni ,mehnat kishilari uchun bu asarlarning tili tushunarsizligidan tashqari , qahramonlar ham mutlaqo begona edi.Holbuki bu davrga kelib uchinchi qatlam ham son jihatdan ham ,iqtisodiy mavqeyiga kora katta kuchga ega edi. Agar insoniyat tarixini shu darga qadar badiy asarlar ne’matlariga egalik qiluvchi va taqsimlovchilarning didlariga muvofiq yaratilgan bolsa ,12 asrdan e’tiboran ishlab chiqaruvchilarning didlariga mos asarlar ham yaratiladigan boldi . Mehnat bilan kun ko’radigan oddiy odamlarning estetik ehtiyoji natijasi o’laroq ,paydo bolgan romanlarda aks ettirilgan voqealar,ularda tasvirlangan obrazlar va bu asarlarning ifoda yo’sini o’qirmanlarning intelektual darajasiga muvofiq bolishi tabiy edi. Shuning uchun ham Gegel romanni nimkinoya bilan “burjuaziyaning epopeyasi”deb ataydi.
Roman uchinchi qatlamga mansub kishilar didiga muvofiq dunyoga kelgan va oldin shakillangan “yuksak poeziya” namunalarida keskin farq qiladigan janr bolgani uchun juda uzoq vaqt davomida adabiyot nazariyotchilarining e’tiboridan chetta qolib ketti .Deyarli yettiyuz yil moboynida romanga hos belgilar ilmiy jihatdan tasdiq qilinmadi.Bu boradagi ilk nazariy qarashlar romanchilarning o’zlari tomonidan bildirildi. Faqat 19 asrga kelib ,Gegel roman nazariyasiga qol urdi. Aynan nazariy qolipning yoqligi romanning hilma-xilligi sinkretik qirg’oqsiz janr bo’lishiga olib keldi . Nazariy cheklovlarning kamligi sabali roman yetakchi adabiy janrga aylandi. Roman tarixiga qilgan qisqa ekskursiya uning janr sifatidagi belgilarini to’g’ri aniqlash imkonini berdi. Ibtido insonning induvudal hususiyatlarini ,ruhiyat jilvalari tasvirga e’tibor qaratilgani bois ,Belinskiy romanni “induvidning eposi”deb atagan .Ko’rinadikiy roman alohida shaxslarning ichki dunyosini badiy idrok etish va izohlash yo’sini sifatida yuzaga kelgan.
Fransuz adibi M.M de Lafayetning “Malika Klavskaya “asaridan boshlab , alohida bir odamning o’y kechinmalari chuqur ko’rsatilgan ,tasvir focus qaxramon shaxsiyatining ichki jixatlarini akas ettirishda qaratilgan yopiq romanlar yaratila boshlandi. Yopiq , ya’ni personajlarning tabiyati va xatti-xarakatlari to’lig’icha ijtimoiy tartiblarning mahsuli sifatida tasvirlanmagan romanlarda asosiy e’tibor inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga qaratilgan .Vaqti kelib ,inson ruhiyatining o’z olami kabi ekanligi anglab yetilib ,uni badiy aks ettirish usullari egallangach ,birvarakayiga ochiqlik va yopiqlik hususiyatlariga ega bo’lgan romanlar yaratila boshlandi. Odam ichki dunyosi ,ruhiyati va o’ylarining ham ,ijtimoiy ,ham psixo-fiziologik asoslarni badiy tasvirlash muhim bolganidan bu ikki xususiyatlarning aralash qollanilishi keng yoyildi.
Roman xos belgilarni tayin etish borasida o’zbek adabiyotshunosligida ham ancha ishlar qilingan .Agar dastlabki tadqiyqotlarda hajmning kattaligi va mavzu janrining asosiy belgilari sifatida qaralgan bo’lsa ,keyinchalik romanning mohiyati o’zga unsurlarda ham qidirila boshlandi .Chunonchi ,adabiyotshunos professor Dilmurod Quronov:”……asarda qo’yilgan muammolar ko’lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan …roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo’lsa ,qissa markazida qaxramon xarakteri ,hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi . Roman mualifi uchun qahramon vosita –dunyonianglash(bunisi maqsad) vositasi qissanavis uchun qahramonning o’zi maqsad (voqea-hodisalar vosita )hikoyanavis uchun voqeaning o’z maqsadi bo’lib qoladi”. Oimning roman dunyo-yu davrni bilish maqsadida yaratiladi va uning qahramoni ana shu jarayonning vositasi degan fikirga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki yuqorida keltirilgan dalillar roman dunyoni emas , balki aynan induvidni anglash maqsadida yuzaga kelganini ko’rsatadi.
Bugungi kunda o’zbek romanchiligi o’z taraqqiyotining polifonik bosqichiga yetib keldi. Endilikda ,mavzuning dolzarbligi ,voqealarning qiziqarli yoxud tilning shirali ekani romanni o’qishli qilgan holda , uning umurzoqligini ta’minlay olmasligi mumkunkigi anglab yetildi . Zmonaviy o’zbek romani mualifidan har bir qahramonini tushunish va aks ettirishning birovnikiga mutlaqo o’xshamaydigan konsepsiyaga ega bo’lish talab qilinadi.
Mavzu ,hajm syujettning murakkablik darajasi , kompazitsion tuzulish va tasvir usullaridan muayyan farq bolishiga qaramay roman janrida bazi bir badiyat unsurlarining (intiriga , konflikt , yechim kabi )bo’lishi talab etiladi . Shu bilan birga romannavislar bu unsurlarga ,shuningdek ,badiy tasvirning boshqa shakli va vositalariga erkin munosabatda bo’lishlari mumkin. Romanlar tarixning dastlabki davrida tuzilishiga ko’ra 2 xil guruhga –“ochiq “va”yopiq” romanlarga ajratilgan “ochiq” tuzumli romanning yorqin namunasi M.Swrvantesning “Don Kixot”i bo’lib ,unda jamiyat hayotining xilma-xil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadriyjiy o’sishi ham mufassal tasvirlangan boshqa qahramonlar ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa ko’plab persanajlar jalb etilgan .” Yopiq “tuzumli romanlarga dastlabki namunalaridan biri M.M de Lafayetning “Malika Kalavskaya”asaridir . Bu asarda yozuvchi e’tibori faqat bir qaxramon hayoti , bir konflik va bir vaziyat tasviriga qaratilgan . Keyinchalik , roman janri ichki shaxobchalarga bo’lingan paytta psixolagik roman janri ana shu “yopiq” romandan o’sib chiqqan .
Antik adabiyot paydo bolganida yozuvchilar kopinch maiyshiy mavzudagi miflarning ananaviy syujetlaridan foydalanib ,ularga emotsional olam ,manzaralarini oliob kirgan qaxramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qogan .Ammo Longning “Dfnis va Xloya “ishqiy romanida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning his tuyg’ulari tasvirga shu qadar katta o’rin berilgankiy ,natiyjada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixolagik romanning mumtoz namunasi hisoblanib kelingan .
Do'stlaringiz bilan baham: |