Xx asr G’arb adabiyotidagi g’oyaviy jarayonlar XX asr Amerika adabiyoti Namoyondalari Uilyam Folkner haqida



Download 33,74 Kb.
bet1/5
Sana16.09.2021
Hajmi33,74 Kb.
#175853
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XX asr Amerika adabiyoti


XX asr Amerika adabiyotida modernistik oqimlar

Reja:

I Kirish.

II Asosiy qism

  1. XX asr G’arb adabiyotidagi g’oyaviy jarayonlar

  2. XX asr Amerika adabiyoti Namoyondalari

  3. Uilyam Folkner haqida

  4. Ernest Xemenguey va Ralf Uoldo Ellison ijodi 

III Xulosa

IV Foydalanilgan adabiyotlar

XX asr G‘arb adabiyoti ikki asosiy bosqichni bosib o‘tdi. Birin-


chi bosqich imperializmning so‘nggi davrlariga mos keladi. Bu as-
rning birinchi yarmi, aniqrog‘i 1945-yilgacha bo‘lgan davri bo‘lib, 
ilm-fanning rivojlanishi natijasida madaniyatning yangi shakllari 
radio va kinematograf paydo bo‘ldi. Ikkinchi bosqich – 1945-yildan 
keyingi davr bo‘lib, burjua jamiyatida chuqur qayta qurilishlar sodir 
bo‘ldi: radikal demokratiyaning zamonaviy tizimlari paydo bo‘ldi, 
“iste’molchilar jamiyati” shakllandi, jahon iqtisodiyotida global-
lashish jarayonlari jadallashdi. 
XX asrda adabiy jarayon ham tezlashdi, ko‘plab yangi yo‘nalishlar 
paydo bo‘ldi, dabdabali murojaatnomalar qabul qilindi, yangi  maktablar paydo bo‘ldi. 
XX asr Amerika adabiyoti boy, rang-barang, shu bilan birga, zid-
diyatli va murakkabdir. Dunyodagi eng yosh adabiyotlardani biri 
bo‘lgan AQSh adabiyotining tarixi 400 yildan oshmaydi.Ushbu ho-
lat bu adabiyotni o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazdi. 
Ovrupa adabiyotiga nisbatan XIX asrda ancha ortda qolish va XX 
asrda jadal sur’atda rivojlanish, romantizm maktabining kech rivoj 
topishi  va  realizmning  jadal  rivojlanishi Amerika  adabiyotigagina 
xos xususiyatlardir 
XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlash-
malarga  intilish  kuchaydi,  buni  T.Drayzerning  “Amerika  fojeasi” 
romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida 
G.Spenser  falsafiy  qarashlarining  ta’siri  sezilarli  ekanligi  ko‘zga 
tashlandi. Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak 
trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.
AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi.
Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yo-
zuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan 
biri O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi. U Amerika adabiyotida “hap-
py end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini 
belgilab berdi. 
1900-yili  T.Drayzerning  “Baxtiqaro  Kerri”  romani  nashrdan 
chiqdi. Yozuvchining bu yillarda yaratilgan boshqa romanlari kabi 
ushbu asar ham naturalizm ta’sirida edi. “Yo‘qotilgan avlod” yozu-
vchilari  (E.Xeminguey,  F.S.Fitsjerald,  G.Stayn,  J.Steynbek)  yaqin 
bo‘lgan naturalizm bilan bir vaqtda Amerikaga Ovrupa modernizmi 
ham kirib keldi, bu yo‘nalishning vakillari qatoriga Tomas Eliotni 
kiritish mumkin. U Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda yangi 
she’riy yo‘nalishni ochdi. Shoirning 1917-yilda chop etilgan “Al-
fred  Prufrokning  sevgi  qo‘shig‘i”  to‘plami  modernizmning  mani-
festi sifatida e’tirof etildi.
Yigirmanchi yillardan boshlab hikoya tanqidchilar tomonidan 
Amerika adabiyotiga xos janr sifatida qabul qilina boshlandi, uning 
rivojlanishida jurnallarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi.
XX asrda o‘nta amerikalik yozuvchi adabiyot sohasidagi Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1918-yildan boshlab Nyu-Yorkda, “kat-
ta adabiyotdagi” eng nufuzli mukofotlardan biriga aylangan badiiy 
kitob uchun Pulitser mukofoti topshirib kelinmoqda. 
Bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etdi. Bolalar adabiyotining 
klassigi  L.Frenk  Baumning  asarlari  butun  dunyoda  nashr  ettirildi. 
Detektiv janrida ijod qilgan adiblardan Deshil Xammet, Reymond 
Chandler,  Jeyms  Keynlarning  asarlari  mashhur  bo‘ldi.  1949-yilda 
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan U.Folkner, XX asrning birinchi 
yarmida ijod qilgan AQShning eng yirik yozuvchilaridan biri edi.
50-yillar adabiyotida Jerom Selinjerning “Javdardagi tik jarlik us-
tida” romani alohida o‘ringa ega. 1951-yili chop etilgan bu asar, ay-
niqsa yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Kitoblarda ilgari ta’qiqlangan 
mavzular ko‘tarib chiqila boshlandi (taniqli shoira Elizabet Bishop, 
yozuvchi Trumen Kapote). 50-yillar AQSh dramaturgiyasida Artur 
Miller va Tennessi Uilyamslarning pyesalari ajralib turgan bo‘lsa, 
60-yillarda Edvard Olbining pyesalari (“Zooparkdagi hodisa”, “Bes-
si Smitning o‘limi”, “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?”, “Barchasi 
bog‘da”) teatr sahnalaridan tushmadi.
Amerika  adabiyotidagi  rang-baranglik  bir yo‘nalishni ikkin-
chi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 
50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, 
Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari 
(masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar. Keyingi yillarda 
postmodernchi adib Don Delilloning asarlari mashhur bo‘ldi.
AQShda ilmiy fantastika (bu yo‘nalishning birinchi to‘lqini va-
killari Edgar Rays, Berrouz, Myurrey Leynster, Edmond Gamilton, 
Genri Katter asarlarida asosan kosmosga yetib borgan ilk sayyohlarn-
ing sarguzashtlari haqida hikoya qilingan), asr o‘rtalariga kelib mu-
rakkabroq fantastika ustunlik qila boshladi. Amerikalik fantast-yo-
zuvchilar Rey Bredberi, Robert Xaylayn, Frenk Xerbert, Ayzek  Andre  Norton,  Klifford  Saymak,  Robert  Sheklilarning  nomi 
butun dunyoga ma’lum. XX asrning ikkinchi yarmidan esa fentezi 
adabiyoti  keng  rivojlandi. Amerika  fentezisining  gullab-yashnashi 
1930-yillarda  Robert  Govardning  ijodi  bilan  boshlandi.  XX  asrn-
ing ikkinchi yarmida bu janr Rodjer Jelyazni, Pol Uilyam Anderson, 
Ursula Le Guin kabi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi. Fentezi 
yo‘nalishining XXI asrdagi eng taniqli vakili Jorj R.R.Martin bo‘lib, 
u hayolida yaratgan o‘rta asrlar haqidagi “ Taxtlar o‘yini” kvazireal-
istik tarixiy romanining muallifi.
XX asrning so‘nggi choragi – jahon adabiyoti tarixida yyyetarli 
darajada murakkab davr: bir tomondan ko‘plab yozuvchilar bizning 
zamondoshlarimiz bo‘lib, adabiy oqim “guruchni kurmakdan” ajrat-
gani yo‘q, qaysi asarlar adabiyotning oltin fondga kiradi, qay bir-
lari “o‘tkinchi” bo‘lib, tez orada unutilib ketadi, buni vaqt sinovdan 
o‘tkazadi. 

Download 33,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish