3. BOB. O’ZBEKISTON AXBORIY KANALLARINING JAXON STANDARTLARIGA JAVOB BERISH DARAJASI, XORIJIY, SIYOSIY XABARLARNING YETKAZILISH O’RNI
3.1. “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarida ko’ngilochar dasturlarning o’rni.
Xalqaro jurnalistikada jurnalist asosan dalil va raqamlarni bersin, voqeani u qanday sodir bo'lgan bo'lsa xuddi shunday bayon qilib voqea haqida turli fikrlarni, hatto bir biriga qarshi bo'lgan nuqtai nazarni bersin. Jurnalist sharhdan o'zini tiysin. Xulosa ham qilmasin. Xulosani o'ylab, tahlil, mulohaza qilib, fakt va raqamlarni solishtirib teletomoshabinning o'zi chiqaradi. Bunday fikr jiddiy va qatъiy bo'ladi. U teletomoshabin ongi-yu xotirasida uzoq saqlanadi. Jurnalist teletomoshabinga o'z fikrini majburan singdirishdan voz kechsin. Bu o'tmish jurnalistikasi. To'la va obъektiv axborot, maъlumot olgan inson, teletoshabinning voqea-hodisalar to'g'risida mustaqil hukm chiqarishga to'la haqqi bor. Ammo, bu qoidaga hamma telekanal va jurnalistlar to'liq amal qilmaydi.
“Uzreport TV”da “Xorijiy valyutalar kursi”, “Ob-havo maъlumoti”, “Biznes entsiklopediyasi” singari chiqishlar yo'lga qo'yilgan. “Biznes entsiklopediyasi” dasturida iqtisodiyotga oid atamalar izohi berib boriladi. Misol uchun, kapital, dotatsiya, ipoteka, dividend24 kabi. Shuningdek, O'zbekiston fond birjalarida bo'lib o'tayotgan jarayonlar, kim oshdi savdolari, kundalik isteъmol mahsulotlari, nef`t, gaz kabilarning narxidagi o'zgarishlar xususida so'z boradi.
Axborot dasturidagi lavhalarda ikki yoki hatto uchta kichik sinxron interv`yular beriladi. Bu odatda bir me’yorda o'qiladigan muxbir ovoziga, o'qish surъatiga, temp-ritmiga yangi bir ruh kiritadi. Lavhani ancha boyitadi, jonlantiradi. Lekin ular “harakatdagi gapirayotgan boshlar”ga yaъni televidenie amaliyotida, hujjatli kinematograf asarlarida ko'p uchraydigan va butun teletanqidchilarning joniga tekkan “govoryashie golovi”larga aylanib qolmasligi kerak. Har bir sinxron-interv`yuning biri ikkinchisiga o'xshamasligi zarur. Ularda albatta yangilik, yangi fakt, raqam, nuqtai nazar bo'lishi darkor. Buning ustiga ular shaklan ham rang-barang bo'lishi kerak. Masalan, interv`yu beruvchilardan biri turib gapirsa, ikkinchisi yurib gapirsin, uchinchisi boshqa bir ish bilan band bo'lgan paytda interv`yu bersin. Aytgandek, har bir qisqa sinxronda interv`yu beruvchi biri ikkinchini to'ldirishi, ilgarigi sinxron-interv`yuga aniqlik kiritishi yoki juda bo'lmaganda inkor etishi, pirovard natijada esa haqiqatni topishga yordam berishi kerak. “Uzreport TV”da sinxronlarga ham alohida e’tibor qaratadi. Iloji boricha, 2 kishidan interv`yu olinadi. Ammo, ba’zi o'rinlarda sinxronlarning davomiyligi cho'zilib ketadi. Misol uchun, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rivojlangan axborot infratuzilmasiga egaligi haqida syujetda Axborot texnologiyalari Departamenti internet-texnologiyalari bo'limi bosh mutaxassisi Otabek Muhammedjanov interv`yusi juda cho'zilib ketdi. Odatda sinxronlar davomiyligi 20 (25) soniya davom etadi. Ammo, yuqoridagi interv`yu 1 daqiqadan ziyod davom etdi.
“O’zbekiston24’ kanalida eng zamonaviy tehnikalardan foydalangan holda sifatli mahsulotlar tayyorlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Uch tilda efirga uzatiladigan informtsion dasturlarning asosiy boshlovchilar qismi doimo jonli yoziladi bu esa jonli reportajlar, shoshilinch ma’lumotlarni yetkazishda qo’l keladi. Shuningdek efirga jonli ulanish uchun barcha kerakli sharoit va tehnikalar mavjud bo’lib, xalqaro reportajlar soni ham kunda-kunga ortib bormoqda. Efir sifati boyicha kanal deyarli barcha jahon standartlari va talablariga to’la mos keladi. Kanal jamoasi ham yoshlar tarkibi bilan yangilanib, yuksak bilimli hamda horijiy tillarni mukammal o’zlashtirgan yosh kadrlar bilan jamoa safini to’ldirmoqda.
Endilikda kanal hodimlari ham jahon standartlariga mos tarzda faoliyat yuritishni boshlab, budjetdan ajratilayotgan mablag’larni oqlasa nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Sof informatsion kanal sifatida faoliyat yuritish mushkil vazifa. o’z nomi bilan ko’ngil ochishga, tomoshabinni jalb qilish uchun mo’ljallangan dasturlar har qanday kanalning reytingini ta’minlaydi. Jahonning yetakchi axborot agentliklari hususan BBC, CNN kabi asosan axboriy yo’nalishda faoliyat yuritadigan muassasalarda ham alohida ko’ngilochar yo’nalishlar, shoular mavjud. hususan BBC Lounge dasturida dunyoning eng mashhur honandalari jonli kuylaydi. Bundan tashqari ko’plab rekrativ dasturlarni uchratish mumkin. Rossiyaning asosiy axborot kanllaridan biri hosoblauvchi ОРТ kanalida ham ko'plab ko'ngilochar dasturlar shoularni uchratish mumkin.
Faoliyati boshlanganligiga qariyb 6 yil bo’gan “O’zbekiston24” kanalida imdj va logotip hamda dasrurlar bo’yicha rebrending amalga oshirilishini tavsiya qilgan bo’lardik. Kanallar reytingida juda past o’rinda turuvchi axboriy kanal uchun ko’ngilochar dasturlar foydadan holi bo’lmaydi. Shuningdek, tadbirbozlik, festivalbozlikni chetga surib, haqiqiy siyosiy, tahliliy lavhalar tayyorlansa, mamkatning birinchi raqamli axboriy kanli maqomiga munosib bo’lishi mumkin.
2019 yilda “Uzreport” kanalida rebrending ishlari amalga oshirilgandan so’ng, ko’ngilochar dasturlar soni keskin oshgan edi. tonggi dasturlar, “Bir muhabbat qissasi” ko’rsatuvi, “Offsayd” loyifasi, suhbat janriga asoslanga yana ko’plab ko’rsatuvlarni misol keltirish mumkin. So’nggi yillarda esa kanal yana tahliliy ko’rsatuvlarga ahamiyat qaratmoqda. Kanal dasturidan badiiy filmlar va seriallar ham o’rin olishni boshlagan. Bu tomoshabin e’tiborini tortishda faqatgina ijobiy tomonga xizmat qilishi mumkin.
Jurnalistning har bir voqea, xodisa to'g'risida o'zining faol nuqtai nazari bo'lishi lozim. Bu nuqtai nazar real hayotga asoslangan, umuminsoniy manfaatlardan kelib chiqqan, gumanistik pozitsiyasi bo'lmog'i kerak. Haqiqiy professional jurnalistda uning pozitsiyasi, nuqtai nazari bo'lib materiallarida o'zining ifodasini topadi. O'z pozitsiyasiga ega jurnalist shaxs sifatida ham o'zini namoyon etadi. O'z nuqtai nazari bo'lmagan jurnalist - jurnalist sifatida ham yo'q hisoblanadi.
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maъnaviy-maъrifiy jabhalardagi o'zgarish va yangilanishlar ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televidenie orqali muntazam ravishda yoritilib turibdi. “Ayni paytda shuni ham taъkidlash kerakki, axborot erkinligini taъminlamasdan turib, ommaviy axborot vositalarini odamlar o'z fikri g'oyalarini sodir bo'layotgan voqealarga munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki to'g'risida so'z yuritib bo'lmaydi, degan tushuncha jamoatchiligimiz o'rtasida tobora kuchayib va mustahkamlanib bormoqda.”26
Jurnalistning mahorati haqida matnining obrazli tili, ishlatilgan ramziy iboralar, matndagi fikrlar siqiqligi, dinamizmi dalolat beradi. Televidenie tili gazeta, badiiy adabiyot yoki radio tilidan ancha farq qiladi. Televidenie tili odatdagidek, ega-kesimi o'rniga qo'yilgan uzundan uzoq, gaplardan tashkil topmay, balki tezisli, sharhli, shtrixli, punktirli bo'lishi kerak. TV da uzundan uzoq taъrifli so'zlar o'rniga ekrandagi konkret tasvir va uning qisqa, lo'nda, obrazli, poetik izohi beriladi va bunday matn bilan so'zlar omuxtasi teletomoshabinda boshqa OAVda berib bo'lmaydigan tushuncha tasavvur hosil qiladi. Tezisli televizion stsenariy tili haqida to'xtalib o'tish kerak. Bosma matbuot, radiodan farqli televidenieda katta maъno, mazmunga ega bo'lgan konkret shaxslardan iborat tasvir mavjud. Matn yozishda bu faktorni hisobga olmaslik televidenie tabiati, o'ziga xosligini hisobga olmaslik bilan tengdir. Bu demak, televideniega ham boshqa OAVga yozgan kabi o'sha faqat televideniega xos til, uslub bilan matn yoziladi. Bunday uslubning, bunday tilning taъsir kuchi nihoyatda katta bo'ladi. Televidenie tili tezisnamo, yaъni kadrda ko'rinmaydigan joylarini, ichki kechinmalarni, sharh uslubida qog'ozga tushirish kerak. Uni tomoshabinga jurnalist etkazishi lozim. Kadrda bor bo'lgan tasvirni esa so'z bilan ifodalamay tavsiflash, sharhlash lozim. Tasvir intershovqin, so'zlar bilan omuxta bo'lib yangi televizion obraz yaratadi. Mana bunday taъsirli obraz boshqa biron OAVda yoki sanъatning boshqa bir turida yo'q. Buni faqat TV da yaratish mumkin. Xulosa qilib aytganda, axboriy ko'rsatuvlar tayyorlash va uzatish borasida“Uzreport TV” maъlum tajriba to'pladi va bu o'z natijasini berdi. Kanalning 10-“Oltin qalam” Xalqaro mukofotida Bosh sovrinni qo'lga kiritganida ham ko'rish mumkin.
3.2 Axboriy kanallarda jurnalistik janrlardan o’rinli foydalanish darajasi, “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarining reportyorlari mahalliy va xalqaro reportajlar tayyorlash salohiyati
Jahon jurnalistikasida janr xususida yangi fikrlarning paydo bo'lishi tabiiy hodisadir. Chunki yangi fikrlar bu tushunchaning qotib qolgan (dogma) emasligini, nazariyalarning rivojlanishi barobarida janr tushunchasiga ahamiyatsiz qarab bo'lmaydi. Shu bilan jurnalistik asar deb nom olgan har qanday asar muayyan matn ko'rinishida namoyon bo'ladi. Matnni qanday tuzish, yaъni asosiy masalani qaerda berish, manbalardan qanday foyda Buning sababini rus olimi A.Tertыchnыy bir necha omillarini sanab o'tadi “Birinchidan, jurnalistika sohasiga taalluqli asar turi tarixiy shakllangan va “janr” sifatida aniq ko'rinishga ega bo'lgan tushuncha sifatida nazariyachilarning, shuningdek amaliyotchilarning fikrlaridan qatъi nazar mavjud va u muayyan matn ko'rinishida namoyon bo'ladi”2.
Turli matnlarning o'xshash sifatlariga qarab alohida guruhlarga ajratishi mumkin. Bunday guruhlarga ajratish turli tadqiqotchilar yoki amaliyotchilarning muhim deb hisoblagan dolzarb masalalarni matnning birinchi qismiga olib chiqish bo'yicha ilgari surgan asoslarga tayaniladi. Aynan shu jihat A.Tertыchnыy fikricha, jurnalistik janrlar rang-barangligi haqida tasavvur deradi.
“Ikkinchidan, janrlar haqidagi aniq tasavvur jurnalistlarning professional muloqotiga yordam beradi. Tahririyat bosh muharririning “aviatsiya haqida yaxshi bir material tayyorlang”, deyishi bilan “sinovchi-uchuvchi haqida ocherk yozing” degan taklifi boshqacha vazifani jurnalist zimmasiga yuklaydi. Oxir oqibatda jurnalist undan aynan qanday material kutayotganini yaxshiroq tushunadi”.
1 “Ҳуррият” газетасининг 2007-йил 21-март.
2 Тертычный А.А. Жанры периодической печати. Учебное пособие. –М.: Аспект Пресс, 2000. C.103.
Ўша манба.
Korrespondentsiya jurnalistika sohasining mustaqil janrlaridan biri. U lotin tilidagi “correspondentia” degan so'zdan olingan bo'lib, “yozishma”, “xabar almashish” degan maъnolarni anglatadi. Korrespondentsiya dastlab o'quvchilarning tahririyatga kelgan va gazetada chop etilgan xatlariga insbatan qo'llanar edi.1 Keyinchalik bunday ko'rinishdagi materiallar o'ziga xos belgilari va xususiyatlari bilan mustaqil janr sifatida ajralib chiqdi.
Korrespondentsiyani jurnalistikadagi tahliliy janrlar qatoriga kiradi. “Uning vazifasi “nima uchun?”, “sabab nimada?”, “kim aybdor?”, “qanday oqibatga olib keladi?” savollarga javob berishdir. U tahlil orqali bir muammoga tegishli alohida hodisaning rivojlanish qonuniyatlarini aniq hayotiy vaziyat misolida o'rganadi... Korrespondentsiya mantiqiy stsenariy asosiga quriladi: umumiy g'oyani ko'rsatish uchun har bir tezis dalillaydi. Muallif fikrlari faktdan voqelikka, voqelikdan qonuniyatga, undan tendentsiyalar va bashoratlar zanjirida harakat qiladi. Korrespondentsiyaning yakuniy belgisi xulosadir. Qoidaga ko'ra, bu muammoning hal qilinishi yoxud unga olib boruvchi yo'ldir,”2 deb yozadi peterburglik olimlar.
Korrespondentsiyaning zamonaviy talqini qanday? Bugungi zamonaviy jurnalistika taraqqiyotida janrlarning birlashib ketishi kuzatilayotgan bir paytda bu janrga tadqiqotchilar o'z nuqtai nazarlaridan kelib chiqqan holda turlicha taъrif beradilar. “Korrespondentsiya – muayyan bir dolzarb mavzuni tor doirada tahliliy o'rganadigan va ko'rsatib beradigan janrdir.”3 Mazkur janrning jurnalistikadagi tutgan o'rni, qaysi janrlar turkumiga kirishini bilish uchun dastlab uning mohiyatini, o'ziga xos xususiyatlarini va boshqa janrlardan farqli jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Korrespondentsiya – tahliliy jurnalistikaning mustaqil janrlaridan biri bo'lib, sodir bo'lgan aniq bir voqea, hodisa, jarayon, vaziyatni tahlil orqali yoritishdir. Korrespondetsiya aniq hayotiy voqea asosida tanlangan mavzu va muammoning rivojlanishi hal etish yo'llariga turtki beruvchi janr hisoblanadi.
Jurnalisikadagi har bir janr o'zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maъlum bir vazifani bajaradi. Shu jumladan hajmidan qatъi nazar korrespondentsiyaning ham mavjud voqelikni yoritish jarayonida bir qancha aniq vazifalari mavjud.
Korrespondetsiyaning asosiy vazifasi, birinchidan, tanlangan voqelikni tahlil qilish orqali auditoriyada maъlum jarayon xususida etarlicha maъlumot berish va tushunchani hosil qilishdir. Yaъni nafaqat voqea haqida maъlumot berish, balki aniq faktlar orqali axborotning eng muhim jihatlarini ochib berish va auditoriyaga etkazishdir.
Ikkinchidan, voqelik haqida to'liq tushuncha hosil qilish bilan bir qatorda uni tezkor tahlil qilish, berilayotgan voqeaning sabablari, rivojlanish tendentsiyalari, oqibatlari va natijalari haqida maъlumot berishdan iborat.
Reportaj - voqea joyidan xabar degan ma’noni anglatib, jurnalistikaning asosiy axboriy janrlaridan biri hisoblanadi. Uning o'ziga xosligi tezlik va guvohlik. Bundan tashqari, bu janr voqealarni xolis (hukmsiz) yoritilishi bilan ajralib turadi.
1 Reportaj (So’zma so’z tarjima qilganda frantsuzcha reportaj - xabar berish, lotincha asos - reporto - uzatish) - kerakli tafsilotlar bilan, voqea haqida yorqin shaklda axboror uzatadi. Rus tilidagi lug'atlarda hisobot tushunchasini ham ifodalaydi. Axborot janri sifatida xabar berishning eng muhim xususiyati - bu samaradorlik. Yana bir muhim xususiyati shundaki, muxbir bevosita voqea guvohi bo'lishi kerak. Shaxsiy idrok, faktlar va tafsilotlarni izchil yoritish birinchi o'ringa chiqishi lozim. Ommaviy axborot shakli va turiga (bosma, radioeshittirish, televidenie) qarab, materialni taqdim etish usullari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Chop etilgan hisobot (asosan gazetada, rasmli jurnallarning ayrim turlarida) ham voqealarga asoslangan, ham tematik bo'lishi mumkin, bir mavzu bo'yicha birlashtirilgan, lekin har xil vaqtda sodir bo'ladigan voqealarni tasvirlaydi. Odatda reportaj voqea joyidan olingan fotosuratlar bilan tasvirlanadi. Bugungi kunda mustaqil fotoreportajlar ham keng tarqalgan bo’lib, bu shaklda asosiy informatsion vazifani fotosuratlar bajaradi, matn fotografik ma'lumotlarni to'ldiradi yoki umuman izoh hamda matnsiz taqdim etiladi. Radio hisoboti har doim voqealarning xronologik ketma -ketligiga rioya qilishi, bo'layotgan voqealarning tasvirini majoziy so'z bilan takrorlashga intilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shu ko’rinish teleko'rsatuvlarga ham oid bo’lib, videolavhaning aniqligi va ortiqcha izohga hojat yo’qligi teleko'rsatuvning "tomosha qilish imkoniyati" ning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Uni bosma va radiodagi xabarlardan ajratib turadi. Har bir taniqli kanal hamda axborot agentliklarining o’ziga hos bo’lgan reportaj tayyorlash usuli mavjud bo’lib, ushbu uslub orqali telereportaj qaysi journalist yoki kanal mahsuloti ekanligini bilib olish mumkin. Yangiliklar va axborot dasturlarining deyarli barchasida zamonaviy televidenie yoritish uslubi oz sonli tarkibiy elementlardan iborat. Bu stand-up, ovozli signal, sinxronizatsiya. Ba'zida “rap-raund” ishlatiladi. Bu elementlarning teledasturga joylashtirilishi tartibga solinmagan, faqat mazmuni bilan shartlangan. Sovet davridagi jurnalistikaga oid darsliklarda quyidagi ta'rifni topish mumkin edi: "Reaksion burjua jurnalistikasida, ayniqsa, sariq matbuotda, ishchilarning e'tiborini ijtimoiy va siyosiy muammolardan chalg'itish uchun odatda shov -shuvli, janjalli voqealar yoziladi. "
Reportaj- jurnalistikaning asosiy janrlaridan biri bo'lib, muxbir ishtirokchi yoki guvohga aylangan voqealarni samarali yoritadi. Hisobot berishning maqsadi, birinchi navbatda, tomoshabinlarga tasvirlangan hodisani o'z guvohi (muxbir) nigohi bilan ko'rish imkoniyatini berish, ya'ni. "mavjudlik effekti" ni yaratishdir. Hisobotda voqea haqidagi shaxsiy tasavvur birinchi o'ringa chiqadi, bu axborot janrining ob'ektivligiga zid emas. Janr bir necha tur hamda yo’nalishlarga ajratilgan holda tayyorlanishi mumkin:
Voqealar haqida reportaj
Voqealar haqidagi reportajning asosiy xususiyatlari samaradorlik va ahamiyatlilikni o'z ichiga olishidadir. Yana bir asosiy belgilardan biri, voqea haqida xabar berishda tezlik hamda obyektivlikni talab etishi. Aynan voqea joyidan shov-shuvli hodisa haqida reportaj tayyorlash ko’plab kanal hamda axborot agentliklaruning asosiy yo’nalishiga aylangan. Bunda odatda hech qanday tahlil amalga oshirilmaydi va sabab hamda oqibatlarga ortiqcha to’xtalmasdam, shunchaki voqea haqida xabar yetkaziladi.
Analitik (muammoli) reportaj
Reportajning bu turi nafaqat bir martalik hodisani tasvirlashga, balki uning paydo bo'lishi va rivojlanishining sabablarini aniqlashga qaratilgan. Shuning uchun, bu turdagi hisobotlarda biz turli janr elementlarining simbiozini kuzatamiz. Analitik hisobot quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin.
Eskiz elementlari (sahnaning tavsifi, uning ishtirokchilarining xususiyatlari)
Ma'lumot (dalillar, faktlar, raqamlar)
Tahliliy (baholash, izoh, prognoz)
Bu elementlarning barchasini qoida tariqasida bitta mavzu birlashtiradi, bu muallif tomonidan mantiqiy ketma -ketlikda ochiladi. Mavzuning harakati sxema bo'yicha rivojlanadi: tezis -argument - xulosa.
Kognitiv-tematik reportaj
Funktsional maqsadiga ko'ra, bu turdagi hisobotlarni maxsus, tergov va sharhlarga bo'lish mumkin. Bu turdagi reportajlarning barchasida muxbirning qiziqarli hayotiy vaziyatni tasvirlashi birinchi o'rinda turadi.
Hisobot reportaj
Bu turdagi hisobot voqeani batafsil yoritishga emas, balki uning batafsil sharhiga qaratilgan. Sharh elementlaridan foydalanib, muxbir o'quvchi, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini tushuntirishi yoki talqin qilishi mumkin. Sharh hisobotida quyidagi turdagi sharhlardan foydalanish mumkin:
kengaytirilgan sharh - bir faktni uzoq tushuntirish
sinxron izoh - jurnalistning bayonot davomida matnni tushuntirishi.
ekspert sharhi - bunda voqeani professional, malakali odam sharhlaydi
qutbli sharh - bu turli hohadagi malakali mutaxassislar tomonidan haqiqatni talqin qilish, tushuntirish.
batafsil sharh - dalillarni eng kichik detallargacha oydinlashtirish.
Bu holatlarning barchasida, reportaj sharhi, albatta, tasvirlangan voqea yoki u yoki bu hujjat, insoniy harakat, hayotiy vaziyat bilan bog'liq bo'lishi kerak.
_____________________
XULOSA.
Yurtimiz hayotining barcha jabhalarida islohotlarni izchil amalga oshirish, ayniqsa, jamiyatni demokratlashtirishda OAVning roli va ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Yangi jamiyat, yangi hayot qurish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish sur’atlarini kuchaytirish, yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirishda, ularni mustaqil fikrlash, ongli yashash ruhida tarbiyalashda, bugungi va ertangi kun talablari bilan hamqadam borish, o'z ona yurtiga bo'lgan mehri va sadoqatini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari, ijod ahli faol qatnashmoqda.
Bizning eng yuksak maqsadimiz bo'lmish taraqqiy topgan zamonaviy demokratik davlatlar qatoridan joy olish yo'lida ommaviy axborot vositalari faoliyatining samaradorligini yangi bosqichga ko'tarish, matbuotning tom ma’noda mustaqilligiga erishish, buning uchun avvalo, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash va barqaror rivojlanishi uchun zarur manbalarga ega bo'lishi bilan bog'liq masalalarni Yechish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami juda keng.
Bugungi kunda televideniyeni axboriy ko'rsatuvlarsiz tasavvur etish qiyin. Ularda auditoriyani qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi, jamiyatning yutuq va muammolari haqida hikoya qilinadi. Axborot dasturidan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarning chuqur yoritib berilishini kutadi. Mavzuni tahlil etib, ikki televizion yangiliklar dasturlarini tayyorlash va efirga uzatishning o'ziga xosliklarini sanab o'tmoqchimiz:
Birinchidan, jahon telekanallari tajribasida qo'llanilayotgan televizion yangiliklar tayyorlashning zamonaviy uslub va formatlaridan “Uzreport TV” ham “O’zbekiston24” kanallari informatsion dasturlarida keng foydalanilib kelinmoqda. Ya’ni, og'zaki xabar, to'g'ridan-to'g'ri ulanish, yarim to'g'ridan-to'g'ri ulanish, televizion syujet turlari qo'llanilmoqda. Ikkinchidan, “Uzreport TV” axborot dasturida yangiliklar xilma-xil usullarda uzatilmoqda. Ya’ni, odatdagi usulda, yuguruvchi satrlarda, qisqa satrlarda uzatish yo'lga qo'yilgan va shu bilan birgalikda iqtisodiy-moliyaviy sohaga ixtisoslashgan jurnalistlar guruhi shakllantirilgan. Huddi shu holatni “O’zbekiston24” kanalida ham kuzatishimiz mumkin. Kanal dastlab o’z ish faoliyatini boshlaganda jonli efirda qator kamchilik va xatolar kuzatilgan bo’lsa-da, hozirgi kunda ijodkorlar borgan sari jonli efirga ko’nikib, ko’nikishdan muvaffaqiyat sari qadam qo’yishni boshlamoqda.
Uchinchidan, “Uzreport TV” kanalida janrlar xilma-xilligi bor. O'zbekiston va dunyoda sodir bo'lgan xabarlar berib boriladi. Sharhlar yo'lga qo'yilgan. To'g'ridan-to'g'ri efirlar bor. Axboriy ko’rsatuvlarda jonli reportajlar soni bir muncha kam. “O’zbekiston24” kanalida ham shu holatlarni kuzatish mumkin ammo janrlar xilma-hilligida bir oz oqsash kuzatilmoqda. Kanal dizaynida ham rang-baranglik yetishmaydi
To'rtinchidan, jamoatchilik e’tiborida bo'lgan mavzularni tanlab, tomoshabinga yetkazilayotgani “Uzreport TV” hamda“O’zbekiston24” kanallarining muvaffaqiyatli jihatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga tezkorlik tamoyiliga to'la amal qilinmoqda.
Beshinchidan, hayotimizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi, Internet rivoji interaktivlikni kuchaytirmoqda. “Uzreport TV” va “O’zbekiston24” kanallarining barcha efirlarini www.uzreport.uz, www.mtrk.uz bilenee online tv pltvormasida, madibay platformasida va boshqa ko’plab saytlar rqali tomosha qilish, fikr bildirish mumkin. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “Uzreport TV” va “O’zbekiston24” kanallarining bir qancha xususiyatlari mavjud. Yaъni, kanalning: - yangiliklarga ixtisoslashgani; - iqtisodiy-moliyaviy yo'nalishni qamrab olgani;
- reklama va homiylik chiqishlariga keng ahamiyat qaratgani; - kanalning xususiyligi;
- eng so'nggi texnik imkoniyatlardan foydalangani;
- o'z imijini yarata olgani;
-interaktiv chiqishlarga keng ahamiyat qaratgani va boshqalar.
Hulosa qilib aytganda har ikki kanalda yutuqlar va kamchiliklar mavjud. ” Do’st achitib, dushman kuldirib gapiradi” degan maqolga amal qilib kamchiliklarga to’htaladigan bo’lsak, “Uzreport” telekanalida moliyaviy qiyinchiliklar boshlanganligi sababli sport turnir, musobaqalari namoyish qilinmay qo’yilganidan beri ko’rishlar soni keskin kamaydi. Bu holat kanalda axboriy dasturlar va ko’rsatuvlar yetarlicha tomoshabin e’tiborini torta olmayotganligini ko’rsatib qo’ydi. Kanal boshlovchilarida ortiqcha rasmiylik kuchli va samimiylik yetishmaydi. Ayrim ko’rsatuvlarida esa, erkinlik haddan oshib ketgan. (Masalan; “Maxsus bo’lim”, “ No comment kao’rsatuvlarida.) tahlilga asoslangan “Aspekt” nomli ko’rsatuvda esa, boshlovchi malakasi gapirayotgan mavzulari uchun yetishmayotgandek tuyuladi, yoki chindan ham shunday.
Axboriy-informatsion ko’rsatuvlardagi lavhalarda tadbirbozlik kuzatiladi va matnda press-relizdan ortiqcha foydalanganlik ko’zga tashlanadi.
Kanal imidjini yanada yaxshilash uchun samimiylikni oshirish, ko’ngilochar ko’rsatuvlarni yanada rivijlantirish, siyosiy-tahliliy ko’rsatuvlarni yanada erkin fikrlar, professional mulohazalar bilan boyitish lozim.
“O’zbekiston24” kanalidagi eng katta xato bu ortiq darajada davlat siyosati dasturini aks ettirishi, jurnalistlarning shaxsiy fikr mulohazalari, tahlillariga o’rin qoldirilmaganligida. Kanal hodimlari har bir lavhada go’yo bir xil gapni gapirayotgandek taassurot uyg’otadi va mamlakatimiz Prezidenti, davlatimiz rahbari so’z birikmalarini ortiq darajada ko’p ishlatadi. Nima haqida ko’p gapirilsa ana shu narsa me’daga tegadi va hech kim eshitmay qo’yadi degan qoidaga amal qilmaydi. Reportyorlar va kerrespondentlar faoliyatini tubdan o’zgartirish lozim. Reportaj va korrespondensiyalarda ijodkorlik va samimiylik yetishmaydi.
Dasturlar boshlovchilari soni ko’pligidan eslab qolish mushkul. Sonni qisqartirib sifatni oshirish zarur. Tomoshabin doimiy boshlovchilarning axborot yetkazishiga ko’nikishi, muhlis bo’lishi, tempiga, uslubiga ko’nikib eslab qolishi zarur. Kanalda esa ular soni ko’pligi tomoshabinni chalg’itadi, eslab qolishiga imkon bermaydi. Kanal dasturlaridagi bir xillik tomoshabinni zeriktiradi. Barcha ko’rsatuvlar siyosiy- ijtimoiy mavzuda ekanligi kanal o’zi kim uchun faoliyat yuritadi degan savolni keltirib chiqaradi. Chunki tomoshabin hech qachon bir xillikni, jimjimador so’zlarni hazm qila olmaydi.
Har ikki kanalda ham mustaqil fikr, pozitsiya sezilmaydi. Ayniqsa jahonda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan munosabat tugul horij xabarlari uchun yetarlicha vaqt ajratilmagan. Agar mamlaktimiz jahonda o’z o’rniga, so’ziga ega mamlakatga aylanmoqchi ekan, avval uni aytishni o’rganishi lozim.
Fikrimizcha, axborot dasturlarida mavzu tanlash va uni efirga olib chiqishda har bir jurnalistning qalami o'tkir, aqli teran, oqni qoradan aniq farqlay oladigan darajada ziyrak bo'lmog'i maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ular oqil va donishmand bo'lishlari, jo'shqin hissiyot bilan yashay turib, har bir masalaga vazminlik bilan yondashishlari zarurdir. Jurnalist qalamidan to'kilgan har bir satr vijdon hayqirig'i bo'lib yangramog'i lozim. Millat taqdirida tub burilish ro'y berayotgan hozirgi pallada bu, ayniqsa, o'zgacha maъno kasb etadi.
Zero, ommaviy axborot vositalari jamiyatda o'zining muhim o'rniga ega, fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamoatchilik fikrini shakllantirish yo'lida demokratik jurnalistika hamda professional jurnalistlar asosiy kuch bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |