2.BOB. INFORMATSION KANALLARNING AXBOROT UZATISHDAGI O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI. TENDENSIYALAR UMUMIYLIGI.
2.1. “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarida boshlovchi, reportyorlar imidji hamda jurnalistik mahorati…………………………………31-35
2.2. “O’zbekiston24” va “Uzreport” kanallarida efirga uzatilayotgan xabarlarga nisbatan teletomoshabin fikri, ishonish darajasi. ……………………………………………………………………...36-43
3. BOB. O’ZBEKISTON AXBORIY KANALLARINING JAHON STANDARTLARIGA JAVOB BERISH DARAJASI, XORIJIY, SIYOSIY XABARLARNING YETKAZILISH USLUBI
3.1. “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarida ko’ngilochar dasturlarning o’rni…………………………………………………..44-52
3.2 Axboriy kanallarda jurnalistik janrlardan o’rinli foydalanish darajasi, “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarining reportyorlari mahalliy va xalqaro reportajlar tayyorlash salohiyati…………………………..53-58
Xulosa……………………………………………………………….59-63
Foydalanilgan adabiyotlar hamda saytlar ro’yxati………………..64-66
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv davrida biror-bir kunni axborotsiz, yangiliksiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Mamlakatimiz va jahonda roʼy berayotgan voqea-hodisalar, yangilik va oʼzgarishlarni ommaviy axborot vositalari orqali olamiz. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz umuman tasavvur etib boʼlmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning oʼzida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato boʼlmaydi”.
Hozirda telekommunikatsiya sohasining jadal surʼatlarda taraqqiy topayotgani, telekoʼrsatuvlarni uzatish tizimiga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani, raqamli, mobil va internet televidenie kabi mutlaqo yangi media-tuzilmalarning hayotimizga kirib kelishi mazkur tizimdagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish zarurligini kun tartibiga qoʼymoqda.
Ilk bor mamlakatimiz poytaxti Toshkentda kashf etilib, odamlarning hayrati va katta qiziqishlariga sabab boʼlgan televidenie axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan hozirgi asrimizda fuqarolarning axborot olishga boʼlgan ehtiyojini qondiruvchi eng ommaviy vositaga aylanib ulgurdi. Darhaqiqat, bugun televidenie yurtimiz hududini qariyb yuz foiz qamrab olgan, shu jihati bilan eng katta auditoriyaga ega ommaviy axborot vositasi boʼlib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni har bir fuqaroga yetkazishda oʼrni va roli beqiyos ahamiyatga egadir.
Milliy telekanallarda berilayotgan koʼrsatuvlar orqali tomoshabinlar ommasi oʼzlari uchun kerak boʼlgan xabar va yangiliklardan voqif boʼlishyapti. Аxborot janridagi chiqishlarda Oʼzbekistonda kechayotgan jarayon, olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar, joylardagi oʼzgarishlar xususida soʼz yuritilmoqda. Mamlakat hayotini yoritishda “Oʼzbekiston24” telekanalining “Tahlilnoma”, “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr”, “Toshkent” telekanalining “Poytaxt”, “Sport” telekanalining “Xabarlar” axborot dasturlarining alohida oʼrni va ahamiyati bor. Shu bilan birga nodavlat telekanallarning keng jamoatchilikka axborot yetkazish borasida ham alohida oʼrni bor. Аyni paytda poytaxtimizda “Sevimli”, “Zo’rtv”, “Milliy”, “MY5” va “UzReport” telekanallari ish yuritmoqda.
Mamlakatimizda roʼy bergan eng soʼnggi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy xabarlar, jahonda kechayotgan jarayonlar, eng soʼnggi voqea-hodisalar va yangiliklar berib borilayotgan “Uzreport” telekanalining “7/24” yangiliklar dasturi hamda “O’zbekiston24” kanalining “ Xabarlar”, “Tahlilnoma” dasturlari ham aholi ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqda. Butun jahonda yangilik va axborotga boʼlgan ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, informatsion koʼrsatuvlar, ularga qoʼyilayotgan talab, yangilik tayyorlash va uzatishdagi oʼziga xosliklar, zamonaviy tendentsiyalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jurnalistlarning axborot tayyorlash va uzatish boʼyicha jahon standartlari darajasida faoliyat olib borishini oʼrganish, koʼtarilayotgan asosiy mavzular, janrlar, muammolar, ular mahoratini ilmiy tahlil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bu borada zamonaviy tajribalarni oʼrganish, maqbul jihatlarni amaliyotga keng tatbiq etish, yangilik tayyorlashning zamonaviy formatlarini joriylashning afzallik va kamchiliklarini qayd etish maqsadida “Uzreport” telekanalining informatsion blokining bu boradagi xatti-harakatlarini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etish dolzarb sanaladi va birinchi marta oʼrganilayotgani bilan ahamiyatlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |