1.2 Aborotning inson psixologiyasiga ta’siri, jaxonning yetakchi axboriy kanallari
Professor M.Xudoyqulov axborotning bevosita inson hayotidagi o‘rniga e'tibor qaratar ekan, uni quyidagicha ta'riflaydi: “Inson faoliyatida axborot almashinuvi g‘oyat muhim rol' o‘ynaydi. U insonning tashqi dunyoni bilish, tajribaga ega bo‘lishdagi asosiy vositadir. Inson yer yuzida paydo bo‘lib, ongli mavjudot sifatida yashay boshlagan paytidan boshlab doimiy ravishda uni bilish va undan foydalanish bilan mashg‘ul bo‘lib keladi. Turgan gapki, bunda axborot almashinuvi asosiy rol' o‘ynagan”1, deya inson oladigan axborotlarning “ta'lim-tarbiyaviy axborotlar, kasbiy axborotlar, ilmiy axborotlar, iqtisodiy axborotlar, badiiy-estetik axborotlar” kabi
turlarini sanab o‘tadi. Bugungi dunyoning globallashuvida axborotning o‘rni alohidaligini barcha ta'kidlamoqda. Axborotni yangi dunyo sivilizasiyasining asosi deb
biluvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Bunday insonlarning har biri yoki muayyan soha egalari axborotni ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlaricha tushunadilar, talqin qiladilar. Masalan, bugungi birja savdolari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan axborot, medisina ilmi bilan shug‘ullanadigan axborot bilan farqlanadi. Qolaversa, ularda axborot talqini va tavsifi ham biri biridan farq qiladi. Professor M.Xudoyqulov ham axborotlarni turlarga bo‘ladi: “Inson oladigan axborotlarning turlari ham bizni o‘rab olagan olam kabi xilmaxildir. Inson oddiy, kundalik turmush axborotidan tashqari ma'lum tartibga solingan axborotlar orqali ham ish ko‘radi. Bularga ta'limtarbiyaviy axborotlar, kasbiy axborotlar, ilmiy axborotlar, iqtisodiy axborotlar, badiiy-estetik axborotlar va boshqalar kiradi”. Filologiya fanlari doktori X.Do‘stmuhammedov axborotni falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilarkan uni quyidagicha talqin etadi: “Dunyo axborot ichida yashaydi, dunyo axborot ummonida mavjud. Dunyo axborotdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi, zero, axborotning borligi – dunyoning borligi, axborotning yo‘qligi – dunyoning ham, hayotning ham yo‘qligi demakdir”
Jurnalistika jamiyatdagi fikrlar, tasavvurlar, nuqtai nazarlar ummoniga taʼsir qilish va bu jarayonni boshqarish kuchi va imkoniyatiga ega. Jurnalistika axborot tarqatar ekan, jamiyat tomonidan ana shu axborotni qabul qilayotganlarning dunyoqarashini kengaytiradi, ichki dunyosini boyitadi, maʼlum bir maqsadga qarab yoʼnaltiradi va shu yoʼl bilan ularni boshqaradi.
OАVlariga xos boʼlgan boshqarish jarayoni chetdan qaraganda sezilmasa, koʼzga tashlanmasa ham, u jamiyatga oʼz taʼsirini koʼrsatmay qolmaydi, axborotning taʼsiri natijasida jamiyatda mavjud boʼlgan obʼektiv ichki mexanizmlar, qonuniyatlar ishga tushadi. Boshqarish uzoq davom etadigan jarayondir, boshqacha qilib aytganda, axborotning jamiyatni boshqarish jarayoni uzluksiz davom etadi va uning doimiy hamrohiga aylanadi.
Jamiyatda jurnalistikadan tashqari unga taʼsir qiladigan boshqa kuchlar ham mavjud. Lekin axborotning jamiyatni boshqarish roli, funktsiyasi qatʼiy va majburiy emas, u koʼproq demokratik xarakterga ega boʼlib, koʼngilli va ixtiyoriydir. Lekin OАV (auditoriya istak-xoxishi, maqsadi va ehtiyojlarini toʼgʼri hisobga olib) maqsadga qarab aniq yoʼnaltirilsa, bir yoqadan bosh chiqarib, samarali harakat qilinsa, uning taʼsir darajasi juda katta boʼladi.
Bizning davrimiz aynan axborot asriga to'g'ri keldi. Ya’ni axborot qimmat va ayni paytda “tez eskirib”, o'z qadr-qimmati, ahamiyatini yo'qotadigan mahsulotga aylanadigan zamonda yashayapmiz. Shunday ekan, bugun hech bir mamlakatni, hech bir jamiyatni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu jabhada televidenie, teleko'rsatuvlar, ayniqsa axborot dasturlari o'ziga xos o'rin tutadi.
Telejurnalistikaning har uchala yo'nalishdagi janrlari orasida axborot janrlari dastlabki yillarda juda tez rivojlandi. Yangilik topish, tarqatish va uzatishda kuchli raqobat muhiti vujudga keldi. Agar butun dunyo axborot xizmatlari faoliyatiga nazar tashlasak, bu yaqqolroq ko'zga tashlanadi. “BBC”, “CNN”, “Al-Jazira”, “En-Eych-Key “telekanallari nima uchun butun dunyoda obro' qozondi. Axborot tayyorlash va tarqatish borasida keng ko'lamli raqobat yuzaga kela boshlagandi.
Misol uchun, jahonning etakchi telekompaniyalaridan biri hisoblangan “Al-jazira” telekanali axborot etkazish borasida o'z o'rnini topib olgan kanal sifatida auditoriyaga tanilib ulgurgan. 24 soat davomida o'z teledasturlarini sunъiy yo'ldosh orqali uzatadi. Kanalningshtab-kvartirasi Qatarning “DOXA” shaxrida joylashgan bo'lib, uning auditoriyasi soni 35 million deb eъtirof etiladi. Kanal dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida o'zining muxbirlar byurosiga ega. “Al-Jazira” telekanali efir orqali yangiliklar, tahliliy ko'rsatuvlar, tok-shou va hujjatli fil`mlar berishga ixtisoslashgan.
Kanalning bir yillik byudjet ko'rsatkichi 30 million AQSh dollari miqdorida bo'lib, bu mablag' bilan ularning arab amirlari orasida eng maъrifatparvar deb sanaluvchi, Qatarning xalifasi amir Hamid ibn Xalifa al-Toniy taъminlab turadi. Ushbu telekanal tashkil topgandan buyon mustaqil ravishda faoliyat yuritib keladi va u hech qachon Axborot Vazirligiga bo'ysunmagan. “Al-Jazira” telekanalining prezidenti Amirning amakivachchasi shayx Hamid ibn Temur al-Toniy hisoblanib, o'zining “Hukumat” jurnaliga bergan interv`yusida ko'p yillik ish faoliyati natijasida kanal deyarli barcha Yaqin Sharq mamlakatlari hukumatlarining g'azabini bir necha bor qo'zg'atganini aytadi. Qatar Xalqaro munosabatlar Vazirligining xatlari maъlum qilishga shu yillar mobaynida “Al-Jazira”ning ko'rsatuvlari bilan bog'liq rasmiy ravishda yuborilgan to'rt yuzdan ortiq eъtiroz kelib tushgan.
Rossiya ommaviy axborot vositalari 90-yillardan boshlab, o'zining har tomonlama Evropacha ko'rinishda takomillashib borishi bilan o'ziga xosdir. Bu davrga kelib Rossiya telekanallaridagi dasturlar AQShning yirik telekanallariga taqlid qilgan holda dasturlar tashkil etilishini ko'rishimiz mumkin. Bunga qaysidir ma’noda o'sha davrlarda Rossiyaning iqtisodiy qtiyinchiliklarga botib qolgani ham sabab bo'lgan edi. Biroq bu kanallar tezda o'zini anglab oldi. Shu bilan birga faqatgina o'ziga xos bo'lgan imidjini yaratdi. Ayniqsa axboriy ko'rsatuvlar tayyorlash va uzatish mobaynida tezkorlik, aniqlik, xolislik tamoyillariga rioya qilinishi, yer sharining istalgan nuqtasidan yangiliklarning to'g'ridan-to'g'ri etkazilishi auditoriyaning axbortga bo'lgan ehtiyojini qondirish bilan birga uning ishonchini ham qozona oldi.
Bugungi kunda telekanallarning eng katta g'oyaviy targ'ibot va tashviqotga ega ekanligi OAVlar ichida eng katta auditoriyaning yangiliklarga bo'lgan ehtiyojini qondirishi bilan asoslanadi. Dunyodagi barcha davlatlarda aholining deyarli 70-80 foizi o'zi uchun kerakli axborotni aynan televideniedan oladi. Bu ham fikrimizning dalili. 21-asrda sunъiy yo'ldosh orqali axborot qabul qilish va uzatish jarayoni Rossiya teletarmoqlari imkoniyatlarini nihoyatda oshirib yubordi. Bugungi kunda Rossiya televideniesini НТВ kanalisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ushbu kanal Rossiya jurnalistikasiga yangicha ruh baxsh etishda ulkan ishlarni amalga oshirdi.
НТВ telekompaniyasi 1993 yilda tashkil topgan bo'lib, federal maqomga ega yagona Rossiya xususiy telekanali hisoblanadi. 1994 yil 17 yanvarda НТВ yashil doira belgisi ostida federal kanalda paydo bo'ldi. “Boris Eltsin buyrug'iga asosan НТВ o'z ishini to'rtinchi chastotada olib boradi. Har kuni kechqurun soat 18:00da Kiselyovning “Itogi” va “Segodnya” dasturi efirga chiqadi”. Tomoshabinlarni o'shanda ko'proq Los-Anjelos Va Kanadadan sotib olingan g'arbning kinolari qiziqtirardi.
“Axborotni shunchaki xabar deb bilish noto'g'ri, u biz sezmagan holda bizning jamiyatimizni, hatti-harakatlarimizni va ongimizni boshqaradi” - degan edi germaniyalik nazariyotchi jurnalist Meri Kidmon. Biz axborotni tanishib faqatgina yangilikdan xabardor bo'lish bilan chegaralanmaymiz. O'ylaymiz, fikrlaymiz va natijada maъlum bir xulosa va to'xtamlarga kelamiz. Bu esa o'z o'rnida kelajak qaysidir o'rinda faoliyatimizga taъsir o'tkazmasdan qolmaydi. Biroq bu taъsir ijobiy yoki salbiy, foydali yoki foydasiz bo'lishi mumkin. Bu esa bevosita taъsir obъekti va uning yondashuviga borib taqaladi. Baъzi paytlarda axborot teskari taъsir etib, mutlaqo kutilmagan natijalarga ham olib kelishi mumkin. Albatta, mazkur jarayonda jurnalist mahorati va yondashuviga bog'liq bo'lib qoladi. Avvalo, tomoshabinga berilayotgan yangilik, xabar tezkor, xolis va to'g'ri etkazilishi, uning shu mavzuga doir bilimlarini to'ldirishi, shuningdek aniq bir xulosaga chorlashi lozim. Mazkur shartlarning birortasi ham bajarilmas ekan, jurnalist etkazmoqchi bo'lgan xabar ijtimoiy qimmatini yo'qotgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |