Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi sabriddinov asliddin diyoriddinovich


“O’zbekiston24” va “Uzreport” kanallarida efirga uzatilayotgan xabarlarga nisbatan teletomoshabin fikri, ishonish darajasi



Download 83,73 Kb.
bet9/12
Sana21.07.2022
Hajmi83,73 Kb.
#831614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Diplom ishi A.S (2)

2.2. “O’zbekiston24” va “Uzreport” kanallarida efirga uzatilayotgan xabarlarga nisbatan teletomoshabin fikri, ishonish darajasi.
Davlat va nodavlat axborot uzatuvchi asosiy kalnallarda efirga uzatilayotgan yangiliklar axoliga, este’molchiga qanchalik qiziqarli va tushunarli hamda ishonchli ekanligi borasida surushtiruv o’tkazilganda ko’pchilik tomoshabinlar “O’zbekiston24” kanalidagi lavhalar hajmi uzunligi va tili ortiqcha murakkab hamda “suv” gaplarga boyligi bilan tomoshabinni bir oz zeriktirishini bayon qilgan. “Uzreport” telekanalida efirga uzatiluvchi informatison lavhalar tili sodda ekanligi, hajmi qisqa va lo’ndaligi bilan tomoshabinga tushunarli ekanligi ta’kidlanga. Ammo butun O’zbekiston hududi bo’yicha olib qaralganda “O’zbekiston24” telekanali dasturlari ko’rimlilik va yetkazilayotgan ma’lumotlarga ishonish darajasi bo’yicha yuqori natijani qo’lga kiritganligini kuzatish mumkin. Tomoshabin qachon ko’rsatilayotgan voqelikka ishonadi, qachonki journalist tahlil qilsa, berilgan ma’lumotlarni solishtirib, taqqoslasa.
Jurnalist jamiyatda sodir bo'lgan voqea, hodisa, jarayon, vaziyatlarni o'rganadi, tahlil qiladi va yoritadi. Uning yoritayotgan mavzusi, jamoatchilik ahamiyatiga molik, ommani qiziqtiradigan va ularning talablarini qondirishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Tanlangan voqea qancha ko'p odamga taalluqli bo'lsa, uning dolzarbligi shuncha ortadi.
Voqelik nima? Voqelik – aniq, maъlum bir vaqt oralig'ida muayn makonda kutilmaganda yuzaga kelgan holat, harakatdir. U ijobiy-salbiy, barqaror-beqaror, oson-murakkab, chigal, jumboq va h.z. bo'lishi mumkin.
Voqeani yoritish, uning tarkibiy qismlari haqida aniq maъlumotlarni (voqeaning ishtirokchilari kimlar, ularning harakatlari, o'y-fikrlari, motivlari) talab etadi. Bunday maъlumotga ega bo'lish uchun savol sal boshqacharoq qo'yiladi. Masalan: voqea qaerda sodir bo'ldi va u qanday oqibatga olib keldi? Voqeada kimlar qatnashdi va ular qanday ijtimoiy guruhlarga mansub? Sodir bo'lgan voqea bilan bog'liq vazifalarni qanday va qaysi soha vakillarining harakati bilan hal qilinishi kerak? Muammoning echimiga ularning qanday aloqasi bor, huquq va majburiyatlari qanday? Voqea qay tarzda sodir bo'ldi va qanday natija berdi? Kutilmaganda ro'y bergan bu voqea qanday xususiyatlarga ega? Harakat turlari va usullarning voqea sodir bo'lgan joyga qanday taъsiri bor? Qanday yo'llar, usullar, kuchlar, chora-tadbirlar vositalar yordamida natijaga erishildi? Qanday harakatlar ijobiy natijalarga olib keldi va u kim tomondan ilgari surildi? Bu kabi savollar jurnalistning voqea haqida qanday tasavvurga ega bo'lishida juda muhim. Shunday savollarga tayanib voqea bilan bog'liq jarayonlarni, uni keltirib chiqargan sabab va omillarni o'rganadi.
Jurnalist har qanday voqeaning asosini, tarkibiy qismini unda unda ishtirok etgan turli ijtimoiy guruhga mansub odamlarning aniq soni, ularning muayyan joy, hudud va vaqt oralig'ida amalga oshirgan harakatlari, alohida holatlari, intilishlari, erishgan natijalarini aniq vazifalar asosida tahlil qilishi zarur. Har qanday voqeaning tarkibiy tuzilishi: qanday voqea, qachon va qaerda sodir bo'ldi, degan asosiy savollarga javob berishi lozim.

Voqelikning tahlil qilish “nima uchun”, “qanday qilib”, degan savollarning tug'ilishi bilan boshlanadi. Sodir bo'lgan voqea-hodisalar ichidan eng muhim, eng dolzarb jihatni topish jurnalist uchun juda ahamiyatli. Bunda oddiy bir detal ham tahlil jarayonida katta echimga olib keladigan natija berishi mumkin. Bu esa osonlikcha kechmay, balki jurnalistdan mavjud sharoit yaxshi o'rganishni, u haqida etarlicha bilimga ega bo'lishni talab etadi.


Agar jurnalist tahlil jarayonida voqelikka nisbatan jamoatchilikning qiziqishlari darajasini bilib olsa, voqelikning ahamiyatini ko'rsata oladi.
Qiziqishlar – odamlar hulqini, ehtiyojlarini ko'rsatuvchi muhim asos, omildir. Mohiyatiga ko'ra bu qiziqishlar jamiyatning umumiy manfaatlariga tegishli yoki mustaqil bo'ladi. Jurnalist umumiy manfaatlar xizmat qilishi kerak. Ko'pincha jurnalist tahlil chog'ida jamiyatdagi qiziqishlar o'rtasida qarama-qarshilik mavjudligiga, ularning shakli va rivojlanishi o'ziga xos ekanligiga duch keladi. Bunga tabiiy qarash kerak. Chunki aynan ana shu qarama-qarshiliklar muammoga oydinlik kiritish va uning to'g'ri hal etilishiga xizmat qiladi.
Jurnalistik faoliyat jamiyatdagi muayyan obъektni o'rganish, u haqida xabar berishdek aniq maqsadga yo'naltirilgan birlamchi vazifalari bilan bog'liq. Ikkinchi tomondan, jurnalistik faoliyat voqelikni anglash, uni o'z tasavvurlarida idrok etish va tafakkur doirasida aks ettirish, yaъni sof ijodiy jarayondir. Jurnalistik faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan ijodiy maqsad bilan bog'liq vazifalarga rus olimi A.Tertichnыy quydagilarni kiritadi:
- voqelikning (u yoki bu darajada) muayyan axboriy «modeli»ni yaratish;
- sabab-surishtiruvlar, munosabatlarini o'rnatish;
- voqelikning ahamiyatini (bahosini) ko'rsatish;
- voqelikning kelgusidagi rivojini (prognozlash)bashorat qilish;
- voqelikka bog'liq faoliyat rejasi, dasturlarini shakllantirish.1
Bundan tashqari jurnalistning bevosita faoliyatiga taalluqli vazifalar ham bor. Ularga quyidagilar kiradi:
- tahririyat topshirig'ini bajarish;
- qahramonning haqiqatini qaror toptirishga yordamlashish;
- iste’dodini namoyish etish;
- hodisada kim aybdorligini tushuntirish;
- hamkasblariga “tanbeh” berish;
- gonarar ishlash va h.z



Download 83,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish