KAZUSLAR:
1. Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” romanida har bir qahramonning
so‘zi, harakatlari, amalga oshirgan ishlaridan uning ichki dunyosini, odamiy
qiyofasini ochib beradi. Romandagi tasvirlar va fikrlar tahlili asosida Petr
Petrovich Lujinga baho bering. Lujin obrazida qanday xususiyatlar mujassam?
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 195-moddasi. Atrof
tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik
Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki
boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlashi yoki bunday
ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda
kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz
baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Mazkur
moddaga akademik yozuv talablari asosida izoh yozing, moddadagi
tushunchalarga ta’rif bering, normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini
ko‘rsating.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 194-moddasi. Atrof
tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish
yoki buzib ko‘rsatish Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan
zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy
muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam
hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda
ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni
qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi,
hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki
yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan
mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Mazkur moddaga akademik
yozuv talablari asosida izoh yozing, moddadagi tushunchalarga ta’rif bering,
normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ko‘rsating.
Javoblar
1.Jinoyat va jazo asarida har bir qahramonning so‘zlari, amalga oshirgan
ishlari, harakatlari ularning odamiy qiyofasini ichki dunyosini ochib beradi.
Asar qahramonlaridan biri bo‘lgan Petr Petrovich Lujin zamon bilan hamnafas
bo‘lishni xohlaydigan kishilardan bo‘ladi. U jamiyatdagi yoshlar olib
borayotgan tanqidiy fikrlar va amaldorlar haqidagi fikrlarini o‘rganishni
xohlaydi. Shu sababli ham bir zamonlar shogirdi bo‘lgan Lebezyatnikovnikiga
kelib joylashadi Petrburgda. Uning asosiy maqsadi tanqidchi yoshlarning
g‘oyalari va qarashlaridan xabardor bo‘lish edi. Lujin har doim o‘zini
qadrlarydigan,o‘zini yuksak saviyali shaxs deb hisoblaydigan shaxs. Bunga
yorqin misol Dunya bilan bo‘lgan munosabatidagi harakatlaridir. Lujin Dunya
bilan unashtirilishidan va u haqidagi ma‘lumotlarni bilishidan oldin shunday
qizni uchratishni juda ham xohlagan edi. U itoatkor, odmi va sodda bo‘lgan bir
qizni uchratishni va o‘sha qiz bilan baxtli hayot kechirishni ko‘p xayol qilar edi.
Dunya aynan uning orzu va o‘y-xayollaridagi qiz edi. Unga qanday umr
yo‘ldosh kerakligi va aslida Lujinning qanday inson ekanligi uning Dunyaning
onasiga aytgan gaplaridan bilib olish mumkin. Uning aytishicha,xotin kishi
eridan pastroq tabaqada bo‘lishi va erining so‘zlarini amr sifatida qabul qilishi
va unga so‘zsiz itoat etishini xohlashini aytib o‘tadi. Fikrimcha uning qanday
inson ekanligi aynan Dunya bilan munosabatlari tugayotgan vaqti aytgan gaplari
va harakatlarida namoyon bo‘ladi. U Dunyaning aslida Svidrigaylov bilan
bo‘lgan masalada mutlaqo aybsiz ekanligiga ishonch hosil qilgani uchun ham
uylanmoqchi bo‘lgan edi. Barchasidan xabardor bo‘lsada Dunyani yomon
so‘zlar bilan haqorat qiladi ayni shu damda u o‘zining qanday inson ekanligini
birinchi marta aniq ko‘rsatgan edi. Lujin obrazida faqat o‘zini o‘ylaydigan, har
qanday sharoitda ham o‘zining manfaatini ustun qo‘yuvchi, o‘z aybini ko‘ra
bilmaydigan faqat o‘zgalr aybini ko‘ruvchi shaxs tasvirlangan deb o‘ylayman.
Lujin o‘z manfaatlari yo‘lida begunoh bir qizni ham ayblashdan tap
tortmaydigan qabih kimsalar qatoriga kiradi. Pulxeriya Roskolnikovning
bo'lajak kuyovi bo`lgan Petr Petrovich Lujin idora xizmatchisi, maslahatchisi
edi.
U sipo va salobatli inson , shunimgdek o'ziga yarasha dimog'dor ham edi.
Pulxeriya Roskolnikov uning mag'rur ekanligini uni birinchi marta
ko'rganida anglagandi. Uning mag'rurligini shundan bilish ham mumkin ediki, u
ning gapiga quloq solib o'tirganlarni yaxshi ko'rardi. Lujen ishning ko'zini
biladigan, tejamkor insonligi asardan orqali bilib olishimiz mumkin.
Roskolnikov Uning qanday inson ekanligini onasi yozgan xat orqali bilib olgan
edi. Onasiga unchalik yoqmagani bu xatta korinib turgan edi. Lujen
Roskolnikovning onasiga chartakiroq ko'rindi, aslida ham shunday edi.
Lujenning qanchalik tejamkor, o'zini o'ylaydigan, o'z manfattini ustun qoyuvchi
inson ekanligini Roskolnikovning " Petr Petrovich bunaqa, u ishbilorman odam,
shunday ishbilormanki, to'g'ri kelgan yerda, izvoshdami, sal bo'lmasa temir
yo'ldami nikoh o'qitib ketaveradigan ishbilorman " - degan so'zlari orqali ham
bilib olishimiz mumkin.
2. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish
choralarini ko‘rmaslik Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni
dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin
tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning
ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
1.Ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?
Dezaktivatsiya qilish bu - radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obyektlar
(suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-
yarogʻlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalash, ommaviy shikastlash
vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash (suzish)
qurilmalari bilan, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi
kimyoviy moddalar bilan tozalanadi. Dezaktivatsiya samarasi radiometr bilan
tekshirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz
berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va favqulodda holatlarda ishlatiladi.
2. Boʻyin tovlash deganda nimani tushunasiz? Fuqarolarning mamlakat
konstitutsiyasida nazarda tutilgan oʻz fuqarolik burchini bajarishdan bosh
tortishi. Bu, avvalo, chaqiriluvchining uzrli sabablarsiz chaqiriq komissiyasiga
yetib kelmaganligida ifodalanadi. Rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan turli
holatlar chaqiriq joyiga kelmaslikning uzrli sabablari boʻlishi mumkin.
3. Aholining ommaviy ravishda kasallanishi nima?
Aholining ommaviy kasallanishi nima? Ikki yoki undan ortiq shaxsda
organizmning biologik xususiyatlarida patalogik oʻzgarishlar roʻy berishi,
sogʻliqning jismoniy, ruhiy yoki boshqacha buzilishi tushuniladi. Tabiatni
muhofaza qilish — tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni
inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va
umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada
boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish
tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab
chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga
oshiriladigan tadbirlar kiradi. Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat
taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi,
tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa
vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar
yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari
yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga
ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan
holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara
insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatildi. Inson faoliyati ifloslanishning
asosiy sabablaridan biridir.Texnologik rivojlanish hayot sifatini yaxshilashda
muhim yutuqlarni qo'lga kiritdi, ammo atrof-muhitga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Har xil ifloslanish turlari mavjud, ular orasida havo, suv va tuproq hayot uchun
muhim:
Havoning ifloslanishi: gazlar chiqindilari va yoqilg'ining yoqilishi tirik
mavjudotlar nafas olayotgan havoga ta'sir qiladigan ushbu turdagi
ifloslanishning asosiy generatorlari hisoblanadi.
Suvning ifloslanishi: dengizlar, daryolar va ko'llarga ta'sir qiladi, chunki
suv tarkibida ko'p miqdordagi elementlar yoki toksik moddalar mavjud bo'lib,
ular uni zararli qiladi va uni iste'mol qilishga yoki foydalanishga yo'l qo'ymaydi.
Tuproqning ifloslanishi: Bu sanoat chiqindilari, shahar axlatlari,
zararkunandalarga qarshi vositalardan foydalanish, tog'-kon ishlari va boshqalar.
Afsuski, bu holatlar hali oramizda tabiat boyliklariga to‘g‘ri munosabatda
bo‘lmayotganlar borligini ko‘rsatayotir. Bu vohada keng jamoatchilikni
birlashtirib, ona tabiatni avaylab-asrashni, atrof-muhit muhofazasiga e’tiborni
yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
3.Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish Maxsus vakolatga ega mansabdor
shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar
yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi
yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha
tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir
ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining
ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi
yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
1. Qasddan maʼlumotlarni yashirish deganda nimani tushunasiz? Qasddan
maʼlumotlarni yashirish deganda, tegishli maʼlumotlarni, ularni qabul qilishga
huquqi bor yoki ularni qabul qilishga muhtoj boʻlgan tegishli shaxslarga
yetkazmaslik tushuniladi. Shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga yoki atrof
tabiiy muhit uchun xavf tugʻdiradigan holatlarga aytiladi.
2. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz? Atrof
tabiiy muhitning ifloslanishi deganda, xo'jalik va boshqa faoliyat, tabiiy
kuchining halokatli taʼsiri, falokat yoki ofat oqibatida inson sogʻligʻiga, tabiiy
ekologik tizimga, oʻsimlik va hayvonlarning genetik fondlari xolatga tahdid
soluvchi atrof tabiiy muhitning doimiy salbiy oʻzgarishi sodir boʻladigan
hududni, shuningdek, suv va havo boʻshliqlarining radiatsiyaviy, kimyoviy,
bakteriologik yoki boshqacha ifloslanishga aytiladi.
3. Atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi deganda nimani
tushunasiz? Atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi deganda, tuproqda,
suvda, atmosfera havosida, oʻsimliklarda radionukleidlarning tabiiy miqdoriga
nisbatan yomonlashuvida, ionlashtiruvchi nurlarning kuchida ifodalanuvchi
radiatsiyaviy fonning oʻzgarishi tushuniladi.
4. Atrof tabiiy muhitning kimyoviy ifloslanishi deganda nimani
tushunasiz? Atrof tabiiy muhitning inson sogʻligʻiga, tabiiy ekologik tizimga,
oʻsimlik va hayvonlarning genetik fondlari holatiga tahdid soluvchi kimyoviy
moddalar, chiqindilar va boshqa turdagi kimyoviy ifloslanish chiqarib tashlash
oqibatida kelib chiqqan doimiy salbiy oʻzgarishdir.
5. Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxs deganda nimani tushunasiz?
Maxsus vakolatga ega boʻlgan mansabdor shaxs - bu faoliyati atrof tabiiy
muhitni holati yomonlashishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan
davlat organlarining hamda korxona muassasa, tashkilotlarning mansabdor
shaxslari.
6. Axloq tuzatish ishlari deganda nimani tushunasiz? Axloq tuzatish
ishlari – Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy jazo turi. Mahkumni axloqan
tuzatish – unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, inson, jamiyat va mehnatga,
jamiyat turmushi qoidalari hamda an’analariga hurmatni shakllantirishdan
iborat.
7. Muayyan huquqdan mahrum qilish nima? Shaxsni muayyan huquqdan
mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar,
muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu
faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki
faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini
takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini
bashorat qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash,
ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta’siri monitoringini
amalga oshirishdan iborat. Atrof ifloslanishi butun dunyoning muammosi
hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu muammoga ancha vaqtlardan
beri jiddiy eʼtibor berib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida bu katta
muammolardan biridir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan 2021 yilning 30 dekabr kuni “Respublikada
ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada
samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni, shuningdek, “Atrof-
muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” qanun qabul qilindi. Ona
yerimizni himoya qilish har birimizning asosiy burchimizdir. Tabiatning o‘zi
zargarga o‘xshaydi. Uning bag‘ridan unib chiqqan har bir giyoh, har bir daraxt,
o‘rmonlar, hayvonot olami o‘ziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl
qilinishining oldini olish, muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi
emas, balki barchaning burchidir. Chunki, biz yashayotgan hudud musaffoligi,
ekologik muvozanat barchamizga birday daxldordir. Muxtasar qilib aytganda,
ona tabiatga mehr-muhabbatli bo‘laylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda
ekologik tarbiyani kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar
maskani va daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy
go‘zalliklarga ziyon yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va xayotning
davomiyligi uchun shunchalik ko‘p qayg‘urgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |