2.BOB. INFORMATSION KANALLARNING KANALLARNING AXBOROT UZATISHDAGI O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI. TENDENSIYALAR UMUMIYLIGI.
2.1. “O’zbekiston24” va “Uzreport” telekanallarida boshlovchi, reportyorlar imidji hamda jurnalistik mahorati
Barcha ommaviy axborot vositalarining oʼz mohiyatiga koʼra, birinchi va funktsiyasi – shaxs, davlat va jamiyatning axborotga boʼlgan ehtiyojini qondirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼyar ekan, televidenie ushbu vazifani boshqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan toʼliq, ishonchli va taʼsirliroq bajara olishi bilan ahamiyatlidir. Soʼnggi yillarda televidenie sohasi misli koʼrilmagan darajada taraqqiy etdi. Yuqori texnologiyalar, axborot yetkazish jarayonining kompьyuerlashtirilishi, sunʼiy yoʼldosh tizimlarining takomillashtirilishi televidenie imkoniyatlarini cheksiz kengaytirib yubordi. Аxborot eng avvalo tor va muayyan maʼnoda qoʼllanadigan boʼlsa, u odamlarni mamlakat ichkarisi va dunyoda roʼy berayotgan voqealardan xabardor etish, yanada aniqroq qilib aytadigan boʼlsak, yangiliklar namoyishini anglatadi. Shu nuqtai nazardan qaralsa, televideniening OАV sifatidagi informatsion vazifasini kengroq va chuqurroq tahlil etishga imkon tugʼiladi. Televizion dastur konteksti bilan uygʼunlikda har qanday koʼrsatuv qoʼshimcha informatsion boʼyoqqa ega boʼladi.
Zamonaviy hayotimizda ijtimoiy axborotga boʼlgan ehtiyojni muntazam ravishda qondirib turish tabiiy holga aylanib ulgurdi. Jahonda sodir boʼlgan voqealar haqidagi reportajlar va ogʼzaki xabarlardan iborat informatsion dasturlar har qanday telekanal kunlik efir setkasining tayanch nuqtalari boʼlib qoldi. Odatda, boshqa telekoʼrsatuv va dasturlar yangiliklar bloklari orasida joylashtiriladigan boʼldi. Аxborot dasturlarining anʼanaviy joyi va vaqtidan koʼchirishga favqulodda holatlardagina yoʼl qoʼyiladi. Аyrim hollarda yangiliklar dasturiga voqea joyidan uyushtiriladigan bevosita reportajlar kiritiladi. Buning uchun hodisa yuz bergan vaqt dastur vaqtiga mos kelishi va uning oʼzi namoyish etishga arzigulik mazmunga ega boʼlishi lozim. Аuditoriyaga tezkor axborotni “aralash” holda yetkazish va shu yoʼl bilan informatsion ehtiyojni qondirish uchun yangidan-yangi usullar ishlab chiqilmoqdaki, bu oʼz navbatida telekanallarning barcha talablariga javob beradigan darajaga yetishi uchun muhim omil boʼlib xizmat qilayotir. Tabiiyki, barcha telekompaniyalarda ham oʼz efirini bevosita reportajlar bilan toʼldirib borish, “yuz bergan” emas, balki “yuz berayotgan” voqea-hodisalardan xabardor etishga imkoniyat yetarli emas. “Uzreport TV” da “7/24 Yangiliklar” axborot dasturida mahalliy yangiliklarga keng urgʼu qaratiladi. Tezkorlik bilan chiqishlar uyushtiriladi. Maʼlumki, milliy davlat telekanallari xorijda haligacha oʼz muxbirlariga ega emas. “Jahon” axborot agentligi xorijda boʼlgan tadbirlardan reportajlarni televideniega taqdim etadi.
Jurnalistika amaliyotida yangilik jamoatchilikka etkazish uchun arzirlimi degan savolga javob hamisha tayyor bo'lishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, buning uchun 3 ta savolga javob berilishi joiz. Dunyodagi etakchi ommaviy axborot tarqatuvchi telexizmatlar axborot bozorida bugun muhim deb hisoblangan voqea-hodisalarni tez va aniq etkazish borasida o'zaro kurash olib boradi. Avvalo, jamoatchilikka taqdim etilgan xabar yangiligi . Televidenieda uning yangiligi uzog'i bilan bir kun saqlanishi mumkin. Hattoki bir yoki bir necha soatgacha saqlanadi. Baъzida soniyalarni ham qamrab oladi. Shuning uchun ham televidenie tabiatidan kelib chiqib, xabar etkazishning o'ziga xos yangi shakl va uslublari paydo bo'lmoqda.
Beriladigan keyingi savol esa, yangilikning muhimligi. Muhim bo'lmagan, unchalik ahamiyat kasb etmaydigan mayda yangilik uchun vaqtni yo'qotish hamda texnikani jalb etish shart emas. Boshqa tomondan, shu kichkina yangilik “pashshadan fil yasash”dek ahamiyat kasb etib ketsa-chi? Bunday paytlarda muharrir bilan voqeaning muhimligini muhokama qilib olish eng maqbul yo'l sanaladi.
Va, nihoyat, eng so'nggi savol: yangiliklikning qiziqarliligi. Tomoshabinda qiziqish uyg'otuvchi bir qancha omillar bor:
- ziddiyatli holatlar (jarayonning kechishi: ziddiyatning yuzaga kelishi, rivoji, nima sodir bo'lgani, kim g'olib yoki mag'lub bo'lgani, echimi);
- tomoshabinga yaqinligi (o'z hovlingdagi to'polon, qo'shni hovlida bo'layotgan shovqindan ko'ra qiziqarli);
- hissiyot uyg'ota bilishi;
- maъlum shaxslar bilan aloqadorligi;
- noodatiyligi (it odamni tishlagani emas – odam itni tishlagani kabi);
- foydaliligi;
- auditoriya manfaatlarining hisobga olinishi (misol uchun futbol ishqibozlariga etkaziladigan natijalar). “Uzreport TV” ijodkorlari axborot ko'rsatuvlarini tayyorlashda uning yangiligi, muhimligi va qiziqarliligidan tashqari, uning formatiga ahammyat qaratishadi. Inson psixologik nuqtai nazardan hamisha yangilikka, axborotga ehtiyoj sezadi. Axborot qaysi usul yoki formatda uzatilmasin, birinchi bo'lib, tez uzatish zamonaviy jahon televidenielarining bosh xususiyatidir.
Format (nemischa format, frantsuzcha format – lotincha forma – ko'rinish, qiyofa degan maъnoni anglatadi). Televidenieda format haqidagi qarash hamda fikrlar ilmiy jamoatchilik tomonidan deyarli o'rganilmagan va shuning uchun ham terminologik nuqtai nazardan mazkur tushunchalar tizimga solinmagan. Format atamasi turli telekompaniyalarda turlicha qo'llanadi. Ko'p hollarda u amaliyotda muharrirlar tomonidan jargon sifatida ishlatilmoqda.
Televizion yangiliklarning og'zaki xabar turidan jahon telekanallarida singari milliy kanallarimizdan keng foydalaniladi. Mazkur usul televideniega radiodan kirib kelgan. oqea-hodisalar suratga olinmay, faqat og'zaki axborot berib qo'yilgan. Televidenie paydo bo'lgan dastlabki yillardan hozir-hozirgacha bu usuldan barcha kanallar foydalanadi. Xabarni boshlovchi kadrda turib o'qiydi. Odatda bunday usuldan videomateriallar yo'q paytda foydalaniladi. Baъzi hollarda og'zaki xabardan so'ng, “podvodka” o'qilib keyingi materialga o'tiladi. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijga safari yoki xorij davlat va hukumati rahbarlarining mamlakatimizga kelishi munosabati bilan televizion yangiliklarning bu turi qo'llaniadi. Biror-bir sportchimizning xorijda erishgan yutug'i, video varianti bo'lmagan
taqdirda, og'zaki tarzda etkazilishi mumkin. Xorijda esa konkret videomaterial yo'q paytda xabarni tezkor etkazish uchun qo'llaniladi. “Uzreport TV”da ham bu usuldan keng qo'llaniladi. Odatda chiqish avvalida bu formatdan keng foydalaniladi. “Uzreport TV” qo'llaniladigan yana bir usul to'g'ridan-to'g'ri ulanishdir. Bu format televizion yangiliklarning eng muhim va keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bu boshlovchi bilan muxbirning dialogi hisoblanadi. Undan tashqari boshqa efirga chiquvchilar – muxbir, ekspert, guvoh va boshqalar bilan ham dialogga kirishish mumkin. Yarim jonli ulanish (psevdovklyuchenie) – mazmunan to'g'ridan-to'g'ri ulanish bilan bir xil maъnoni anglatib, faqat oldindan yozib olinishi bilan farqlanadi. Aksariyat mutaxassislar bu usulni tomoshabinni aldash deb baholashadi. Unda ham voqea haqidagi kerakli axborot etkazilsa-da, ammo qimmatbaho texnika, ko'chma televizion stantsiya talab qilinmaydi. Bunda jurnalistga to'g'ridan-to'g'ri efirga ulanishdagi kabi masъuliyat yuklanmaydi, hissiyotlar ham jonli efirdan ancha farq qiladi. Chunki, telereportyor xatoga yo'l qo'ysa yoki jumlalarda adashsa takroran yana studiya bilan ulanishi, dubl` qilishi mumkin.
Televizion yangiliklarning eng mashhur formati televizion syujet bo'lib, reportaj, ocherk, lavha va zarisovka janridagi ko'p uzvli televizion asar bo'lib, kadr orti matnlari muallif tomonidan yoziladi. Televizion syujet o'zida sinxron, layf, baъzida musiqiy bezaklarni ham qamrab oladi. Syujet matni mualliflik uslubida bo'lib, kanal va ko'rsatuv formatidan kelib chiqiladi. Unda odamni o'ylantiradigan, hayratlantiradigan yumor, kinoya, kesatiq, piching, grotesk elementlari, so'z o'yini, boshqa tasviriy vositalar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, syujet maъlum kompozitsiyaga ega bo'ladi. “Uzreport TV” da syujetlarga keng ahamiyat qaratiladi.
- Jurnalist uchun xalq dardi har qanday shaxsiy manfaatdan ustun.
- “So'z erkinligi” tushunchasi jurnalist uchun qanday maъnoga ega? – Jurnalistning “so'z erkinligi” haqiqatni aytishi va haqiqatni aniqlashiga qaratilgan.
Vijdon tushunchasi jurnalist uchun qanday ahamiyatga ega? – Kishining kasbidan qat’i nazar qanday inson ekanligini namoyish etuvchi xususiyat uning vijdonli shaxs ekanligi bilan bog'liqdir, shu jumladan jurnalistning ham.
Xo'sh , shu o'rinda professional jurnalist qanday bo'lishi kerak? degan savol tug'iladi.
- Yoritilayotgan hodisaning ishonchli ekanligini aniqlash.
- Voqeaga xolislik printsipi bilan yondoshish.
- Har qanday holatda ham insonlarning xatti-harakatlarini baholashdan qochish.
- Kamida ikki yoki uch ilmiy mulohazalar (interv`yular)dan foydalanish.
O'rganilayotgan material aholiga biror bir yangilik bermasa, ogohlantirmasa va odatdagi axborotlardan biri bo'lsa,
жамиятга ахборот етказиб бериш вазифасини ҳам бажаради.
unga mehnat zoe ketkazmaslik.
Matn tuzishda va uni o'qish chog'ida ortiqcha istehzoli so'zlar va ohanglarni ishlatmaslik.
Shaxsiy va oilaviy sirlariga oid materiallarni yoritishdan qochish.
Har qanday hodisani yoritganda manipulyatsiya taъsiriga berilmaslik va o'zi ham manipulyator bo'lib qolmaslikka intilish lozim.
“Uzreport TV” informatsion dasturlaridagi yangiliklarni olib boruvchi jurnalist o'z fikri, munosabatini bildirish, tomoshabinlarni o'qitish uchungina diktor o'rnini egallamagan. Gulnoza Husanova, Dilafro'z Qulmatova singari ijodkorlar yutug'i ham shunda. Aslida jurnalist ham diktor, ham suflerda yozilgan matnni o'qib beradi. Informatsion dasturlarni olib boruvchi shaxs oddiy matnni o'qib beruvchidan farqlanishi lozim. Yangiliklarni olib boruvchi jurnalist chiroyli, kelishgan, efir vaqtida har bir so'z, jumlani aniq va to'g'ri talaffuz qilishi, kiyinish madaniyati joyida, undan tashqari u o'zining boshlovchilik qila olish qobiliyati bilan tenglovchilarga yoqishi, qo'pol bo'lmasdan demokrat bo'lishi, voqelikni tushunish uning yuzidan, qiyofasidan sezilib turishi lozim. U o'zini erkin tutishi, xabarni lo'nda, qisqa, ixcham va mazmunli hamda qiziqarli tayyorlab, tomoshabinlarni xabardor etishi hamda shevalardan, siyqasi chiqqan so'z va jumlalarni ishatmasligi kerak. Odatda informatsion teledasturlarni olib boruvchi boshlovchi yoki jurnalistdan tomoshabin diqqatini o'ziga qarata olib, bunday holatni oxirga daqiqagacha ushlab turish qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi. Go'yo sohilga langar tashlangan kemadek, tomoshabinni ham shunday tutib turish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur.
Shu o'rinda yana bir savol tug'ilishi tabiiy: – professional jurnalist qanday bo'lmog'i kerak? Darhaqiqat, professionallikni talab qiladigan bunday kasb egasidan zehnli, chaqqon, izlanuvchan, kirishimli va lider bo'lish talab qilinsa, adolatli, odamgarchilik, kamtarlik kabi xislatlarning bo'lishi uning erishgan yutug'idir. Kezi kelganda u o'z manfaatini emas, balki xalq dardini eshitishi, uning manfaati yo'lida xizmat qilishi, uni yuzaga chiqarishi, bir so'z bilan aytganda, xalqning yuragi bo'lishi kerak. Jurnalist, birinchidan, ijtimoiy maъlumotni qabul qilgach, tahlil qilib, ishlangan axborotni jamiyatga qaytaradigan soxa, ikkinchidan, bu soha bilan bog'liq maxsulotlar-xabar, yangilik, interv`yu, telereportaj, ocherk, uchinchidan, tayyor mahsulotni uzatadigan manbalar – gazeta, jurnal, radio, axborot agentliklari, to'rtinchidan, internet – barcha sohaga oid manbalarni qamrovga olganligi bilan bog'liq.
- Jurnalist, eng avvalo, hayotni obъektiv yorita bilishi lozim. Xalq bilan birga bo'lib, uning hayot tarzidan kelib chiqqan holda ko'pchilikning xohish-istaklarini amalga oshirishga yordam berishi, shu bilan birgalikda jamiyatga axborot etkazib berish vazifasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |