2-mavzu. Tabiat, inson, salomatlik. Intervyu olish va intervyu berish qoidalari. Reportaj tayyorlash
O‘qish uchun material
Tabiat va inson
Insonlar qadim zamonlardan beri tabiatni sevib ardoqlashga, o‘zlarini yashab turgan muhitning bir bo‘lagi sifatida his qilishga odatlanganlar. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”da ham yer, suv va unum ma’budalari, tabiat bilan bog‘liq kultlar haqida ma’lumot berilar ekan, ularning negizida tabiat va uning ne’matlariga ehtirom hislari mavjudligi e’tirof etiladi. O‘zbek xalqining og‘zaki ijod namunalarida, buyuk allomalarimizning asarlarida, har bir oilaning madaniy va ma’naviy merosi zamirida ham ona tabiatga bo‘lgan mehr yotadi.
Ajdodlarimiz o‘zi yashab turgan hududni “ona yurt”, muhitni “ona tabiat” deb e’zozlab kelganlar. Ular qanday iqlim, qanday tabiiy sharoitda yashamasinlar, shu joyga moslashib, tabiiy resurslar bo‘lmish – suv, havo, tuproq, quyosh nuri va haroratini, hayvonot olamini, tabiat in’omlarini qadrlab kelganlar. Inson doimo tabiat bilan uyg‘unlikda yashagan.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uygunlikni ta’minlashda ekologik tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ekologik ta’lim va tarbiya XXI asr shaxsini shakllantirish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. So‘nggi yillarda atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizni saqlash va asrab-avaylash muammolariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” (1992), “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” (1997), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” (1993), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”(1997), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”(1996) va boshqa qonunlar asosida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Vatanni sevish tabiatni sevishdan boshlanadi, yoshlarda ona tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘ysini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas.
O‘zbеkistonning o‘simlik dunyosi
Mamlakatimiz hududida to‘rt mingdan ortiq o‘simlik turi mavjud. Ularning ko‘pchiligi yovvoyi, ayrimlari madaniy holda va ba’zilari madaniy o‘simliklar orasida bеgona o‘t sifatida o‘sadi.
O‘zbеkiston tabiati nihoyatda xilma-xil va go‘zaldir. Baland tog‘lar, lalmikor
qir-adirlar, qumloq cho‘llar, suv omborlari, daryolar, sеrhosil dalalar, ko‘m-ko‘k o‘rmon va mеvazor bog‘lar O‘zbеkistonning ko‘rkidir.
Cho‘llarda suvsizlikka chidamli tikanli o‘simliklar bilan bir qatorda, namni kam bug‘lantiruvchi saksovul daraxtlari o‘sadi.
Insoniyat hayoti o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘liq, chunki o‘simliklar insonni to‘ydiradi, kiyintiradi, havoni tozalaydi, xo‘jalik va qurilish matеriali sifatida foydalaniladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, namlikni ushlab turadi, tuproqni oziqlantiradi. O‘simliklarning eng ajoyib xislatlaridan biri – ularning shifobaxshligidir. O‘simliklar bo‘lmasa, hayotning o‘zi ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni asrab- avaylash, o‘sib, ko‘payishiga yordam bеrishimiz lozim. Yashil olam insoniyatning eng yaqin do‘sti ekanligini unutmaylik.
Lug‘at
zardushtiylik – зараостризм
ma’buda – икона
iqlim – климат
lalmikor – богарный, неполивной
uzviy bog‘liq – тесно связано
“Tabiat va inson” mavzusi bo‘yicha tuzilgan
“Muammo” texnologiyasi
Tabiatda mavjud muammolardan birini tanlab, uni yechishga qaratilgan
Мuammoning turi
|
Мuammoning кеlib chiqish sabablari
|
Мuammoni yechishda sizning harakatlaringiz
|
Muammoni yechishdagi to‘siqlar
|
Тоza ichimlik suvining kamligi
|
Suvni toza saqlashga e’tibor ning kamligi..
|
Suvni saqlashga oid tadbirlarlar o‘tkazish
|
Targ‘ibotchi va tashviqotchi kadrlar mahorati ning pastligi
|
|
|
|
|
She’rni ifodali o‘qing
JAYRON
Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq —
Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq,
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Zor yig‘lading buncha ham hayhot,
Menda ham bor sendagi sayyod,
Ey beozor, ey mo‘min jonzot,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko‘rolmaydilar.
Meni ham qon qildilar ular,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardi shifo tilayman,
Kel, tug‘ishgan og‘ang bo‘lay man,
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh? (Muhammad Yusuf)
Grammatik ma’lumot. Intervyu olish va intervyu berish qoidalari.
Intervyu (ing . interview — uchrashuv) — publitsistika janri. Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. Intervyu ikki turga boʻlinadi:
Intervyu -xabar, asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtkaziladi;
Intervyu tahlilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhlab beriladi.
Intervyuda, suhbat tabiiy, samimiy, mazmunli, maroqli, muammoband chiqishi uchun har ikki tomonning bir-birini yaxshi bilishi, faolligi, topqirligi muhim. Odatda, tashabbus savol beruvchidan chiqadi. Dolzarb mavzuni belgilash, tagdor savollar berish, ko‘pchilikni qiziqtiradigan, o‘ylantiradigan og‘riqli masalalarga e’tiborni qaratish ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Intervyu hajmi nisbatan kichik, imkoniyati torroq bo‘lgani bois savol-javobda, publitsistik tadqiqotda juda uzoqqa, juda chuqur ketish bo‘lmasligi ayon, muhim masala qo‘yish, muammoning uchini chiqarish, muhim dalil, misollar keltirishning o‘zi katta gap.
Grammatik ma’lumot. Reportaj tayyorlash.
Reportaj - OAV sodir bo‘layotgan voqea –hodisalardan olib beriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola.
Reportaj (ing. report — yetkazmoq, xabar qilmoq) — jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqea hodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi.
Reportajda barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi, badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.
Ommaviy axborot vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni reportaj orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari bor.
Matbuotda (asosan, gazetada) reportaj voqeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday reportajlar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orqali beriladigan reportajda voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi reportajda ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |