Reja:
Pedagogning insoniy xususiyatlari va pedagoglik kasbining mohiyati
Pedagogning kasbiy xususiyatlari
Pedagogning shaxsiy xususiyatlari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Pedagogning insoniy xususiyatlari va pedagoglik kasbining mohiyati.
O`qituvchining insoniy xususiyatlari deganda bizning ko`z oldimizga uning adolatli, kechirimli, boshqalarga namuna bo`la olish, tashkilotchilik, bolalarni sevish, yaxshilik qilish kabi xususiyatlari namoyon bo`ladi. O`qituvchi odobining mohiyati asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo`lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar hamma kasb egalari jumladan o`qituvchi tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. Axloqiy fazilatlar mexnat jarayonida kishining hulqi fe`l-atvorini tartibga solib turuvchi qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib ommaviy odat va namuna kuchi jamiyatchilikning fikri ta`sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma`lum axloqiy talablar qo`yadi bu talablar axloq normasi axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o`z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi. O`qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o`zlashtirib olishi tajribada qo`llashi, o`zining dunyoqarashi mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy milliy ahloqiy sifatlar, qoidalari, normalar, o`qituvchining o`z axloqiy fazilatiga, e`tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi fikr va mulohazalari bilan qo`shilib bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o`rni va rolini belgilaydi. O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e`tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e`tiqod va sifatlar o`qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o`quvchilar, ota-onalar va boshqa 8 kishilar bilan muomala munosabatlarida, kundalik turmushda o`zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta`sir o`tkazishda ko`zga tashlanadi. Pedagogik takt o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta`sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namayon bo`ladi. O`qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy- axloqiy fazilatlar, tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog`liq tarzida bir qadar oydinlashiriladi. Insonparvarlik, vatanparvarlik milliy g`urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr qimmat, ma`suliyat vijdon, halollik, rostgo`ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o`qituvchi odobida pedogogik faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi bolalarga yaxshilik qilish o`qituvchilik burchi o`qituvchi sha`ni, qadr qimmati, o`qituvchilik mas`uliyati, o`qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo`lish, o`qituvchining ma`naviy qiyofasi, halolligi, pokligi rostgo`yligi kabilar o`qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o`zlashtirish bo`lajak o`qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunday axloqiy va insoniy xususiyatlarini tog`ri amalga oshira olgan O`qituvchigina o`zining haqiqiy biologik ekanligini xis etadi. O`qituvchining bilimidan bo`lishi, insoniyat ma`naviy boyliklarini ko`paytirishga va uni yoshlarga astoydil o`rgatish, o`z ishida qanoat hosil qilish, o`z kasbini bolalarni dildan sevish, berilib ishlash. -Bularning barchasi o`quvchi shaxsining skakllanishiga bebaxo axloqiy ta`sir etadi. O`qituvchining bilimdonligi ham uning insoniy yoki axloqiy xususiyati hisoblanadi. Bilimdonlik bu insoniy munosabatlarni go`zallashtiradi. Shuning uchun ham o`qituvchi o`z ustida tinimsiz izlanish olib borishi ya`ni o`qituvchi o`z ustida ishlashdan to`xtagan kuni u o`lik hisoblanadi.
O‘qituvchilik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy xarakterga ega. Pedagogik faoliyatning bunday xususiyati barcha fan o‘qituvchilariga, tarbiyachilar, sinf va maktab rahbarlariga birdek taallukdidir. Barcha pedagogik 9 xodimlarning har bir so‘zi va amaliy xatti-harakatlari o‘quvchilarga, tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Bu ish o‘z navbatida muallim va o‘quvchilardan axloq nazariyasi, axloqiy tasavvur va tushunchalar, o‘qituvchi odobiga doir bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, mag‘zini chaqishni talab etadi. Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirish mas‘uliyatli ish bo‘lib, buning uchun muallim o‘quvchilarning yoshi, saviyasiga moye, ular tushunadigan misollarni izlab topishi, tanlab olishi kerak. Pedagogik faoliyat o‘qituvchidan axloqiy ma‘rifatli, yaxshi xulq egasi bo‘lishni; axloqiy tajribaga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini muntazam ravishda axloqiy jihatdan tarbiyalab borishni talab etadi, shu bilan birga muallim o‘quvchilarga muntazam ravishda axloqan saboq berib, ularni axloqiy bilimli qilishi; bolalarga yaxshi xulqiy odatlarni amalda bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba orttirishlariga ko‘maklashishi; o‘quvchilarni ham o‘z-o‘zini tarbiyalab borishlariga erishishi zarur. Axloqiy ma‘rifat pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi umuminsoniy va milliy axloqning mohiyatini, qonuniyatlarini; uning tamoyillari, talablari, qoidalariga doir bilimlarni, axloqning odamlar hayotidagi o‘rni va rolini muallimning o‘zi anglab olishi va tarbiyalanuvchilarga, o‘quvchilarga singdirishdir. Pedagogik xodimlarning hammasi, barcha fan o‘qituvchilarining faoliyati shu maqsadga qaratilishi zarur. O‘zbekiston maktablarida «Odobnoma» o‘quv predmeti sifatida o‘qitilayotgani ham o‘quvchilarni axloqiy ma‘-rifatli qilishdek muhim vazifani tuzukroq bajarishga, o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasini yaxshilashga da‘vat etilgan.
O‘quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilish bu — ularni axloqqa doir muammolar, axloqiy baho mezonlari bilan tanishtirish; kishi biror ishni qilayotganida fikri, so‘zi, xulqi, xatti-harakatlarida mas‘uliyatini va erkinlik darajasini bilishi, har bir harakatining, xulq-atvorining oqibatini ko‘z oldiga keltirish lozimligini yoshlarga 10 anglatishdan iborat. Shu tariqa o‘quvchilar hayotning ma‘nosi, yashashdan maqsad, baxt nima ekanligini anglab olishlari lozim. Axloqiy ma‘rifat shaxsni axloqiy tarbiyalashning birinchi bosqichi bo‘lib, yoshlarni axloq to‘g‘risida falsafiy ta‘limotlarning mazmuni va mohiyati, namunali axloqiy g‘oyalar, tamoyillar, qoidalar bilan tanishti-radi. Kishi xulqiga bilimdan ko‘ra ham e‘tiqod ko‘proq turtki bo‘ladi. Axloqiy bilimlar hali e‘tiqod degani emas. Ayrim o‘qituvchilar buning farqini ajrata olmay, axloqiy bilim berishni — axloqiy tarbiya berish deb tushunadilar. Shuning uchun ham ular ko‘pincha bolaga nasihat qilish, axloqqa doir mavzularda suhbatlar o‘tkazish bilan cheklanib, bolalarga yaxshi ishlarni amalda bajartirishga, axloqiy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga kamroq e‘tibor beradilar. Maktablar tajribasini kuzatish shundan dalolat beradiki, o‘quvchilar «Odobnoma» darslarida, shuningdek jamiyatshunoslik, gumanitar fanlarni o‘qish jarayonida «axloq», «odob» so‘zlarining ma‘nosini bilib oladilar. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy urf-odatlari, axloq-odobi tarixini, Qur‘oni Karim, Hadislarga doyr bilimlarni o‘rganadilar. Ona-Vatan tarixi, Spitamen, malika To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi Vatan fidoyilarining jasoratlari bilan tanishadilar. Insoniy munosabatlar odobi — salomlashish va xayrlashish qoidalari, so‘zlashuv odobi qoidalarini bilib oladilar. Shuningdek, insoniy fazilatlar — tozalik, ozodalik, poklik, soch-soqolni parvarish qilish, pardoz-andoz odobi qoidalarini; halol, harom nimaligini, chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi zararli odatlardan saklanish haqidagi tushunchalarni; oilaviy hayot odobi va psixologiyasiga doyir bilimlarni o‘rganadilar. Bularning barchasi o‘quvchilarni axloqiy jihatdan ma‘ri-fatli qilishga qaratilgan. Shu bilan birga ularda umuminsoniy va milliy axloq qoidalari, talablariga moye ravishda harakat qilish, ularga amal kilish istagi, ehtiyoji ham shakllangan bo‘lishi zarur. Odobnoma mashg‘ulotlarini hayot bilan bog‘lash maqsadida sinfdagi o‘quvchining biror nojo‘ya xatti-harakatini hadeb misol tariqasida keltiraverish ham yaxshi na-tija beravermasligini unutmaslik darkor. 11 O‘quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilish vositalaridan biri ularga pand-nasihat berishdir. Nasihatni albatta, o‘rni bilan va me‘yorida ishlatish lozim. Aks holda u nasihatbozlikka aylanib ketadi. «Keksalar sizdek paytida unday qilgan edilar, bunday qilgan edilar. Siz urush nimaligini, qiyinchilik nimaligini ko‘rmagansiz, bashang kiyinasiz, tayyorga ayyorsiz» kabi ta‘na toshlarini otish, minnat qilish yoshlarning g‘ashini keltirib, nafratini qo‘zg‘atishi mumkin. Keksalar haqida, ularning yaxshi an‘analari, odatlari haqida gapirish bilan birga yoshlarning ham ibratli, yaxshi xulqini ma‘qullash, xolisona baholash darkor. Shuni unutmaslik lozimki, jamiyat hamma vaqt olg‘a qarab taraqqiy etadi. Yoshlar ota-onalaridan ko‘ra ilgarilab ketadilar. Ular xulqida biror salbiy hodisa yoki odobsizlik uchrasa, buning sabablarini aniqlash lozim. Ko‘pincha bolaning yomon xatti-harakatiga ota-ona, kattalar sabab bo‘lishi, bu noto‘g‘ri tarbiya oqibati ekanligi ma‘lum bo‘ladi.
Muallim biror axloqiy qusurni o‘quvchilar bilan tahlil etayotganida, iloji boricha, sinfda turgan o‘quvchini misol tariqasida keltirmasligi yoki «o‘quvchilardan qaysi biri bunga o‘xshaydi» deb, darsni bo‘shroq o‘zlashtiradigan yoki sho‘xroq bolaga ishora qilmasligi lozim. Bunday «axloqiy ma‘rifat» bolani haqoratlashga aylanishi, yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish uchun muallim o‘quvchilarning hissiyotiga ta‘sir o‘tkazadigan vositalardan foydalanishi kerak. Bunda badiiy adabiyot juda qo‘l keladi. Masalan, Hadislarning mazmunini ifodalagan she‘rlar — Alisher Navoiyning «Qirq hadis»i, Abdulla Oripovning «Haj daftari» va boshqa kitoblardan foydalanish axloqiy saboq mashg‘ulotlarini jonlantiradi, tarbiyaviy ta‘sirini oshiradi. O‘quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilishda «Odobnoma» darslari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston maktablarida «Odobnoma» darsligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Muallimning axloqiy-ma‘rifiy faoliyati samarali bo‘lishi uchun u, o‘quvchi yoki talabaning axloqqa doir bilim darajasidan xabardor bo‘lishi kerak. Bolalar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazish, savol-javob kechalarini tashkil etish, mashg‘ulotlar jarayonida axloqqa doir savollar berish kabilar bunda qo‘l keladi. 12 O‘qituvchi bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish jarayonida shuni esda tutishi lozimki, «Hayotning ma‘nosi nimadan iborat?», «Kimni baxtli deyish mumkin?», «Baxtlilikni «o‘lchaydigan toshu tarozi, mezonlar bormi?» kabi axloqiy masalalarga yoshlar hamma vaqt qiziqqanlar va qiziqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |