Ozodalik – salomatlik garovi
Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi, aholining tibbiy madaniyati yuksalishi tufayli mamlakatimizda yuqumli kasalliklar yildan-yilga kamayib bormoqda.
Cohaga qaratilayotgan doimiy e’tibor, ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar samarasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari faoliyatida ham o‘z ifodasini topmoqda. Samarqand viloyati davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi va uning joylardagi bo‘limlari ham mavjud epidemiologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholining sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘la amal qilishiga erishish va yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
O‘tgan yili viloyatda yuqumli kasalliklar bilan xastalanish olti foizga kamaydi, difteriya, qizamiq, bezgak kabi kasalliklar umuman qayd etilmadi.
- Ichimlik suvining ifloslanishi va atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, sanitariya nazoratidan o‘tmagan va zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardandir, – deydi viloyat davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Xayrulla Boymurodov. – Shu bois mazkur masalalar doimiy e’tiborimizda. Viloyat aholisining 96 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Aholining qolgani iste’mol qiladigan ob-hayotning asosiy qismini buloq suvlari tashkil etadi va uning tarkibi ham muntazam ravishda tekshirilib boriladi.
Yuqumli kasalliklarning oldini olishda aholini emlash muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan o‘tgan yili ochiq havzalar suvidan iste’mol qiladigan hududlar aholisi ich-terlamaga qarshi emlandi va natijada bu kasalliklar keskin kamaydi. Shuningdek, respublika miqyosida o‘tkazilgan vaksina aksiyasi doirasida 11 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 1,4 milliondan ortiq aholi qizilcha va qizamiqqa qarshi emlandi.
Ozodalikka, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish salomatlik garovidir. Viloyatdagi sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xodimlari bu borada aholi o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.
Atrof-muhit ozodaligi, aholiga yetkazib berilayotgan iste’mol mollarining tarkibi va sifati doimiy nazoratda. O‘tgan yil davomida shu maqsadda 5254 marta tekshirish va monitoring o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 4,7 ming nafar kishi jarimaga tortildi. Sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan 1307 obyekt faoliyati to‘xtatildi. Sifati talab darajasida bo‘lmagan un va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarilgan korxonalariga qaytarildi.
Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu bois mamlakatimizda inson salomatligini tiklash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilib kelinayotganligi hech kimga sir emas. Zero, inson qadrlangan yurtda hamisha yuksalish va taraqqiyot bo‘lgan. Insonni buyuk sanagan xalqimiz ezgu amallar qilishni eng oliy maqsad qilib qo‘ygani rost.
Inson sog‘ligini saqlash, ma’naviy hayotini boyitish borasida eng katta ahamiyat beriladigan narsalardan biri tozalik-ozodalikka rioya qilishdir.
Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, saromjon sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining kelajak avlod vakillariga doimo uqtirib kelishgan. Zero, tozalik, orastalik mavjud joyda dard bo‘lmasligi ayni haqiqat.
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deydilar. Darhaqiqat, ko‘ngil toza, beg‘ubor bo‘lsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va ko‘rkamlikni istaydi. Ko‘cha va bog‘lar, xiyobonlar, madaniy-maishiy binolar, maktab va bog‘chalar, shifoxonalar atroflari, umuman, barcha jamoatchilik maskanlarining obodonchiligi, ko‘rkam bo‘lib, gulzorlarga aylanib borishi kimni quvontirmaydi, deysiz?
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida ozodalik, tozalik, saranjomlik va hamjihatlik asosida hayot kechirganlar. Qon-qonimizga singib ketgan bu kabi go‘zal fazilatlar hali-hamon uyg‘oq, hamon tirik va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodni tarbiyasiga e’tibor bermoqlik, ularni barkamol bo‘lib o‘sishiga, mahallaga, yurtga, vatanga muhabbatli bo‘lib ulg‘ayishiga katta omildir. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir, kelajak to‘g‘risida o‘ylamaslik, qayg‘urmaslik kelajakka beparvo bo‘lishdir. Jamiyatning har-bir kishisi shu jamiyatning ravnaqi, gullab yashnashi uchun jon kuydirmog‘i lozimdir. Farzandlarimizni tozalik, poklik, ozodalik, orastalik, saranjom-sarishtalik kabi chiroyli xulqlar bilan tarbiyalanishiga e’tibor beraylik. Zero, amallar xulqning belgisidir. Insonning yaxshi xislatlar bilan sifatlanishi, agar uning asari tashqariga zohir bo‘lmasa hech qanday qiymati bo‘lmaydi. Inson nafsi ozodalikka rag‘bat qiluvchi, ozodalikni yaxshi ko‘ruvchi degan sifatga ega. Ozodalik yo‘llarini ham biladi, lekin uning asari jismida yoki kiyimida yoki hovlisida yoki uyidagi uy anjomlarida ko‘rinmasa u ozodalik xulqi bilan xulqlangan deb aytish durust emas.
O’quv qurollarini tartibga solish
Mas’ul tashkilotlar ma’lum qiladi
Xalq ta’limi vazirligidan maktab yarmarkalarida mahsulotlar narx-navosining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularda to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilinmoqda.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechak va poyabzallar bilan ta’minlash va ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha respublikamizda jami 1 ming 325 ta maktab yarmarkasi faoliyat yuritadi.
Maktab yarmarkalarining 931 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 293 tasi bozorlar va ular atroflarida, 528 tasi yirik savdo komplekslari, do‘konlar va aholi gavjum joylarda tashkil qilingan.
O‘zimizni tanishtirdik-da, mahsulotlar narxini so‘radik. 12 varaqli daftar 400 so‘m, 48 varaqli daftar 1500 so‘m, rasm daftarlari 2000 so‘m ekan. Sotuvchining gaplariga ishongan edik hamki, shu paytda bizni ham xaridor, deb o‘yladi shekilli, navbat rangli qalamlarga kelganida uning sherigi “besh ming so‘mdan boshlanadi”, dedi. Shunda biz suhbatlashayotgan sotuvchi unga tahdidli ohangda gapga aralashmasligini ta’kidladi.
Angladikki, sotuvchilarimiz ham o‘z ishiga vijdonan yondashayotgani yo‘q. Kim ekanimizni bilgach, hatto aldashga ham urinishmoqda.
Shundan so‘ng boshqa sotuvchilar bilan xaridor kabi muomalaga kirishdik.
Maktab sumkalarining narxini bilishga qiziqdik.
– 65 ming so‘mdan boshlanib, 165 ming so‘mgacha boradi, xohlasangiz bundan ham qimmatrog‘larini ko‘rsataman, Xitoyniki, – dedi bir sotuvchi.
Rasm daftarlarining eng kichigi 4,5, 36 varaqli daftar 1,5, 48 varaqli daftar 1,7 ming so‘m, rangli qalamlarning eng arzoni 10 ming so‘mdan boshlanishini aytishdi.
Ma’lum bo‘ldiki, ota-ona bitta farzandi uchun kerakli o‘quv qurollarining o‘rtacha narxdagisidan oladigan bo‘lsa, taxminan 200 ming so‘mdan oshadi. Unga sumka va kiyim-kechakni ham qo‘shsangiz, kamida 700-800 ming so‘m kerak bo‘ladi.
Sotuvchilar xarid qilganingizda narxi arzoniga uchmaslikni, ular sifatsiz ekanini ko‘p takrorlaydi. Shunday paytda sotuvchiga qarab “rahmat-e, vijdoningiz uyg‘oq ekan“ deb yuborasiz. Ammo yaroqsiz o‘quv qurollari ishlab chiqarishga bosh bo‘layotgan yoxud chetdan olib kelayotgan tadbirkorlarga nima deysiz?! Har qalay, rahmat aytmasligingiz aniq.
Agar bitta farzandingiz maktabga borsa xo‘p-xo‘p, ular ikkita bo‘lsa-chi yoki uchta bola uchun qancha xarajat qilishingizni endi aytmasak ham bilasiz.
Imkoniyati yetgan ota-ona farzandi uchun qilar, ammo besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, bunga hamma yurtdoshimizning ham qurbi yetmasligi sir emas. Yaxshirog‘idan olib beray desa, cho‘ntak ko‘tarmaydi, sifatli narsa esa qimmat, farzandining ko‘ngli o‘ksishi esa yana alamli.
Kiyinish xonasini tartibga solish
Har bir kishi uchun odatiy yotoq xonasi yoki biroz kamroq bo'lgan keng walk-in shkafi maydoni egasidirģ. Siz xafa bo'lmasligingiz kerak, kimdir bu narsaga ega emas - qimmatli o'lchagichlarni ajratish uchun ishlamaydi. Lekin xona kerak, hatto kerak - juda ko'p narsalar bor, qo'shimcha aksessuarlar bor.
Shunday qilib, bunday xonani hech bo'lmaganda kichikroq hajmda qoldirish yaxshi bo'ladi. Va bir loyihani ishlab chiqish va keyin kichik gardrop xonasining dizayni uchun, siz hatto Xrushchevda 2-3 kvadrat metrda ham osonlik bilan foydalanishingiz mumkin.
Bunday savolni kiyimlarni joylashtirish uchun munosib joy ajratib beradigan ayollar, qizlar so'rashmoqda. Shunday qilib, ular cheksiz narsalarga borib, gardrop, yotoqxona va stollarni qo'yadilar.
Lekin hatto kichkina kiyinish xonasi ham afzal ko'riladi va shuning uchun nima uchun.
Kvartira ancha keng bo'ladi. Axir, devor bo'ylab shkaflar, kiyim-kechaklar, poyabzallar uchun javonlar, sumkalar va bosh kiyimlar uchun kancalar qolmaydi. Hamma narsa belgilangan joyda bo'ladi.
Yana buyurtma bo'ladi. Siz tasodifan divanning orqa tomoniga tashlayotgan bo'lsangiz ham, ertami-kechmi kiyinish xonasiga olib boriladi.
Kiyim-kechak xonasiga kirayotganda narsalar darhol ko'rinadi va tor shkaflar orqali tushib ketishning hojati yo'q.
Bu erda shkafning kattagina qismini emas, balki barcha devorlarni tomga qo'yishingiz mumkin.
Bola xonasida, kabinetlar o'rniga siz ochiq javonlarni o'rnatishingiz, pastki qismida kiyimlarni qo'yishingiz va burchakda vertikal plashli askar qo'yishingiz mumkin. Oldin eshik ortidan qaragan oyna va dazmol taxta bu yerga joylashtiriladi.
Jadvallarda jozibali yoki yumshoq trempellarga osilgan narsalar, amaliyot ko'rsatganidek, asl ko'rinishini uzoqroq saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |