Mavzu: Tozalik sog`lik garovi I. Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi



Download 170,4 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi170,4 Kb.
#82409
Bog'liq
Tozalik-sog`lik garovi


Mavzu: Tozalik - sog`lik garovi

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

Tozalik inson ko`rki, Tozalik qoidalari haqida tushuncha berish.

O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish. O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Salomatlik haqida plakat, taqdimot, test, tarqatma kartochkalar.

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

T ashkiliy qism:


  1. Salomlashish.

  2. O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

  3. Navbatchi axboroti.

II.Asosiy qism:

Kun tartibi Uyg`un

-Sog` yuray desang,ozoda bo`l! Doktorlarning so`ziga

Sog` badanda – sog` aql, Har choq quloq solaman.

Deydi bizning bobolar, Vaqtida yeb ovqatni,

Bu so`z to`g`ri,bu so`zga, Vaqtida dam olaman.

Amal qiling,bolalar.

-Bu hikmatli maqolga -Men hech vaqt partada

Men ham amal qilaman. Qiyshayib o`tirmayman.

Ozoda bo`lish ishim, Kir-chir bolalarni hech

Vazifam deb bilaman. Yonimga keltirmayman.

-A`zoyi badanimni -Shuning uchun har mahal

Xo`p yaxshilab yuvaman. Ruhim yengil,ko`nglim shod.

Tirnog`imni,tishimni Shuning uchun do`stlar,men

Doim toza tutaman. Dard ko`rmayman umrbod.

She`rda tozalik haqida nimalar deyilgan? Oldingizda turgan qog`ozlarga Tozalik klasterini hosil qiling.

O`quvchilarning chizmalari xattaxtaga yopishtiriladi. Bir necha o`quvchi javoblarini izohlab beradi.



Ma`naviyat daqiqasi.

-O`tgan zamonda bir yigit keksa donishmandning oldiga kelib :

-Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyim yo`q. Juda qiynaldim, nima qilishni bilmay qoldim. Endi qayerga borib bosh ursam ekan? - deb zorlanibdi.

Donishmand undan sen kambag`almisan? - deb so`rabdi. Yigit-ha, bola-chaqalarim bilan ochman, kiyim- kechagimz ham yo`q deb, javob beribdi.

-Xo`sh, unda menga o`ng qo`lingni sot, necha pul beray ?- debdi chol.

-Yo`q o`ng qo`lim o`zimga kerak deb javob beribdi yigit.

-Bo`lmasa, o`ng ko`zingni sot.

-Nega men o`ng ko`zimni sotar ekanman, u menga kerak debdi yana yigit.

Donishmand shu tarzda yigitning tana a`zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit “Yo`q” javobini qaytaravergach, donishmand yigitga:

-Ha, to`rt muchang sog` bo`lsa, turmushingdan zorlanishga uyalmaysanmi?

Kishining tan- joni sog`ligi tuman boyligi-ku! “Sog`lom tanda – sog` aql” deb bekorga aytishmagan. Sog` bo`lsang, har qanday ishni bajarish qo`lingdan keladi,-deb javob beribdi.

Bolajonlar, donishmand yigitga nima deb javob berdi?

-Kishining tanu joni sog`ligi tuman boyligi , dedi.

-Demak, bugun biz sizlar bilan o`rganadigan mavzu insonning sog`lom va baquvvat bo`lishida Tozalik , saranjomlik haqida suhbatlashamiz.

Xulosa qilib aytganda biz har tongda uyg`onar ekanmiz kunni badantarbiya mashqlarini bajarish bilan boshlashni unutmasligimiz kerak.

III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Aqliy hujum:

Bolalar shoiri Po`lat Mo`minning “Ibn Sino bobo ulashar davo” she`rida sog`liq haqida qanday ajoyib o`gitlar aytilgan,eslab ko`ring-chi?



- Xom suvni ichma,

Sog`liqdan kechma.

- Yurmoqlik iflos-kasalga asos.

-Toza kiyinish - emas qiyin ish.

-Pasta,tish cho`tka chiqmasin chetga.

-Badantarbiya-kuch etar hadya.



IV. Yakuniy qism:

O`rgimchak to`ri” texnologiyasidan foydalanish

O`qituvchi mavzu yuzasidan savol beradi va ipni javob beradigan o`quvchiga uzatadi. O`quvchi savolga javob bersa,ipni ushlab qoladi va mavzu yuzasidan yana savol bilan boshqalarga murojaat qiladi, shu tariqa o`rgimchak to`ri hosil bo`ladi.

Masalan:
1. Tozalik deganda nimani tushunasiz?

2.Orasta yurish uchun nimalarga e`tibor berish kerak?

3.Onangizga uy yumushlarni bajarishda qanday yordam berasiz?

4.Ovqatlanish odobi haqida qanday tushunchaga egasiz?

5.Kiyinish odobi haqida-chi?

6.Ibn Shifo bobo Tozalik haqida nimalarni aytadilar?

O`quvchilarni rag`batlantirish.



V. Uyga vazifa. Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida

Download 170,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish