Muhammad Yusuf she`riyat shaydolari qalbida mangu barhayot Sen shoxlari osmonlarga, Tegib turgan chinorim. Ota desam, O’g’lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Ko’nglimdagi iftixorim, Qo’ynimdagi tumorim, O’zing mening ulug’lardan, Ulug’imsan, Vatanim! “Muhabbat” Muhabbat, ey go’zal iztirob, Ey, ko’hna dard, ey ko’hna tuyg’u. Ko’kragimga qo’lingni tirab, Yuragimni to’kib qo’yding-ku. Qancha ko’zlar menga zor edi, Na g’am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so’kib qo’yding-ku. “Jayron” Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh, Jayron, nega ko’zing to’la yosh? Oyog’ingga qo’yib yotay bosh, Jayron, nega ko’zing to’la yosh? Yurak qoning to’kilgan so’qmoq – Bag’ri alvon lolaqizg’aldoq, Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko’zing to’la yosh? O’ZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOV MUHAMMAD YUSUFGA “XALQ SHOIRI ” UNVONINI TOPSHIRMOQDA. 1998 - YIL USTOZ VA SHOGIRDLAR: YO’LDOSH SULAYMON, ABDULLA ORIPOV, MUHAMMAD YUSUF. Prezident huzuridagi “ Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi ” rektori Alisher Azizho’jayev akademiya bitiruvchisi Muhammad Yusufga diplom topshirmoqda Ijodkorlar gurunggi: Ahmadjon Meliboyev, Murtazo Qarshiboyev, Sirojiddin Sayyid, Muhammad Yusuf Bayram tadbirlari maslahati. Abdulla Oripov, Shuhrat Rizayev, Muhammad Yusuf Ijod joy tanlamaydi. Oliy Majlis deputatlari: Muhammad Yusuf va Yulduz Usmonova Muhammad Yusuf, Fazliddin Hamroyev, Safar Barnoyev, Jumaniyoz Jabbarov va Sharofat Botirova “Cho’lpon” muzeyining ochilish marosimi. Abdulla Oripov, Ibrohim G’ofurov, Ne’mat Aminov, Muhammad Yusuf , Abdug’ofur Rasulov, Erkin Vohidov Talabalar bilan uchrashuv. Andijon davlat chet tillar oliygohi Talabalar bilan uchrashuv. Andijon davlat chet tillar oliygohi
Hamkasblar davrasida. Jabbor Razzoq, Muhammad Yusuf, Nodir Mahmudov
“ Alisherning avlodlari, ilm istang!” Akademiya madhiyasi barchaning ko’ngliga jo bo’lgan. Oiladan boshlanadi Vatan Muhammad Yusuf rafiqasi, qizlari Mas’uda, Madina, Nozima va nabirasi Bilol bilan “ Qiz otasin har qadamda eslaydi ”. Shoir qizi Nozimaxon bilan. ANDIJON VILOYATI, MARHAMAT TUMANI UMRZOQ QORABOYEV SHIRKAT XO’JALIGI, QOVUNCHI QISHLOGI ENAXON AYA SOTIBOLDIYEVAGA Muhtarama Enaxon aya! Boshingizga tushgan og’ir musibat – aziz farzandingiz, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning bevaqt o’limi munosabati bilan Sizga, oila a’zolaringizga, barcha yaqinlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman. O’g’lingiz Muhammadjon noyob iste’dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi. Shu bois bu mudhish xabar shoirning ko’plab do’stlari va muhlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi. Uning yorqin xotirasi barchamizning qalbimizda doimo saqlanadi. Sizga Yaratgandan sabr-toqat va bardosh tilayman. Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’tganlarimizni oxirati obod bo’lsin! E’tiboringiz uchun rahmat ! Doim salomat bo’ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |