Erkin Vohidov- el ardoqlagan shoir 1



Download 30.66 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi30.66 Kb.
Erkin Vohidov- el ardoqlagan shoir

1.Assalomu aleykum, aziz mehmonlar

Nazm gulshanida so’zga biyronlar

Ilm-u ma’rifat deb yongan insonlar

Poyi qadamingiz muborak bo’lsin

Bol tomar chehrangiz nurlarga to’lsin

2.Siz aziz mehmonlarni bag’riga bosib

Maktabim kutadi keng bag’rin ochib

Oppoq qorlardan poyondoz sochib

Poyi qadamingiz muborak bo’lsin

Bol tomar chehrangiz nurlarga to’lsin

3.Assalomu aLeykum , aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar. O’zbek adabiyotining chaqnoq yulduzlaridan biri Erkin Vohidov tavalludining 79 yilligiga bag’ishlangan “Erkin Vohidov – el ardoqlagan shoir” deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz

4. Raqs.

5.Bugun katta bayram, bugun katta to’y

Bugun Erkin Vohidov tug’ilgan kuni

Faxrim, g’ururim deb , aziz bolam deb

Xalqimiz yurakdan olqishlar uni.



6.To’yda takrorlanar uning qo’shig’i

Yana yuksaladi otashin so’zi

Shodlik yorga sig’mas go’yo bu to’yda

Qatnashayotganday shoirning o’zi



7.Videorolik. Erkin Vohidov

8.Qalbi pok mardona elning Siz aziz farzandisiz

Ganj-u mulkka bergansiz el Gavhari dilbandisiz.

Har kalima ma’rifatning Ufqida oydek to’lib

El aro topdingiz sharaf Erkin Vohidov bo’lib

Hayotingiz odamiylik Xayri soflikdan nishon

Chaqnadi she’rlaringizda Mustaqillik va zamon


9. Erkin Vohidov 1936 yili farg’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ildi. 1960 yili ToshDUning filologiya fakultetini bitirdi.”Yosh gvardiya” va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida mas’ul lavozimlarda ishladi. “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir bo’ldi. 1983 yilda “Sharqiy qirg’oq” to’plami uchun Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shoir “Hurmat belgisi” ordeni bilan mukofotlangan. O’zbekiston xalq shoiri. O’zbekiston Qahramoni nomini olgan.

10. Erkin Vohidov 3-4 yoshligida singlisi va ukasi kasallikdan vafot etdi. O’zining yozishicha, ota-onasidan to’qqiz yoshida yetim qolib, tog’asi qo’lida tarbiya oldi. Tog’asi adliya xodimi bo’lsa ham, sh’eriyatga, adabiyotga qiziqqan odam edi. Ko’p fozil kishilar bilan do’st bo’lib, uchrashuvlar qilib turishar edi. Bolaligida texnikaga, fizikaga, matematika, astronomiyaga, keyinchalik tarix, geografiyaga ham qiziqqan shoirning she’riyatga oshno bo’lishiga G’ayratiy to’garagi, Ustoz Mirtemir seminari, universitetdagi ijodiy muhit ta’sir qilgan.

11. Erkin Vohidov bolaligida tez ulg’aydi. Juda mehribon, zukko odamlar davrasida o’sdi. U qalamga juda erta oshno bo’ldi, undan madad oldi.

Hali G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Sobir Abdulla, Uyg’un, Zulfiya, Saida Zununova singari o’zbek orkestorining ulug’ cholg’ulari yangrab turganda, ularning ichida yosh Erkin Vohidovning nayi ham sas tarata boshladi. Bu nay tovushini hamma eshitdi. Uning “Kamtarlik”, ”Tong lavhasi”, ”Inson yashamoqdan tolmasin uchun”, ” Po’lat”, ”O’n sakkizga kirmagan kim bor”, “Xayrli kech” degan she’rlarini yodlab yuradigan bo’ldilar. Birinchi she’riy kitobi “Tong nafasi” 1961 yilda, talabalik davrida yaratildi. Shundan so’ng 1963 yilda “Aql bilan yurak”, 1964 yilda “Mening yulduzim“ kabi to’plamlari chop etildi.



12. Erkin Vohidov she’riyatida zamonaviy ruh bo’rtib turadi. Uning “Yoshlik devoni” (1969) muxammas, g’azal, qasidalardan tahkil topgan. Shoir ko’proq aruz vaznida ijod qiladi. Uning “Lola sayli”, “Yoshligim kel”, “Shirin”, “Do’st bilan obod uying” singari she’rlari g’azal janrining mukammal namunalaridir.

Do ’st bilan obod uying,

Gar bo ’lsa u vayrona ham,

Do ’st qadam qo ’ymas esa,

Vayronadur koshona ham...

Do ’st qidir, do ’st top jahonda.

Do ’st yuz, ming bo ’lsa oz,

Ko ’p erur bisyor dushman

Bo ’lsa u bir dona ham.
Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga

Barcha dildorlik sehga-yu barcha xushtorlik menga.

Sen mening jonimni oldin, men sening darding olay,

Barcha sog’lik senga bo’lsin, barcha bemorlik menga.

Senga bo’lsin barcha husn-u , menga bo’lsin barcha ishq,

Kori xunxorlik senga-yu, mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol, bor azobin menga ber,

Senga bo’lsin barcha orom, barcha bedorlik menga

Senga bo’lsin nurli kunduz, menga qolsin qora tun

Barcha gulshan senga bo’lsin, bor tikanzorlik menga

Mayli, ostonangda yotsam, mayli, quvsang tosh otib,

Bor dilozorlik senga-yu, bor dilafgorlik menga.

Senga she’rni bitsin Erkin, yirtib otmoq o’z ishing,

Kasbi inkorlik senga-yu, aybga iqrorlik menga.
13. Erkin Vohidovning 70-80- yillardagi she’riyatida ijtimoiy kuylar yanada kuchaydi. Bu shoirning “Nido” (1965), “Hozirgi yoshlar” (1974), “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirg’oq” (1981), “Bedorlik” (1985), “Muhabbatnoma”, “ Sadoqatnoma” (1986) kabi to’plamlariga kirgan rang-barang she’rlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ular ichida “ O’zbegim” (1968) alohida o’rin egallaydi. Bu o’zbekning qadr-qimmatini baland ko’taruvchi, ulug’lovchi qasidadir.
6-sinf qizlari “O’zbegim”

Sherali Jo’rayev ijrosidagi “O’zbegim” qo’shig’ini eshittiriladi

14.1964- yilda yozilgan “Nido” poemasi ham o’ziga xos uslubga ega. Unda Vatan urushida halok bo’lgan mard, fidoyi otalarning o’rnini bosish, xalqimizning munosib avlodi bo’lib yetishish g’oyasi ilgari suriladi.

14…..Hayqiraman,

Tog ’lar bag ’ridan Gumburlagan sado keladi.

Ona yerning otash qa ’ridan “O ’g ’lim! ” degan nido keladi.

15. Hozirgi zamondagi dolzarb, rang-barang ijtimoiy mavzulari tasviriga bag’ishlangan jiddiy, o’ychan she’rlar Erkin Vohidov ijodida asosiy, salmoqli o’rinni egallaydi. Shu bilan birga, shoir bisotida quvnoq, xushchaqchaq, samimiy yumorga boy she’rlar ham mavjud. Shoirning “Donish qishloq latifalari” turkumiga kirgan “Matmusaning qalpog’i”, “Matmusaning qishlog’i”, “Matmusaning lagani”, “Matmusaning uylanishi”, “Qiziquvchan Matmusa” kabi xushchaqchaq she’rlari o’quvchilarga manzur bo’ldi.

(“Qiziquvchan Matmusa” she’rini yoddan o’qiydi).



16. Erkin Vohidov xilma-xil lirik she’rlar yozish bilan birga “Buyuk hayot tongi” (1960), “Orzu chashmasi”(1970), “Baxmal”(1974), “Ruhlar isyoni” (1979) kabi dostonlar ham yaratgan.

9-sinf o’quvchilari. “Shohi Jahon va Avrangzeb haqida rivoyat”

17.: Erkin Vohidov dramaturg sifatida ham tanilgan. Uning 1970 yildagi mashhur“ Oltin devor” komediyasi mana 30 yildan ziyod vaqtdan beri O’zbekiston Milliy akademik drama teatr sahnasidan tushmay kelayapti. “Oltin devor” da dramaturg boylikka hirs qo’yish,qing’ir yo’llar bilan mol-mulk orttirishga intilish ustidan kuladi, halol ishlab, halol yashash g’oyasini olg’a suradi. Asarda kinoya, kesatiq, masxaralash, so’z o’yini, askiya kabi kulgu vositalaridan unumli foydalanishgan.

18. Erkin Vohidov ijodida”Istambul fojiasi” (1985) she’riy dramasi alohida ajralib turadi. Unda poklik bilan nopoklik, to’g’rilik bilan egrilik, halollik bilan ko’zbo’yamachilik , adolat bilan adolatsizlik o’rtasidagi keskin kurash aks ettirilgan .

19.Erkin Vohidov tarjimonlik sohasida ham ko’pgina yutuqlarga erishgan. Rus yozuvchi va shoirlarning asarlari qatorida Gyotening “Faust” tragediyasini ham o’zbek tiliga o’girgan.

Taniqli shoir hozirgi kunda ham sermahsul ijod qilmoqda. Uning dolzarb she’rlarini turli ro’znomalarda o’qish mumkin. Bundan tashqari, Erkin Vohidov mamlakatimiz siyosiy hayotida ham muhim vazifani bajardi. O’zbekiston Oliy Majlisi deputati sifatida davlat miqyosidagi turli muammolarni yechishda o’z tajriba va bilimlarini ayamadi.



20.Erkin Vohidovning ko’pgina she’r va g’azallariga kuy bastalangan. “O’zbegim”, “Inson o’zing”, “O’n sakkizga kirmagan kim bor” va boshqalar shular jumlasidandir.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa