Mavzu: Til millat boyligi



Download 20,34 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi20,34 Kb.
#33355
Bog'liq
7 Mavzu

Mavzu:Til millat boyligi.

Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Mustaqillikni, istiqlolni va nihoyat davlatni takomillashtirish, xalqlarning milliy va baynalminal o’zligini anglashning o’sishi milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi.

1989 va 1995 yillarda (yangi tahrirdagisi) kabul qilingan qonun o’zbek tilining O’zbekiston Respublikasining butun hududida davlat tili sifatida amal qilishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Qoraқalpog’iston Respublikasi o’z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir.

O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha fuqarolar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qatiy nazar, tengdirlar.

O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o’z ona tillarini qo’llashdan iborat konstitsion huquqlariga monelik qilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Respublika davlat tilini, rus tilini hamda chet tillarini o’rganishga bo’lgan intilishlarini har tomonlama qo’llab quvvatlaydi.

Ushbu qonun norasmiy muomalada, diniy marosimlarda qo’llaniladigan tillarga tadbiq etilmaydi.

Tarixdan ma’lumki, bundan oldin ham turkiy (o’zbek) tili ikki marotaba davlat tili sifatida faoliyat ko’rsatgan edi. Birinchisi, X asrda Qoraxoniylar davlati asoschisi Qoraxon Abdulkarim Sotuq (Bo’g’roxon) hokimiyat tepasiga kelgandan so’ng Turkistondagi kabilalar uning hukmronligida birlashadilar va davlat tili 1213 yilgacha turkiy (o’zbek) tili bo’lib hisoblanadi.

O’zbek (turkiy) tilga ikkinchi marotaba davlat tili makomi berilishi Alisher Navoiy va H.Boyqaro zamonasiga to’g’ri keladi. O’zbek (turkiy) tilini fors-tojik tili soyasidan qutqarish muammosi buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy zimmasiga tushadi. U H.Boyqaroning qo’llab quvvatlashi va bevosita yordami bilan (turkiy) o’zbek tilini forsiy til darajasiga ko’tarishdek mushkul ishning uddasidan chiqa oldi va ularning zamonida o’zbek tili davlat ahamiyatiga molik bo’ldi.

Alisher Navoiydan so’ng o’zbek tilining shuhrati so’nmadi.

Aytish lozimki, 1989 yilning 21 oktyabrida qabul qilingan qonun ayni dolzarb masalalardan biri edi. Eslasak, o’sha vaqtda biz sobiq ittifoq tarkibida edik. Shu 30 moddadan iborat qonun qanchalik qiyinchilik bilan vujudga kelganligini yaxshi eslaymiz. Lekin, o’sha qonunning poyoniga yetmagan jumlalari, keraksiz moddalari, ortiqcha takrorlari ham bor edi. Masalan, 16-modda arab alifbosiga asoslangan qadimiy o’zbek yozuvini o’zbek umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining darslar o’zbek tilida olib boriladigan o’quv rejalariga kiritilgan fanlardan biri sifatida o’qitilishi ta’minlanish aytilgan. Shu bilan birga ushbu fanni o’rganishni istovchilarga barcha imkoniyatlar yaratilishi ҳam uqtirilgan. Xo’sh, tibbiyot institutlariga eski o’zbek yozuvi


kerakmi? Agronomgachi, vetvrachgachi? Matbuotda, hattoki, umumita’lim maktablarida ham majburiy fan sifatida emas, balki hozirgidek fakultativ sifatida o’qitilishi haqida fikr-mulohaza bildirilgan edi. Afsuski, bunday fikrlarga e’tibor berilmadi. Oradan 6 yil o’tgach, hatomiz aniq bo’lib qoldi, ya’ni, yangi tahrirdagi qonunda bu modda olib tashlandi. Hozirgi paytda Toshkentdagi universitetning bir fakulteti bo’lgan sharqshunoslik fakulteti alohida faoliyat ko’rsatuvchi institutga aylantirildi.

1989 yildagi qonunning 4,7 va 8-moddalari 8 yil davomida 5 va 24 moddalari 3 yil davomida, 16-moddasi 1991-92 o’quv yilidan kuchga kiradi, deyilgan edi. 4-moddasida «O’zbekiston Respublikasida yashovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o’z xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zurur bo’lgan darajada bilishlari lozim. O’zbek tilini bilmaydigan fuqarolarga respublika davlat tilini bepul o’rgatish va o’qitishni ta’minlaydi». Birinchidan, ushbu 4-moddaning bajarilishiga 8 yil vaqt berib hatoga yo’l qo’yildi, chunki biz boshqa tilda gaplashuvchilarga, ҳususan rus tilida gaplashuvchilarga davlat tilini o’rgatishda noto’g’ri yo’l tutdik, ya’ni, ularni quruq grammatik materialni berib, ularni cho’chitib qo’ydik. Ikkinchidan, tilni bilgan kishi dars bera boshladi. Bunda «bilim» jamiyati hodimlari «jonbozlik» ko’rsatdilar.

O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining 1-moddasida «O’zbekiston Respublikasining davlat tili ўzbek tilidir» deyilgan. Mazkur moddada o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi huquqiy jihatdan mustahkamlangan bo’lib, unda respublikamizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq holda amal qilishni ta’minlash vazifasi qo’yilgan. Bu vazifani izchillik bilan bajarish respublika hududida joylashgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va respublikada istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning burchidir.

O’zbek tiliga davlat maqomining berilishi va uning qo’llanishiga oid asosiy talablar O’zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining moddasida o’z ifodasini topgan.

«Davlat tili», «tilning davlat maqomi» kabi atamalar turlicha izohlanmasligi, Respublikamizning o’zbek tilini bilmaydigan aholisi uchun biror tarzda qiyinchiliklar tug’dirmasligi uchun ushbu moddada O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi boshqa millat va elat tillarining ham erkin amal qilishi masalalari, rus tilining millatlararo muomala tili sifatidagi mavqei yoritilgan.

Ayni vaqtda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi respublikada yashovchi millat va elatlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida o’z ona tillarini qo’llashga monelik qilmaydi.



O’zbek tilining davlat tili ekanligi boshqa tillarning qo’llanishida biron bir cheklash yoki kamsitishlarga olib kelmasligi kerak. Barcha tillarning muloqotda bo’lishi va ulardan erkin foydalanishni to’la ta’minlash uchun davlat zarur iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlarni ko’radi.
Download 20,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish