Texnologiyalardan foydalanish usullari



Download 201,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2023
Hajmi201,65 Kb.
#928085
Bog'liq
10-13



Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19 
~ 10 ~ 
O`QUVCHILARNI MA`NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA 
O`QITUVCHILARNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI 
 
Usmonova Dilobar 
Qashqadaryo viloyat PYaMO’MM 
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7698854
 
Annotatsiya. 
Maqolada
 
o`quvchilarni 
ma`naviy-axloqiy 
tarbiyalashda 
o`qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida 
ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga zamonaviy darslar va bu darslarni tashkil 
etish yo’llari bayon etilgan. 
Kalit so’zlar. 
Ta’lim tizimi, darslar, zamonaviy darslar, didaktik o’yinlar, ijodiy 
imkoniyatlar, interfaol usullar, o’qituvchi mahorati. 
Abstract.
The article describes the methods of teachers' use of modern Q 50% 
pedagogical technologies in the spiritual and moral education of students. At the same 
time, modern lessons and ways of organizing these lessons are described. 
Keywords.
Educational system, lessons, modern lessons, didactic games, creative 
methods, possibilities, interactive teaching skills. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt 
mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta 
yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan 
bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan 
intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha 
tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan 
O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, 
tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada 
kuchaymoqda. 
Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning 
falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. 
Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va 
tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–
harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–
istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki 
olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini 
to’ldiradi. 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19 
~ 11 ~ 
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki 
ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron 
Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda 
ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. 
Bugungi kun ta`lim tizimining maqsadi o`zgarishlar, yangilanishlar sharoitida 
mustaqil holda o`ziga to`g`ri yo`l topa oladigan, barcha imkoniyatlarning yuzaga 
chiqara oladigan erkin ijodkor shaxsni-barkamol yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu 
esa o’z navbatida, ta’lim tizimida ham yangilanishlar zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Bugungi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlari 
uning qiziqarli o’tilishi, o’quvchilarni zerikmasligidir. Bilim oluvchini mustaqil o’qib-
o’rganishiga undaydigan bunday darslarda ta’limiy o’yinlardan foydalanish katta 
ahamiyatga egadir. O`yinlar orqali o’quvchining faolligi ortadi, ijodiy imkoniyatlari 
ro’yobga chiqadi. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari; aqliy harakatli va aralash 
o`yinlaridan iborat. Bular o`quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma`naviy, 
psihologik,estetik, badiiy ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O`yinlar 
o`quvchilarni ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga o`ylashga, erkin fikr yuritishga, 
muloqotga,ijodkorlikka undaydi. 
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy rolli, ishchanlik va boshqa 
yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda taxlil qiliosh, mantiqiy fikrlash, 
tatqiq qilish , hisoblash, o`lchash/ yasash,kuzatish, hulosa chiqarish, solishtirish, 
mustaqil qaror qabul qilish, nutq o`stirish, til o`rganish va yangi bilimlar olish 
faoliyatini rivojlantiradi. 
Didaktik o`yinlar turlarini tanlashda o`qituvchi quyidagi mezonlarga rioya qilishi 
zarur: 
- ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha (o`gil bolalar, qizlar yoki aralash); 
- O`quvchilarning soni bo`yicha (yakka, guruxli,juftlik, kichik gurux va hk); 
- O`yin jarayoni bo`yicha (fikrlash, o`ylash, topag`onlik,harakatlar,musobaqa, 
berlashuv) 
- Vaqt meyori bo`yicha (dars davomida, ma`lum vaqt oralig`ida, g`olib 
aniqlanguncha va hk). 
O`yinlarni qo`llashdan oldin o`qituvchi o`quvchilarga uning shartini tushuntirishi 
va imkon qadar birgalikda bajarishi lozim. Buning uchun o`qituvchining o`zi o`yin 
shartini obdon o`rganishi, uni o`quvchilarga taqdim etish usullarini oldindan bilishi 
kerak. Qaysi darsda, qaysi mavzuda qanday o`yindan foydalanishiga etibor berish 
shart. Interfaol usullar ta`lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining 
faolligiga, erkin va mustsqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda 
bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil 
ishlash ko`nikma va ma`lakasi rivojlanadi. 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19 
~ 12 ~ 
Ma`lumki, hozirgi kunda intrfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo`lib, 
ularning aksaryati tajriba- sinovidan o`tib, yaxshi natija bergan. Eng asosiylaridan biri- 
bu kichik guruxlarda ishlash. Ta`lim jarayoni qatnashchilari kichik guruxlarga 
bo`lingan holda ishlaydi, o`quv topshiriqlari alohida bir o`quvchiga emas, balki kichik 
guruxning barcha azolariga beriladi. Guruxlarning har bir a`zosi topshiriqni bajarishga 
o`z hissasini qo`shishga harakat qiladi. 
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim 
hayotiy yutuq va muammolarga o`z munosabatlarini bildirishga intilishlarini 
tarbiyalab, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 
Innavatsion texnalogiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi 
faoliyatiga yangilik o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol 
usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o`qituvchi o`quvchilarning faoliyatini dars 
maqsadiga yo`naltiradi. Bu usullarning o`ziga hosligi shundaki, ular faqat pedagog va 
o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday 
pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga hos hususiyatlarga ega bo`lib, o`quvchining dars 
davomida befarq bo`lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod va izlanishga jalb etilishi, ta`lim 
jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlari doimiylagi ta`minlanishi, o`qituvchi va 
o`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini 
ta`minlaydi. 
Har bir o`qituvhi o`quvchilarning yaxshi o`qishlarini, darslarga ishtiyoq bilan 
yondashishlarini istaydi. O`quvchi darsga qiziqmasa, o`qituvchining shijoatini 
so`ndiradi.Bu, albatta, pedagogik jarayonda bir qator muammolarni vijudga 
keltiradi.Zero, V. Suxomlinskiy aytganidek, ”Agarda o`quvchida o`qishga qiziqish 
bo`lmasa, barcha izlanishlarimiz- u o`ylagan niyatimiz puchga chiqadi”. 
O`quvchi darslarga befarq bo`lib, unga qiziqmasa va extiyoj sezmasa, samarali 
o`qitishga erishish mushkul. Shu sababli o`qituvchi oldida o`quvchini o`quv 
jaroyoniga qiziqtirish vazifasi turadi. 
Bolalarni darslarga qiziqtirishda boshlang`ich sinfdayoq jiddiy muammolarga 
duch kelinadi. Chunki bolalar ko`p chalg`ishadi, shovqin- suron qilishadi, o`qituvchini 
tinglashmaydi, sinfdagi mashg`ulotlar va uy vazifalarini bajarishga qunt qilishmaydi. 
O`quvchi ulg’aygan sari ba’zan ularning fe’l-atvorida o’qishga qiziqmaslik bilan 
bog’liq sabablar ham ko`payib boradi. O`quv faoliyatini jonlantirishga intilishning 
an`anaviy usuli bu – yomon baxolar bilan ”siylash” hisoblanadi. O`quvchi yomon 
baxodan ta`sirlanadi, ammo bu xam har doim ijobiy samara bermaydi. 
Bolada o`qishga bo`lgan qiziqishni oshirish uzoq muddat davom etadi, aniq 
maqsadga yo`naltirilgan va o`ta mashaqqatli mexnat ta`lab qiladi. Boshlang`ich 
ta`limda bolalarni o`quv faoliyatiga qiziqtirish ”Dars- sayoxat”, ”Dars-o`yin”, 
”Yozuvchilar bilan uchrashuv”, Syujetli dars, ”Dars- musobaqa’,”Dars- 
tatqiqot”,”Ijodiy ishlar himoyasi” kabi dars turlarini tashkil etish orqali amalga 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19 
~ 13 ~ 
oshiriladi. Darsning tirli bosqichlarida qiziqtirishning har xil usul va yo`llarini qo`llash 
o`quvchilarning o`qishga bo`lgan intilishini mustahkamlaydi. 
Bu o`rinda ko`p narsa pedagogning mahorati, uning o`quv- tarbiya ishini tashkil 
eta olish qobilyati, ijodi va doimiy izlanishiga bog`liq. Qaysidir ma`noda standart 
darsdan yiroqlashish, o`quvchilar e’tiborini tortish, ular faoliyatini jonlantirish, ularni 
fikrlash, izlanish va harakat qilishga undash uchun yangi dars o`tish jarayonlari kerak 
bo`ladi. 
O`quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlardan foydalaniladi: 
Birinchidan, maktabdagi o`qish jarayoni yuksak darajada uyishtirilishi kerak. Buyuk 
nemis pedagogi A.V. Disterveg takidlaganidek, yaxshi o`qitish bilangina o`qituvchi 
o`quvchini yaxshi tarbiyalay oladi. 
Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvofaqqiyati o`quvchilar va 
o`qituvchilar jamoasining saviyasiga bog`liq. Jamoa axloqli bo`lsa, bolalar intizomli 
bo`ladi. 
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo`lishi va hamjihatlik bilan amalga 
oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvafaqqiyatini taminlaydi. A.S.Makerenko 10 ta 
yuqori malakali o`z holicha ishlaydigan o`qituvchidan malakasi past, ammo bir 
yoqadan bosh chiqarib ishlaydigan 5 ta o`qituvchi afzal- degan edi. 
To`rttinchidan, maktabdan ijobiy emotsional sharoit yaratish axloqiy tarbiya 
jarayonida muvaqqiyatli ta’sir ko`rsatadi. 
Beshinchidan, barcha o`quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, hayot rejimiga 
amal qilishga erishmoq darkor. 
Bugungi kunda ajdodlar ma`naviy merosini ularning yurtimiz tarixi, 
madaniyatiga qo`shgan hissasini o`rganish ular ilgari surgan ma`rifatparvarlik 
g`oyalarini ilmiy asosda talqin etish va ta`lim- tarbiya sohasida keng foydalanish 
hamda yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk allomalarimiz takidlaganlaridek insondagi komillik eng avvalo, uning fikrlash 
ko`lami, tafakkuri va amaliy faoliyati bilan bog`liqdir. Insonning o`z o`zini bilishi, 
anglashi, boshqalar oldidagi mas`uliyat va majburiyatini his qilishi uning tarbiyasi 
bilan bog`liqdir. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1
. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.- T.: - Sharq. 
2000 y. 
2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 
TDPU, 2003. 
3. Ishmuhammmedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim 
samaradorligini oshirish yo’llari. - Т.: TDPU, 2005. 
4. Ishmuhammmedov R. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. - Т., 2010. 

Download 201,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish