Ozodalik salomatlik garovi



Download 0,85 Mb.
bet2/2
Sana13.01.2020
Hajmi0,85 Mb.
#33632
1   2
Bog'liq
Ozodalik umumiy

Tartibni tanlash


Kiyim xonasi yoki ingliz uslubidagi kiyim xonasi o'z qo'lingiz bilan va alohida xonada, balkon, saqlash xonasi va yotoqxonaning o'zi bilan burchakni to'sib qo'yishi mumkin. Ba'zan, bunday qulaylik uchun, hammom birlashtiriladi va chop etilgan metrlar rejalashtirilgan narsalar uchun ishlatiladi.

Kiyinish xonasining tartibi u joylashgan joyga qarab tanlanadi.



  • Burchak. Kabinetlar, raftlar va javonlar ikkita qo'shni javonlarga o'rnatiladi. Kiyim-kechak xonasi burchakda oyna va vertikal xanda bo'lishi mumkin. Uchinchi tomon - katlama ekran yoki surma eshiklari. Bunday kiyinish xonasi yotoqxonada joylashtirilishi mumkin va yotoq bu qismga boshcha bilan joylashtirilishi mumkin.

  • L shaklida. Bir tomoni - bu kirish joyi. Ikkinchisi esa qo'shni devorlar tomonidan yaratilgan. To'rtinchi qo'shimcha devor. Ushbu mebel elementi - yopiq orqa devorlarga ega bo'lgan tokchalar.

  • U shaklida. Bu eng yaxshi tartibdir, chunki u uchta devorni ishlatadi. Ikkita qatorda qutilari va raftorlari (pantograf tomonidan tushirilgan kiyimlarning yuqori qismi), javonlar, tortmalar - siz xohlagan narsalarni saqlashingiz mumkin. Bundan tashqari, bu tartib yotoq xonasini ham o'rnatadi.

  • Parallel tartibga solish. Rostlar va javonlar qarshi devorlarga o'rnatiladi.


Sinf xonasini tozalash.

Toza xona – bu ichi toza bo‗lgan xonaligi tushunarlidir. Ammo lekin, hozirgi vaqtda ushbu termin maxsus mohiyatga ega. Xalqaro Standartlash Tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan ISO 14644-1 standartga muvofiq, toza xona (cleanroom) – bu: Purkalanadigan zarralarning hisobiy konsentratsiyasi nazorat qilinadigan va xonaning ichida zarralarning kelib tushishi, generatsiyasi va to‗planishini minimumga tushiriishga mo‗ljallab qurilgan va foydalaniladigan, va, zaruriyat tug‗ilganda, uning ichida boshqa parametrlar, masalan, harorat, namlik va bosim nazorat qilinadigan xona. Uchta banddan birinchi ikkitasi – bu, toza xona nima degan savolga beriladigan javobning o‗zidir. SHunday qilib, toza xona – zarralarning kelib tushishi, generatsiyasi va to‗planishini minimumga tushiruvchi xona. Birinchidan, bu narsaga, xonaga yuqori samarali filtrlar bilan filtrlanadigan katta hajmdagi havoni uzatish bilan erishiladi.




U, personal va toza xonada o‗rnatilgan texnologik uskunalardan chiqadigan zarralar va bakteriyalarni aralashtirish, shuningdek, xonada ortiqcha havo bosimini yaratish va toza xonani tashqaridan ifloslangan havo oqimlaridan saqlash uchun uzatiladi. Ikkinchidan, toza xona, purkalanadiganlarni generatsiyalamaydigan va oson tozalanadigan materiallardan qurilgan. Va nihoyat, toza xonada ishlovchi personal, uni atrof muhitdan izolyasiyalovchi va personal tomonidan chiqariladigan zarralar va mikroorganizmlarning sonini kamaytiruvchi maxsus kiyim kiyishadi. Mazkur kitobda, bu va boshqa shunga o‗xshash toza xonaga tashqaridan kirlanishlarning kelib tushishi, generatsiyalanishi va to‗planishini minimumga tushuruvchi uslublar muhokama qilinadi. SHuningdek, toza xonalarda harorat, namlik, shovqin darajasi, yoritilganlik va vibratsiya ham nazorat qilinishi mumkin. Lekin, bu parametrlar, toza xona uchun asosiy bo‗la olmaydi, va shuning uchun, bu kitobda mukammal ko‗rib chiqilmagan.

Bu, Internet tarmog‗ida ishlovchi savollar va javoblar forumi. Unga, kirlanishlarni nazorat qilish bo‗yicha Jamiyatlar Xalqaro Konfederatsiyasi (ICCCS) tomonidan homiylik ko‗rsatiladi va Kirlanishlarni nazorat qilish bo‗yicha SHotlandiya Jamiyati (S2C2) tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi. Siz murojaat qilgan ekspertlar, Sizga, toza xonalar haqidagi nafaqat oddiy, balki murakkab savollarga ham javob berishadi. Forumga kirish www.s2c2.co.uk yoki www.icccs.org saytlari orqali amalga oshiriladi. * Rossiya va MDH davlatlaridagi Internet foydalanuvchilariga, toza xonalarni ishlab chiqish, yaratish va ishlatish va bunda ishlatiladigan texnologiyalar sohasidagi tadqiqot, amaliy va pedagogik faoliyat bilan mashg‗ul mutaxassislarni birlashtiruvchi ASINKOM XXI jamoat tashkilotining www.asincom.ru (rus tilida) saytini tavsiya qilish mumkin. Saytda, yangiliklar va joriy ma‘lumotlardan tashqari, toza xonalarga bag‗ishlangan nashrlarning Internetda joylashtirilgan manzillari, yangi jurnallarning sharhi va toza xonalar mavzusidagi rus tilidagi asosiy resurslar va (qisman) chet el resurslarining Internet manzillarini topish mumkin



Shaxsiy gigiyena qoidalari

Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Sh.g . har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, koʻrpatoʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k. ham Sh.g .ga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiqjoylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni botbot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Sh.g . qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.

Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.

SH.g .ga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.

Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Sh.g .da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).

Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻrpatoʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Sh.g .ga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin (qarang Bemorni parvarish qilish). Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (qarang Goʻdak, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi). Sh.g . qonunqoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomikfiziologik xususiyatlariga bogʻliq tomonlari ham bor. Jinsiy aʼzolar va jinsiy hayot gigiyenasi (qarang Jinsiy gigiyena) masalalari bilan seksologiya shugʻullanadi. Mehnat jarayonida Sh.g .ni toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi.



Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi; goʻdaklikdan boshlab j to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqpi boʻlishi mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur boʻlgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.

Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.



Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar — uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygʻonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoʻzlari, rangli, jarangdor oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.

Bolalar va oʻsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogʻligʻiga qarab ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʻcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi.
Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish