1-seminar mazusiga Kazus
Ma'lum bir yoshdagi turli sinflarda o'quvchi boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida bilimlarini tekshirish maqsadida kichik olimpiada o'tkazildi.Bunda ishtirokchilar o'z bilimlarini test , savol javob kabi konkret yo'nalishlarda sinab korishdi va yakunida 2 o'quvchining (M.Iskandarov va A.Murodov)larning to'plagan ballari teng miqdorda bo'lib qoldi .Hakamlar hay'ati faqat bir g'olib o'quvchini aniqlash maqsadida qo'shimcha mantiqiy ,fikrlashni talab etadigan ,baxs-munozarali savollar berishga qaror qilishdi.Bu holatda olimpiadaga o'z o'quvchilarini tavsiya etgan har ikkala nomzodning o'qituvchisi o'quvchisiga ishonch bildirib turardi chunki ularning har ikkisi ham qo'lidan kelganicha bor bilganlarini o'rgatgan edilar .Nomzod o'quvchilardan M.Iskandarovning bilim darajasi boshqalarninkiga qaraganda ancha yuqori edi ,biroq qo'shimcha savollarga javob berish davomida u o'z fikrini erkin ifodalay olmay ,vaziyatga to'g'ri baxo bera olmaganidan musobaqada mag'lub bo'ldi
. Bu vaziyatda mag'lubiyatga asosiy sabab uning bilimsizligida emas balki, o'qituvchisining hech qachon voz kecha olmaydigan nofaol, eskirib qolgan, natijasiz o'qitiah uslubi va pedagogik metodlardan to'liq habardor bo'lmagani va uni o'z faoliyatida qo'llay olmaganida edi. Chunki agar o'qituvchisi faqatgina kuzatuv, test kabi bir xil metodlardan foydalanmay ,darsi davomida intervyu ,suhbat va tahlil kabi mantiqiy fikrlash ,fikrlarini bayon etishga yordam beradigan metodlardan foydalanganida va vaqt o'tishi bilan o'zagarayotgan va yangilanayotgan o'qitiah uslublariga moslasha olganida hozirgidek holat yuzaga kelmagan bo'lar edi.
2-seminarga Kazus
Sodiqov Azizbek farzandini 5-sinf bo’lganligi uchun yanada sifatli talim olishi maqsadida yangi maktabga o’tkazdi va natijada bir necha kundan keyin farzandi nutqida notanish so’zlar,haqorat va so’kishli so’zlar paydo bo’layotganiga guvoh bo’ldi. Avvaliga bu yangi maktabdagi do’stlari natijasida bo’layotganini taxmin qildi .Chunki u
eng boshidan farzandlarini hushmuomalalikka chaqirib kelgan edi .Keyinchalik ota-onalarning o’zaro muloqotlaridan bilindiki, bu ahvol faqatgina uning farzandida emas ,o’sha sinfda ta’lim olayotgan boshqa bolalarda ham yuz berayotgan ekan. Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlarga ko’ra geografiya fanidan yangi kelgan o’qituvchi dars o’tish jarayonida turli xil jargon ,argon va hokazolardan foydalanishi malum bo’ldi. Maktab ma’muriyatiga murojat qilgan ota-onalar bu o’qituvchining tarbiyaga chaqirilishi va aks holda vazifasidan chetlashtirilishini talab qilishdi. Albatta ularning talablarida ham asos bor edi,chunki pedagogik va psixologik manbalarga ko’ra o’qituvchi nutqiga bir qancha talablar qo’yilgan unda: O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, nutqi quyidagi xususiyatlarni ularni o'zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to’g’riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) sofligi (uning turli sheva so'zlaridan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxasisliklariga xos so'zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'zga millatlarga xos so'zlarning noo'rin qo’llanishi); vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo’llaniladigan so'zlar) hamda kontselyarizm (o'rni bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy so'zlardan foydalanish) so'zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j)nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, nutq va maqollar, ma’lumotlar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli va samarali foyda olish) .
Bundan ko’rinib turibdiki, bu vaziyatda ushbu talablarning “g bandi” ga amal qilmaganligi ma’lum bo’ldi va maktab ma’muriyati tegishli chora ko’rishga va’da berdi.
3-seminarga Kazus
Do'stlaringiz bilan baham: |