Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari
Tayanch so‘z va iboralar: nutq odobi,suxandonlik, nutqning aniqligi, nutqning to’g’riligi, nutqning ifodaviyligi, nutqning boyligi, nutqning sofligi, nutqning ixchamligi.
SAVOLLAR
1. Nutq odobi deganda nimalarni tushunasiz?
2. Salomlashish qoidalarini bilasizmi?
3. Telefonda so‘zlashganda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. “Tilga e’tibor — elga e’fibor” iborasini sharhlang.
5. Salomlashish va so‘zlashuv odobi haqidagi hadisi shariflardan namunalar
keltiring.
6. «Dilozordan –Xudo bezor» hikmatini sharhlang.
7. Guruhdoshlaringiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sizga yoqadimi? Nima uchun
ekanligini izohlang.
Yoqmasa, buning ham sabablarini aniq misollar yordamida tushuntiring.
Insonning xulq–odobi, avvalo, uning boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatida ko‘zga tashlanadi. Odobli, shirinso‘z, hushmuomala kishilar odamlarga nisbatan e’tiborli va sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz nutq odobiga alohida e’tibor berishgan.
“Nutq odobi” atama sifatida so‘zlashish, suhbat odobi degan ma’noni bildiradi. So‘zlshish esa salomdan boshlanadi. Halqimizda «Suxandonlik salomdan, ish intizomdan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, salom bilan boshlangan suhbat, yomon niyatni qaytarib yopiq eshiklarni ochar va nifoqni yo‘qotar ekan.
Hadisi sharifda: Uchrashganda qaysi birlaringiz birinchi bo‘lib salom bersangiz, o‘sha odam tangriga itoatliroqdir, deyilgan. Kim oldin – salom bersa, savob, oliyjanoblik, ulug‘lik uning tomonida bo‘ladi. Salom-alik odamiylik belgisi ekanligi xalq maqollari, hikoyat, rivoyat, ertak, dostonlarda o‘z asini topgan. Masalan, “Avval salom, keyin kalom”, “Odobning boshi–til”, “Kattaning hurmati–qarz, Kichikka salom– farz ”, “Salom–kattadan, Alik–nuqtadan”, “Odoblilik belgisi–yegilib salom bergani, Yaqinlikning belgisi–kelib-ketib turgani” kabi maqollar shular jumlasidandir.
So‘zlashuv — ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro fikr olishuvi bo‘lib, jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jarayondir. Odamlar orasidagi aloqani bog‘laydigan ip so‘zlashuvdir. Agar o‘sha ip mustahkam bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti ham, jamiyat a’zolarining hayoti ham yahshi boladi. Shuning uchun ham ota – bobolarimiz so‘zlashuv odobiga alohida ahamiyat berganlar, tildan, tilning mahsuli bo‘lgan so‘zdan odob bilan foydalanganlar.
So‘z–qudratli kuch. Undan o‘rinli foydalanish ezgulik sari, noo‘rin foydalanish esa yomonlik sari olib boradi. Kichik bir oilaning tinch bo‘lishi ham, butun yer kurrasining tinchligi ham so‘zsing qudratiga bog‘liq. Kishilar noahil bo‘lsalar uydan ham, yurtdan ham baraka ko‘tariladi. Urush-janjal boshlanadi.So‘zlashuv odobiga rioya qilish ko‘nikmasini kishi dastlab oilada oladi.
Chunki, bolaning tili chiqib, u dastlab oila a’zolari bilan, so‘ngra boshqalar bilan so‘zlasha boshlaydi. Yasli, bog‘cha, maktab va boshqa tarbiya dargohlarida tarbiya davom ettiriladi, kelgusi hayotga tayyorlanadi.
So‘zlashuv odobi o‘zgalar bilan muomalada sinaladi. So‘zlashuv odobining eng muhim omili esa tildir. Til vositasidagina so‘zlashuv jarayoni davom etadi. Bu
jarayonning natijasi tildan qanday foydalanishga bog‘liq. Ulug‘ mutafakkir Alisher
Navoiy: “Og‘ziga kelganni demak nodonning ishi, Oldiga kelganni yemak hayvonning ishi”, degan ekan. Asrlar osha sinalgan bu fikr so‘zlashuvchilar uchun o‘ta muhimdlr. So‘zlashuv chog‘ida yetti o‘lchab bir kesmoq, ya’ni har bir so‘zni o‘ylab keyin gapirmoq kerak.
O‘zbekistonimiz mustaqillikni qo‘lga kiritdi. o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berildi. Endi tilimizga dog‘ tushirishga, so‘zlarni buzib talaffuz qilishlarga chek qo‘yiladigan davr keldi. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov «Nutq haqida» she’rida O‘tkir nomli o‘quvchining nutqi haqida quyidagilarni yozadi:
Har so‘zida “bu”, “anu”,
“Haligi”, “so‘ng”, “anaqa”.
“Bu-bu” deydi, nima bu?
“Anaqasi” qanaqa?
Gohi qovushmay so‘zi
Gapidan to‘xtab qolsa,
Yahshi bilsa ham o‘zi
Zo‘rg‘agina “3” olsa,
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring
Nima bu, qanaqasi
Qachon qolar O‘tkirning
“Nima”, bu “anaqasi”.
O‘tkirga o‘xshagan o‘quvchilar so‘zlashuv odobiga rioya etishi, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tilimizni sevmog‘i va hurmat qilmog‘i lozim. Nutq odobiga amal qilish maqbul hislatdir. Hamislia chiroyli, ochiq va mazmundor so‘zlashga intilish lozim. Bu haqda bobokalonlarimizning quyidagicha nasihat qilishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |