Eritrositlarning rezistentligi
deb, ularning turli parchalovchi
omillar (osmotik, kimyoviy, mexanik, termik va boshqalar)
ta’sirlariga nisbatan chidamliligiga aytiladi. Amaliyotda eritro
sitlarning osmotik rezistentligini aniqlash keng qo'llanib, osh
tuzining gipotonik eritmalariga nisbatan aniqlanadi.
Eritrositlar osh tuzining gipotonik eritmasida tabiiy shakli, haj
mini saqlab, gipertonik eritmalarda suvini yo'qotib burushadi. Gipotonik
eritm alarda, aksincha, suvni shimib bo'kadi. Agar tuzning
konsentratsiyasi juda pasaytirilsa, eritrositlar parchalanib ketadi.
Odatda, qondagi eritrositlarning chidamliliklari bir xil bo'lmay,
ayrimlari osh tuzining nisbatan yuqoriroq konsentratsiyali eritma
larida, boshqalari pastroq konsentratsiyali eritmalarida parchalanadi
(gemolizga uchraydi). Chidamligi past eritrositlar osh tuzining 0,46—
0,44% eritmalarida gemolizga uchraydi — bu chegara
minimal rezi-
stentlik
deb ataladi.Tuzning konsentratsiyasi 0,32—0,28% bo'lganda
hamma eritrositlar parchalanadi. Bu chegara —
maksimal rezistentlik
deb ataladi.
204
Eritrositlarning rezistentligi ular yoshining katta-kichikligi,
shakli, gemoglobin konsentratsiyasi, qon plazmasining quyush-
qoqligi tarkibiy qismlariga va hokazolarga bog'liq.
Eritrositlarning rezistentligi birinchi navbatda, gemolitik ane
miyalarda kuzatilib, ayniqsa, tug'ma (va irsiy) mikrosferositar
anemiyaga xos bo'lib, bunda ham maksimal, ham minimal che
garasi normadan yuqori bo'ladi. Shuni aytish kerakki, anemiyada
eritrositlarning shakli qancha ko'p o'zgarsa, rezistentlik shunchalik
past bo'lib, kasallik yengil kechadigan bo'lsa, eritrositlar rezis
tentligi o'zgarmasligi ham mumkin.
Orttirilgan gemolitik anemiyalarda eritrositlarning rezistentligi
kamayishi kamroq bo'ladi. Rezistentlik pasayishi temir-taqchil
anemiyaning ayrim turlarida kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligida
qonda karbonat angidrid ko'payganda eritrositlar rezistentligi
pasayishi mumkin. Ko'p qon yo'qotilganda eritrositlarning rezis
tentligi ortadi, chunki bunda suyak ko'migidan qonga yosh eri
trositlar o' tadi. Yosh eritrositlarning shakli yassi-bo'lganligi
uchun chidamliligi yuqori bo'ladi (qarigan eritrositlar sferik
shaklga o 'ta boshlaydi, rezistentligini yo'qotadi). Eritrositlar
rezistentligi mexanik sariqlik va aterosklerozda ulaming xolesterin
bilan qoplanishi tufayli yuqori bo'ladi.
ANEMIYA
Anemiya
(kamqonlik) — qonning hajm biriigida gemoglobini
va eritrositlari miqdorining kamayishi va sifati o'zgarishi kabi
oddiy, ammo o'z kechishi, ayniqsa oqibatlariga ko'ra, nihoyatda
murakkab, xavfli kasallik (birlamchi va ikkilamchi) va patologik
holatdir.
Anemiyani keltirib chiqaruvchi sabablar g'oyatda ko'p, turli
tabiatga ega. Anemiya birinchi navbatda nafas funksiyasi, ya’ni
to'qimalarga kislorod yetkazib berish faoliyatining buzilishi bilan
xarakterlanadi va qonda faqat gemoglobin, eritrositlar miqdorining
kamayishi, sifat o'zgarishlari tufayli uning kechishi turlicha bo'lishi
va oqibatlari (agar tegishli choralar o'z vaqtida qo'llanilmasa)
yomon tugashi bilan boshqalardan farq qiladi. Bu fikrni
205
patofiziologik nuqtayi nazardan aytishdan maqsad, hatto shifokor
lar o‘rtasida «anemiya o'tkinchi-holat» degan tasawur bor.
Ayni vaqtda, shuni ta’kidlash lozimki, anemiya nihoyatda har
tomonlama, faqat tibbiy-biologik emas, ekologik-ijtimoiy, iqti
sodiy va hokazo tomondan ham muhim ahamiyatga molik jiddiy
muammodir. Anemiyalarda qonda eritrositlarning turli patologik
shakllari bo'lib, ular normal funksional imkoniyatga ega bo‘lmay,
kislorod tashib berish qobiliyati past. Ularning ayrimlari gemog-
lobinni kam tutganligi tufayli kislorodni yetarli miqdorda birik-
tirmaydi, boshqalari esa, masalan, yoshlari yadrosi eritrositlar,
bir tomondan, kislorodni kam biriktirsa, ikkinchidan, kislorodni
o'zlarining hayoti uchun saiflaydi (ular turli sharoitlarga nisbatan
chidamsiz bo'lib, yashash davrlari qisqa bo'ladi va hokazo).
ANEMIYANING TASNIFI (KLASSIFIKATSIYASI)
Anemiyalar to'g'risida to'liq tushunchaga ega bo'lish, ulami
aniqlab, bemorlarni samarali davolash masalalarini to'g'ri amalga
oshirish maqsadida ularning ko'rsatkichlariga asoslanib, turli
tasniflar taklif etilgan, ana shulardan birini, ko'pchilik tomonidan
qabul qilinganini keltiramiz. U quyidagi tamoyillarga amal qilin
gan holda tuzilgan.
I. Etiologiyasi va patogeneziga ko'ra:
1. Postgemorragik (qon yo'qotishdan keyin yuzaga keluvchi)
anemiya.
2. Gemolitik anemiya — eritrositlarning odatdagidan ko'p
gemolizi tufayli kelib chiquvchi anemiya.
3. Qon yaratilishi (eritropoez)ning buzilishi tufayli kelib chi-
quvchi anemiyalar.
II.
Qon ishlab chiqaruvchi to'qim a (a’zo)ning funksional
holatiga qarab:
1.
Giperregenerator anemiya. Bunda eritropoez kuchayib,
suyak ko'migi va periferik qonda retikulotsitlar me’yordan ko'p
bo'ladi va shu bilan birga eritrositlarning umumiy miqdori ham
ortib boradi. Giperregenerator anemiyada eritrositlar tez voyaga
yetadi, masalan, buni o'tkir postgemorragik anemiyada kuzatish
206
mumkin va u qon ishlab chiqaruvchi to'qimaning faollashganidan
dalolat beradi.
2. Giporegenerator anemiya. Bunda eritrositlar sekin voyaga
yetadi, periferik qonda retikulotsitlar soni deyarli ko‘paymaydi.
Ushbu hoi temir-taqchil (temir-defitsit) anemiyada kuzatiladi.
3. Aregenerator anemiya. Anemiyaning bu turida qon ishlab
chiqaruvchi to'qimalarda eritropoez deyarli to'xtaydi, periferik qon
va suyak ko'migida retikulotsitlar boMmaydi, masalan, gipoplastik
anemiya. Bunda eritropoez bilan bir qatorda leykopoez ham,
trombositopoez ham sustlanib, qonda leykositlar va eritrositlar soni
kamayadi.
III. Qonning rang ko‘rsatkichiga qarab:
1. N o rm o x ro m anem iya. MaMumki, e ritro s itla rn in g
bo'yalishi ularning sitoplazmasidagi gemoglobin miqdoriga bogMiq.
Shunga k o 'ra , norm oxrom anem iyada p e rife rik qonda
gemoglobinni me’yorda tutgan eritrositlar mavjud boMadi. Bunda
eritrositlar soni va gemoglobin miqdorining barobar kamayishi
(masalan, o‘tkir qon yo'qotilganda) kuzatiladi.
2. Gipoxrom anemiya. Bunda qonning rang ko'rsatkichi
m e ’ y o r i d a n
past (normada 0,85—1,05) boMadi (masalan, temir-
defitsit anemiyada). Qonning rang ko'rsatkichi pasaygan bo'lib,
bu eritrositlarning kichik o'lcham li (mikrositlar) boMishi va
periferik qonda yetilmagan eritrositlarning paydo boMishiga bogMiq.
Bu anemiyada qonda gemoglobinning kamayishi ayniqsa ko'zga
tashlangan boMadi.
3. Giperxrom anemiya. Bunda qonning rang ko'rsatkichi
me’yoridan yuqori (masalan, pemisioz anemiyada) boMadi. Giper-
xromiya, odatda, katta oMchamli qizil qon shakliy elementlari
(makrositlar) va ayniqsa megalositlar, hatto qisman megaloblastlar
hisobiga boMadi. Bu anemiyada gemoglobin miqdorining kamayishiga
qaraganda eritrositlar soni ko'proq kamaygan boMadi.
IV. Eritropoezning (tipik) buzilishiga ko'ra:
1. Normoblastik eritropoez bilan kechuvchi anemiyalar.
2. Megaloblastik eritropoez bilan kechuvchi anemiyalar.
V. Eritrositlarning katta-kichikligi (o'lchami) ga ko'ra:
1.
Normositar anemiya (masalan, o'tkir postgemorragik ane
miya).
207
2. Makrositar anemiya (masalan, pemisioz anemiya).
3. Mikrositar anemiya (masalan, temir-defitsit anemiya).
POSTGEMORRAGIK ANEMIYA
Postgemorragik anemiya o'tkir va surunkali boMishi mumkin.
o'tkir postgemorragik anemiya turli sabablarga ko'ra (travma —
shikastlanish, operatsiyalar, tomirlaming kesilishi, homiladorlik-
dagi patologik holatlarda, gemofiliya va hokazo) bir yo'la ko'p qon
yo'qotish oqibatida ro'y beradi.
Qon yo'qotilgandan so'ng 24—48 soat davomida gemogram-
mada deyarli ko'zga tashlanuvchi o'zgarishlar kuzatilmaydi. Bunda
qonning faqat umumiy hajmi kamayib, uning oMchov biriigida
eritrositlar soni, gemoglobin miqdori, rang ko'rsatkichi va ge
matokrit ko'rsatkichi normada boMishi mumkin. Qon surtmasida
normositoz, normoxromiya kuzatiladi. Keyinchalik (1—2 kun
o'tgach) yo'qotilgan qon hajmi o 'm i to'qimalardan o'tuvchi
suyuqlik hisobiga to'ldirilib, qon suyuladi, uning oMchov biriigida
eritrositlar va gemoglobin miqdori kamayadi, lekin qonning rang
ko'rsatkichi o'zgarmaydi.
3—4 kundan so'ng qonda retikulotsitlar soni orta borib, ular
ning ko'payish cho'qqisi haftaning oxirgi kunlariga to'g'ri keladi
va bunda yadroli eritrositlar ham paydo bo'lishi mumkin. Endi yosh
eritrositlar hisobiga qonning rang ko'rsatkichi biroz kamayadi.
Suyak ko'migi kapillarlarga nihoyatda boy to'qima bo'lib, ular sfin-
kterlar bilan ta’minlangandir. Eritropoez maMum muddatda davom
etib, eritrositlar voyaga yetguncha qiltomirlar sfmkteri berk boMadi.
Eritrositlar yetilgan vaqtda sfmkterlar bo'shashib hujayralar
umumiy qon oqimiga o'tadi. Regeneratsiya kuchayganda ko'mikda
doimo yosh hujayralar bo'lgani tufayli qiltomir sfinkterining
bo'shashishi hujayralarning ham yetilmagan davriga to'g'ri kelib,
hujayralar qonga o'tadi. Demak, o'tkir postgemorragik anemiya gi
perregenerator anemiya hisoblanadi. Bunda eritropoez bilan birga
leykopoez ham kuchayadi (neytrofiliya). Trombopoez ham
kuchayishi mumkin (8-rasm).
208
-Turli kamqonJiklar patogenezi
D ifT e re n sifltiiy a V m isli in fe k liy & la r Gen nuqsoni T cm il L a n q i l l i g i E r i t r o a i l
nuqsonlari
A utW D
F o la l Id& lota
G lob in iin tc z i (nuqsonlan)
Do'stlaringiz bilan baham: |