Qon shakliy elementlari qizil suyak ko‘migida, timusda, ta-
loqda va boshqa limfoid a’zolarda o'zak hujayralardan hosil boMadh*
QON UMUMIY MIQDORINING O'ZGARISHLARI
Qon tana og‘irligining 1/13 qismini tashkil qilib, uning
shundan 4/5 qismi sirkulatsiyada qatnashadi. Sirkulatsiyadagi
qonning umumiy hajmi arterial qon
bosimini saqlab turishda
muhim ahamiyatga egadir.
M a’lumki, qon shakliy elem entlar va plazmadan tashkil
topgan bo'lib, eritrositlarning umumiy hajmi (plazmaga nisba
tan) — ya’ni gematokrit erkaklarda o‘rta hisobda 47%, ayollarda
42% ni tashkil qiladi.
Qon umumiy hajmining o'zgarishlari yoki uning shakliy
elementlari yoki suyuq qismida o'zgarishlariga bog'liq
boMishi
mumkin. Ayrim holatlarda, masalan, kuchli terlaganda qonning
hajmi 50% gacha kamayib ketishi,
boshqa holatlarda, masalan,
ko'p suv yoki boshqa suyuqliklar ichilganda 60% gacha ko'payishi
mumkin. Shu sababli qon umumiy hajmining o'zgarish turlari
gematokrit ko'rsatkichiga qarab farqlanadi. Qon hajmining ko'pa
yishi —
gipervolemiya,
kamayishi —
gipovolemiya,
normada
boMishi esa —
normovolemiya
deyiladi.
Gipervolemiya, ya’ni sirkulatsiyada qon hajmining ko'payishi
chiqib kelishiga ko'ra 3 xil turga boMinadi.
1. Oddiy gipervolemiya — bunda qonning shakliy elementlari
va suyuq qismining ko'payishi muvofiq ravishda boMadi, qonning
gematokrit ko'rsatkichi o'zgarmaydi.
Bunday gipervolemiya, masa
lan, qon quyilganda, yoki jismoniy, ish bajarilganda depolardagi
qonning jalb etilishida kuzatiladi va qisqa muddat davom etadi.
2. Polisitem ik gipervolemiya —
qon hajmining shakliy
elementlari, asosan eritrositlarning ko'payishi (eritrositoz — abso
lut, haqiqiy) hisobiga birlamchi yoki ikkilamchi shaklda kuza-
tilishi mumkin. Ikkilamchi ko'payishi kompensator xarakterda
bo'lib, aw alo suyak ko'migining turli kasalliklarida va boshqa
kasalliklarda (masalan,
yurak yetishmovchiligida, o'pkaning
20 2
surunkali kasalliklarida) yoki balandlikda (tog‘ sharoitida yashov-
chilarda) istiqomat qiluvchilarda kuzatiladi. Birlamchi eritremiya
esa kasallik (Vakez kasalligi) sifatida kuzatiladi. Polisitemik
gipervolemiyada gematokrit ko'rsatkichi normadan yuqori boMadi.
3.
Oligositemik gipervolemiya — qonning suyuq qismi ko'pay
ishi (gidremiya)
hisobiga boMib, bunda gematokrit ko'rsatkichi
pasaygan bo'ladi. Bu turdagi gipervolemiya ko'pincha shish bilan
birga davom etuvchi kasalliklarda shishdan qaytish davrida, buy
rakning ba’zi kasalliklarida siydik ajralishining kamayishi sababli
va qonga turli suyuqliklar yuborilganda (odatda, qisqa vaqt ichida)
kuzatiladi.
Gipovolemiya deb, sirkulatsiyadagi
qon hajmining kamayishiga
aytiladi va uning ham 3 xili farqlanadi:
1. Oddiy gipovolemiya — bunda qon hajmi shakliy elemen
tlar bilan plazmaning bir tarzda kamayishi hisobiga bo'ladi,
gematokrit
Do'stlaringiz bilan baham: