Toshkent fa r m a ts e v tik a institutining
70 yilligiga bag'ishlanadi
MUQADDIMA
Patofiziologiya oliy tibbiy ta ’lim tizimida o ‘zining tarixiy va
am aliy kelib chiqish ildizlariga ko‘ra, tibbiyot fani ham da
amaliyotining mustasnosiz barcha jabhalarining bevosita asosi
sifatida fundam ental — zaminiy fanlar qatoriga kiradi. Ramziy
ravishda uni «tibbiyotning falsafasi» deb ham atalishida asos bor,
chunki u am aliy tib b iy o tn in g o ‘zagi boMgan m uam m olar
qonuniyatlari haqidagi tushunchalarning
shakllanishiga va ularni
yechishga qaratilgandir. Bu fanning qadimiy asoschilari deb Gip-
pokrat, Dem okrit, Galen, Ibn Sino va boshqalarni ko'rsatish,
keyingi davrlarda ilmiy negizlarini ishlab chiqqanlar qatorida
M ajandi, Klod Bernar, Virxov, Kongeym , Pavlov, Podvi-
sotskiylarni eslatib o‘tish o'rinlidir.
Tibbiyotning
turli muammolarini anglash, savollariga davrning
o ‘ziga xos fan-texnika yutuqlari asosida javob berish kabi vazifa-
larni o‘z ichiga olgan patofiziologiya fani haqiqatan ham nihoyatda
murakkabdir. Chunki tibbiyotning turli sohalariga oid ma’lumot -
larni topish va bilish, ularni dialektik nuqtayi nazaridan tahlil eta
olish, uning asosida eksperimental sharoitda davolash choralarini
topib, asoslab berish va
hokazo masalalarni hal etish, asosan,
shu fanning zimmasidadir.
Taqdim etilayotgan darslik bu sohada mavjud boMganlaridan
faqat birinchi bor o‘zbek tilida lotin alifbosida yozilganligi bilan-
gina emas, balki O'zbekiston Respublikasida joriy etilgan oliy
ta ’limning yangi konsepsiyasi, mutaxassislami bosqichma-bosqich
tayyorlash dasturiga amal qilinib tuzilganligi bilan ham farq qila
di. Darslikni yozishda mualliflar b a’zi xorijiy mamlakatlarda
(AQSh, Angliya, Polsha,
Bolgariya, Turkiya, Pokiston, Hindis-
ton va hokazo) joriy etilgan dasturlar, II Xalqaro patofiziologlar
Kongressining (1994-y. sentabr, Kioto, Yaponiya). Xalqaro pato-
fiziologlar jamiyatining konferensiyasi (2005-yil noyabr, Moskva)
ushbu fanga doir tavsiyalarini ham nazarda tutganlar.
3
Ayrim umumiy va xususiy masalalami yoritishda haqli ravishda
tarixan buyuk bobokalon
olimlarimizning, birinchi o'rinda Abu
Ali ibn Sinoning ilmiy mulohazalari va meroslariga alohida o‘rin
berishga harakat qilindi.
Patofiziologiya oliy tibbiyot ta ’limi tizimida nazariy va amaliy
tibbiyot sohalariga bevosita aloqadorligi, ayniqsa, tibbiy-biologik
fanlar bilan klinik amaliyot o‘rtasida birlashtiruvchi, go‘yoki «kp-
rik» vazifasini o'tovchi o'ziga xos fundamental fandir. Shu sabab
dan ham tibbiyot va farmatsevtika nazariyasi hamda amaliyotining
rivojlanishini, bilim doirasi zamonaviy talablarga javob bera ola
digan m utaxassislarni y etish tirish d a darslikning aham iyati
nihoyatda kattadir.
Kasalliklarning asosida yotuvchi umumiy va xususiy hamda
o ‘ziga xos m azm unga ega bo'lgan funksional o'zgarishlar va
holatlarning kelib chiqish sababi ham da sharoitlari — «etio-
logiya»,
rivojlanish mexanizmlari, kechishi — «patogenez», so-
g'ayish-tiklanish mexanizmlari — «sanogenez»ga oid murakkab
hodisalarning qonuniyatlari, ularning evolutsion ildizlari, zam o
naviy ijtimoiy-ekologik manbalarini mukammal bilish, albatta,
har jabhadagi mutaxassis, ayniqsa shifokorlar va farmatsevtlar
uchun nihoyatda zarur.
Mualliflar mazkur darslik faqat
talabalar uchungina emas, bal
ki tibbiyot va farmatsiyaning deyarli barcha sohasidagi mutaxas-
sislar uchun ham foydali bilim manbayi bo'la oladi deb umid qila-
dilar.
Kitobxonlarga taqdim qilinayotgan ushbu darslik boshqa fanlar
bo'yicha M DHda va xorijiy mamlakatlarda qo'llanilib kelinayotgan
darsliklar va shunga oid boshqa zamonaviy adabiyot manbalaridan
foydalanib tuzilgan.
Albatta, darslik kamchilik ham da nuqsonlardan hoii emas va
bunday murakkab zaminiy fan — patofiziologiya bo‘yicha
birinchi
darslikni tuzishda xatoliklarga ham yo'l qo'yilgan bo’lishi m um
kin, chunki m azkur darslik bu sohada o'zbek tilida yaratilgan
dastlabki urinishdir. Shunga ko'ra darslik haqida ayrim mulohaza
hamda fikr-takliflarni bildiruvchi kitobxonlarga biz oldindan min-
natdorchilik izhor qilamiz.
4
PATOFIZIOLOGIYA FANI, USLUBLARI,
VAZIFALARI VA TARKIBIY QISMLARI
Do'stlaringiz bilan baham: