X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

prodrom e —
kasallik nisho- 
nasi, d a ra k c h isi) kasallikning b irin c h i alo m atlari yuzaga 
kelganidan boshlab, to uning ham m a asosiy klinik simptomlari 
to'la namoyon bo'lgunicha — rivojlangunicha o'tadigan muddat. 
Bu davrda har bir kasalikka xos yoki spetsifik klinik simptomlar, 
x u s u siy a tla r em as, balki ista lg a n k a sa llik la rg a , y a ’ni 
organizm ning kasalga duchor bo'lganligidan darak beruvchi
14


alomatlar paydo boMadi. Masalan, umumiy ahvolning sustlashishi 
(«maza qochishi»), isitmalash, jismoniy faollikning pasayishi, turli 
noxushliklar va hokazolar shunga kiradi. Ularni o‘z vaqtida pay- 
qab, kasallikning boshlang‘ich simptomlarini aniqlash nihoyatda 
muhim ahamiyatga ega.
3. Kasallikning klinik simptomlari yaqqol ko‘ringan — avj 
olgan davri — kasallikning dastlabki alomatlari yuzaga kelgandan 
boshlab, uning hamma klinik, shu jumladan, har bir kasallikning 
o‘ziga xos simptomlarining ham to ‘la rivojlangunicha o‘tgan davr. 
Kasallikning bu davrida uning aniq diagnozi (tashxisi)ni qo‘yishga 
muvaffaq boMinadi. Ammo har xil, ayniqsa qo'shimcha omillar- 
ning ta ’siri tufayli, masalan (kasallikning uncha bilinmaydigan 
shakllari, kasalning yoshi, jinsi, reaktivligi xususiyatlari) uyda o ‘z- 
o'zini davolash va hokazolar sababli hamma vaqt ham buning 
imkoni boMavermaydi.
4. Kasallikning oqibatlari, davri patogen qo‘zg‘atuvchining 
kuchi bilan -organizm qarshilik qilish qobiliyatining o ‘zaro 
nisbatiga bogMiq. Kasallikning quyidagi oqibatlari kuzatiladi:
1. Sog‘ayish (u ham har xil, toMa, chala, asoratli va hokazo 
boMishi mumkin).
2. Retsidiv (lotincha 
recidivo —
qaytalanish, yangidan bosh- 
lanish).
3. 0 ‘tkir turdan surunkali holat — shaklga o'tish.
4. OMim.
ORGANIZMNING SOG‘AYISHI
Sog‘ayish — bu ham nihoyatda murakkab himoya, mosla­
shuv, kom pensator, tiklanish jarayonlarining majmuyi boMib, 
ular organizmda kasallik bilan bir vaqtda tashqi muhit bilan 
organizm o‘rtasidagi buzilgan aloqalami bartaraf qilish, sogMiqni 
tiklash va muvozanatni sifat jihatidan yangi darajada tiklashga 
qaratilgandir. ToMa va chala sog‘ayishlar farq qilinadi.
Sog‘ayish faol jarayon boMib, shikastlovchi omilning ta ’siri 
boshlanishi bilan o ‘ziga xos o 'z g arish — reaksiyalar bilan 
namoyon boMa boshlaydi. Ushbu yaxlit jarayonda organizm va
15


uning turli tarkibiy qismlari bir butun holda ishtirok etadi. 
Sog‘ayish birinchi navbatda patologik o'zgarishlaming ko'lamiga 
va organizmning qarshilik ko'rsatish qobiliyatiga bog'liq.
SOG‘AYISH MEXANIZMLARI
Kasallik va sog‘ayish ikki qarama-qarshi jarayonlar bo'lishiga 
qaramay, ularni biologik nuqtayi nazardan yagona hodisa deb 
ta ’riflash mumkin, chunki haqiqiy patologik o'zgarishlar va ulami 
bartaraf qilishga qaratilgan reaksiyalar bir-biridan ajralmasdir. 
Kasallikning oqibati ham patologik o'zgarishlar bilan organizm­
ning himoya-moslashuv reaksiyalarining o'zaro nisbatiga bog'liq. 
Organizmning himoya-moslashuv reaksiyalari patologik jarayon- 
larga nisbatan ustunlik qila boshlasa sog'ayish boshlanadi. Har xil 
kasalliklarda sog'ayishning mexanizmlari ham turlichadir. Biroq 
sog'ayishning um um iy mexanizmlari borki, ular ham m a kasal­
liklarda deyarli bir tarzda paydo bo'ladi va rivojlanadi.
Sog'ayish fiziologik (nevrogen, endokrin), biokimyoviy (mod­
dalar almashinuvi), morfologik (regeneratsiya) va funksional 
mexanizmlar yordamida ta’minlanadi. Bunda nospetsifik va spetsifik 
himoya mexanizmlari (reaktivlik, immunitet) katta rol o'ynaydi.
Sog'ayishning quyidagi shartli uch turdagi mexanizmlarini 
farq qilish mumkin.
1. Kasallikning ilk boshlanish davridagi sog'ayish mexanizm­
lari. Bu vaqt patogen qo‘zg‘atuvchilar organizmda jiddiy morfo­
logik va funksional o‘zgarishlami hosil qilishga ulgurmagan bo'ladi. 
Bu davrda sog'ayish organizmning qarshilik qilish, himoya reak­
siyalarining kuchayishi hisobiga ta ’minlanadi, bu esa kasallikning 
klinik jihatdan namoyon bo'lm asdan («simptomsiz kasalliklar») 
kechishiga yoki bartaraf boMishiga olib keladi.
2. Kasallikning paydo bo'lish va rivojlanish davridagi sog'ayish 
mexanizmlari. Bu davrda patogen qo'zg'atuvchilar organizmda har 
xil darajadagi morfologik va funksional o'zgarishlaming paydo 
bo'lishida ishtirok etib ulguradi. Organizmning oddiy himoya 
reaksiyalariga tiklanish va kompensator mexanizmlar faol ravishda 
qo'shilib ketadi. Kasallikning oqibatlari patologik o'zgarishlaming
16


chuqurligi va organizmni qayta tiklovchi kom pensator reak­
siyalarining nisbatiga bog‘liq.
Sog'ayishning kechikkan mexanizmlari organizmda qayta 
tiklanish va kompensator reaksiyalarining borgan sari ortib bo­
rishi bilan ifodalanadi. Bularga parchalangan to ‘qimalar rezorb- 
siyasi, chiqaruv organlari orqali parchalanish mahsulotlarining 
ajratilishi, ularning fagositozga uchrashi, shuningdek shikast- 
langan to'qimalarning regeneratsiyasi va biriktiruvchi to‘qima bilan 
almashinuvi va boshqalar kiradi.
KASALLIKNING QAYTALANISHI, REMISSIYASI VA 
SURUNKALI KASALLIKLAR
Kasallikning klinik alomatlari bir muddat ichida yuzaga kelib
so‘ngra yo'qolib yana qaytadan paydo boMishi mumkin, bunday 
holatga 

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish